O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Chegaralangan-erkin montaj
montaj qilinadigan konstruktsiya erkin 
ko‘chirishni qisman chegaralaydigan yo‘naltiruvchi tayanchlar, fiksatorlar va 
boshqa moslamalarga o‘rnatiladi, lekin ular vaqtinchalik mahkamlash va 
to‘g‘irlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytiradi. Bu usul montaj tsikli vaqtini 
kamaytirish hisobiga kran jihozining ish unumdorligini oshiradi.
Majburiy montaj
qilish konstruktsiyalarni
 
konduktorlar, manipulyatorlar
indikatorlar va boshqa vositalardan foydalanishga asoslangan bo‘lib, bunda 
konstruktsiyalarning xususiy massasi va tashqi ta’sirlar ostida ko‘chishi to‘liq yoki 
berilgan chegaralarda cheklanadi. Bu usul montaj aniqligining oshishini ta’minlab, 
mehnat sarfini sezilarli darajada kamayishiga olib keladi.
8.5.3. Elementlarni o‘rnatish ketma-ketligi bo‘yicha montaj
usullari
Bino va inshootlar konstruktsiyalarini yig‘ishda quyidagi talablarga rioya 
qilish zarur: 

yig‘ish ketma-ketligi montajning har bir bosqichida binoning 
montaj qilingan qismlarining ustivorligi va geometrik o‘zgarmasligini 
ta’minlashi kerak; 


394 

binoning har bir uchastkasida konstruktsiyalarni o‘rnatish 
montaj uchastkasida keyingi ishlarni amalga oshirishga imkon berishi 
kerak; 

montaj, umumqurilish va maxsus ishlarni ob’ektda qo‘shma 
(hamma ishlarni o‘z ichiga olgan) grafik bo‘yicha bajarishni hisobga 
olish bilan ularning xavfsizligi.
Qabul qilingan ketma-ketlikka bog‘liq ravishda konstruktsiya elementlarini 
o‘rnatish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: differentsial (alohida, 
bo‘lingan), kompleks (majmuali) va aralash (kombinatsiyalashgan) usullar. 
Differentsial
yoki 
alohida usul
bir xil tipdagi konstruktiv elementlarni 
o‘rnatish bilan xarakterlanib, unga ularni vaqtinchalik va uzil-kesil (batamom) 
mahkamlash ham kiradi. Bir qavatli sanoat binolari uchun avval barcha ustunlar 
o‘rnatiladi, so‘ngra barcha kran osti to‘sinlari, montaj kranining oxirgi yurishida 
devor elementlari o‘rnatiladi. Ko‘p qavatli turar-joy binolarida ketma-ket devor 
panellari, pardevorlar, santex kabinalar va boshqa elementlar montaj qilinadi. 
Qavatdagi ishlar yopma panellarini yotqizish bilan yakunlanadi.
Kompleks usul 
– bu usul binoning bitta yacheyka karkasini tashkil etuvchi 
turli konstruktiv elementlarni ketma-ketlikda o‘rnatish, vaqtinchalik va yakuniy 
(batamom) mahkamlashni nazarda tutadi. Boshqa yacheyka elementlarini o‘rnatish 
oldingi yacheyka konstruktsiyalarini loyihaviy mustahkamlashdan so‘ng 
boshlanadi. Bu sxemaning afzalligi montaji tugagan yacheykalarda navbatdagi 
pardozlash ishlarini bajarish va texnologik uskunalarni o‘rnatishga vaqtliroq 
kirishish mumkinligidir. Bu usul ko‘p qavatli karkasli va karkassiz binolar, metall 
karkasli bir qavatli sanoat binolarining montajida qo‘llaniladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish