443
9.23. Ko‘p qavatli binolar devor panellarini o‘rnatish va vaqtinchalik mahkamlash
sxemasi:
1 – derazalar orasidagi panel; 2 – Ustun; 3 – kamarli panelni Ustunga mahkamlovchi
belboq strubtsina bilan; 4 − kamarli panel; 5 − derazalar orasidagi panel yaqinlashtirib o‘rnatish
jarayonida; 6 − derazalar orasidagi panelni mahkamlash uchun strubnitsa belboq bilan; 7 –
burchak paneli; 8 –
tros tortuvchi qurilma bilan; 9 − o‘rnatuvchi belgi chizig‘i;10 –
parmalangan teshik derazalar orasidagi panelni quyma detalini mahkamlash uchun
Karkasli binolarda devor panellarini o‘rnatish joyiga uzatish oldin
o‘rnatilgan karkas konstruktsiyalari
tufayli ancha murakkablashadi, shu sababli
panellar ko‘tarilayotganda ularning oldin o‘rnatilgan konstruktsiyalarga tegib zarba
bermasligining oldini olish va buralib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni ikkita
tortqilar bilan ushlab turish tavsiya etiladi. Agar panelni kran yordamida o‘rnatish
joyiga aniq uzatishning iloji bo‘lmasa, u holda montajchilar panelni tortqilardan
yoki uzun dastakli ilmoqdan foydalanib tortgan holda zarur bo‘lgan
joyga
yetkazishadi. Panel qorishmali to‘shamaga vertikal o‘rnatiladi, o‘rnatilayotgan
444
panelning tashqi qirrasi pastdagi panelning qirrasi ustiga yotqiziladi, bo‘ylama
yo‘nalishdagi holati esa o‘rnatilgan o‘q belgisi chiziqlari bo‘yicha to‘g‘irlanadi.
Panel vertikal bo‘yicha to‘g‘irlangandan keyin u montaj moslamalari bilan
mahkamlanadi va stroplardan bo‘shatiladi..
Qavat kesimida ikki qatorli bo‘laklangan devor
panellarni montaj qilishda
belbog‘ panellari burchak strubtsinalari bilan Ustunlarga yoki tirgaklar (podkoslar)
bilan orayopma plitalarining montaj halqalariga mahkamlanadi. Derazalar orasiga
qo‘yiladigan panellarni ham orayopma plitalariga tirgaklar yoki
maxsus
strubtsinalar orqali oldindan o‘rnatilgan belbog‘ panellarga vaqtinchalik
mahkamlash mumkin. Ushbu moslamalar yordamida
panellar devor tekisligiga
keltiriladi ularning vertikalligini ta’minlagan holda.
Ikki qatorli bo‘laklangan devorlarni qamrov chegarasida gorizontal holatda
montaj qilganda – dastlab belbog‘ panellar, so‘ngra derazasiga orasidagi
qo‘yiladigan panellar o‘rnatiladi. Panellarni ko‘tarish, o‘rnatilish joyiga olib kelish
va puxta to‘g‘irlab o‘rnatish hamda ushlab turish uchun mo‘ljallangan maxsus
traversalar mavjud. O‘rnatilgan panelning pastki qismi to‘liq mahkamlangandan
keyin, uning yuqori qismi to‘g‘irlanib va vaqtincha mahkamlangandan so‘ng
panelni stroplardan bo‘shatiladi. Panelning yuqori qismini doimiy mahkamlashga
uni stropdan bo‘shatilgandan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
Oraliqlar soni toq bo‘lgan hollarda ombordan montaj qilishda montaj
krannini bino ichidagi o‘rta oraliqga joylashtirish mumkin bo‘ladi. Ko‘p
qavatli
og‘ir Ustunlar binoning faqat pastki qavatlariga joylashtiriladigan vaziyatlarda
montajning kombinatsiyalashgan sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi,
bu sxemaga ko‘ra og‘ir Ustunlar poydevor stakanlariga strelali kran yordamida
o‘rnatiladi, yuqoriga o‘rnatiladigan Ustunlar va binoninng qolgan konstruktsiyalari
esa minorali kran yordamida montaj qilinadi.