9.7. Montaj ishlarini bajarishda mehnat muxofazasi
Montaj ishlari qurilish-montaj ishlarining butun majmumasi ichida eng
xavflisi hisoblanadi, chunki bu ishlar odatda, konstruktsiyalarning og‘ir
501
elementlarini ko‘chirish va o‘rnatish bilan bog‘liq hamda katta balandlikda
bajariladi.
Qurilish maydonida montajning texnologik zonasi ya’ni ishchi zona,
omborlar zonasi, dastlabki yig‘ish va elementlarni yerdan o‘rnatiladigan joyga
tashish nishonlar bilan belgilanishi lozim. Yuqori xavfga ega bo‘lgan zona – bir
nechta montaj mexanizmlarning tutashgan montaj uchastkalarida, vertikal bo‘yicha
bir yoki turli sathlarida ishlashiga ayniqsa alohida e’tibor qaratilishi kerak.
Montaj va yordamchi ishlarga yig‘ma elementlarni tushirish, taxlash hamda
ilish uchun ishchilarga faqat
kirish instruktaji
o‘tkazilgandan keyingina ruxsat
beriladi. Yuqoridagi ishlarni amalga oshiriga 4-razryad (toifa) dan past bo‘lmagan
18 dan katta yoshdagi va ish staji kamida ikki yil bo‘lgan montajchilarga ruxsat
etiladi. Bu ishlarga ruxsat olish uchun xavfsizlik texnikasidan o‘quv kursini o‘tash
va zarur sinovlarni topshirishi lozim. Bilimlar yiliga kamida bir marta tekshiriladi,
bir yilda kamida ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi.
Yuk ushlovchi moslamalar, stroplar va boshqa inventarlar yuk ko‘tarish
qobiliyati ko‘rsatilgan birkalar bilan ta’minlanishi kerak. Ular yiliga kamida ikki
marta ikki karrali yuklamaga sinaladi, tekshiruv natijalariga ko‘ra maxsus
pasportlar beriladi.
Yuqorida ishlaganda montajchilar albatta montaj belbog‘larini taqib olishadi
va mahkamlovchi moslamasi bo‘lgan zanjir yordamida o‘zlarini montaj
qilinadigan konstruktsiyalarning halqalariga yoki tortilgan hamda mahkamlangan
sim arqonlarga bog‘lab qo‘yiladi. Ishchi asboblar tushib ketmasligi uchun
qutichalarda yoki sumkalarda turishi kerak. Elementlarni ko‘tarishda ularning
tebranish yoki buralishlishini oldini olish uchun ular albatta tortqilar bilan bog‘lab
tortiladi. Ko‘tarilgan elementlarni ishdagi tanaffus bo‘lgan paytlarda osilgan holda
qoldirish ta’qiqlanadi. Har qanday yuklarni ko‘tarish montaj krani polispastining
faqat vertikal holatida, ya’ni ko‘tarilayotgan elementni tortmasdan ruxsat etiladi.
Ko‘tarilayotgan yukniing massasi kran strelasining tegishli qulochida uning yuk
502
ko‘tara olish qobiliyatidan kichik yoki unga mos bo‘lishi kerak; quloch va yuk
ko‘tarish qobiliyati orasidagi bog‘liklikning tegishli jadvali mashinistning ish
joyiga osilgan bo‘lishi kerak.
Qurilish maydonchasida o‘tish va yurish yo‘llari quriladi, ko‘rinadigan
joylarda xavfli va ta’qiqlangan zonalar ko‘rsatkichlari mahkamlab qo‘yiladi. Tungi
paytlarda qurilish maydoni albatta yoritilishi kerak. Shamol tezligi 10...12 m/s
bo‘lganda minorali kranlar bilan montaj qilish ta’qiqlanadi, relslarda yuruvchi kran
qochmaslik moslamalari bilan maxkamlanadi; shamol tezligi yuqori bo‘lganda
kran tortqilar bilan bog‘lanadi.
Yuk ko‘taruvchi moslamalar har bir ta’mirlashdan so‘ng ularning
me’yordagi yuk ko‘tarish qobiliyatidan 1,25 marta ortiq bo‘lgan yuklanishda 10
minut davomida sinaladi. Yuk ko‘taruvchi moslamalarni ko‘rik sinov natijalari
hisobga olish jurnaliga kiritiladi. Ko‘riklar quyidagicha bajariladi: traverslar uchun
har 6 oyda; strop va idishlar uchun har 10 sutkada; boshqa ushlagichlar uchun –
har oydan keyin.
Montaj va montajdan keyingi ishlarni bitta qamrovda, lekin turli
gorizontlarda bajarishga ruxsat etilmaydi. Ayrim hollarda bunga istisno qilinadi,
ammo bunda satxlardagi uzilish uchta ora yopmadan kam bo‘lmasligi kerak.
Xavfli zona chegarasi yukni kran bilan ko‘chirishda tushib ketishi mumkin
bo‘lgan joydan gorizontal bo‘yicha masofasi bilan belgilanadi. Yukni maksimal
ko‘tarish balandligi 20 m gacha bo‘lganda bu masofa 7 m dan kam bo‘lmasligi
kerak, 100 m gacha balandlikda kamida 10 m dan, balandlik undan yuqori
bo‘lganda bu masofa ishlarni bajarish loyihasida belgilanadi.
Montaj qilingan qavatlararo ora yopmalar va tom yopmalari keyingi ishlar
boshlangunga qadar to‘siqlar bilan to‘silishi kerak. Bu talab yirik panelli va yirik
blokli binolarni montaj qilishda bajarilmaydi, ammo oxirgi montaj qilinayotgan ora
yopmada ishlayotgan montajchilar himoya belbog‘larini bino konstruktsiyasining
ishonchli elementlariga mahkamlashlari (bog‘lashlari) kerak.
503
Ob-havo sharoitlari o‘zgarganda alohida extiyotkorlik choralarini ko‘rish
toqazo etiladi. Shamol tezligi 15 m/s va undan ortiq bo‘lganda, muzlash oqibatida
yuzaga kelgan yaxvonlikda, momoqaldiroq payti va tuman tushganda balandlikda
ochiq joylarda montaj ishlarini bajarishga ruxsat etilmaydi. Yirik o‘lchamli devor
panellarini va shunga o‘xshash konstruktsiyalarni ko‘chirish va o‘rnatish bo‘yicha
ishlarni shamol tezligi 10 m/s va undan ortiq bo‘lganda to‘xtatish lozim.
Montaj qilishda tok urishini va yong‘in xavfi vujudga kelishni istisno
qiluvchi payvandlash ishlarining xavfsiz usullariga katta e’tibor qaratilishi kerak.
Yomg‘ir ostida, momoqaldiroq paytida, kuchli qor yog‘ayotganda va shamol
tezligi 5 m/s dan ortiq bo‘lganda payvandlash ishlarini olib borish ta’qiqlanadi.
30 m dan baland binolarni montaj qilishda ishchilarni yuqoriga ko‘tarish va
tushirish uchun albatta ko‘targichlar yoki liftlar o‘rnatilishi kerak.
504
Do'stlaringiz bilan baham: |