O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Rama-sharnirli indikatorni qo‘llab karkasni montaj



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
9.2.6. Rama-sharnirli indikatorni qo‘llab karkasni montaj 
qilish 
Rama-sharnirli indikator (RShI) komplekti tarkibi 4 ta indikator (guruhli 
konduktor)dan tashkil topib, ular o‘zaro po‘lat quvurlardan ishlangan ko‘ndalang 
va bo‘ylama bog‘lamalar bilan o‘zaro bikr birlashtirilgan yagona fazoviy 
konstruktsiyadan iborat. Odatdagi guruhli konduktordagidek unda ham halqali 
so‘rilar va buriluvchan maydonchalar bo‘lib, ular Ustunlar yarusining pastki va 
yuqori sathida joylashadi. Har bir konduktor ramasida Ustunlarni fiksatsiya qilish 
va vaqtinchalik mahkamlashga mo‘ljallangan burchakli tayanchlar (tirgaklar) 
mahkamlangan. RShIning o‘ziga xosligi uning barcha to‘rttala tashkil etuvchilari 
guruhli konduktorlarning holatini bikr qilib qayd qiladigan (fiksatsiyalaydigan) 
bo‘ylama va ko‘ndalang gorizontal bog‘lamalarning mavjudligidir.
RShI ning modifikatsiyalari turli hajmiy-rejaviy parametrlarga ega bo‘lgan 
karkaslarni montaj qilish imkonini beradi. Bazali variant sifatida rama-sharnirli 
indikatorning balandligi ikki qavat kesimidagi Ustunlardan iborat 6 × 6 m 
yacheyka to‘g‘ri keladigan varianti qabul qilingan.


438 
Montaj jihozining komplekti to‘rttadan kam bo‘lmagan RShIni o‘z tarkibiga 
kiritadi. RShI ning alohida guruhli konduktorlari o‘rnatiladi va bir pozitsiyadan 
boshqasiga montaj krani orqali ishlarni olib borish (ishlab chiqish) loyihasida 
ko‘rsatilgan ma’lum bir qat’iy tartibda olib borilib o‘rnatiladi.
RShI komplekti o‘rnatib, mahkamlanib va to‘g‘irlangandan so‘ng Ustunlar 
montaj qilinadi, ularning plandagi va vertikalligi bo‘yicha holati talab qilingan 
aniqlikda ramaning buriluvchi va qaytarma xomutlari orqali qayd (fiksatsiya) 
qilinadi. O‘rnatishda Ustunlar kran yordamida extiyotkorlik bilan asta-sekin RShI 
burchak tayanchiga yaqinlashtiriladi va bir maromda pastki yarusdagi Ustunlarning 
bosh qismiga tushiriladi. Ushbu tushirilayotgan Ustunning pastki uchi (qismi) 
montaj lomi bilan surilib o‘rnatilayotgan Ustunning chiqib turuvchi armaturalar 
bilan yoki o‘rnatilayotgan Ustunning o‘qli belgi chiziqlari bilan pastki yarusdagi 
Ustunning o‘qli belgi chiziqlari moslashtiriladi. Ustunning yuqorisini loyihaviy 
xolatga keltirish va vaqtincha maxkamlash uchun Ustunnig qirralari tortuvchi 
moslama bilan uni RShI ning qayd qiladigan (fiksatsiyalaydigan) burchak 
tayanchiga qistiriladi. O‘rnatilgan Ustunlarning chiqib turuvchi armaturalari 
(tutashmalari) payvandlanadi. RShI ning ikkita satxi bo‘yicha joylashtirilgan 
fazoviy so‘rilarda montajchilarni qulay tarzda ishlashini taminlash uchun 
bo‘riladigan maydonchalar o‘rnatiladikim, ulardan turib montajchilarning Ustunlar 
tutashmalariga ishlov berishi qulay. 
Karkasning montajida RShI ning bitta o‘rnatilgan joyidan turib (16 ta Ustun) 
ikki qavat balandligida (Ustunlarning ikki qavatli kesimida) jarayonlar quyidagi 
ketma-ketlikda olib boriladi: 

barcha Ustunlar balandligi bo‘yicha o‘rnatiladi va bir-birlari 
bilan o‘zaro payvandlanadi; 

dastlab birinchi qavat Ustunlari konsollariga rigellar o‘rnatiladi 
va payvand qilinadi, keyin shu tartibda ikkinchi qavatda bajariladi; 


439 

dastlab rigellarga birinchi qavat Ustunlari orasiga qo‘yiladigan 
plitalar o‘rnatiladi va payvandlanadi, keyin shu tartibda ikkinchi qavatda 
bajariladi; 

birinchi qavatda loyixa bo‘yicha berilgan kerakli pardevorlar 
o‘rnatiladi; 

RShI siz yacheykalarga birinchi qavat oraepma plitalari 
yotqiziladi; 

RShI orasidagi oraliqlarga ikkinchi qavatdagi yig‘ma 
pardevorlar o‘rnatiladi; 

RShI siz yacheykalarga ikkinchi qavat orayopma plitalari 
yotqiziladi; 

RShI yangi montaj uchastkasiga ko‘chiriladi, bo‘sh qolgan 
yacheykalarga yetmayotgan elementlar montaj qilinadi; 

karkas elementlari to‘liq montaj qilingandan keyin zinapoya 
maydonlari va marshlari montaj qilinadi. 
Montaj qilinishi lozim bo‘lgan yacheykalarda loyihada ko‘zda tutilgan 
barcha payvandlash ishlari to‘liq tugatilgandan keyingina RShI yangi pozitsiyaga 
ko‘chiriladi. RShI yangi montaj uchastkasiga o‘rnatilgandan keyin bo‘shagan 
yacheykalarda dastlab birinchi qavat orayopma plitalari va so‘ngra ikkinchi 
qavatning orayopma plitalari montaj qilinadi. Plitalar yotqizilgunga qadar
yacheykalarga pardevorlarni o‘rnatish va montajdan keyingi ishlarni bajarish 
uchun zarur bo‘lgan materiallar berilishi kerak. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish