453
zinapoya marshlari va maydonchalari montaj qilinadi;
orayopma panellari va lodjiya plitalari montaj qilinadi.
Har bir qavat konstruktsiyalarini montaj qilishga kirishgunga qadar
quyidagilar bajarilgan bo‘lishi lozim:
oldingi qavatdagi hamma montaj va yo‘l-yo‘lakay bajariladigan
ishlar yakunlangan bo‘lishi;
pastki qavatdagi montaj qilingan konstruktsiyalarning aniq
o‘rnatilganligi bo‘yicha geodezik tekshirish olib borilgan bo‘lishi;
o‘qlarni geodezik rejalashtirish va konstruktsiyalarni o‘rnatish
joylari
belgilangan, nivelirlash ma’lumotlari asosida montaj gorizonti
aniqlangan va mayaklar o‘rnatilgan bo‘lishi;
pastki qavatlar bo‘yicha bajarilgan ishlar qabul qilingan va
ko‘rinmas (yashirin) ishlarni qavat bo‘yicha qabul qilish dalolatnomalari
tuzilgan bo‘lishi.
Tashqi devor panellarini montajga tayyorlash jarayonlarini bajarishda
gorizontal tutashmalarga issiqlik izolyatsiyalovchi qo‘yilmalarni
va gorizontal
hamda vertikal tutashmalar kesishgan joylarga alyumin qotishmasidan yasalgan
suv oqizish novlarini o‘rnatish, pastki qavatdagi tashqi panellarning gorizontal
qirralariga gernitni yelimlash lozim.
Tashqi devor panellarini montaj qilish binoning bitta ko‘ndalang yon (torets)
tomonidan boshlanadi. Bu panellarni vaqtinchalik mahkamlash bir uchi tom ora
yopma
panelidagi texnologik teshikka, ikkinchi uchi esa tashqi devor panelidagi
montaj halqasiga mahkamlanadigan maxsus tirgak yordamida amalga oshiriladi.
Texnologik ketma-ketlik bilan aniqlangan chegaralarda tashqi devor
panellari o‘rnatilgandan keyin, ichki devor panellarini montaj qilishga kirishiladi.
Ichki devor panellarini o‘rnatishdan oldin, loyihaga muvofiq, panellarni o‘zaro bir-
biri va oraliq tom yopma panellari bilan birlashtiradigan doimiy bog‘lamalar
454
payvandlangan, “Gervolent” lentasi yelimlangan bo‘lishi va tashqi devor
panellarining vertikal tutashmalariga isituvchi qo‘yilmalarning o‘rnatilishi lozim.
Ichki devor panellarini tashqi devor panellariga montaj bog‘lamalari
bilan
vaqtinchalik mahkamlash orqali va eshik o‘rnida montaj tayanchlari o‘rnatilib
montaj ishlari olib boriladi. Vaqtinchalik mahkamlashning boshqa variantlarini
ham qo‘llash mumkin - bir tomondan montaj bog‘lagichlari va ikkinchi tomondan
teleskopik tirgak(inventar halqa)dan foydalanish mumkin; shuningdek uchinchi
variant – montaj qilinadigan panel inventar halqalarga ega bo‘lgan ikkita montaj
bog‘lamalari yordamida avval o‘rnatilgan
ichki devor panellariga
mahkamlanishiga ham ruxsat beriladi (9.27-rasm).
9.27-rasm. Qavatni montaj qilishda qo‘llanadigan jihozlarni joylashtirish sxemasining
fragmenti:
1 – tashqi devor panellari uchun tirgaklar; 2 – ichki devor panellarini montaj qilish uchun
tirgaklar; 3 – uzaytirilgan tirgaklar; 4 – montaj bog‘lamalari; 5 – inventar halqa ilmoqlar; 6 –
ichki devor panellari uchun montaj tayanchi; 7 – pardevorlarni mahkamlashga mo‘ljallangan
455
Ustun; 8 – montaj qisgichi; 9 – tashqi devor panellari uchun uzaytirilgan strubtsina; 10 – tirgakli
strubtsinalar uchun vintli ushlagich.
Qamrovda tashqi va ichki devor panellari hamda to‘ldiruvchi butlovchi
elementlar loyihaga muvofiq montaj qilinib va doimiy mahkamlangandan keyin
montaj moslamalari bo‘shatib olinadi va orayopma
plitalarini montaj qilishga
kirishiladi.
Konstruktsiyalarni montaj qilish ularning pastki qismini geodezik
rejalashning orientirlovchi o‘q belgisi chizig‘iga nisbatan shablon bo‘yicha
o‘rnatish bilan olib boriladi, ularni vaqtnichalik mahkamlash va to‘g‘irlash esa
montaj jihozlari hamda osma reyka-shoqul yordamida amalga oshiriladi.
Birinchi qamrovda hamma konstruktsiyalarni montaj qilish yakunlangandan
keyin, montajchilar zvenosi ikkinchi qamrovga o‘tishadi va ishlarni uxshash
ketma-ketlikda olib borishadi. Bu vaqtda birinchi qamrovda yo‘l-yo‘lakay
bajariladigan jarayonlar – vertikal tutashmalarni
germetiklash va yaxlitlash,
panellar orasidagi tutashgan joylarga ishlov berib tugatish va shu kabi ishlarni
bajarishga kirishiladi.
Montajda barcha elementlarning ustivorligini ta’minlash uchun ularni
o‘rnatishda texnologik xaritada tavsiya etilgan ketma-ketlikka albatta qat’iy rioya
qilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: