Relatsion modelda ishlatiladigan turlar
Relatsion modelda oddiy, murakkab va havola turlari ishlatiladi. Relatsion
amallarda berilganlarning ichki tuzilishi hisobga olinmaydi. Shu nuqtayi nazardan,
har qanday murakkab turdagi berilganlarni oddiy turlarga olib kelish mumkin.
Buning uchun uni shartli ravishda yaxlit hisoblab, ichki tuzilishi hisobga olinmasligi
kerak. Bunday
model postrelatsion
hisoblanadi.
Domen tushunchasi
Relatsion modelda berilganlar turi tushunhasi bilan uni aniqlovchi
tushunchasi bir - biriga uzviy bog`liq. Domen bu semantik atamadir. Domen deb
biror bir berilganlar turuni qandaydir ma`noga ega bo`lgan bo`lgan to`plamning
qismi, desak ham bo`ladi.
Domen quydagi xossalarga ega:
Noyob isimga ega bo`lib atribut nomi bilan bir xilda bo`ladi;
Biror bir oddiy tur yoki boshqa domen orqali aiqlanadi;
Domen biron bir mantiqiy shart bilan berilishi mumkin. Bu shart shu
domenga tegishli berilganlar to`plamning terma qismini aniqlaydi;
Domen aniq bir ma’noga ega bo`lishi kerak.
Masalan: oliy o`quv yurti talabasining yoshini ko`rsatuvchi domenni quydagicha
tavsiflash mumkin:
T
yosh
q{n N:n≥16 and n≤60}
Domen to`plamdan farqi shundaki, u aniq bir predmet sohaning semantik
atamalarini akslantiradi. Bitta to`plamning elementlari har xil ma’noga ega bo`lgan
domenlarga tegishli bo`lishi mumkin. Masalan: talabaning yoshi va og`irligi
umumiy xolda, bir to`plamning elementlari bo`lishi mumkin, lekin bu elementlaning
ma’nosi turlicha, shuning uchun ular turli domenlarga tegishli bo`ladi. Bu esa o`z
navbatida, turli turdagi va hattoki bir turdagi domen elementlarini taqqoslash
taqiqlanadi. Domenlar berilganlar bazasini to`g`ri modellashtirishga ta’sir qiladi.
Lekin, hamma domenlarga ham chegaraviy shartlarni qo`yib bo`lmaydi . Masalan:
familiya domeniga.
Domen tushunchasi relatsion modellarda katta ahamiyatga ega, chunki
foydalanuvchi atributlar qabul qiladigan qiymatlarning ma’nosi va manbasini unga
nisbatan aniqlaydi. Natijada tizim relatsion amalni bajarganda, unda ko`proq
ma’lumot bo`ladi, bu esa tizimga semantik nokorrekt amallarni bajarishga yo`l
qo`ymaydi. Masalan, agarda ikkita atributlar uchun domen tomonidan belgili satrlar
aniqlangan bo`lsa ham, birida mahallaning nomi ikkinchisidan ko`cha-ning nomi
saqlansada, ularni solishtirish mantiqsizlik bo`ladi. Lekin bu masalaga boshqa
tamon-dan qaralsa, masalan talabaning oladigan stipendiyasi miqdori va stipendiya
olgan oylar soni atributlariga e’tibor beraylik. Birinchi atribut “pul” (“denejno`y”)
turida, ikkinchisi esa butun turida. Lekin ularni ko`paytirish mumkin. Mana shu
ikkita misoldan, domen tushunchasini to`liq amalga oshirishni ta’minlash osan
emas, shuning uchun ham ko’pgina relatsion BBBT da ular to’liq emas qisman
amalga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |