O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Tashqi devor panellarini montaj qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.3.4. Tashqi devor panellarini montaj qilish 
Bitta xona o‘lchamidagi devor panellarni ko‘tarish uchun ikki tarmoqlik 
strop (9.28-rasm), ikki xona o‘lchamidagi va katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan 
panellar uchun to‘rt tarmoqlik universal traversalar qo‘llaniladi (9.29-rasm). 
Tashqi devor panellarini montajga tayyorlashda mayaklarning to‘g‘ri 
o‘rnatilganligi, geodezik rejalashning orientirlovchi o‘q belgisi chiziqlari 


456 
mavjudligi tekshiriladi, panel tayanadigan yuzalar tozalanadi va bu yuzalarga 
qorishma yoziladi. Gorizontal tutashmani g‘ovak shnur bilan germetiklashda bir 
nechta panellardagi turtib chiqib turgan qismlarida mastika bilan yelimlanadi, 
shuningdek uning ustidan ham yelimlanadi. Qorishmasi qatlamining usti qismi 
mayaklar sathidan 3....4 mm balandroq bo‘lishi lozim, bu qatlam devor qirrasiga 
taqab yoyilmasligi kerak, bu qatlam devor qirrasidan 2...3sm ichkariroqda yoyilishi 
tavsiya etiladi, shuning uchunkim ustiga qo‘yilgan panel qorishmani siqib chiqarib 
panelning fasad tomonini ifloslantirmasligi uchun. Har bir devor paneli 
o‘rnatiladigan asosga nivelir yordamida 12 mm qalinlikdagi (o‘rtacha qiymat) 
yog‘och yoki qorishmali markalar o‘rnatiladi, ayrim o‘rnatiladigan markalarning 
qalinliklari nivelirlash natijalari asosida aniqlanadi. Bunday mayaklar yordamida 
panellarni yangi to‘shalgan qorishma ustiga tushirganda ularning balandlik 
bo‘yicha aniq o‘rnatilishi ta’minlanadi. 
9.28-rasm.
 
Og‘irlik markazi siljigan devor panelini ilish va ko‘tarish: 
1 – universal traversa; 2 – tenglashtiruvchi arqonli bog‘lovchi tarmoq. 


457 
9.29 rasm. Devor panelini to‘rttalik ko‘taruvchi halqa yordamida ilish va ko‘tarish: 
1 – universal traversa; 2 – tenglashtiruvchi arqonli bog‘lovchi tarmoq. 
Devor panelini ko‘tarishdan oldin, ularda qo‘yma payvandlash detallari, 
montaj va ko‘tarish halqalarining mavjudligi, elementni ilish (stropovka) va 
ko‘tarishni tekshirish taqozo etiladi. 
 
Panel o‘rnatiladigan tekislikka orayopma panelidan 30 sm balandlikda 
yo‘naltiriladi va oldin o‘rnatilgan panelga nisbatan montaj tirqishini nazorat qilgan 
holda va devor tekisligining yaqin o‘q belgisi bo‘yicha ushbu panel o‘rnatiladi. 
Panelni qabul qilish vaqtida montajchilar uning ikkala yon tomonlarida 
joylashadilar, shuning uchun himoya belbog‘i arqoni (fali) ni orayopma panelining 
ko‘taruvchi halqalariga bog‘lanishi kerak . 
Tashqi devor panelini qorishma to‘shamasi ustiga tushirishda uni geodezik 
rejalashning o‘q belgisi chiziqlari bo‘yicha orientirlashadi. Panelning loyihaviy 
holatdan sezilarli ravishda chetga chiqmaganligi – balandlik bo‘yicha to‘g‘ri 
o‘rnatilganligi, choklarning eni va vertikalligi saqlanilgan holati, panel reja 
bo‘yicha to‘g‘ri o‘rnatilganligi, uning vertikaldan og‘ishi kuzatilmagan hollarda – 
montajchilar panelning pastki qismini o‘rnatishga kirishishadi, bu jarayonni bajara 


458 
turib, ular montaj lomi va nazorat shabloni yordamida panelni montaj o‘q belgi 
chizig‘iga to‘g‘irlab siljitishadi. Orayopma paneli ustiga tushirilgan panel vertikal 
yoki ichkariga biroz qiya holatida turishi lozim.
Panelning holati strop tortilib to‘rganida to‘g‘irlanadi. O‘rnatilgan panel 
ikkita maxsus tirgak bilan orayopma panelining montaj halqalariga mahkamlanadi 
(9.30 rasm) va siquvchi mufta yoki tortiladigan gayka bilan taranglashtiriladi. (9.31 
va 9.32. rasmlar). Panel reyka-shovun ko‘rsatishi bo‘yicha devor tekisligiga tortqili 
gaykalarni burash bilan to‘g‘irlab keltiriladi, bunda panelning vertikal holatga 
to‘g‘irlanishi tashqariga asta-sekin og‘dirish bilan amalga oshiriladi. Bu shu bilan 
bog‘liqkim, gorizontal chokdagi tirqishni ichkari tomondan qorishma bilan zichlab 
to‘ldirish mumkin. Paydo bo‘ladigan tirqishni tashqi tomondan sifatli to‘ldirish 
ancha murakkabdir. 
9.30-rasm. Tashqi devor panelini vaqtinchalik mahkamlash sxemasi: 
1 – texnologik teshik; 2 – tashqi devorlarni montaj qilish uchun mo‘ljallangan tirgak. 


459 
9.31 – rasm.
 
Tashqi devor panellarini vaqtinchalik mahkamlash uchun uch tomonlama 
ushlovchi tirgaklar: 
1 – himoyalovchi vtulka; 2 – gayka; 3 – ichki gayka; 4 – ilgakli vint; 5 – cheklagich; 6 – 
shtanga; 7 – vtulka (sirpanuvchi podshipnik); 8 – uch tomonlama ushlagich. 
Panel aniq o‘rnatilgandan keyin distanntsion bo‘shatish moslamasi 
yordamida undagi stroplar yechiladi va panellarning gorizontal choklariga bostirib 
ga ishlov beriladi. Tashqi devor panellari montaj qilingandan keyin, vertikal 
tutashmalarning o‘yiqlariga alyumin qotishmasidan ishlangan suvni qaytaruvchi 
gofrlangan lentalar tiqiladi. Lenta shunday o‘rnatiladikim, bunda chetki gofrlar 
fasad tomonga qaratiladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish