O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Yakka konduktorlarni qo‘llab Ustunlarni montaj qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Yakka konduktorlarni qo‘llab Ustunlarni montaj qilish
. Yakka 
konduktorlar va guruhli konduktorlar bino yer ustki qismi karkasining birinchi va 
keyingi yaruslarini montaj qilishda qo‘llanilishi mumkin (9.16. rasm). Karkasning 
yuqori yaruslarini montaj qilishda Ustunlar pastki yarusni avval o‘rnatilgan 
Ustunlarining boshiga o‘rnatilib montaj qilinadi. Ustunlarni tutashtirish joyini 
oraliq yopma plitalarining ustki sathidan 1 m balandlikda qabul qilish nazarda 
tutiladi.
Yakka konduktorlarni qo‘llashda dastlab Ustunlarning bosh qismiga 
konduktor tushiriladi va u bosh qismiga pastki ikkita halqalarning vintlari bilan 
mahkamlanadi. Bir vaqtning o‘zida Ustunlar montajga tayyorlanadi. Dastlab 
shtabeldagi Ustunni stropning ikkita ilmog‘i bilan kran yordamida ko‘tarib va 
ko‘chirib gorizontal tagliklar ustiga yotqiziladi va stropdan bo‘shatiladi. So‘ngra 
Ustunning markirovkasi tekshiriladi, uning yon tomonlari (oxirgi ikki uchi 
ko‘ndalang tomonlari) va qo‘yma payvandlash detallari beton qoldiqlari, zang va 
iflosliklardan tozalanadi. Ustunning uchlarining tomonlariga shablon 
yordamidao‘q belgisining chiziqlari chiziladi. Unga ramali qamragich o‘rnatiladi 
va u vintli tortqilar bilan Ustunga mahkamlanadi. 
Ustun ko‘tarilib o‘rnatish joyidagi konduktor ustidan 20...30 sm balandlikda 
ushlab turiladi va kerakli holatga burib keltiriladi. Ustun asta-sekinlik bilan 
konduktorga tushiriladi, bunda montaj qilinayotgan Ustun bosh qismining o‘q 
belgisi chiziqlari Ustun pastki o‘q belgisi chiziqlariga birlashtiriladi. O‘rnatilgan 
Ustunni konduktorda yuqori halqalarning regulirovkalovchi vintlari yordamida 
vaqtinchalik mahkamlanadi va stroplarni bo‘shatmasdan montaj lomi bilan Ustun 
bosh qismi va Ustunning o‘q belgisi chiziqlari bir-biriga mos keltiriladi. Ustun 
vertikal holatga keltirilgandan keyin konduktorning vintlari uzil – kesil 
mahkamlanadi, Ustunning to‘g‘ri o‘rnatilganligi teodolit yordamida nazorat 


428 
qilinadi. Ustun mahkamlangandan va to‘g‘irlangandan keyin stroplardan 
bo‘shatiladi. 
 
9.16. rasm. Ustunni Ustunga montaj qiluvchi yakka konduktorlar: 
a – tom ora yopmasi sathidagi tutashma bilan; b, v – tom ora yopmasi ustidagi tutashma 
bilan, odatdagi va yarim avtomat; 1 – montaj qilinayotgan Ustun; - Ustunlar; 3 – konstruktsiyani 
qamrab ushlash; 4 – tortqi; 5 – regulirovkalaydigan vintlar; 6 – tayanchni qamrab ushlash; 7 – 
pastki tayanch ramasi; 8 – yuqori rama; 9 – sharnir; 10 – tayanch vintlari; 11 – qulflaydigan 
element; 12 – tayanch yuzasi; 13 – oldin montaj qilingan Ustunning bosh qismi; 14 – 
yo‘naltiruvchilar; 15 – ushlagichning buriladigan to‘sini; 16 – prujina osti tayanchi; 17 – rolik; 
18 – prujina osti bo‘lmagan suriluvchan tayanch; 19 – surilmaydigan tayanch. 
Ustunlar ramali va barmoqli ushlagichlar bilan stroplanib ko‘tariladi. Ramali 
ushlagich Ustunni uning bir nuqtasidan ko‘tarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
distantsion bo‘shatiladi. Bu ushlagich yuqorisi yechilmaydigan va past qismi 
yechiladigan ramalardan tashkil topadi. Yuqori rama teshiklarga ega bo‘lib, ular 
orqali erkin siljiydigan kanatli traverslar o‘tkazilgan bo‘lib, ular yuqori ramaning 
pastki qismiga gilzalar bilan mahkamlangan bo‘ladi. Pastki rama Ustunning pastki 


429 
konsolini qamrab bog‘laydi, yuqori rama esa yuqori konsollarga yoki chiqib turgan 
armaturalarga tayanadi. Ustunlarni stroplardan bo‘shatish uchun kran ilmog‘i 
pastki rama sektsiyasini ora yopma plitadan ajratish mumkin bo‘lgan 
balandlikkacha tushiriladi. Bunda stroplar kanatlarga mahkamlangan gilzalar 
ramkaga borib taqalguncha yuqori rama teshiklari orqali erkin sirpanadi. Ilmoqni 
keyingi ko‘tarishda yuqori ramka Ustundan yechiladi.
Ko‘tarish uchun teshiklarga ega bo‘lgan Ustunlar traversa, stroplar va P-
simon ramka, bekitiladigan barmoqdan tashkil topgan barmoqli ushlagichlar 
yordamida stropovka qilinadi. Ustunlarni stropdan bo‘shatish barmoqni Ustun 
teshiklaridan sirg‘ali tros orqali chiqarilib distantsion ravishda boshqariladi.
Ustunlarni o‘rnatishda regulirovkalovchi vintlariga ega bo‘lgan yakkali 
konduktorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yarim avtomatik konduktorni 
qo‘llaganda Ustunlar quyidagi tartibda montaj qilinadi: yopiq qulflarga ega bo‘lgan 
konduktor kran yordamida montaj qilingan Ustunning bosh qismiga to‘g‘irlab 
uzatiladi. Konduktor massasi ta’sirida prujina osti richaglari siqiladi va konduktor 
ko‘chmas tayanch roliklar hamda richag roliklari bo‘yicha sirpanib o‘z-o‘zini 
o‘rnatadi. Undan keyin siquvchi qurilmalar yopiladi va konduktor Ustunga bikr 
mahkamlanib qoladi. Yakkali konduktorda 4 qator qisuvchi vintlar bo‘lib, ulardan 
pastki ikki qatori konduktorni pastki Ustunga mahkamlash uchun mo‘ljallangan, 
yuqori ikki qatori esa o‘rnatilayotgan Ustunni qabul qilish va uni mahkamlashga 
mo‘ljallangan. Binoni barpo etish jarayonida uning karkasini ustivorligi va fazoviy 
bikrligini ta’minlash uchun, zarur bo‘lgan ishlar frontini yaratish uchun 12 ta 
konduktordan tashkil topgan komplektga ega bo‘lish tavsiya etiladi.
Karkas elementlarini bir qavatli Ustunlar bilan yig‘ishni qavatlar bo‘yicha 
amalga oshirish lozim. Ustunlarning aniq vertikal holatga keltirilganligi ikkita o‘q 
bo‘yicha teodolit yordamida nazorat qilinadi. O‘qlarning nomosligi 5 mm dan, 
Ustunlarning vertikaldan og‘ishi esa 3 mm dan oshmasligi kerak. Po‘lat 
bog‘lamalar bog‘lovchi yacheykalarning Ustunlari o‘rnatilgandan keyin montaj 


430 
qilinadi. Yakka konduktorlar Ustunlarning tutashmalari payvandlanib, rigellar, ora 
yopma plitalar o‘rnatilib va payvandlangandan so‘ng boshqa pozitsiyaga 
ko‘chirilishi mumkin.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish