2-topshiriq
1. 9 qavatli bino liftiga 4 kishi kirdi. Ularning har biri bir-biriga bo‘gliqsiz ravishda ixtiyoriy qavatda chiqishlari mumkin. Ular : a) turli qavatlarda; b) bitta qavatda: c) 5-qavatda chiqishlari ehtimolliklarini toping.
2. Imtihon biletlariga kiruvchi 60 savoldan talaba 50 tasini biladi. Tavakkaliga tanlangan 3 ta savoldan: a) hammasini; b) ikkitasini bilishi ehtimolligini toping.
3. Idishda 5 ta ko‘k, 4 ta qizil va 3 ta yashil shar bor. Tavakkaliga olingan 3 ta sharning: a) bir xil rangda; b) har xil rangda; c) 2 tasi ko‘k va 1 tasi yashil rangda bo‘lishi ehtimolligini hisoblang.
4. R radiusli doiraga teng tomonli uchburchak ichki chizilgan. Doiraga tavakkaliga tashlangan nuqtaning uchburchakka tushishi ehtimolligini toping.
5. [0,5] kesmadan tavakkaliga bitta nuqta tanlanadi. Shu nuqtadan kesmaning o‘ng oxirigacha bo‘lgan masofa 1.6 birlikdan oshmasligi ehtimolligini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |