O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
9.32 – rasm.
 
Devor panellarini montaj qilishga mo‘ljallangan qulflovchi shtiftli tirgak: 
1 –himoyalovchi vtulka; 2 – tortish gaykasi; 3 – ichki gayka; 4 – ilgakli vint; 5 –
cheklagich; 6 – qulflovchi (taqaluvchi) shtift(metall o‘zakcha); 7 – teleskopik shtanga. 


460 
9.3.5. Ichki devor panellari va pardevorlarni montaj qilish 
Panellarni o‘rnatish joyida dastlab o‘q belgisi chiziqlari tekshiriladi, ushbu 
zona qurilish axlatlaridan tozalanadi, zarur bo‘lgan jihozlar va asboblar keltiriladi 
hamda joylashtiriladi. So‘ngra o‘rnatilgan markalardan 3...5 mm baland qilib 
qorishma bir xil qalinlikda yoziladi. Panel o‘rnatilayotgan yuzadan 20...30 sm 
balandlikda qabul qilinib, zarur bo‘lgan yo‘nalishga buralib asta-sekinlik bilan 
yoyilgan qorishma ustiga tushiriladi. Agar ichki devor panellari va pardevorlarda 
montaj halqalari bo‘lmasa, u holda inventar halqalar qo‘llaniladi, ulardan ham 
montaj moslamalarini vaqtinchalik mahkamlashda foydalanish mumkin. 
9.33-rasm.
 
Ichki devor panelini montaj bog‘lamasi va montaj tayanchi yordamida 
vaqtinchalik mahkamlash sxemasi: 
1 – tashqi devor paneli; 2 – montaj bog‘lamasi; 3 – ichki devor paneli; 4 – montaj 
tayanchi. 
Stropning tarang tortilgan holatida panelning pastki qismini o‘rnatish uning 
loyihaviy holatini geodezik rejalashning o‘q belgisi chiziqlari bo‘yicha shablon 
yordamida nazorat qilgan holda amalga oshiriladi. Panel asosining to‘g‘ri 
o‘rnatilganligi, og‘ishlar tekshiriladi va montaj lomi yordamida to‘g‘irlanadi.


461 
9. 34-rasm.
 
Montaj bog‘lamasi: 
1 – o‘q; 2 – teshik, halqa; 3 – ilmoq; 4 –himoyalovchi vtulka; 5 – tortish gaykasi; 6 – 
vintli rezba; 7 – tortish muftasi; 8 – vintli tayanch; 9 – strubtsina. 
Undan keyin montaj bog‘lamasi o‘rnatiladi (9.33-rasm). Montaj stolida turib 
strubtsinani ichki devor paneliga mahkamlanadi, xuddi shu bog‘lagichning 
qamragichi (ushlagichi) tashqi devor paneliga biriktiriladigan panelning ko‘tarish 
halqasiga mos ravishda mahkamlanadi (9.34-rasm). Stroplarning bo‘shashgan 
holatida panelning vertikalligini reyka-shovun bo‘yicha to‘g‘irlashga kirishiladi – 
panelning vertikal holati tekshiriladi, sezilarsiz og‘ish montaj bog‘lamasining 
tortqili muftasi yordamida to‘g‘irlanadi. Panel to‘g‘ri holatga keltirilgandan keyin 
devor panelining eshik o‘rniga montaj tayanchi qo‘yiladi va mahkamlanadi (9.33-
rasm). Ichki devorlarning ustivorligini ta’minlashga mo‘ljallangan montaj tayanchi 
quvurlardan payvandlab ishlangan uchburchak ramadan va ikkita mahkamlovchi 
strubtsinadan iborat bo‘lib, bu ramaga tayanch boshmoqlaridan 0,35 va 0,95 m 
balandlikda bikr qilib payvandlanadi.
Montaj tayanchi o‘rnatilgandan va vintli tiragichlar bilan bikr mahkamlab 
qotirilgandan keyin (bunda montaj tayanchining ikkala boshmog‘i ham bevosita 
orayopma ustiga tayanishi lozim), ilmoqlarni distatsion yechish qurilmasi 
yordamida panel stroplardan ozod etiladi. Montajchilar panel ostidagi qorishmani 
ikkala tomondan podshtopka bilan zichlashtirishadi. 


462 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish