412
1 – stropila fermalari omborda; 2 – fermani loyihaviy holatga ko‘tarish; 3 – traversa; 4 –
montaj krani: 5 – Ustunni montaj moslamalari bilan jihozlash.
Konstruktsiyalarni montaj qilishdan oldin ular qo‘yidagilar bilan
jihozlanmog‘i lozim: stropila osti fermalari –himoyalash (ehtiyot, saqlash) arqoni,
osma kajava va tortqilar bilan, stropila fermalari va to‘sinlari –himoyalash arqoni
va tortqilar bilan.
Ferma va to‘sinlarni stropovka qilish (kran ilmoqlariga ilish)
uchun
ilmoqlari distantsion avtomatik va yarim avtomatik yechiladigan ushlagichlar bilan
jihozlangan traversalar qo‘llaniladi.
Ferma ko‘tarilganda uning fazodagi holati tortqilar bilan to‘g‘irlanadi.
Fermaning tayanadigan joyidan 0,6 m balandlikda montaj qiluvchilar (Ustunga
mahkamlangan montaj maydonchasi ustida turgan ishchilar) uni qabul qilib
olishadi, o‘q belgisi chiziqlariga to‘g‘irlashadi va loyihaviy holatiga o‘rnatishadi.
So‘ngra qo‘yma metall detallar payvandlanadi,
undan keyin ferma kran
ilmoqlaridan ozod qilinadi. To‘sinlar va fermalarni montaj qilishda asosan
ko‘chma va o‘zi yurar teleskopik hamda sharnirli vishkalar va ko‘targichlardan
foydalaniladi, ularning qo‘llanilishi montajchilarninig ishlashi uchun zarur bo‘lgan
qo‘layliklarni ta’minlaydi va so‘ri va osma kajavalardan voz kechish imkonini
beradi.
9.9 rasm. Ferma va to‘sinlarni ob’ekt oldi omboriga taxlash:
a – stropila fermalari: b – kran osti to‘sinlari:
413
Tom yopmasi fermalari va to‘sinlarini loyiha holatiga o‘rnatganda ularning
chet uchlaridagi o‘q belgilari chiziqlarini pastda
yotuvchi konstruktsiyalar
(Ustunlar, stropila osti fermalari) tayanch yuzalari o‘q belgilari chiziqlari bilan mos
keltirish kerak. Elementlarni mahkamlash Ustunning bosh qismiga oldindan
o‘rnatiladigan konduktorlar yordamida bajariladi. Konstruktsiyalarni kran yoki
ko‘targich ilmoqlaridan yechish tirgaklar o‘rnatilgandan keyin va bog‘lamalarni
yuqori belbog‘larga payvandlagandan so‘ng amalga oshiriladi.
Birinchi ferma ko‘tarilib, o‘rnatilib va to‘g‘irlangandan keyin tortqi arqonlar
bilan inventar yakorlarga yoki oldindan o‘rnatilgan
va betonlab yaxlitlangan
Ustunlarga tortib mahkamlanadi, keyingi o‘rnatilgan fermalar bir-biri bilan o‘qlari
orasidagi o‘lchami qat’iy 6 yoki 12 m ni tashkil etgan maxsus tirgaklar bilan
birlashtiriladi (9.10 rasm). Birinchi juft fermalar o‘rnatilgandan keyin ularning
ustiga 3...4 tom yopma plitalari boshlang‘ich bikr
tizimni yaratish maqsadida
yotqiziladi. So‘ngra hamma vaqtinchalik mahkamlash moslamalari, ya’ni inventar
tirgaklar hamda arqonlar olib tashlanadi va tom yopma plitalari payvandlanadi.
Fermalarni o‘rnatish va mahkamlash bilan bir vaqtning o‘zida loyihada ko‘zda
tutilgan doimiy bog‘lamalar o‘rnatiladi.
9.10 rasm. Dastlabki ikkita stropila fermalarini o‘rnatish va mahkamlash:
1 – tutqich; 2 – stropila fermasi (to‘sin); 3- tortish muftasi; 4-vintli inventar tortqi: 5 -
kran osti to‘sini: 6 – tortqi arqonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: