446
uchun gorizont ikkita marka (yog‘och yoki qorishmali) bilan panel yon qirralaridan
15...20 sm masofada belgilanadi, tashqi panellar uchun markalar binoning tashqi
tomoni yuzasi yonida o‘rnatiladi. Markalarning qalinligi nevilirlash natijalari
bo‘yicha aniqlanadi, barcha markalarning ustki tomoni hisobiy belgi (otmetka)
(montaj gorizonti) sathida bo‘lishi kerak.
Navbatdagi qavat konstruktsiyalarini montaj qilishga pastki qavatdagi
barcha elementlar to‘liq o‘rnatilib, to‘g‘irlangandan va batamom mahkamlanish –
payvandlash va tutashmalar to‘ldirilgandan keyin kirishiladi.
Yangi qavatda bajariladigan ishlar ishchi zonasini tayyorlashdan boshlanib,
ularga montaj zonasini to‘sish, ishlar zonasiga konstruktsiyalarni o‘rnatish
jarayonida qo‘llaniladigan
montaj jihozlari, asboblari va buyumlarini montaj
zonasiga olib kelish kiradi (9.22-rasm).
Hattoki bir tipdagi va seriyadagi binolar uchun ham konstruktsiyalarini
o‘rnatish ketma-ketligi sezilarli darajada farq qilishi mumkin qabul qilingan
ishlarni tashkil etishga bog‘liq ravishda: montaj ishlari ombordan, montaj bevosita
transport vositalaridan, uy qurilish kombinati montaj oqimining kuchlari bilan.
Umumlashgan ko‘rinishda montajning texnologiyasi
individual montaj
jihozlaridan foydalanish orqali elementlarni erkin o‘rnatish va bikr yacheykalar
yaratish orqali majburiy montaj metodlarini qo‘llanilishi mumkin.
Erkin o‘rnatish ko‘tarish jarayonida har bir elementning o‘z ko‘chishi
bo‘yicha chegaralanmasligini ko‘zda tutadi, lekin o‘rnatish zonasida uni loyihaviy
holatga to‘g‘irlab tushirish va o‘rnatish taqozo etiladi. Element vaqtincha
mahkamlanadi va individual moslamalar hamda nazorat vositalari yordamida
to‘g‘irlanadi. Tashqi devor panellarining ustivorligi maxsus tirgakli strubtsinalar,
ichki devor panellariniki esa tirgakli yoki burchakli
strubtsinalar yordamida
ta’minlanadi. Yonma-yon tashqi panellar va ichki devorlarning tutashmaga
birikadigan panellarini o‘rnatish orasidagi vaqt bo‘yicha uzilish payti
tutashmalarga gidroizolyatsion qatlam va isitish paketlarini o‘rnatish bilan
447
to‘ldirish imkonini beradi. Ushbu sxemani qurilish maydoniga olib kelinadigan bir
xil tipdagi panellarni transport vositalaridan montaj qilishda ham qo‘llash mumkin.
Mazkur metodning asosiy kamchiligi – ko‘p sonli vaqtinchalik mahkamlagichlarga
bo‘lgan ehtiyojdir.
9.24-rasm.
Tashqi devor panellarini montaj qilishda ish joyini tashkil qilish sxemasi:
1-orayopma perimetri bo‘ylab to‘siqlarni o‘rnatish; 2-zinapoya maydonchasining to‘sig‘i;
3-zinapoya marshining doimiy to‘sig‘i; 4-lift shaxtasini yopuvchi himoya shchitlari; 5-
orayopmadagi tuynuklarni yopish (berkitish) shchiti; 6-projektorli
yoritishning shchitchasi; 7-
gernit shnuri, issiqlik izolyatsiyalovchi qo‘yilma, montaj bog‘lamalari joylashtirilgan konteyner;
8-montaj jihozlari uchun konteyner; 9-instrumentlar joylashgan quti; 10-tirgaklar; 11-qorishmali
quti.
Panellarni majburiy montaj qilishda bikr yacheykalarni ketma-ket yaratish
yoki bazali panellarni bikr qilib o‘rnatish maxsus jihozlardan foydalangan holda
olib boriladi. Odatda, qavatdagi montaj ishlari zinapoya katagi panellarini o‘rnatish
bilan boshlanadi, natijada montaj jarayonida binoning birikadigan
konstruktsiyalarining ustivorligini ta’minlaydigan bikr yacheyka hosil bo‘ladi.
Ko‘ndalang ichki yuk ko‘taruvchi devorlarga ega bo‘lgan binolarda birinchi panel
o‘rnatilib va mahkamlangandan keyin navbatdagi hamma panellar bir-birlari bilan
tirgak shtangalar (gorizontal bog‘lamalar) bilan o‘zaro
mahkamlanadi, bunday
448
shtangalar elementni to‘liq o‘rnatish bosqichida uning ruxsat etilgan ko‘chish
chegarasida siljishini chegarlash imkonini beradi. Bunday montaj uchun
qo‘llanadigan jihozni guruhli jihoz deb atashadi, undan foydalanganda
elementlarni geodezik to‘g‘irlashga ehtiyoj qolmaydi.
Qavatning qolgan
elementlari individual jihozlarni qo‘llash orqali erkin metod bilan montaj qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: