O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Kranosti to‘sinlarini Ustunlar bilan biriktirish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Kranosti to‘sinlarini Ustunlar bilan biriktirish.
Kranosti to‘sini vertikal 
list qovurg‘asi bilan bevosita Ustunning tayanch plitasiga tayantiriladi va u bilan 
boltlar yordamida biriktiriladi. Kranosti to‘sini qo‘shimcha ravishda Ustunning 
kranusti qismiga tarmozlovchi konstruktsiyalar bilan mahkamlanadi, ular 
Ustunlarga va to‘sinlarga boltlar yordamida biriktirilib mahkamlanadi va 
qo‘shimcha ravishda uzun chok bilan payvandlanadi. 
Fermalarni Ustunlar bilan biriktirish.
Ferma Ustunga sharnirli 
tayanganda fermaning yuqori belbog‘i Ustunga fasovka (bo‘laklangan qismi)ni 
boltlar va Ustunlarga payvand qilingan plastinalarga payvandlash choki bilan 
birlashtirib Ustunga biriktiriladi. Fermaning Ustun kallagi bilan bikr 
tutashmalarida ulanish tuguniga qo‘shimcha ravishda biriktiruvchi qo‘yilma 
qo‘yilib, u Ustun kallagining tayanch plitasi va ferma belbog‘i bilan boltlar va 
payvandlash bilan biriktiriladi. Fermaning pastki belbog‘i fasonka (shakldor qism) 
bilan montaj stoliga tiraladi va Ustunga boltlar bilan va payvandlab mahkamlanadi. 
Payvandlangan birikmalarning sifatini nazorat qilish.
Payvandlangan 
choklar tashqi ko‘rik o‘tkazish bilan balandlik va kenglik bo‘yicha notekisliklari, 
yaxshi payvand qilinmaganligi, kesiklar, yoriqlar, yirik g‘ovakliklarni aniqlagan 
holda tekshiriladi.Tashqi ko‘rinish bo‘yicha payvand choklari silliq yoki qatma-qat 
yuzaga ega bo‘lib eritilgan metall chokning butun uzunligi bo‘yicha zich bo‘lishi 
lozim. Payvandlangan choklar qirqimlari o‘lchamlaridagi yo‘l qo‘yiladigan 
chetlashishlar va payvandlashdagi nuqsonlar tegishli standartlarda ko‘rsatilgan 
qiymatlardan oshmasligi kerak. 


480 
Erigan metallning mexanik xossalarini va payvandlangan birikmalarining 
mustahkamligini nazorat qilish uchun sinov birikmalari payvandlanadi, sinov 
o‘tkazish maqsadida bu birikmalardan namunalar qirqib olinadi. Sinovlar 
mustahkamlik chegarasi, qattiqlik, nisbiy uzayish va h.k.larni aniqlash uchun 
o‘tkaziladi. 
Payvandlangan choklardagi nuqsonlar quyidagi usullar bilan bartaraf etiladi: 
choklardagi uzilishlar va chuqurliklar payvandlanadi; yoriqli choklar, yaxshi 
payvand qilinmagan va boshqa nuqsonlari bo‘lgan choklar yo‘qotiladi va yangidan 
payvandlanadi; asosiy metallning kesilgan joylari (kesik) lari tozalanadi va 
payvandlanadi, bunda eritilgan metalldan asosiy metallga asta-sekin o‘tish 
ta’minlanadi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish