Tayanch so‘z va iboralar
Moliyalash, kreditlash, turar-joy, investitsion siyosat, nomarkaz-
lashtirish, energotashuvchilar, liberallashtirish, ichki va tashqi manbalar,
investitsion fondlar, federal va mahalliy organlar, jismoniy va yuridik
shaxslar, ipoteka krediti, shirkat, sherik-ega, pudrat, institutsional
investorlar, veksellar, moliyaviy institutlar.
Nazorat savollari va topshiriqlar
1. Kimlar (nimalar) investor bo‘la oladi? Investorlar qanday
turlarga bo‘linishi mumkin?
2. Ko‘chmas mulkni uzoq muddatli moliyalash va ipoteka
kreditining xususiyatlari haqida gapirib bering.
3. Ulushli ishtirok etish deganda nimalar tushuniladi?
4. Obligatsiyalar va aksiyalar emissiyasi yordamida moliyalash
deganda nimalar tushuniladi?
5. Ipoteka kreditining xususiyatlarini ayting.
6. Uzoq muddatli ssuda qancha muddatda beriladi?
7. Ipoteka krediti olish nimalarga bog‘liq?
8. Turar-joyni moliyalashning keng tarqalgan usuli qaysi?
9. Development nima?
106
Do'stlaringiz bilan baham: |