O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
 


414 
9.1.5 Tom yopmasi plitalarini montaj qilish 
Odatda, tom yopma plitalari eni 1,5 va 3 m da 6 m uzunlikka, eni hamda 3 
m da 12 m uzunlikka ega. Plitalarni stropovka qilish (ilish) “pauk” tipli to‘rt shoxli 
(to‘rt osmali) strop yoki ko‘pincha traversalar bilan amalga oshiriladi. 
O‘rnatiladigan yopma plitalar fermalar (tom yopma to‘sinlari) bilan bir oqimda 
montaj qilinadi, shuning uchun navbatdagi ferma o‘rnatilgan zaxotiyoq navbatdagi 
yopma plitalar qatori joylashtiriladi 
Fonarsiz tom qoplamasida tom yopma plitalarini oldin montaj qilingan 
oraliqdan boshlab fermaning bir tomonidan ikkinchi tarafiga qarata joylashtirish 
(9.11-rasm), fonarlarga ega bo‘lgan oraliqlarda esa yopma plitalarni fermaning ikki 
oxiridan boshlab o‘rta tarafga tomon ketma-ket o‘rnatish tavsiya etiladi. Stropila 
konstruktsiyasi ustidagi tom yopma plitalarini loyihaviy holatini ta’minlash 
maqsadida ular fermalar (to‘sinlar) yuqori belbog‘laridagi belgilar bo‘yicha 
o‘rnatiladi. 
9.11. rasm. Tom yopma panellarini montaj qilish: 
1 – tom yompa plitalari shtabeli; 2 – montaj krani; 3 – Ustunlarni montajga jihozlash; 4 – 
tom yopma plitalarini ketma-ket yotqizish 


415 
Stropila konstruktsiyasi ustiga o‘rnatilgan birinchi plita to‘rtta tayanch 
tugunlarida payvandlanadi. Har bir navbatdagi plitaning qo‘yma payvandlash 
detallari uchtadan kam bo‘lmagan tayanch tugunlarida fermaning yuqori 
belbog‘idagi qo‘yma payvandlash detallariga payvandlanadi (plitaning to‘rtinchi 
burchagi payvandlash uchun noqulaydir). 
Har bir yacheykada birinchi plitani o‘rnatishda bitta montajchi qo‘shni 
yacheykaga yotqizilgan plita ustida turadi, ikkinchi montajchi esa Ustunga osilgan 
zina-maydonchada turadi. So‘ngra ikkita montajchi ham keyingi plitani qabul 
qilish va o‘rnatish uchun yangi qo‘yilgan plita ustiga o‘tishadi.
Tom yopmasining chetki plitalari inventar to‘siq konstruktsiyalari bilan 
jihozlanmog‘i lozim. Plitalar orasidagi choklar tez qotadigan tsement asosidagi 
tsement-qumli qorishma bilan yoki mayda donali beton aralashmasi to‘ldiriladi. 
Bir qavatli sanoat binolarida tom yopmasining elementi sifatida katta 
o‘lchamli plitalar – qobiqlar, 2T plitalar, boshqa industrial buyumlar ko‘zda 
tutilishi mumkin, ular isitgich va tom qoplamasi bilan bajarilgan holatda ob’ektga 
keltiriladi. 
Tom yopma plitalarini taxlash montaj kranining ish zonasida montaj 
oqimiga kiradigan boshqa elementlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Plitalar 
8...9 ta donagacha bo‘lgan sonda shtabelda yotqiziladi, ba’zan shtabellarni montaj 
kranining ikkala tomoniga o‘rnatishadi. Bu shtabellardagi barcha plitalar montaj 
qilinadigan oraliqqa to‘liq joylanishi lozim. Faqat tom yopmasi plitalari uchun 
karkasning eng yengil elementlari sifatida ikkita qo‘shni fermalarga elementlarni 
yotqizishda kran strelasi qulochini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Montaj krani 
sifatida uzaytirilgan guskali kranni qo‘llash optimal yechim deb hisoblanib, bu o‘z 
navbatida asosiy ilmoqda fermalar va to‘sinlarni, boshqa guskadagi ilmoqda esa 
tom yopmasi plitalarini ko‘tarish hamda montaj qilish imkonini beradi.
Fermalar orasidagi vaqtinchalik tirgaklar plita qo‘yma payvandlash 
detallarini tirgak yotqizilgan fermaga payvandlangandan keyin olib tashlanadi. 


416 
Tom yopmasining temirbeton plitalarini stropila to‘sinlari o‘rnatish bo‘yicha 
montaj qilish fermalar bo‘yicha olib borilgan ketma-ketlikda va aynan o‘sha 
usullar bilan bajariladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish