Investitsion qiymat ko‘chmas mulk obyekti uchun, kutilayotgan
daromadni, ushbu investitsion loyiha (unumdorligi, qulayligi)ni hisobga
olgan holda, investor to‘lashi mumkin bo‘lgan eng baland narxdir. Agar
ma’lum bir investorning istagi ushbu bozor uchun oddiy bo‘lganda,
investitsion va bozor qiymatlari mos tushishi mumkin.
Baholash obyektining likvidasion qiymati – baholash obyekti qiy-
mati, agar baholash obyekti chiqarilishi o‘xshash obyektlar ekspozisiya-
sining oddiy muddatidan kamroq muddatda ro‘y bersa. Sotish muddatini
chegaralanishi oqibatida, barcha potensial xaridorlarning bozorda
taqdim etilgan obyektlari bilan tanishish uchun yetarli bo‘lmasa,
likvidasion qiymat sezilarli ravishda bozordagidan pastroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |