№ 3-, 4- mavzular. Berlganlar bazasi axritekturasi
Reja:
1)
Berilganlar bazasi arxitekturasi.
2)
Berilganlar bazasini relayatsion modeli.
3)
Bog’lanishlar va attributlar.
4)
Berilganlarning ierarxik va tarmoq modellari. Daraxtlar.
5)
Berilganlarning bazasini normallashtirish.
Tayanch iboralar:obyektlar, berilganlarga ishlov, obyektlar termasi, atribut
(xususiyat), axborotning uch sohasi, yozuv, ikki o'lchovli fayl, ikki о’lchovli massiv,
identifikator, kalit, birlamchi kalit, birlashgan kaliti murakkab kalit, tarkibli kalit,
muqobil kalit, so'rov, oddiy so'rov, murakkab so'rov. berilganlar modeli, kuchsiz
turdagi modellar, kuchii turdagi modellar, berilganlar elementi, konseptual chizma,
chizmaning nusxasi, yozuvning nusxasi, aloqa, «birga-bir» aloqa, «birga-ko p»
aloqa, «ко 'pga-bir» aloqa, «ко'pga-ko p» aloqa, yozuvlar orasidagi aloqalar.
Elementlari to‘g‘risidagi axborotlari saqlanuvchilar
obyektlar
deb ataladi.
Obyektlar haqi-qiy (masalan, inson, mahsulot yoki yashash hududi) va abstrakt
(masalan, hodisa, fan nomi, top-shiriq raqami yoki tashkilotning hisob raqami)
bo‘lishi mumkin. Masalan, ta’lim sohasida maktab, litsey, kollej. bakalavriat,
magistratura obyektlar boladi. Lekin shu obyektlariga tegishli insonlar-ning har
birini alohida obyekt sifatida e’tirof etish mumkin.
Obyekt turli xossalarga ega bo'ladi (masalan, ism, rang yoki vaqt o’lchovi) va
ularni jumla-dan, kompyuterlar orqali turli qurilmalarida saqlash imkoniyati
mavjud. Ana shu xossalarning har bir elementi
berilganlardan
iborat. Berilganlarga
ishlov
deganda, ular ustida bajariladigan
Izlash, qo’shish, olib tashlash, o'zgartirish
algoritmlarini amalga oshiruvchi funksiyalar faoliyatining natijasini tushunamiz.
Berilganlarga ishlov ko‘pincha, bir xildagi xossa (xususiyat)ga ega bo‘lgan
obyektlarning to‘plami bilan ishlanadi. Masalan, talabalarni olaylik, ularning har biri
to‘g‘risidagi bir xil xususiyatli berilganlargina saqlanadi. Bir xildagi xususiyatga ega
bolgan obyektlarni,
obyektlar termasi
deb ataymiz. Biz yuqorida keltirgan
tushunchalarimiz haqiqiy dunyoga tegishli. Biz har bir obyektlar xususidagi
ma'lumotlarni yozuvlar tarzida ifodalaymiz. Yozuvlar esa obyekt-larning
xususiyatlari (atributlari) va ularning qiymatlari bilan bog’langan. Biz bundan keyin,
atri-but
atamasining mazmuni
xususiyat
bo‘lgani va u butun jahon bo‘yicha sohaga
tegishli ilmiy va amaliy adabiyotlarda qabul qilingan atama bo’lgani uchun, shu
atribut atamasida to‘xtaymiz. Masalan, «Talaba» obyektining atributlari familiyasi,
ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, fakul-teti, yo‘nalishi va boshqalardan iborat
bo’lishi mumkin.
Axborot tushunchasi bilan bog’liq bo‘lgan uchta soha mavjud va undagi
o‘zaro bog‘lanish-lar 2.1-rasmda keltirilgan. Birinchisi, bu haqiqiy dunyo bo'lib,
unda haqiqatdan ham obyektlar mavjud va ularning har biri o'z xossalariga ega.
Ikkinchi soha, bu axborotlar sohasi bo‘lib, u prog-rammachi va boshqalarning
tasavvurida obyektlarning atributlari hamda ularning qiymatlari bilan bog‘langan.
Uchinchisi esa, berilganlar elementlari va ularni ifodalashdagi belgilar, satrlar yoki
axborot elementlarini kodlashdagi bitlardan iborat. Uchinchi sohani yanada
chuqurlashtirib, beril-ganlarning amaliy programmachi tasavvuridagi taqdimoti, BB
administratorining tasavvuridagi umumiy mantiqiy tuzilish va berilganlarning fizik
taqdimiga ajratish mumkin.
2.1 rasm
Berilganlar elementining har biri o‘z qiymatiga ega bo‘lishi kerak va u atributni
ifodalaydi, atribut esa obyektni identifikatsiyalaydi. Biz masalan, qizil, ko'k va
binafsha kabi berilganlarning qiymatlarini saqla-shimiz mumkin, lekin bu qiymatlar
boshqa atributlar orqaligina bog’lanib biror mazmunga ega bo‘lishi mumkin.
Faraz qilaylik,