Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


Qisqa muddatli moliyalash usullariga



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

Qisqa muddatli moliyalash usullariga quyidagilar kiradi: 
1. Savdo krediti. Bu qisqa muddatli kreditning eng ko‘p tarqalgan 
manbasidir. Bu kredit ko‘rinishida quruvchi xaridorga taklif etadi. Bu 
bitimni rasmiylashtirish yozma yoki og‘zaki bajarilishi mumkin. Savdo 
krediti shakllari ochiq kredit yoki oddiy vekseldir. Ochiq kredit (ochiq 
schet) xaridorga ko‘chmas mulkni to‘lov muddatini kechiktirish orqali 
ham xarid qilish imkonini beradi. Bu norasmiy kelishuv bo‘lib, u 
bo‘yicha xaridor to‘lovni amalga oshirgunga qadar ko‘chmas mulkka 
erishadi. Oddiy veksel esa xaridorni qarz majburiyatini yozma shaklda 
aks ettirib, quruvchiga muayyan pul summasini aniq muddatga to‘lab 
berishni ko‘zda tutadi. 
2. Moliyaviy institutlardan ssudalar. Korxona savdo bankiga 
yoki boshqa moliyaviy institutlarga qisqa muddatli ssuda uchun 
murojaat etishi mumkin. Ssudalar ta’minlangan va ta’minlanmagan 


 
103
bo‘ladi. Ta’minlangan ssuda – bu shunday ssudaki, qandaydir bir qim-
matlik kafolati ostida beriladi, uni kreditor qarz oluvchini (bu yerda 
ko‘chmas mulkni oluvchi) bankrotlik holatida oladi. Debitorlar scheti 
ostidagi ssudaning mohiyati shuki, garov sifatida ochiq schet bo‘yicha 
mijozlar tomonidan korxonaga qarzdorlikdan foydalaniladi. Debitorlik 
qarzdorlik tashqaridagi moliyaviy shirkatlar tomonidan ham sotilishi 
mumkin. Bu jarayon – omiling deb aytiladi. Firma tovar – ashyoviy 
zaxiralarni garovga qo‘yib qarz olsa, bank undan – agar firma qarzni 
to‘lamasa, uning tovar – ashyoviy zaxirasi kreditorlarga o‘tishligi haqida 
yozma bayonnoma yozdirib oladi. Qisqa muddatli ssudalar undan 
tashqari har qanday ko‘chuvchi («likvidli») mulk garoviga ham beriladi, 
masalan, avtomobil va boshqa texnikalar. Ta’minlanmagan ssuda 
garovsiz beriladi. Bu holda kreditor korxona daromadliligi va uning ob-
ro‘siga tayanadi. Kafolat sifatida kreditor qarzdordan bankda muayyan 
pul summasini ushlab turishni talab etadi (kompensasion qoldiq). 
Ta’minlanmagan ssudani boshqa bir ko‘rinishi «kredit liniyasi»dir. U 
o‘zida bank shirkatga muayyan vaqt ichida berishga rozi bo‘lgan 
maksimal summani aks ettiradi. 
3. Veksellar.  Bu moliyalashning qisqa muddatli manbasi bo‘lib, 
shirkat chiqaradigan qarz yozishmasidir. Veksel chiqaruvchi shirkat 
muayyan muddatda vekselda ko‘rsatilgan pul summasini qaytarishga 
majburdir. Investor nominaldan past narxda vekselni sotib oladi («uning 
manfaati» ham ana shunda), muddat oxirida esa vekselni to‘la qiymatiga 
erishadi. Masalan, «Toys Inc.» shirkati yuz kun uchun 1000 dollarlik veksel 
chiqardi. Bu veksel shirkatni vekselni sotib olgan kishiga yuz kun ichida 
1000 dollar to‘lab berish majburiyatidir. Lekin xaridor, vekselni sotib 
olayotib, 1000 dollar bermaydi, balki kamroq, masalan, 900 dollar to‘laydi.  
4. Shuningdek, qisqa muddatli moliyalash pudrat kelishuvini baja-
rish bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni, pudratchi ishlarni bajarayotib, ko‘ch-
mas mulkka o‘z moliyaviy manbalarini kiritadi (ashyolar uchun xarajat-
lar, transport xizmatlari va boshqalar), keyin esa bularga qo‘shimcha ravish-
da ishlarni (qurilish) tugatilgandan so‘ng korxona foydasini ham oladi. 
Aytib o‘tish kerakki, har bir moliyalash turi jalb etilgan vositalar 
hajmidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi: 
1.  Qisqa muddatli moliyalash kichik hajmdagi xarajatlarda ishlatiladi; 
Bu avvalo obyektni tez sotishning iloji yo‘qligi va qisqa muddatli 
kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmasligidan sodir bo‘ladi. 
2. Uzoq muddatli moliyalash – katta xarajatlar oldida ishlatiladi.  


 
104
Uzoq muddatli moliyalashning salbiy tomonlari ham bor, masalan 
uzoq muddatli kredit majburiyatlarini bajarishda, qarz oluvchi qarzdan 
tushgan daromadni yo‘qotadi, balki qarzga qoldirilgan ko‘chmas mulkni 
ham.Obligatsiya va aksiyalar ham unchalik talab qilinavermaydi. 
Har bir ko‘rinishda bir nechta moliyalash usuli mavjud va borgan 
sari yangi, xaridor va sotuvchiga iqtisodiy tomondan foydali va qulay 
usullar ishlab chiqilmoqda. 
 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish