115
– korporasiya daromadlarining pul oqimi, iste’molchilarning kun-
dalik qarorlariga bog‘liq holda bo‘lgan, mahsulotlarni sotish hajmiga
bog‘liq bo‘ladi;
– korporativ pul daromadlarining manbalari vaqt o‘tishi bilan o‘z-
garishi mumkin, ko‘chmas mulkdan daromadlar manbalari esa ancha
osondir, ya’ni binolar ko‘chmas, aktivlar esa ham jismoniy ham yuridik
tomondan o‘rnatilgan.
Korporasiya daromadliligi stavkasi, ko‘chmas
mulknikidan past-
roqdir. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, ko‘chmas mulk aktivlarining inten-
siv ishi, biznesning ko‘pgina sohalari bilan taqqoslana oladi. Ko‘chmas
mulkka investitsiyalangan asosiy kapital xarajatlarini yangilashda,
foydalilikni yanada yuqori darajasi talab etiladi. Ya’ni investor kutgan
daromad ko‘chmas mulkni ekspluatasiya qilish uchun xarajatlardan ba-
land bo‘lishi lozim. Foydalilik stavkasi, moliyaviy aktivlarga investit-
siyalashdan yuqori bo‘lishi lozim, bu esa ko‘chmas mulkka jalb etish-
ning yanada balandroq risklariga mos kelishi kerak.
Ko‘chmas mulkka investitsiyalar aksiyalarga qaraganda ko‘proq
saqlanganlik, xavfsizlik va investor nazorat qilishi mumkinligi bilan
ajralib turadi.
Investor
motivasiyasi, bu jalb etilgandan ko‘ra ko‘proq summani olish
imkoniyati va minimal riskda eng katta daromad bilan bir necha loyiha
variantlariga ega bo‘lishdir. Buning uchun qancha pul vositalari summa-
sini jalb etish, qachon va qanday hajmda daromad olinadi, investitsion
loyihaning riski qanday va o‘xshash riskli loyihalarning daromadliligi
qandayligini tahlil qilib chiqish lozim. Investor tanlovi kutilgan foyda va
obyektni sotib olish uchun xarajatlar munosabatiga bog‘liqdir.
Umuman, ko‘chmas mulkka investitsiyalash
manbai va kattaligiga
quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: investitsiya uchun kutilayotgan daromad;
bank foiz stavkasi; umumiy va investitsion sohadagi soliq siyosati;
inflyasiya tezligi; risk darajasi.
Ko‘chmas mulkka investitsiyalashni faollashtirish muammolari,
uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimlarini rivojlantirish, bir vaqtda
o‘lchov tizimlarini qabul qilishni talab etadi. Hozirgi sharoitda turar-
joyning ahvolini yaxshilash ulushli qurilishlar va turar-joyni keyin to‘lab
berishlik sharti bilan sotish, qurilish jamg‘armalar tizimi,
turar-joy
jamg‘armalari dasturini ishlashi, regional dasturlarninig mahalliy budjet-
larni va korxonalarning o‘z xodimlari uchun turar-joy uchun ssudalar
116
dasturlarini ishlatish i, ba’zi shaharlarda munisipal turar-joy obligatsiya-
larini chiqarish orqali amalga oshirilmoqda.
Inqiroz jarayonlari ko‘chmas mulkka investitsiyalashga qanday
ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqaylik. Bir tomondan, inqiroz ko‘chmas
mulkka kiritmalarni faollashtirishga olib keladi. Ko‘chmas mulkka
inqiroz sharoitida jalb etish jozibadorligi sabablari:
- kredit muassasalarida juda past saqlanishlik darajasida
pullarni
tez qadrsizlanishi;
- bank stavkasini inqiroz darajasiga ko‘p hollarda mos emasligi;
- investitsiyalash yo‘nalishlarining yanada daromadlilarini cheklanganligi;
- turar-joyga investitsiyalashning yetarlicha oddiyligi;
- daromad keltiradigan ko‘chmas mulkka investitsiyalash, bu
sharoitda ijara to‘lovini oshirib yuborishi mumkin, bu bilan kiritilgan
mablag‘larni saqlab qoladi.
Bir tomondan, inqiroz sharoitlarida pullarni
boshqa sohalarga jalb
etishni jonlantiruvchi holatlar ham mavjud: bunda real daromadlar
tushadi, investor uchun kutilgan foyda va xarajatlar munosabatini basho-
rat qilish qiyinlashadi, uzoq muddatga kredit olish qiyin, bu esa poten-
sial xaridorlarda moliyaviy manbalar yetishmasligiga olib keladi.
Ko‘chmas mulk bozori quyidagi sabablar bo‘yicha potensial inves-
torlar uchun jozibador hisoblanadi: ko‘chmas mulkka investitsiyalash
ma’lum darajadagi saqlanganlik, xavfsizlik va
investor tomonidan nazo-
rat qilish imkoniyati bilan ifodalanadi; ko‘chmas mulkni sotib olish pay-
tida investor huquqlar paketini qo‘lga kiritadi, bu vaqtda boshqa ko‘pgina
investitsiyalash obyektlari mulkiy huquqlarga ega bo‘lmaydi; ko‘chmas
mulkka jalb etish vositalari inqirozdan saqlash imkonini beradi; katta
o‘lchovga ega ko‘chmas mulk bozori kam o‘zlashtirilgan; ko‘chmas
mulkka investitsiyalashning yuqori riski bu bozordagi operasiyalar
daromadliligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: