O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Binolarni rekonstruktsiya qilishda konstruktsiyalarni



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.5.6. Binolarni rekonstruktsiya qilishda konstruktsiyalarni 
montaj qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Mavjud konstruktsiyalarni almashtirish oldin yoki u bilan birga yangi 
konstruktsiyalarni o‘rnatish bilan kechadi. Konstruktsiyalarni almashtirish alohida 
metod bilan bajarilishi mumkin, bunda alohida qamrovda yoki butun binoda 
almashtiriladigan konstruktsiyalarning hammasi demontaj qilinadi, ularning 
o‘rniga yangilari o‘rnatiladi. Ishlarning turli xil variantlari bo‘lishi mumkin – bir 
kran avval eskilarini demontaj qiladi, keyin yangilarini o‘rnatadi, yoki ikki yoki bir 
nechta kran ishga jalb qilingan bo‘lib, ularning ishlashi oqimli tashkil etiladi. 
Qushni yaqin elementlarning katta yuklanishlardan kafolatlanganligining 
ta’minlanganligi va binoning umumiy mustahkamligi eng muhim jihatlardan biri 
deb hisoblanadi.


495 
Qo‘shma metod
konstruktsiyalarning demontaji va montajini yagona 
oqimda, qurilish mashinalarining yagona komplekti bilan ketma-ket bajarilishini 
nazarda tutadi. Ishlarni bunday tashkil etishda ishlar fronti qo‘shni 
konstruktsiyalarning mustahkamligi, bikrligi va barqarorligini saqlagan holda bitta 
yoki bir necha yacheykalar o‘lchamlariga qisqaradi. Konstruktsiyalarni demontaj 
qilish demontaj qilinayotgan inshootlarning konstruktiv yechimlariga va demontaj 
qilishda foydalaniladigan vositalarning texnologik imkoniyatlariga bog‘liq holda 
elementlar bo‘yicha yoki yiriklashtirilgan bloklar bilan bajarilishi mumkin. 
Tom yopma konstruktsiyalarini almashtirish
binoning konstruktiv 
yechimiga, uning hajmiy-rejaviy yechimiga va qullanilayotgan mexanizatsiyaning 
tanlangan variantini asoslashga bog‘liq holda turli xil o‘zyurar va minorali kranlar 
bilan amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda tom yopmaning yengil 
elementlarini, texnologik quvuro‘tkazgichlarni va boshqa qurilmalarni 
almashtirishda tom yopma bo‘yicha maxsus yuruvchi, fermalar belbog‘lari orasiga 
joylashtirilgan to‘sinlar bo‘ylab harakatlanuvchi, qayta jihozlangan avtomobil 
kranini qo‘llash mumkin.
Qayta qurilayotgan bir qavatli binoning balandligi ortadigan bo‘lsa, u holda 
barcha ishlar to‘liq tugatilguncha mavjud tom yopma ustidan yangisini dastlab 
barpo qilish ratsional deb topilishi mumkin, keyin esa chig‘irlar, ko‘prik kranlari 
va tegishli takelajli yaroqlardan foydalanib, eski tom yopma demontaj qilinadi. Bu 
holda konstruktsiyalarni montaj va demontaj qilishni qisqa muddatli to‘xtashlar 
davrida amalga oshirishi yoki rekonstruktsiya qilinayotgan binoda ishlab chiqarish 
jarayonini to‘xtatmasdan amalga oshirish mumkin. 
Tom yopma elementlarini demontaj qilishda ajratilayotgan materialllarning 
pastga tushib ketishidan, yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalarni alangali qirqishda 
ayrim tom elementlarining yonib ketishidan himoya qiluvchi chora-tadbirlarni 
qo‘llash lozim. Agar alohida elementni olib tashlashda statik barqaror muvozanat 


496 
buziladigan bo‘lsa, u holda tushib ketish nuqtai nazaridan xavfli konstruktsiyalarni 
kuchaytirish, bo‘shatish yoki stroplar bilan kran ilmog‘iga osish zarur. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish