O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Eski tayanchlarga surish metodi.
Ayrim inshootlarni to‘liq almashtirish 
metodi eski inshootni surib (poydevordan surishni) va uning o‘rniga yangi 
inshootni surib kelishni ifoda etadi, bu esa korxona uchun to‘xtab qolish davrini 
ancha qisqartirishiga imkon beradi. Surishning ikki varianti bo‘lishi mo‘mkin: 
tortuvchi variant – chig‘irlar va polisplastlar tizimi yordamida va itaruvchi variant 
– elektr va gidravlik domkratlar yordamida. Tortuvchi variantning (usul)ning 
afzalligi surilayotgan ob’ektning harakati uzliksizligida bo‘lsa, ikkinchi variant 
(usul)ning Ustunlik jihati esa foydalaniladigan moslamalarning oddiyligi va 
ixchamligidadir, bu variant ob’ektni rekonstruktsiya qilishning tor sharoitida 
ayniqsa muhimdir.
Surish ko‘p izli relsli yo‘llar bo‘yicha po‘lat plastinalar va diametri 100...150 
mm bo‘lgan tsilindrik po‘lat g‘ulalar (katoklar) yotqizilgan temirbeton asos 
bo‘yicha bo‘yicha amalga oshiriladi. 


498 
9.6. Konstruktsiyalarni montaj qilish sifatini nazorat 
qilish 
Konstruktsiyalarni o‘rnatish sifati oldindan belgilab qo‘yilgan o‘q va boshqa 
o‘q belgisi chiziqlari va sathi bo‘yicha geodezik asboblar va shablonlar yordamida 
tekshiriladi. Yig‘ma elementlarni loyihadagi holatga o‘rnatish aniqligini geodezik 
nazorat qilish ijrochi tasvirini olishni bosqichma-bosqich (montaj qilingan 
elementlar turlari, qamrovlar, qavatlar bo‘yicha) o‘tkazishdan – montaj qilingan 
konstruktsiyalarning rejada va balandligi bo‘yicha asl holatini geodezik 
tekshirishdan iborat. 
Poydevorlar, yerto‘la devorlari va binoning yerto‘la qismidagi devorlarni 
montaj qilishda ular orasidagi choklar bog‘lanishining to‘g‘riligi va qalinligi, 
bloklar va panellar orasidagi choklarning to‘ldirilishi, binoning sirtlari va 
burchaklarining vertikalligi va to‘g‘ri chiziqli ekanligi, konstruktsiyalarni 
ankerlash sifati nazorat qilinadi. Devor bloklarining birinchi qatorini yotqizishda 
ular orasidagi choklar poydevor bloklari choklari va poydevor yostiqlaridagi 
choklar bilan mos tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bog‘lanishda vertikal 
choklarining qo‘shni qatorlardagiga nisbatan siljishi blokning 1/4 uzunligiga 
to‘g‘ri kelishini ta’minlash kerak. 
Beton bloklardan qurilgan yerto‘la devorlarning vertikal va gorizontal 
choklarining qalinligi 15 mm bo‘lishi kerak, ayrim choklar 10 mm dan ortiq va 20 
mm kam bo‘lishi mumkin. Blokli terish qatorlarining 10 m uzunlikdagi chegarada 
gorizontal bo‘yicha og‘ishi 15 mm gacha yo‘l qo‘yiladi, bir qavat chegarasida 
yuzalarning vertikal bo‘yicha og‘ishi 10 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Poydevorlar va devorlar konstrukiyalari o‘qlarining siljishi 12 mm ga, 
poydevorlar tayanch yuzalari belgilarining loyihadagidan og‘ishi 20 mm dan, 
devorlar bloklari yuzalariniki 10 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 


499 
Yirik panelli binolarda yig‘ma elementlarni loyihaviy holatda o‘rnatish va 
mahkamlash sifatini nazorat qilish elementlarning holatini o‘q va o‘rnatilgan o‘q 
belgisi chiziqlari bo‘yicha tekshirish bilan, shuningdek, elementlar orasidagi 
biriktirish joylarini to‘ldirish sifatiga qarab ta’minlanadi. Devorlar va pardevorlar 
panellari o‘qlarining quyi kesimida reja o‘qlarga nisbatan siljishi 8 mm dan, yuqori 
kesimda esa 10 mm dan oshmasligi kerak. Tashqi devor panellarining vertikal va 
gorizontal choklarining eni 10...20 mm chegarasida bo‘lishi kerak. Uzunligi 4 m 
gacha bo‘lgan yopma panellari uchun tayanish kattaligi loyihaviy kattaligidan 
ko‘pi bilan 8 mm ga chetlanishga ruxsat etiladi, plitalarning o‘zunligi undan ortiq 
bo‘lganda 10 mm gacha chetlanishga ruxsat etiladi. 
Karkas-panelli binolarda, shu jumladan bir qavatli sanoat binolarida 
konstruktsiyalarning montaj qilish jarayonidagi mustahkamligi va ulardan 
foydalanishdagi ishonchliligi elementlarni yig‘ishning texnologik ketma-ketligiga 
rioya qilishga, ularni o‘rnatish sifatiga va mahkamlanishiga, shu jumladan 
tutashmalarni to‘ldirish sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Montaj qilish sifatini operatsiyalar bo‘yicha nazorat qilish shunga 
yo‘naltiriladiki, bunda agar avval o‘rnatilgan konstruktsiyani to‘g‘irlashda uning 
talab etilgan aniq holati ta’minlanmagan bo‘lsa, keyingi konstruktiv elementlarni 
o‘rnatishga yo‘l quymaslik lozim. Konstruktiv elementni maxkamlashdan oldin 
montajning aniqligi ruletka, shaytonlar yoki geodezik asboblar bilan ulchab 
tasdiqlanadi. Har bir yarusda, qamrovda bir turdagi karkas elementlarini montaj 
qilish yakunlangandan keyin konstruktsiyalarning haqiqiy holatini ko‘rsatuvchi 
ijrochi sxemalar tuziladi. 
Karkasli bir va ko‘p qavatli binolarda montaj qilingan konstruktsiyalar o‘z 
chetki uchlari bilan pastda yotuvchi konstruktsiyalarga ishonchli tarzda tayanib 
turishi kerak. Elementlar tayanish chuqurligining qoplanadigan oraliq yo‘nalishida 
loyihadagiga nisbatan kamayishi elementning uzunligi 4 m gacha bo‘lganda 5 mm 


500 
dan, elementning uzunligi 16 m va undan ortiq bo‘lganda 10 mm dan oshmasligi 
kerak. 
Konstruktsiyalarni montaj qilishda qo‘llanadigan tushamani tayyorlash 
uchun foydalaniladigan qorishmalarning markalari loyihada ko‘rsatilgan 
markalarga mos bo‘lishi kerak. Qotish jarayoni boshlangan qorishmadan 
foydalanishga, shuningdek uning elastikligini unga suv qushib tiklashga ruxsat 
etilmaydi.
Kran osti to‘sinlarini balandlik bo‘yicha to‘g‘irlashda po‘lat listdan 
tayyorlangan qistirmalar paketidan foydalanilgan holda ular bir-biri bilan 
payvandlangan bo‘lishi, paketning o‘zi esa tayanch plastinasiga payvandlangan 
bo‘lishi kerak.
Po‘lat konstruktsiyalardan tashkil topgan bir va ko‘p qavatli karkasli 
binolarda montaj qilingan konstruktsiyalar haqiqiy xolatining chegaraviy chetga 
chiqishlari yo‘l qo‘yiladigan qiymatlardan oshmasligi kerak. Ustunlar tayanch 
belgilarining loyihadagidan chetlanishi va Ustunlar o‘qining reja o‘qlardan 
chetlanishi 5 mm; Ustunlar o‘qlarining yuqori kesimda vertikaldan chetlanishi 
Ustun uzunligi 8 m bo‘lganda 10 mm, uzunligi 16 m dan ortiq va 25 m gacha 
bo‘lganda – 15 mm ni tashkil etishi lozim. Fermalar va to‘sinlarning bir qavatli 
bino Ustunlari o‘qlariga nisbatan siljishi 15 mm dan, ko‘p qavatli binolar rigellari 
va to‘sinlarining siljishi – 8 mm dan oshmasligi lozim. Kranosti to‘sinlari uchun 
qo‘yidagi me’yorlar belgilangan: kranosti to‘sinining bo‘ylama reja o‘qidan siljishi 
5 mm dan, tayanch qovurg‘asining Ustun o‘qidan siljishi 20 mm dan oshmasligi 
kerak. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish