Relatsion model tushunchalari
Relatsion modelda berilganlar termalarga ajratilib,ular jadvalning tuzilishini
yaratadi. Jadvalning bunday tuzlishi alohida berilganlar elementlari, ya’ni
maydonlardan iborat bo`ladi. Alohida terma yoki maydonlar guruhi yozuv
deyiladi.
Berilganlar modeli yoki predmet sohaning konseptual tavsifi - bular BB
loyihalashdagi eng abstract daraja.
Relatsion berilganlar bazasining nuqtayi nazariy jihatidan, relatsion
modelning asosiy tamoyillarini konseptual darajada quyidagich ta’riflash mumkin:
barcha berilganlar ,satr va ustunlar shaklidagi munosabat deb
ataladigan,tartiblangan tuzilishda bo`lishi;
hamma qiymatlar skalyar bo`lishi.Bu ixtiyoriy munosabbatning ixtiyoriy
ustun va satrlardagi qiymatlar yagona bo`lishini bildiradi;
barcha amallar butun munosabat ustida bajariladi, amallarning bajarilishi
natijasida yana butun munosabat hosil bo`ladi.Bu tamoyil tutashuv deb
ataladi.
Relatsion modelning tamoyilllarini shakillantirishda Kodd o`zi matematik
bo`lgani uchun ham “munosabat” (relation) degan atamani tanladi, chunki uning
fikricha, bu atama bir xildagi ma’noni anglatadi. Munosabatning fizik shakli ikki
o`lchovli jadval bo`lib, u ustun va satrlardan iborat. Relatsion model deylishining
sababi, uning jadvallar orasidagi aloqalarni aniqlashda, degan noto`g`ri talqin juda
keng tarqalgan.Haqiqatda esa, ushbu modelning nomi munosabat (BB jadvallari)
dan, uning asosida yotuvchilardan kelib chiqadi. Mantiqiy jihatdan BB- bu, ikki o`l-
chovli jadvallar va ular ustida ustunlarni tanlash va birlashtirish amallariga ega
bo`lgan to`plam-dir. Shu asosda E.F.Kodd quyidagicha deb yozgan ”
Amaliy
programmachi ham, tasodifiy foyda-lanuvchi ham berilganlar bazasi - bu vaqti -
vaqti bilan o`zgarib turuvchi, hamma mumkin bo`l-gan darajalardagi
normallashgan munosabatlarning to`plamidir
”.
Relatsion modellarda munosabatlar obyektlar xususidagi berilganlarni BB da
saqlash uchun ishlatiladi. Munosabatlar, aytilganidek jadval ko`rinishida bo`lib,
undagi satrlar aloxida yozuvlarga, ustunlar esa atributlarga mos keladi. Bundan
tashqari atributlar ixtiyoriy ketma –ket-likda kelishi mumkin, bundan
munosabatning ma’nosi o`zgarmaydi.
Relatsion modelning yana bir muqobil tushunchasi K. Deyt tamonidan
berilgan. K. Deyt bo`yicha relatsion model uch qisimdan iborat.
Tuzilish - bu qismida qaysi obektning relatsion modelda ishlatilishi
tafsiflanadi;
Butunlik – bu qismida relatsion modeldagi barcha berilganlarning tegishli
cheklashlari tavsiflanadi, jumladan mohiyat butunligi va tashqi kalitlar
(havola) butunligini;
Ishlov qismi - bu qismida ikkita ekvivalent bo`lgan ishlov, ya`ni relatsion
algebra va relatsion hisoblash usullari keltiriladi;
Tuzilish qismi
Umumiy holda BBB tizimlaridagi berilganlarning uchta asosiy turlari
mavjud:
Oddiy;
Murakkab;
Havola
Do'stlaringiz bilan baham: |