434
9.18. rasm. Bog‘lovchi (tirgakli) (a) va oddiy (b) orayopma plitalarini o‘rnatish
9.2.5. Guruhli konduktorni qo‘llash bilan karkasni montaj qilish
To‘rtta Ustunga muljallangan guruhli konduktorlar yoki birdaniga 16 ta
Ustunga muljallangan fazoviy rama-sharnirli indikatorlar (RShI) komplektini
qo‘llash evaziga Ustunlar va boshqa konstruktsiyalarni vaqtinchalik mahkamlash
va talab etilgan aniqlikda o‘rnatishni majburiy harakatlar bilan ta’minlash mumkin.
Yangi yarusda ishlar har doim guruhli konduktorlar (indikatorlar)ni o‘rnatish va
ularni to‘g‘irlashdan boshlanadi.
Guruhli konduktorlar Ustunlar uzunligi 18 m gacha bo‘lgan karkasni
yig‘ishga mo‘ljallanadi. Turli Ustunlar to‘ri uchun konduktorlar variantlari ishlab
chiqilgan. Konduktor to‘rtta Ustundan tashkil topgan bo‘lib bir-birlari bilan o‘zaro
ferma ko‘rinishidagi belbog‘lar bilan bog‘langan. U buriladigan maydonchalar,
shuningdek so‘rilar bilan jihozlangan bo‘lib, ular ikkita qavat rigellarini o‘rnatish
va payvandlash ishlarining qulay va xavfsiz bajarilishini ta’minlaydi. Bundan
tashqari konduktor Ustunlarida ikki qator xomutlar mahkamlangan. Xomutlarning
pastki va yuqoridagi qatorlari mos ravishda o‘rnatilayotgan kollonnaning pastki va
yuqori qismini to‘g‘irlash va vaqtinchalik mahkamlash uchun xizmat qiladi.
Ustunning yuqori uchi ikkinchi qavat Ustunlarining konsollari ostiga
maxkamlanadi. Konduktorda uni avval montaj qilingan konstruktsiyalarga
435
vaqtincha mahkamlashga mo‘ljallangan moslama tirgaklar, shuningdek bikrlik
devorlari va pardevorlarni to‘g‘irlash hamda vaqtinchalik mahkamlashga
mo‘ljallangan strubtsinalar mavjud bo‘ladi.
9.19
–rasm. Bir qavat balandligidagi Ustunlarni montaj qilish uchun guruhli konduktor:
1 – montaj qilinadigan Ustun; 2 – konduktor; 3 – vintli qisgichlar; 4 – shrnirlar; 5 –
konduktor ramasi; 6 – Ustunlarning bosh qismi.
Guruhli konduktorni ishga tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Konduktor kran yordamida montaj qilinayotgan qavat orayopmasi ustiga
ko‘tariladi, yog‘och tagliklarga o‘rnatiladi va to‘rtta tirgovuch yordamida oldin
montaj qilingan konstruktsiyalarga mahkamlanadi, tirgovichlardan har biri ilmoq
va tortuvchi (siquvchi) muftaga ega. Ustunlarni poydevor stakanlariga montaj
qilish uchun konduktor o‘rnatilganda u poydevordagi montaj halqalarga,
konduktorni orayopmaga o‘rnatishda esa u rigellarning montaj halqalariga
mahkamlanadi. Guruhli konduktorlar bir (9.19 rsam) yoki ikki qavat (9.20-rasm)
balandlikdagi Ustunlarni montaj qilish uchun ishlab chiqilgan.
436
9.20-rasm. Ustunlarni montaj qilish uchun konduktorlar guruhi:
a – ramasi siljuvchi konduktor; b – ramasi siljimaydigan konduktor; 1 – montaj
qilinadigan Ustun; 2 – konduktor ramasi; 3 – konstruktsiyani ushlaydigan ushlagich; 4 –
harakatlanuvchi rama; 5 – narvon; 6 – buriluvchan kajava (lyulka); 7 – so‘rilar; 8 – tayanchni
ushlaydigan ushlagichlari; 9 – oldin montaj qilingan Ustunning bosh qismi.
Ustunlarni o‘rnatishdan oldin konduktorning ishchi maydonchalari ish
holatiga bo‘riladi va mahkamlanadi, pastki va yuqorigi xomutlar ochiq holatda
ishga tayyor qilib qo‘yiladi. Montajchilar pastdagi Ustunning bosh qismi yonida va
guruhli konduktorning yuqori maydonchasida turishadi. Ular kran yordamida
beriladigan Ustunni qabul qilishadi, uni xomutga kirgazishadi, pastdagi tik turgan
Ustun ustiga tushirishgandan so‘ng xomutlar yopiladi. Xomutlardagi qisuvchi
vintlar bilan Ustun vaqtinchalik mahkamlanadi va undan keyin ular stroplardan
bo‘shatiladi. Ustun o‘zaro perpendikulyar o‘qlar bo‘yicha teodolit yordamida
to‘g‘irlanadi. Rigellar va bog‘lovchi plitalar suriluvchi maydonchalardan
o‘rnatiladi.
Konstruktsiyalarni montaj qilishning uzluksiz jarayonini ta’minlash uchun
montaj jihozining komplekti to‘rtta guruhli konduktorlardan tashkil topishi lozim.
Bino karkasini montaj qilish hamma turdagi konduktorlar uchun umumiy bo‘lgan
ketma-ketlikda bajariladi, lekin har bir konduktorning spetsifik jihatlarini e’tiborga
437
olgan holda. Birinchi o‘rnatilgan ikkita guruhli konduktorlar yordamida 8ta
kollonna montaj qilinadi, birinchi yarus konsollariga 6ta rigel o‘rnatiladi, ularning
ustiga bog‘lovchi plitalar o‘rnatiladi va ular loyihaviy holat bo‘yicha to‘g‘irlanib
va yakuniy payvandlangandan keyin o‘rta yacheykadagi oraliq plitalari montaj
qilinadi. Shunga o‘xshash tarzda ikkinchi (va uchinchi) yarus konstruktsiyalari
ham montaj qilinadi. Undan keyin konduktorlar yacheykadan kran yordamida
ko‘tarib olinadi va navbatdagi montaj uchastkasiga o‘rnatiladi, bo‘shagan
yacheykalarda dastlab pastki qavat oraliq orayopma plitalari o‘rnatiladi so‘ng
navbatdagi qavatlarda ham xuddi shunday tartibda ishlar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |