O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Kran osti to‘sinlarini montaj qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
9.4.3. Kran osti to‘sinlarini montaj qilish 
 
Kranosti to‘sinlari montaj yacheykasida Ustunlarni montaj qilgandan keyin 
darhol o‘rnatiladi. Ko‘tarishda kranosti to‘sini ikkita tortqi bilan tutib turiladi. 
Balandlikda to‘sinni qabul qilib oluvchi montajchilar so‘rilarida yoki montaj 
zinapoyasining maydonchalarida, montaj narvonlarida turishadi. Ular 
konstruktsiyani avval o‘rnatilgan elementlarga tegib ketmasligi uchun tutib 
turishadi va uni o‘rnatishdan oldin kerakli yo‘nalishga burishadi. To‘sinning to‘g‘ri 
tushirilishini to‘sin va konsoldagi bo‘ylama o‘q belgisi chiziqlarining mos 
tushishiga qarab, shuningdek avval o‘rnatilgan to‘sindagi o‘q belgisi chiziqlari 
bo‘yicha nazorat qilinadi. Vertikaldan chetga chiqish to‘sin ostiga metall 
qistirmalarni qo‘yish bilan bartaraf etiladi. To‘sin anker boltlari bilan vaqtincha 
mahkamlanadi.
 
Loyihadagi belgigacha betonlangan poydevorlarga yoki yo‘nilgan metall 
plitalarga tovoni frezerlangan Ustunlarni o‘rnatishda kran osti to‘sinlarining holati 
faqat bosh o‘q yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘irlanadi. 
 
9.4.4. Fermalar va po‘lat profilli to‘shamadan tom yopmasi 
 
Fermani montaj qilishga tayyorlash quyidagi operatsiyalardan iborat: 
yiriklashtirib yig‘ish, kajavalar (lyulkalar), narvonlar va tortqilar bilan jihozlash
ilish (stroplash), o‘rnatish zonasiga ko‘tarish, tortqilar yordamida oraliqda 
ko‘ndalangi bo‘yicha burish, konduktorlar, tortqilar, fermalar va tortqilar orasidagi 
tirgaklardan foydalanib vaqtincha mahkamlash. Fermaning holati uning yon 
tomonlaridagi o‘q belgisi chiziqlari bo‘yicha to‘g‘rilanadi.


474 
Massasi va uzunligiga bog‘liq holda fermalar traversalar yordamida bitta 
yoki ikkita kran yordamida ko‘tariladi. Sterjenlarida eguvchi kuchlar yuzaga 
kelmasligi uchun fermalar faqat yuqori belbog‘idagi tugunlar bo‘yicha to‘rtta 
nuqtasiga masofadan turib (distantsion) boshqariladigan yarim avtomat 
o‘shlagichli traversalar ilinadi. Montaj yuklamalari katta bo‘lganda elementlar 
yog‘och plastina yoki metall quvurlar bilan vaqtincha kuchaytiriladi. 
Ko‘tarilayotgan birinchi ferma Ustunlarning tepasidan 0,5...0,7 m balandlikda 
tortqilar yordamida loyiha holatiga buriladi, Ustunlarga payvandlangan montaj 
stolchalariga tushiriladi, vaqtincha boltlar bilan mahkamlanadi, to‘g‘irlanadi va 
yakuniy mahkamlanadi. Ko‘tarishda chayqalmasligi uchun to‘rtta egiluvchan 
tortqilar bilan tortib turiladi. 
Birinchi ferma o‘rnatilib, mahkamlangandan so‘ng va to‘rtta tortqilardan 
bo‘shatilgandan keyin ikkinchisi o‘rnatiladi, u birinchisi bilan progon, bog‘lama va 
tirgaklar bilan bog‘lanadi, ular hammasi birgalikda bikr fazoviy tizimni tashkil 
etadi. O‘rta qatordagi Ustunlar ustidagi fermani yonidagi oraliqda montaj qilingan 
fermalar bilan boltlar yordamida qo‘shimcha ravishda birlashtiriladi.
Stropila va stropila osti fermali binolarning sxemalarida stropila osti fermasi 
11,75 m uzunlikka ega bo‘ladi va ular Ustunlarga 25 sm ga teng tor tirqish bilan 
o‘rnatiladi. Bu tor tirqishga Ustun usti o‘rnatiladi, unga tom yopma stropila fermasi 
tayanadi. 
Po‘lat profilli to‘shamadan bo‘lgan yopmalar metall va temirbeton karkasli 
binolarda ularning massasini yengillashtirish uchun, shuningdek yopmalari yirik 
bloklardan montaj qilinadigan holatda qo‘llaniladi. Montajga zavodda 
tayyorlangan isitkichli profilli to‘shamalar kelishi mumkin
Po‘lat profilli to‘shama – bu qalinligi 0,8...1 mm, uzunligi 3...12 m, sirti 
antikorrozion qatlam bilan qoplangan tsinkli po‘lat listdan tayyorlangan panel 
bo‘lib, uning bo‘ylama gofr (qat-qat)larining balandligi 60, 79 mm va undan ortiq 
bo‘ladi. To‘shama listining eni 680...845 mm, uzunligi uchga karrali – 6, 9 va 12m 


475 
ga teng bo‘ladi va ferma progonlarini joylashtirishga muvofiq ravishda loyiha bilan 
uning uzunligi belgilanadi (9.44 rasm). 
Listlar gorizontal stendlar ustida xaritalarga yiriklashtiriladi, bu stendlar 
xaritalar o‘lchamlari bo‘yicha to‘g‘irlangan tayanchlar bilan jihozlangan va ular 
bir-biri bilan kombinatsiyalangan parchin mixlar yoki kontakt nuqtali payvandlash 
bilan biriktiriladi. Listlar taxlab chiqilgandan so‘ng ustma-ust kiydirilgan to‘lqin 
ustiga qo‘lda boshqariladigan elektrodrel bilan listlar biriktiriladigan joylarda 
parchin mixlar uchun teshiklar parmalanadi. Teshiklar loyihaga muvofiq, odatda, 
har 50...60 sm da oraliqlarda parmalanadi. Parmalangan teshiklarga parchin mixlar 
shunday o‘rnatiladiki, natijada biriktirilgan listlar kerakli o‘lchamdagi yagona 
xaritani hosil qilsin. 
Profilli to‘shamadan tayyorlangan tom yopmani elementlab (listlab) usulida 
montaj qilish maqsadga muvofiq emas ko‘p mehnat talab qilganligi uchun – 
ishlarning butun hajmini balandlikda bajarishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha bunday 
tom yopmalar yuqorida ko‘rsatilgan o‘lchamdagi xaritalar bilan montaj qilinadi. 
Yig‘ilgan xaritalar tom yopma konstruktsiyalarini montaj qilish davomida montaj 
qilinadi (Ustunlar va kran osti to‘sinlarini montajidan keyin). Tom yopmasi 
xaritalari yig‘iladigan stend zarur bo‘lganda kran bilan yangi to‘xtash joylariga 
ko‘chiriladi. 


476 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish