6-мавзу: Sanoat binolarida ishlatiladigan ustunlar turlari. Faxverk ustunlar va ustunlar orasidagi bog’lovchilar. Reja:
Sanoat binolari ustunlari
Temirbeton kolonnalari, faxverk va kolonnalar orasidagi bog’lovchilar (svyazi)
SANOAT BINOLARI USTUNLARI Bir va ko’p qavatli sanoat binolari sinchlarini tuzishda temir beton va po’lat ustunlar qo’llaniladi.
Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlari tokchali yoki tokchasiz (ko’prik kranlar bilan jixozlangan xolda) xolda bo’lishi mumkin. Ularni bino tarxida joylashishiga qarab o’rta va chekka qator ustunlariga ajratiladi (2.13-rasm).
Ustunlar kesimi to’g’ri to’rt burchakli, tavr profilida va ikki ko’rinishga ega bo’ladi. Ustun ko’ndalang kesimi o’lchamlari unga tushayotgan yuk miqdoriga bog’liq bo’ladi. Ustunlar kesimi unifikatsiyalangan bo’lib, to’g’ri to’rt burchak kesimli ustunlar uchun 400x400: 400x600: 400x800: 500x500: 500x600: 500x800mm, kesimi tavr profilida bo’lgan ustunlar uchun kesimi uchun esa 400x1000: 500x1000: 500x1300: 500x1400: 500x1500: 600x1400: 600x1400: va 600x2400mm qilib olinadi. Bunda ustunlarni balandligi bo’yicha maxsus detallar o’rnatilgan bo’lib, ularga devor panellarini qotirish ko’zda tutiladi. (2.14-rasm). Ustunlar qurilishmaydonlarida yig’iladigan bir necha qismdan iborat bo’lishi ham mumkin.
Ustunlarni koordinatsiya o’qlariga bog’lash muxim axamiyatga ega bo’lib, unifikatsiya qilingan elementlarni montaj qilish, yig’ma konstruktsiyalar orasidagi tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modulь o’lchamlar ko’zda tutilgan bo’ladi. (2.14-rasm).
Tokchali ustunlar kran usti va kran osti shoxlardan iborat bo’ladi. Kran usti shohlari kesimi ko’pincha kvadrat yoki to’g’ri to’rt burchakli bo’lib, 400x400: yoki 500x500mm qilib olinadi. Bu ustunlarni sinfi V20-V40 bo’lgan yuqori sifatli betonlardan xamda xar xil sinfdagi armaturalardan tayyorlanadi.
Ustun uzunligi tsex balandligi va ustunning poydevori ichiga tushiriladigan qismi to’rt burchakli ustunlar uchun: agar bino ko’prik kran bilan jixozlanmagan bo’lsa, 750mm; agar bino ko’prik kran bilan jixozlangan bo’lsa, 850mm; ikki shoxli ustunlar uchun bu kattalik tsex balandligi 10,8m bo’lganda – 900mm; tsex balandligi 10,8 metrdan yuqori bo’lgan xol uchun – 1000mm; ikki shoxli ustunlar uchun 1050 va 1350mm qilib olinadi.
1-rasm. Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlarining asosiy xillari:
a – ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rt burchakli ustunlar qadami 6m bo’lgan kransiz binolarda qo’llaniladigan ustun
b – bu xam, ustunlar qadami 12m bo’lganda qo’llaniladigan ustun
v – ikki tarmoqli, ko’proq kransiz binolarda qo’llaniladigan ustun
g – ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rt burchakli bo’lib, ko’prik krani bilan jixozlangan binoda qo’llanadigan ustun
d – bular xam, faqat qo’sh tavrli kesimga ega bo’lgan ustunlar
e – ikki tarmoqli ko’prik krani bilan jixozlangan binolarda ishlatiladi
j – ustun umumiy ko’rinishi
1– yopma ko’taruvchi konstruktsiyalarni qotirishda ishlatiladigan zakladka detali
2 – 3 – bular ham, kran osti balkasini qotirishda ishlatiladi
4 – bu, xam devor panlini qotirishda ishlatiladi.