Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


Developerning eng muhim faoliyatlari



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

Developerning eng muhim faoliyatlari 
Birinchidan, u ishlayotgan hududning holati va rivojlanish istiqbol-
lilarini yaxshi bilishi lozim. Hududni umumiy iqtisodiy ahvoli (va shub-
hasiz, ko‘chmas mulk bozori holati va dinamikasini ham), hududiy 
boshqaruv organlarining strategik va joriy maqsadlari, ular to‘qnashadi-
gan muammolari, soliq imtiyozlarini olish imkoniyati. 
Ikkinchidan, ma’lumki, developerning shaxsiy vositalari loyihani 
realizasiya uchun xarajatlarning oz qismini to‘ldiradi (odatga ko‘ra, 20 – 
30%dan ko‘p emas) hamda qarz va «jalb etilgan» vositalarsiz buning 
odatda iloji yo‘q. Buning ustiga developer o‘z vositalarini maksimal sa-
marali ishlatishi lozim, ya’ni, tashqi vositalar oqimi uchun motivlarni 
yaxshi bilishga majbur. Bu motivlar bitta guruh sanalmaydi, uning ichiga 
quyidagicha turlarni qo‘shish mumkin: 
• institusional investorlar (banklar, nafaqa fondlari, sug‘urta shir-
katlari va b.). Ularning maqsadi kiritilgan kapitalni, obyektni funksional 
vazifasini, uning fizik xarakteristikasini saqlash va o‘stirishdir (usbu 
omillar bu kabi investorlarni faqatgina kapital o‘sishiga bo‘lgan ta’siri 
yuzasidan qiziqtiradi); 
• investorlar – jismoniy shaxslar. Qoidaga ko‘ra, ularning maqsadi, 
ko‘chmas mulk obyektini shaxsiy mulkka iste’molchilik foydalanuvi 
uchun erishish va ularning eng avvalo, obyektni joylashuvi va uning 
sifati qiziqtiradi. Bu yerda moliyaviy manbalar ko‘proq chegaralash 
funksiyasini bajaradi (bu guruhning asosiy qismi uchun bu haqiqat); 
• investorlar – yuridik shaxslar bo‘lib, ular iqtisodiyotning turli 
tarmoqlarini o‘zlarida aks ettiradi: 
1. Obyektni foydalanish uchun daromad keltiruvchi obyekt sifatida 
sotib olishga qiziqqan bo‘ladi. Ularning ko‘chmas mulkka qiziqishi 
shaharning u yoki bu hududini, o‘z biznes sohasini, tayyor obyekt yoki 
ijarani sotib olish bilan solishtirganda ko‘chmas mulk rivojlantirishga 
vositalarni jalb etish afzalligi, ularni rivojlantirish istiqboli bilan bog‘liq; 
2. Ishlab chiqarish va iste’mol maqsadlarida undan foydalanish 
uchun obyektni sotib olishga qiziqqan. Ularning motivi jismoniy shaxs-
larniki bilan o‘xshashdir. 
Yuqorida potensial investorlarning butun qiziqish spektri berilma-
gan. Masalan, keltirilgan deyarli barcha investorlar ko‘chmas mulkni 
investitsiyalashni o‘z daromadlarini pul ko‘rinishida ko‘paytirib olish 
vositasi sifatida ko‘rish mumkin va bunday holatda ko‘chmas mulkka 
kiritmalarni unumdorlik darajasini, investitsiyalarning muqobil variant-


 
101
lari bilan solishtirgandagi holati va ularning vositalarini ko‘chmas mulk-
ni rivojlantirishni moliyalash uchun jalb etishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liqligi bor. Ko‘chmas mulkni rivojlantirishga u yoki bu investorlar-
ning vositalarini jalb etish, tabiiy ravishda ko‘chmas mulk turi, loyihani 
moliyalashning shakli va mexanizmlari, ba’zi iqtisodiy institutlarning 
faoliyatiga mavjud qonunchilik cheklovlari (masalan, banklarning), 
mamlakatdagi umumiy iqtisodiy va siyosiy holatga bog‘liq. Developer 
barcha mavjud omillarni, investitsiyani jalb etishda, shartnomalarni 
tuzishda, loyihani moliyalash mexanizm va shakllarini aniqlash va kiri-
tilgan vositalarni qaytarishda inobatga olishi zarur.  
Uchunchidan, aytib o‘tilganidek, ko‘chmas mulkni rivojlantirish, 
ko‘pgina omillar ta’sir etadigan soha hisoblanadi: bozorning umumiy, 
moliya bozori, ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori, pudrat ishlari bozori-
ning konyukturasi, aholini rivojlanish va bandlik tendensiyalari, qurilish 
texnologiyasi holati, hududiy hayot va boshqalar. Ularning bari turli 
yo‘nalishlarda ta’sir etishi mumkin, bu esa ko‘chmas mulkni rivojlan-
tirish sohasini yuqori riskli tarmoq qilib qo‘yadi.  
Risklar muammosi development uchun muhim ahamiyatga ega va 
shuning uchun chuqurroq ta’rifga muhtoj. Bu bo‘lim doirasida uning fa-
qatgina eng muhim aspektlariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Avvalambor aytish lozimki, developmentni professional faoliyat-
ning alohida ko‘rinishiga kiritish ko‘chmas mulkni rivojlantirish sohasi-
da paydo bo‘ladigan risklarni tushirish vositasi hisoblanadi. Axir, umu-
man olganda, yer yoki bino egasiga qurilish yoki rekonstruksiya bilan 
o‘zi shug‘ullanishiga hech kim halaqit bermaydi. Lekin ko‘chmas 
mulkka investitsion jarayon tashkiloti – ko‘p qirrali muammo bo‘lib, 
o‘zini realizasiyasi uchun professionallarni jalb etilishini talab etadi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish