420
orasidagi eng kichik masofaning 3/4 qismidan oshmasligi
va tutashma oraligi
qirqimining eng kichik o‘lchamining 1/3 qismidan oshib ketmasligi lozim.
Ustunning poydevor bilan tutashmasi ikki joydan nazorat qilinadi. Ustun
poydevor stakani tubiga oldin quyilgan quyuq konsistentsiyali qorishma yoki beton
aralashmasining tekislovchi qatlami ustiga o‘rnatiladi. Bu qatlamning qalinligi
montaj qilinadigan Ustunning balandligi va ijro sxemasida ko‘rsatilgan stakan tubi
sathining otmetkasi bo‘yicha aniqlanadi. Tekislovchi qatlam o‘rniga metall
qo‘yilmalarni o‘rnatish va Ustunni qotgan tekislovchi
beton qatlami ustiga
o‘rnatish taqiqlanadi, chunki bunda Ustun pastki tub qismining butun yuzasi va
asos yuzasi orasida zarur bo‘lgan kontakt (bog‘lanish)ni ta’minlanmaydi.
Stakanlarining uyasi (ochiq joylari) Ustunlar yoki Ustunlar qatori o‘rnatilib
va to‘g‘irlangandan keyin donalari 5...20 mm bo‘lgan to‘ldiruvchili beton
aralashmasi bilan yaxlitlanadi. Beton aralashmasi uchining diametri 38 mm
bo‘lgan chuqurlik vibratori yordamida zichlashtiriladi.
Karkas elementlarining qolgan tutashmalari
turli konstruktsiyaga ega
bo‘lishi mumkin. Shunga bog‘liq ravishda ishlarini bajarish loyihasida
tutashmalarni to‘ldirish usullari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: choklarni chekanka
qilish yoki qorishma bilan to‘ldirish yoki armaturali elementlarning tutashgan
joylari uchun qo‘llaniladigan.
Tirqishlar quyuq qorishma bilan to‘liq to‘ldirilgungacha zichlanadi. Choklar
qo‘l yoki qorishma nasoslari yordamida to‘ldiriladi. Vertikal elementlar orasidagi
tutashmalarni to‘ldirishda inventar qolip qo‘llaniladi.
Monolit tutashmalar qoliplarga beton aralashmasini quyib betonlashtiriladi;
beton loyihadagi talab etilgan mustahkamlikga erishgandan keyin qolip olinadi.
Betonlashga qadar bunday tutashmalardagi detal va armaturalarning payvandlanish
sifati, armaturalashning to‘g‘ri bajarilganligi tekshiriladi.
Beton aralashmasini
quyishdan oldin armatura va tutashadigan elementlarning butun yuzasi zangdan
tozalanadi, chiqindilar olib tashlanadi. Beton aralashmasini quyganda
421
(joylashtirganda) tutashma beton aralashmasi bilan butunlay to‘lishini ta’minlagan
holda u vibrator, qoziq tiqish bilan zichlashtiriladi.
Beton aralashmasini quyishda beton ichida armaturaning siljimasligi va
himoya qatlamining talab etilgan qalinligi saqlanishi kuzatilib boriladi. Vibrator
bilan titratish jarayonida beton aralashmasi
yumshoq holatdan chiqadi va
zarrachalar orasidagi ishqalanish kamayishi evaziga qo‘zg‘aluvchanlik holatini
egallaydi. Buning oqibatida shcheben va shag‘al ham haraktaga keladi va beton
aralashmasi ichida bir tekisda tarqala boshlaydi, bu esa o‘z
navbatida betonning
zichligi va mustahkamligini oshirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: