O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Ekstremal sharoitlarda qurilish konstruktsiyalarini



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
9.5. Ekstremal sharoitlarda qurilish konstruktsiyalarini 
montaj qilish texnologiyasi. 
 
9.5.1. Qishki sharoitda montaj qilish texnologiyasining o‘ziga 
xos xususiyatlari. 
 
Qishqi sharoitda montaj qilish ishlarini bajarish qiyinlashadi. Ishlarni 
bajarish qiymati ortadi va temperatura hududiga bog‘liq holda bu ortish qurilish 
umumiy qiymatining 1,2 dan 6% gachasini tashkil etadi. Yig‘ma temirbeton 
konstruktsiyalar qishda yozdagi usullar kabidek montaj qilinadi. Barpo etishda 


483 
manfiy temperaturalarda ishlarni muvaffaqiyatli bajarishni va konstruktsiyalarning 
barqarorligini ta’minlovchi qo‘shimcha tadbirlarni o‘tqazish to‘g‘risida loyihalarda 
ayniqsa texnologik xaritalar va ishlarni bajarish loyihasi (IBL) da ,ko‘rsatma va 
tavsiyalar beriladi. Yig‘ma konstruktsiyalarni montaj qilishda zarur bo‘lgan 
qorishma va betonning markalari loyihalarda ko‘rsatiladi.
 
Qish davri metall konstruktsiyalarni montaj qilish texnologiyasiga temir 
beton konstruktsiyalariga nisbatan kamroq darajada ta’sir ko‘rsatadi. Asosan 
qishda metall konstruktsiyalarni montaj qilish xuddi yoz vaqtidagi kabi o‘sha 
mashinalar, moslamalar va metodlar bilan bajariladi. Tutashish joylarini qurishning 
asosiy o‘ziga xos hususiyati payvandlash ishlarini olib borishga cheklovlar 
qo‘yilishi bo‘lib – temperatura 30

dan past bo‘lganda payvandlash ishlarini 
bajarish taqiqlanadi.
Qish davrida montaj ishlarida mehnat unumdorligini pasayadi. Tashqi havo 
temperaturasiga bog‘liq holda tuzatish koeffitsientlari qo‘yidagilarni tashkil etadi: 
Havo temperaturasi, 
0

0...–10 
–11...–20 
–21...–30 
–31...–40 
Tuzatish koeffitsienti 
1,2 
1,4 
1,6 
1,8 
Yig‘ma temirbeton elementlar montaj qilish uchun qordan, muzdan va 
loydan tozalanib o‘zatiladi. Tashish vaqtida va omborda saqlashda ular yomg‘ir 
ham qordan muhofaza qilinadi. Ko‘p jihatdan bu yengil betonlardan tayyorlangan 
detallar va yig‘ma konstruktsiyalar elementlarining tutashadigan yuzalaridagi 
panellarni isituvchi qatlamlarining ochiq joylari uchun zarurdir. Bu shu bilan 
bog‘liqki, yengil betonlar yoki isitgichlarning suv bilan to‘yinishi to‘suvchi 
konstruktsiyalarning issiqtexnik xossalarni yomonlashtiradi. 
Zarur bo‘lganda muz faqat qirg‘ich va chutkalar bilan bartaraf etilibgina 
qolmay, balki muzlagan joylar muz izlari to‘liq yo‘qotilgunga qadar isitiladi. Agar 
yig‘ma elementlar yonmaydigan materiallardan ishlangan qo‘shimcha qatlamlarga 


484 
(qo‘yilmalarga) ega bo‘lmasa, u holda isitish uchun gazli va boshqa isitgichlardan 
foydalaniladi. Muzni yuqotish uchun tuz, qaynoq suv yoki bug‘dan foydalanish 
taqiqlanadi, ammo elektr purkagichlardgi issiq havodan foydalanishga ruxsat 
etiladi. 
Tutashmada betonning berilgan mustahkamlikka erishgunga qadar muzlab 
qolishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarni ko‘rish zarur. 
Qish sharoitida quyidagilarni bajarish zarur: 

tutashadigan yuzalarni +5...8 
0
S musbat temperaturagacha 
isitish; 

konstruktsiyaga beton aralashmasini +30...+40
0
S gacha isitilgan 
holatda quyish; 

beton kamida 70% loyiha mustahkamligiga ega bo‘lmaguncha 
quyilgan aralashmani musbat temperaturada ushlab turish yoki uni isitish 
kerak. 
Konstruktsiyalarni montaj qilishda ular tuz qo‘shimchalarsiz qorishmaga 
o‘rnatilganda uni temperaturasi qishki g‘isht-tosh terishdagi kabi qo‘yidagi 
chegaralarda bo‘lishi kerak:
Havo temperaturasi, 
0

– 10 gacha 
– 20... – 20 
– 21va undan past 
Qorishmaning temperaturasi 
0

+5 
+10 
+15 
Qishda ishlash uchun qorishma va beton aralashmasining tez sovushidan 
saqlovchi moslashtirilgan inventarlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qorishma 
to‘shamaga elementlarni o‘rnatish oldidan yoyiladi, bunda qorishmaning chokda 
yaxshi siqilishi ta’minlanadi. Montaj choklarning qalinligi qat’iy nazorat qilinadi, 
chunki ularning ortishi inshootning mustahkamligini pasaytiradi, bahorda 
qorishmaning erishi konstruktsiyalarning notekis cho‘kishi va deformatsiyalanish 
xavfini yaratadi. 


485 
Manfiy temperaturalarda ishlash uchun montajchilar sirpanmaydigan 
poyabzaldan foydalanishi, ular ishlatayotgan supa, narvon va maydonchalarni qor 
va muzdan albatta tozalashi kerak. Yer muzlab sirpanchiq bo‘lganda, kuchli qor 
yog‘ayotganda montaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi. Montaj qilish 
maydonida barcha yo‘llar qordan, muzdan tozalanadi va qum sepiladi. Manfiy 
temperatura tushishi bilan olib boriladigan eng muhim tadbirlardan biri – poydevor 
zaminini muzlab qolishdan asrashdir. Poydevor yostiqlari ostidagi gruntning, 
ayniqsa loyli va nam gruntning muzlashi gruntning shishiga va 
konstruktsiyalarning shikastlanishiga olib keladi. Zamin va montaj qilingan 
poydevorlar grunt, shlak bilan isitiladi. Binolarning yerto‘lalari va texnik 
yerto‘lalaradagi barcha bo‘sh joylar va tom yopmalaridagi teshiklar, tsokol 
panellari va boshqa joylardagi tuynuklar berkitiladi.
montaj ishlarining to‘xtab qolishi sababli, birinchi navbatda minorali 
kranlarning to‘xtashi, ishlarni bajarishning rejali ketma-ketligini bo‘zadi, kranlar 
shamol tezligi 10..12 m/s bo‘lganda to‘xtatiladi.
Manfiy temperatura sharoitlarida tutashmalar va choklarni sifatli bajarish 
uchun maxsus yordamchi tadbirlar nazarda tutiladi. 
Tutashmalarni beton bilan to‘ldirib yaxlitlash texnologiyasi ishlarni bajarish 
loyihasidagi ko‘rsatmalarga muvofiq aniqlanadi. Yaxlitlash uchun beton 
aralashmasi (qorishma) muzi erigan va isitilgan to‘ldirgichlar asosida isitilgan 
suvda tayyorlanadi. Qo‘shimchalarsiz qorishmaning aralashtirgichdan chiqish 
paytida temperaturasi shunday bo‘lishi kerakkim, uning temperaturasi joylashtirish 
vaqtida +15

S dan kam bo‘lmasligi kerak. Beton aralashmasi tarkibiga muzlashga 
qarshi qo‘shimchalar qo‘shilganda uning aralashtirgichdan chiqish paytidagi 
temperaturasi qo‘yidagicha bo‘lishi kerak: 

xlorli tuzlar va potash qo‘shilgan aralashmalar uchun +5
0
S kam 
bo‘lmasligi;

kaltsiy nitriti va mochevina qo‘shilgan aralashmalar uchun +10°S; 


486 

natriy nitrit qo‘shimchali aralashmalar uchun ham muzlashga qarshi 
qo‘shimchalarsiz aralashmalarda +15
0
S. 
Beton aralashmasini isitilgan bunkerlarda, qutilarda yoki ishlatilgan gazlar 
bilan isitiladigan jihozga ega bo‘lgan avtomobillarda tashish toqazo etiladi. Beton 
aralashmasi ob’ektda saqlaganda u shamol ta’siri va atmosfera yog‘inlaridan 
himoya qilingan bo‘lishi zarur. Tutashadigan joylarning bo‘shliqlariga qotib 
qolgan yoki muzlagan qorishmani yotqizish, shuningdek, unga qaynoq suv 
qo‘shish taqiqlanadi. 
Tutashmalarni beton aralashmasi bilan to‘ldirish qo‘yidagi uchta usullardan 
biri bilan amalga oshiriladi: 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish