O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Kran osti to‘sinlarini montaj qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.1.3.Kran osti to‘sinlarini montaj qilish 
To‘sinlarni o‘rnatish faqat Ustunlar va poydevorlar orasidagi tutashuv 
joylarida betonning loyihaviy mustahkamligi ta’minlangandan so‘ng amalga 
oshiriladi. Montaj qilishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari bajariladi: 

ko‘tarishdan oldin kran osti to‘sinlarini joylashtirish zonasini 
rejalashtirish; 

montaj krani va avtotransportning harakatlanishi uchun o‘tish 
yo‘laklarini qurish; 

barcha Ustunlar va ular bo‘yicha vertikal bog‘lamalarni loyiha 
bo‘yicha to‘g‘irlash va mahkamlash;

montaj gorizontini aniqlash va ta’minlash bilan Ustunlar 
konsollarining tayanch maydonchalarining sathiy belgilarini geodezik 
tekshirish.
Kran osti to‘sinlarini montaj qilish mustaqil oqim yoki tom yopmasining 
qolgan konstruktsiyalari bilan birgalikda kompleks ravishda amalga oshirilishi 
mumkin (9.4 – rasm). To‘sinlarni va karkasning boshqa elementlarini montaj 
zonasida yog‘och tagliklar ustiga taxlash toqazo etiladi, bunda yig‘ma elementlar 
Ustunlar qatoriga katta bo‘lmagan burchak ostida va ulardan 50 sm atrofida 
uzoqlikda yotqiziladi (bu biriktiriladigan detallarning yon ko‘ndalang tomonlarini 
ko‘zdan kechirish va montajga tayyorlash imkonini beradi). Kran osti to‘sinlarini 
taxlab joylashtirish ularni montaj qilishni hisobga olgan holda bajariladi, bunda 
kran montaj qilish joyidan kran osti to‘sinlarini ko‘taradi va strela qulochini 
o‘zgartirmasdan ularni o‘rnatadi (9.5. rasm). Kran osti to‘sinini ko‘tarishdan oldin 
Ustunlar ustiga montaj narvonlari o‘rnatish, montaj tugunlarini kir va axlatdan 
tozalash, to‘singa tortqilarni mahkamlash va bog‘lash kerak. 


407 
 
9.4. rasm. Namunaviy yacheykalarda elementlarni joylashtirish va montaj qilish sxemasi: 
1 – montaj qilingan Ustun; 2 – kran osti to‘sini; 3 – top yopmasi plitalari shtabeli; 4 – 
stropila fermalari; 5 – Ustunlarni montaj qilish uchun jihozlash 


408 
9.5. rasm. Kran osti to‘sinlarini montaj qilish: 
1 – Ustun; 2 – kran osti to‘sini loyihaviy holatida; 3 – ombordagi kran osti to‘sinlari; 4 – 
montaj krani. 
Kran osti to‘sinlarini ikkita asosiy sxemada montaj qilish mumkin. Birinchi 
sxemada, qamrov chegarasida to‘sinlar montaj qilinadi va ular vaqtinchalik 
mahkamlanadi. Tayanch nuqtalarida to‘sinlarni instrumental nivelirlash amalga 
oshiriladi. Eng yuqori belgi sathigacha to‘sinlarning qolgan hamma tayanch 
nuqtalari po‘lat tagliklar yordamida ko‘tariladi. Ustunlarni tayyorlash va montaj 
qilishning yuqori aniqligida, Ustunlar konsollarining zarur bo‘lgan gorizonti 
ta’minlanganda to‘sinlarni to‘g‘irlashlarsiz montaj qilish mumkin. Ikkinchi 
sxemada kran osti to‘sinlarini o‘rnatishdan oldin Ustunlar konsollaridagi quyma 
payvandlash detallari ustiga qalinligi 10 mm bo‘lgan tagliklar-kompensatorlar 
qo‘yiladi, ular tayanch yuzasining loyihaviy aniqligini ta’minlaydi. Bu kran osti 
to‘sinlarini balandlik bo‘yicha qo‘shimcha to‘g‘irlashsiz o‘rnatish va uzil-kesil 
mahkamlash imkonini beradi.


409 
Uzunligi 6 m gacha bo‘lgan kran osti to‘sinlari oddiy ilmoqli traversabilan, 
katta uzunlikdagi to‘sinlar esa qisqichli qamragichlar (ushlagich) bilan loyihaviy 
holatga ko‘tariladi (9.6 rasm). To‘sin loyihaviy belgidan 30...50 sm balandga 
ko‘tariladi va tortqilar yordamida loyihaviy holatga keltiriladi. Kran osti 
to‘sinlarini o‘rnatishda to‘sinlarning pastki yon tomonining qirralaridagi o‘q 
belgisi chiziqlari Ustunlar konsollaridagi o‘q belgi chiziqlariga mos tushishi lozim.
 
9.6. rasm. Kran osti to‘sinlarini montaj qilish qamragichlari (ushlagichlari): 
1 – kran osti to‘sini; 2 – mexanik ushlagich; 3 – traversa; 4 . egiluvchan troslar; 5 – 
fiksator (qayd qiluvchi).
To‘sinlarni balandlik va reja bo‘yicha to‘g‘irlab o‘rnatish domkrat yoki 
strubtsinalar va gorizontal vintli qurilma yordamida amalga oshiriladi. To‘g‘irlash 
ishlari tugagandan so‘ng to‘sinning tagiga hisoblangan qalinlikda oraliq tagliklar 
yotqiziladi va ular ankerli boltlar bilan mahkamlanadi. 
To‘sin yuqori polkasi (tokchasi) ning sathiy balandligi (sathiy belgisi) va 
bo‘ylama o‘qning holati geodezik asboblar bilan to‘g‘irlanadi. To‘sinlarni 
mahkamlash ularning ikkita yon oxirida qoldirilgan quyma montaj plastinalarni va 
Ustunning ikkita sathida – kran osti konsolining yuqori qirrasi va to‘sin polkasidan 
yuqoridagi yon qirrasini payvandlash bilan amalga oshiriladi. Kran osti to‘sini va 
Ustun orasidagi oraliq inventar qolip yordamida beton aralashmasi bilan, , 


410 
to‘sinlarning o‘zaro tutashgan joylaridagi tutashmalar tsementli qorishma bilan 
to‘ldiriladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish