IV bob. KO‘CHMAS MULKNI MOLIYALASHDAN
KELADIGAN DAROMAD VA RISKLAR
4.1. Ko‘chmas mulkning asosiy ko‘rinishlari va ularga
ta’sir etuvchi omillar
Ko‘chmas mulkni baholashning turli maqsadlari uchun qiymatning
xar xil ko‘rinishlari mavjud. Baholash obyektini bozor qiymati – eng
aniq narx bo‘lib, baholash obyekti, bitim tomonlari odil harakat qilish-
ganda, barcha zaruriy axborotlar bilan almashganda, raqobat muhitida
ochiq bozorda chiqarilishi mumkin.
Bozor qiymatini aniqlash uchun, o‘xshash obyektlarni qo‘shimcha
tahlillarini o‘tkazmasdan, sotish narxini qabul qilib bo‘lmaydi, chunki
bitim narxi xaridor va sotuvchining motivlarini, qandaydir tashqi ta’sir-
larni bor yoki yo‘qligini aks ettirmaydi. Ko‘chmas mulkni bozor qiymati
bitimning quyidagi shartlari orqaligina aniqlanishi mumkin:
– bozor raqobatbardosh bo‘lsa va ko‘p miqdordagi sotuvchi va xa-
ridor qatnashishi uchun yetarlicha mulk miqdorini taqdim etadi;
– sotuvchi va xaridor erkin, bir biriga bog‘liq emas, bitim predmeti
to‘g‘risida to‘la ma’lumotga ega va faqatgina o‘z maqsadlari – daromad-
ni ko‘paytirish yoki ehtiyojlarni to‘la qondirish;
– baholash obyektini ekspozisiya muddatini qondirish uchun ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |