O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.1.2. Ustunlarni montaj qilish 
Stakan tipidagi poydevorlarni montaj qilish va umuman bino yer osti 
qismining konstruktsiyalarini barpo etish nul tsikli ishlarga tegishli bo‘ladi va 
mustaqil montaj oqimi bilan bajariladi. Binoning yer usti qismi, odatda, aralash 
usul bilan montaj qilinadi, mustaqil oqim bilan ustunlar montaj qilinadi va devor 
panellari o‘rnatiladi, kran osti va stropila fermalari hamda stropila osti fermalari, 
tom yopma plitalari kompleks usul orqali amalga oshiriladi.
Bir qavatli sanoat binolari uchun stakan tipidagi poydevorlarga montaj 
qilinadigan, balandligi 19,35m gacha, massasi esa 26,4t gacha bo‘lgan yig‘ma 
temirbeton Ustunlar konstruktsiyalarining nomenklaturasi ishlab chiqilgan.
Ustunlarni montaj qilishga qadar quyidagi ishlarni bajarish kerak:

poydevorlarning yon bo‘shlig‘ini grunt bilan to‘ldirish; 


402 

poydevorlarning to‘rtta ustki qirralari sathida o‘rnatish o‘q 
belgisini chizish;

poydevor stakanlarini ifloslanishdan himoya qilish uchun ularni 
shchitlar bilan yopish; 

montaj krani va avtomobillar yurishi uchun yo‘llar qurish; 

Ustunlarni ularning o‘rnatish joylari yonida taxlash uchun 
maydoncha tayyorlash; 

montaj zonasiga zarur bo‘lgan montaj vositalari, moslamalari va 
asboblarni yetkazish; 

Ustunlardagi tutashtirish uchun mo‘ljallangan hamma quyma 
detallarni tekshirish; 

o‘rnatish o‘q belgilarini Ustunlarning yon qirralariga chizish . 
Ustunlar montaj qilinadigan joy atrofiga qalinligi 25 mm dan kam 
bo‘lmagan yog‘och tagliklarga taxlanadi. Ustunlarni shunday taxlash kerakkim, 
bunda kran montaj qilish turar joyidan Ustunlarni loyihaviy holatga qulochini 
o‘zgartirmasdan o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lsin (9.2-rasm). Montaj qilishdan 
oldin har bir Ustunni ko‘zdan kechirish taqoza etiladi, unda deformatsiya, 
shikastlanish, yoriqlar, g‘ovaklar, siniqlar, ochiq armatura, beton chaplamalariga 
ega bo‘lmasligi talab etiladi. Ustunlarning geometrik o‘lchamlarini, montaj 
teshigining mavjudligi, tutashtiruvchi quyma detallarning to‘g‘ri o‘rnatilganligini 
tekshirish zarurdir.
Balandligi 12 m dan yuqori bo‘lgan Ustunlarni osib ko‘tarishdan oldin yoki 
osib o‘rnatish bilan bir vaqtning o‘zida ularga narvon, osma kajava (lyulka), 
tortqilar o‘rnatiladi.
Ustunlarni ilish, ilmoqlarni montaj xalqalariga yoki Ustundagi maxsus 
teshikdan o‘tkazilgan montaj sterjeniga ildirish orqali amalga oshiriladi. Ustunlarni 
montaj qilishda ularni poydevorga vertikal holatda tushirish imkonini beruvchi 
friktsion qamragichlar (ushlagichlar) va o‘z-o‘zini muvozanatlashtiruvchi 


403 
traversalar keng qo‘llaniladi. Ularning hammasi Ustun poydevor stakaniga 
o‘rnatilgandan keyin ishchini ilmoq osilgan joyga chiqishini talab etmaydigan 
distantsion (masofadan turib) ilmoqlarni yechish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 
Ustunlar montaj kranlari yordamida poydevor stakaniga o‘rnatilgan temirbeton 
tagliklar yoki tekislovchi beton aralashmasi ustiga tushiriladi.
Poydevorlarga o‘rnatilgan Ustunlarni to‘g‘irlash va vaqtinchalik 
mahkamlash montaj jihozlarining komplekti yordamida amalga oshiriladi. Ustun 
pastki qismining poydevor stakani tubidagi loyihaviy holati, Ustunlarni 
vaqtinchalik mahkamlash va vertikal bo‘yicha to‘g‘irlash ponasimon vkladish 
(almashma)lar yordamida bajariladi. 
9.2. rasm. Ustunlarni montaj qilish: 
1 – stakan tipidagi poydevor; 2 – oraliq taglik; 3 – Ustunlarning ombordagi holati; 4 – 
o‘rnatilgan Ustun; 5 – montaj traversasi; 6 – oldin o‘rnatilgan Ustun; 7 – Ustunning stakandagi 
tutashuv o‘rnini beton aralashmasi to‘ldirish. 
Ustunlar o‘rnatilgandan sung ularning ustivorligi vaqtinchalik 
mahkamlovchilar, ko‘pincha konduktorlar yoki ponali vkladishlar (quyilmalar) 
orqali ta’minlanadi. Vertikal bo‘yicha Ustunlarni tik holatga to‘g‘irlash va tuzatish 
domkratlar yordamida olib boriladi; bunda Ustunlarning vertikaldan og‘ishi va 
o‘qlardan chetga chiqishi (siljishi) me’yoriy qiymatlardan oshmasligi lozim. 


404 
Balandligi 12 m gacha bo‘lgan Ustunlar poydevorlar stakanlariga, odatda, 
ponali vkladishlar (tiqinlar) yordamida mahkamlanadi, ancha baland bo‘lgan 
Ustunlarni mahkamlash uchun qo‘shimcha tarzda konduktorlar va tortqilardan 
foydalaniladi. O‘rnatilgan Ustunlarni ilmoqlardan bo‘shatish (echish) ularni 
poydevorlar stakanlariga ponali vkladishlar (tiqinlar), zarur bo‘lgan hollarda 
tortqilar bilan ishonchli mustahkamlagandan keyin bajarish toqazo etiladi.
Inventar ponali vkladishlar ( qo‘yilmalar) (8.17 rasm)gayka va ruchkali,
bobishkali vint va sharnirda osilgan korpusdan iborat. Ponalar Ustun qirralari va 
poydevor stakani devorlari orasidagi tirqishga o‘rnatiladi. Bu tirqish 90 mm dan 
oshgan vaziyatda qo‘shimcha qo‘yilmalardan foydalaniladi. Vintni kalit bilan 
burash ta’sirida bobishka ta’siri ostida pona sharnirda korpusdan ko‘chadi va 
natijada pona va stakan korpusi orasida tirgak kuchi yuzaga keladi. Ustun va 
poydevor orasidagi tirqishni beton aralashmasi bilan to‘ldirishdan oldin ponali 
vkladishga to‘siq o‘rnatiladi. Bu to‘siq qattiq beton aralashmasi zichlangandan 
keyin yoki odatdagi qorishmalarda esa qota boshlagandan so‘ng olib tashlanadi. 
Ustunlarni vaqtinchalik mahkamlash uchun to‘rli konduktorlar qullaniladi 
(9.3 rasm). Turli ko‘rinishdagi konduktorlarni qo‘llash shartlari, ular yordamida 
Ustunlarni o‘rnatish va to‘g‘rilash ishlarni bajarish loyihasida keltiriladi. Ustunlar 
tug‘ri holatga keltirilgandan keyin ularni loyihaviy holatda mahkamlash tutashuv 
joylari tez qotadigan va kirishmaydigan tsement asosida tayyorlangan beton 
aralashmasi pnevmosiqub beruvchi asbob yordamida betonlanadi. Pona vkladishlar 
(qo‘yilmalar) tutashuv joyidan beton ishlarni bajarish loyihasida ko‘rsatilgan 
muddatdan keyin yoki beton loyihaviy mustahkamlikni 50% ga yetgandan keyin 
olib tashlanadi. 
Ustunlarni montaj qilishda poydevor stakanining tubi, Ustun pastki qismini 
qirrasidagi o‘q belgisi chizig‘ining poydevorning yuqori qirrasidagi o‘q chiziqlari 
bilan mos tushishi, Ustunlarning vertikalligi, kran konsoli va Ustun tepa qismining 
sath otmetkalari tekshirilishi shart. Ustun o‘qlari va belgilash (reja) o‘qlarining 


405 
mos tushganligi ikkita o‘q bo‘yicha nazorat qilinishi kerak, Ustunlarning vertikal 
holati ikkita belgilash o‘qi bo‘yicha bitta yoki ikkita teodalit yoki vertikal 
loyihalash usuli bo‘yicha zenit-asbob yordamida ta’minlanadi. Kran osti balkalari 
va fermalar uchun mo‘ljallangan tayanch maydonchalarining sath belgilari 
geometrik nivelirlashtirish usuli bilan nazorat qilinadi.
9.3. rasm. Ustunlarni poydevor stakanlariga montaj qilish uchun mo‘ljallangan yakka 
konduktorlar: 
a – oddiy; b – yarimavtomat; 1 – montaj qilinadigan Ustun; 2 – rama; 3 – montaj 
qilinayotgan konstruktsiyani qamragichi (ushlagich); 4 – tartibga soluvchi (regulirovka 
qiladigan) vint; 5 – tayanchni qamragichi (ushlagich); 6 – buriluvchi kronshteyn; 7 – poydevor; 
8 – taglik; 9 – ostga qo‘yiladigan valik; 10 – prujina ostiga o‘rnatiladigan qisuvchi roliklar; 11 – 
yo‘naltiruvchi qo‘zg‘almas roliklar 


406 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish