O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Burish usuli
odatda yer sathida gorizontal holatda yig‘iladigan 
konstruktsiyalar yoki inshootlar uchun qo‘llaniladi. Loyiha holatiga 
konstruktsiyalarni qo‘zg‘almas sharnir atrofida portallar, shevrlar, polispastli 
machtalar, chig‘irlar yordamida o‘zi yurar kranlarni qo‘llab, burish orqali amalga 
oshiriladi. Bu barcha montaj moslamalari va vositalarining vazifasi montaj 
qilinayotgan konstruktsiyalarni gorizontal holatdan vertikal holatga ohista ko‘tarish 
va burishni ta’minlashdan iboratdir. Ko‘tarish paytida, ayniqsa vertikal holatga 
o‘rnatishning yakunlovchi momentida konstruktsiyalarning ustivorligini ta’minlash 
uchun ko‘tarilayotgan tizim harakatlanishidan yuzaga keladigan inertsion 
kuchlarni, yon tomondan esadigan shamol ta’sirini va ko‘tarish vaqtida yuzaga 
keladigan boshqa kuchlarni qabul qiladigan tormozli chig‘irlar qo‘llaniladi.
Burish usuli bilan balandligi 120 m gacha bo‘lgan radiomachtalar, elektr 
uzatuvchi liniyalarining tayanchlari montaj qilinadi. Ushbu usulning ikkita turi eng 
ko‘p qo‘llaniladi: 
burish usuli o‘zi yurar kran bilan
konstruktsiya tepa qismi oraliq 
balandlikkacha ko‘tariladi, keyin konstruktsiya chig‘ir yordamida ko‘tarish davom 
ettiriladi. Ikkinchi 
“og‘aayotgan strela”
usulida – sharnirga ulangan
konstruktsiyaga bikr qilib vertikal ustun o‘rnatiladi, bu ustunning yuqori qismi 
ko‘tarilayotgan konstruktsiyaning tepa qismi bilan biriktiriladi, shunday qilib, bikr 
uchburchakli tizim yaratiladi. Bu tizim tayanch sharniri atrofida chig‘ir yordamida 
buriladi, chig‘irning trosi ustun tepasiga (strelaga) mahkamlanadi, mazkur tross 
yerga ankerlangan qo‘zg‘almaydigan blok orqali o‘tkaziladi
Surish usuli
alohida konstruktsiyalarni o‘zining domiy tayanchidan 
chetroqda yirik fazoviy blokka yig‘ishga asoslangan (katta o‘lchamdagi fazoviy 
konstruktsiyalarni betonlashda). Tayyor fazoviy konstruktsiya loyiha holatiga 
maxsus to‘shalgan (yotqizilgan) yo‘llar bo‘ylab suriladi. Bunda konstruktsiya yoki 
sirg‘anadi (sirg‘anish usuli) yoki roliklarda dumalatib siljitiladi (dumalatish usuli). 


399 
Bu usul sanoat binolari konstruktsiyalarini montaj qilishda, maydonlarning tor 
sharoitlarda konstruktsiyalarni surishda yoki montaj kranlarining yuk ko‘tarish 
qobiliyati yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
 
Vertikal ko‘tarish usuli
shu bilan ta’riflanadikim, bunda fazoviy 
konstruktsiya yerda to‘liq montaj qilinadi, ko‘targichlar (odatda gidravlik 
ko‘targichlar) yordamida loyiha belgisidan bir muncha yuqoriroq balandlikka 
ko‘tariladi, uning ostiga ushlab turuvchi konstruktsiyalar, ko‘pincha ustunlar 
keltiriladi, ularning ustiga montaj elementi tushiriladi. Ayrim hollarda i montaj 
qilish uchun tayyorlangan fazoviy blok ikkita sinxron ishlaydigan montaj kranlari 
yordamida ko‘tariladi va tayanchlarga o‘rnatiladi. 
Elementlarni o‘rnatish usullari ishlarni ishlab chiqish loyihasining ajralmas 
qismi hisoblanadi. Montaj metodlarini optimallash (qulay variantni tanlash) 
aniqlovchi omillar: binoning konstruktiv jihatlari, elementlarning massalari, 
maydonchalar relefi va talab etiladigan maydonchalarning yuzasi, montaj 
uskunalarining mavjudligi va qurilishning me’yoriy muddatlarini hisobga olgan 
holda texnik-iqtisodiy tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish