481
birikmalardagi teshiklarning diametri boltlarning diametridan ko‘pi bilan 0,3 mm
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Teshiklar uchun minusli qo‘yimga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunday aniq teshiklarda boltlar zich joylashadi va suriluvchi kuchlarni yaxshi
qabul qiladi.
Yuqori mustahkamlikdagi boltlar bilan biriktirish o‘zida o‘rnatishning
oddiyligi, yuqori ko‘tarish qobiliyati va kichik deformativlikni mujassamlashtiradi.
Ular siljishga chidamli va amaliy jihatdan barcha holatlarda yuqori
mustahkamlikdagi parchin mix va boltlarning o‘rnini bosish mumkin.
Boltli birikmalarni montaj maydonchasida yig‘ish qo‘yidagi operatsiyalarni
uz ichiga oladi:
tutashadigan yuzalarni tayyorlash;
boltlar o‘tkaziladigan teshiklarni moslashtirish;
tutashmada biriktirilayotgan elementlar paketini siqish;
teshiklarni loyihadagi diametrgacha parmalash va doimiy
boltlarni o‘rnatish.
Bir-biriga tutashadigan yuzalarni
tayyorlash ularni zang, ifloslar, yog‘,
changdan tozalash, notekisliklarni to‘g‘irlashdan iborat. Detallar va teshiklarning
chetlaridagi g‘udurlar arralab yoki qirqib tashlanadi.
Birlashtiriladigan barcha
elementlarning teshiklarini moslashtirish teshik diametridan biroz kichik bo‘lgan
moslashtiruvchi asboblar yordamida erishiladi. Moslashtiruvchi asbob teshiklarga
urib kiritiladi shu tufayli ular bir-biriga moslanadi. Tortqi biriktirluvchi elementlar
paketining zarur zichligini ta’minlashi kerak. Paket vaqtinchalik yoki doimiy
yig‘uvchi boltlar bilan tortiladi, navbatdagi bolt tortilgandan so‘ng oldingisi
qo‘shimcha ravishda tortiladi. Yig‘ilayotgan paketning
zarur zichligini boltlarni
quyidagi tartibda o‘rnatish bilan ta’minlash mumkin: birinchi bolt markazga
o‘rnatiladi, keyingilari esa o‘rtadan maydon chetlariga qarab bir tekis qilib
o‘rnatiladi.
482
Doimiy boltlarni o‘rnatish konstruktsiya to‘g‘irlangandan so‘ng boshlanadi.
Boltlar paketni tortishdagi ketma-ketlikda o‘rnatiladi. Boltlarning uzunligi va
diametri loyihada kelishiladi.
Yuqori mustahkamlikdagi boltlarning gaykalari
tarirovkali kalit bilan
tortiladi, u boltlarni tortish kuchini nazorat qilish va tartibga solish imkonini
beradi. Boltlar tortishdagi katta kuchlarga bardosh berishi uchun ular maxsus
po‘latlardan tayyorlanadi va termik ishlov beriladi. Boltlar ancha zich va yaxlit
birikmaga ega bo‘lishga imkon beradi. Siljituvchi kuchlar ta’sirida biriktirilayotgan
elementlar o‘rtasida ishqalanish
kuchlari vujudga keladi, bu kuchlar bu
elementlarning bir-biriga nisbatan siljishiga tusqinlik qiladi.
Yig‘ilgan konstruktsialarning geometrik o‘lchamlri tekshirilgandan so‘ng
loyihaviy kuchlanishga yuqori pishiqliqdagi boltlar yakuniy tortiladi. Boltlarning
berilgan miqdordagi tortilish kuchlarini tartibga solish qo‘yidagi usullardan biri
bilan ta’minlanadi: gaykani
burash burchagiga qarab, boltning o‘qda tortilishi
bo‘yicha, indikator turdagi kalit bilan bo‘rash momentiga ko‘ra,
gaykaburagichning zarbalari soniga ko‘ra.
Do'stlaringiz bilan baham: