440
9.2.7. Devor panellarini o‘rnatish
Karkasli binolarda
tashqi devor panellari, qoidaga ko‘ra, osma bo‘ladi.
Panellarni osib o‘rnatish qamrovda (temperatura bloki chegarasida)gi yuk
ko‘taruvchi konstruktsiyalar to‘liq mahkamlangandan keyin amalga oshiriladi.
Binoning konstruktiv yechimiga bog‘liq ravishda devor panellarini montaj
qilishda balandlik bo‘yicha qamrovda bitta, ikkita va undan ortiq qavatlar bo‘lishi
mumkin. Ikki qatorli bo‘laklangan va o‘z ichiga belbog‘
panellari va derazalar
oralig‘i panellarini oladigan devorlar qavatlar bo‘yicha montaj qilinadi. Lentali
(uzluksiz) oynalangan devorlarda faqat belbog‘ panellari o‘rnatiladi. Bunday holda
qamrov balandligi chegaralanmaydi va bu balandlik karkasning yuk ko‘taruvchi
konstruktsiyalarini montaj qilish uchun qabul qilingan yarus balandligiga teng yoki
karrali qilib qabul qilinadi.
Osma panellarni o‘rnatishga qadar panellarning loyihaviy xolatini bo‘ylama
va ko‘ndalang yo‘nalishlar hamda balandlik bo‘yicha aniqlab beradigan bo‘luvchi
o‘rnatish o‘q belgisi (chiziqlari) belgilanadi. Panellarni reja bo‘yicha o‘rnatish
uchun mo‘ljallangan o‘q belgisi (chiziqlari) Ustunlar va tom ora yopma plitalariga
tushiriladi (belgilanadi, chiziladi), bunda bu belgilar binoning reja o‘qlariga
bog‘lanadi, panellarni balandlik bo‘yicha o‘rnatishda esa o‘q belgisi (chiziqlari)
Ustun qirralariga montaj gorizontiga bog‘lagan holda tushiriladi.
Ko‘p qavatli sanoat binolarida osma devor panellari karkasning og‘ir
elementlariga qaraganda ancha yengilroq bo‘ladi.
Shu sababli tashqi devor
panellari mustaqil oqimda kerakli yuk ko‘taruvchi o‘zi yurar kranlar yordamida
montaj qilinadi.
Tashqi devor panellarini montaj qilish bitta yarusga orqada qolgan holatda
bajariladi va kamdan-kam vaziyatlardagina
qavatda karkas elementlari
o‘rnatilgandan keyin birdaniga panellarni o‘rnatish bajariladi. Ular qavatda yoki
qamrovda karkasning yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalari
batamom barpo etilib va
441
mahkamlangandan keyin o‘rnatiladi (9.21-rasm). Devor panellari uchun montaj
yarusining balandligi odatda karkasning bir qavatli Ustunlarida qavat balandligiga
mos keladi, lekin ikki va uch qavatli Ustunlarda
yarusning balandligi qavat
balandligidan ortiq bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘p qavatli karkasli binolarni montaj qilishda strop shoxlari (arqonlari)
shunday uzunlikda bo‘lishi kerakki, bunda ilmoq va polispastning pastki bloki
navbatdagi qavat orayopmasidan balandda bo‘lishi kerak. Agar panellar orayopma
sathi bo‘yicha o‘rnatilayotgan bo‘lsa montajchilarning ish joyi oraliq tom yopmasi
plitalari ustida bo‘ladi yoki ko‘chma inventar so‘rilar sathida bo‘ladi
panellar
orayopmadan balandga o‘rnatilsa. Tashqaridagi barcha choklar osma so‘rilardan
to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: