9-amaliy mashg’ulot: Turkmaniston Respublikasining ijtimoiy – ekologik muammolari.
Turkmaniston O‘rta Osiyo mintakaviy ijtimoiy ekosistemasi- ning bir qismi sifatida keyingi 4 yil mobaynida keng miqyosli o‘zgarishlarga uchradi. Uzunligi 1100 km bo‘lgan Qorakum kanali kazildi. Bu 710 ming gektar yangi erlarni o‘zlashtirish imkonini berdi. Kanal kurilgan mintakada suv omborlari, yirik sug‘orish shoxobchalari, kollek- tor-drenaj tarmoklari va boshka suv xo‘jaligiga oid inshootlar, shuningdek aholi yashaydigan yirik punktlar, sanoat ob’ektlari, yo‘llar va elektr kuvvatini uzatish liniyalari bunyod etildi.
Amalda yirik va noyob tabiiy-xo‘jalik tizimi yuzaga keltiri- lib, 510 mingtonna paxta, shu jumladan 300 ming tonnadan ko‘proq tolasi birinchi navli ingichka tolali paxta, 244 ming tonna sabzavot, 124 mingtonna uzum, 2 ming tonna bog‘cha mahsulotlari, shuningdek boshka kishlok xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari etishtirish imkoni tug‘ildi. Qanal qurilgan mintakada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi yalpi hajmi 1 milliard 167 million so‘mni yoki respublika kishlok xo‘jaligi yalpi ishlab chikarishi hajmining 47,4 foizini tashkil etadi. Qanal asosida yuzaga kelgan ekosistemalar yuksak mahsul- dorlik va iktisodiy samaradorlikka ega. SHuni aytish kerak- ki, bu mintakada sug‘oriladigan dehkonchilik samaradorligi O‘rta Osiyoning boshqa joylariga nisbatan 1,5 marta yuqoridir. Hamdo‘stlik mamlakatlari ichida Turkmaniston gaz kazib olish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.
Bundan tashqari, har yili Turkmaniston Respublikasida Qorabo‘g‘ozgo‘l mintaqasida 14 million metr kub tuz xom ashyolari kayta ishlanadi. Ulardan natriy sulfat, epsomit, bishofit, dengiz va tibbiy glauber tuzi olinadi. Bugungi kunda insonning xo‘jalik faoliyati xarakteri shundayki, ekologik omillarni etarli hisobga olmaslik natija- sida sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olish jarayonida iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni hal etish payti tabiiy barkaror jarayonlar izdan chiqadi. Bu atrof-muhitga ba’zan katta talafot etkazadi. Jumladan, sug‘orib dehkonchilik qilinadigan joylarda ishni sifatsiz tashkil etish (kollektor-drenaj tarmoklarining kamligi yoki yo‘kligi, miroblik ishlari sifati- ning pastligi va hokazolar) tuprokning sho‘rlanishiga olib keladi. 90- yillar boshiga kelib, respublikada kuchli sho‘rlangan erlar 140 ming gektardan ko‘prok edi. Qorabo‘g‘ozgo‘lning berkitib ko‘yilishi ijtimoiy-ekologik muammolarni ancha keskinlashtirib yubordi.
1984 yil sentyabrida yiliga 2 kubokilometr chamasi suv o‘tkazadigan oddiy inshootning kurilishi bu noyob gidromineral xom ashyo manbaini tiklash muammosini hal kila olmadi. Aksincha, hozir Kaspiy dengizi sathi ko‘tarilishi tufayli sohilga yakin mintakani suv bosmokda va ba’zi sanoat korxonalari, turar joylar va boshka insho- otlarning suv tagida kolish xavfi yuzaga kelmokda. SHu narsa ayon bo‘ldiki, Qaspiy'dengizi va Qorabo‘g‘ozgo‘lni qarshi ko‘yib bo‘lmay- di. Ularga yagona tabiiy tizim va biologik-kimyoviy va boshka noyob resurslar manbai sifatida karamok joiz. Qorabo‘g‘ozgo‘l tarmoklararo mas’uliyatsizlik kurboni bo‘ldi, uni kutkarish okilona davlat yondashuvini takozo etadi. Avvalo yiliga 5—12 kubokilometr suv o‘tkazadigan inshoot kurilishini tezlash- tirish zarur. Atrof-muhitga antropogen zug‘um respublika florasi va faunasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmokda. Bu erda fauna (Kaspiy bo‘yi koploni, Turon yo‘lbarsi) va floraning ayrim turlari amalda yo‘kolib ketdi. Qishlok xo‘jaligi o‘simliklari va hayvonlar genofond holati ham ko‘ngildagidek emas.
Urug‘chilik ishlari saviyasining pastligi genofond sifatini yomonlashtirib yubordi. Hozir respublikaga davlat mikyosida kat’iy hisob-kitoblar, genofondni asrab qolish yuzasidan tadbirlar zarur. Salbiy ekologik okibatlarning asosiy sabablaridan biri hozircha mavjud tabiat resurslaridan (er, suv, xom ashyo va hokazolar) tskin foydalanish priniipidir. Aynan shu prinsip xalk xo‘jaligining kam samarali ekstensiv yo‘ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratadi, resurslarni tejaydigan texnikalar va texnologiya keng joriy qilinishiga to‘skinlik qiladi, qanday qi- lib bo‘lmasin ko‘pincha atrof-muhitga zarar etkazgan holda re- jani bajarish kabi g‘ayri ekologik yondashuvni yuzaga keltiradi. Buni Qoraqum kanali mintakasida kuzatish mumkin. Bu mintaqa- da hosildor bepoyon erlarning mavjudligi zarur er qurilishi ishlarining tegishli ilmiy-texnik saviyada o‘tkazilishini ta’- minlamadi va oxir-okibatda dehqonchilik malakasining rivojla- nishiga g‘ov bo‘ldi.
O‘zlashtirish mintakasida alohida sho‘rlangan uchastkalar mavjudligini suvning kanal orqaligina berilishi bilan izohlab bo‘lmaydi. SHo‘rlanish sug‘orish tarmoqlarida suv o‘tkazmaydigan kobikning yo‘kligi va tegishli kollektor-drenaj tarmoklari texnik normalari ishlab chikilmaganligi, sug‘orish texnologiyasining buzilishi natijasidir. Respublika xalk xo‘jaligi tarmoqlari hozircha ilmiy asoslangan zarur ekologik normativ baza bilan ta’minlanmagan, rejalashtirish jamiyat va tabiat o‘zaro munosabatlarini kulay holatga keltirishni o‘ylamasdan amalga oshirilmokda. Aholining ekologik ta’limi va ekalogik madaniyati juda past saviyada. Bunday sharoitlarda ekologik vaziyatni oldindan paykash va respublika ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyoti masaladarini ekolo- gik jihatdan baholab chnqish istikbolda iqtisodiyotning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun hayotiy zarurdir. Ravshanki, bu masalalarni amaliy hal etish sistematik yondashishni takozo qiladi, u ilmiy, tashkiliy, moddiy-texnikaviy va boshqa jihatlarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |