471
tortqilar bilan bog‘lanib tortib qo‘yiladi. Tortqilar Ustunning yuqori qismiga u
ko‘tarilgunga qadar mahkamlanadi va Ustun o‘rnatilayotganda yakorlarga yoki
yaqinda joylashgan poydevorlarga mahkamlanadi. Tortqilar
tarang tortilgandan
so‘ng Ustundagi stroplarni olib tashlash mumkin.
Ustunlar doimiy elementlar bilan mahkamlangandan keyingina tortqilarni
olish mumkin. Ustunlarning bino o‘qi yo‘nalishidagi ustivorligi Ustunlarning
birinchi jufti montaj qilingandan keyin o‘rnatiladigan kranosti to‘sinlari va
bog‘lamalari bilan ta’minlanadi.
Poydevorlarga o‘rnatiladigan metall Ustunlar montaj qilish jarayonida anker
boltlari bilan mahkamlanadi (9.43-rasm). Agar
Ustun asosi ostiga metall
qistirmalar qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ular payvandlangan bo‘lishi kerak. Yuqori
yaruslarning Ustunlari (masalan, qo‘shib qurilgan etajerkada) yuqori
mustahkamlikka ega bo‘lgan boltlar bilan mahkamlanadi yoki payvandlanadi.
Karkas konstruktsiyalarini, ayniqsa Ustunlarni to‘g‘irlash katta mehnat talab
qiladi. To‘g‘irlashsiz montaj metodining qo‘llanilishi
inshootni tiklash
muddatlarini qisqartirish bilan bir vaqtda ishlarning sifatini yaxshilashga imkon
beradi.
To‘g‘irlashsiz montaj uchun konstruktsiyalarni zavod-tayyorlovchida va
qurilish maydonida tegishlicha tayyorlash zarur. Konstruktsiyalarni tayyorlashdagi
yuqori aniqlik quyidagilar bilan ta’minlanadi:
Ustunning boshmog‘i va
boshmoqning tayanch plitasi
konstruktsiyalarini tayyorlanishi va ob’ektga yetkazilishi alohida
bajariladi;
Ustun ikki tarmog‘ining chetlari frezerlangan bo‘lishi kerak;
tayanch plitalar tarashlangan holda tayyorlanadi.
472
Har bir tayanch plitaga boltlar o‘rnatish uchun rezba teshikli 4 ta planka
payvandlanishi kerak; Ustun tarmoqlarida o‘q belgisi
chiziqlari belgilangan
bo‘lishi lozim.
To‘g‘irlashsiz montaj metodida po‘lat ustunlar po‘lat plitaga tayanadi. Bu
holda poydevorlar yuzasi loyihadagi belgidan 50...60 mm dan pastroq qilib
betonlanadi va plita aniq o‘rnatilgandan so‘ng tsement qorishmasi quyiladi.
Tayanch plita sozlovchi boltlar bilan tayanch plankalariga o‘rnatiladi, ular qo‘yma
detallar kabi uning sirti bilan bir tekis qilib poydevor betoni ichida qoldirilishi
kerak. Plitaning tayanch tekisligi nivelir bo‘yicha o‘rnatiladigan
vintlarning
gaykalarini rostlash bilan chiqarib qo‘yiladi. Tayanch plitasining haqiqiy aniq
yuzasining qiymati loyihadagidan 1,5 mm dan ortiqga farq qilmasligi kerak.
9.43.-rasm. Metall Ustunni tayanchga o‘rnatish (a) va doimiy mahkamkamlash (b)
sxemasi:
1 – poydevor plitasi; 2 – tayanch plita (boshmoq); 3 – Ustun; 4 – montaj qilishda rezbani
saqlash uchun qalpoqcha; 5 – anker; 6 – gayka; 7 – payvandlash.
Ustunni o‘rnatishda uning tarmoqlaridagi o‘q belgisi chiziqlari tayanch
plitalardagi o‘q belgisi chiziqlari bilan moslashtiriladi, shunda Ustunning loyihaviy
holati ta’minlanadi va so‘ng u anker boltlari bilan mahkamlanishi mumkin. Bu
holda Ustunni o‘qlar bo‘yicha va balandlik bo‘yicha to‘g‘irlash uchun qo‘shimcha
siljitish talab etilmaydi. Ustunlarning montaj qilingan
konstruktsiyalariga
tortqilarni bog‘lab o‘rnatgandan va tortilgandan keyin kranosti to‘sinlarini montaj
qilish boshlanadi. O‘q belgisi chiziqlari bo‘yicha o‘rnatilgan kranosti to‘sinlari
qo‘shimcha to‘g‘irlashni talab etmaydi. Ular boltlar bilan mahkamlangandan so‘ng
tortqilar yechib olinadi.