Baholash obyektining maxsus qiymati – baholash to‘g‘risidagi
shartnomada yoki me’yoriy-huquqiy aktda shartlari kelishiladigan,
bozor yoki boshqa qiymatlar tushunchasini inobatga olmaydigan, baho-
lash standartlarida ko‘rsatilgan, baholash faoliyati subyektlari tomonidan
qo‘llanishi majburiy qiymatdir. Qiymatni quyidagi ko‘rinishlarini ajra-
tish mumkin:
Mavjud korxona qiymati – yaxlit mulk kompleksining qiymati
bo‘lib, shakllangan ishlab chiqarishi natijasiga mos holda aniqlanadi. Bu
holda korxonaning alohida obyektlar qiymatining bahosi, barcha obyekt-
lar mavjud korxonaning tarkibiy komponentlari sifatida jalb etadigan
kiritmalarini aniqlashda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |