Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet32/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
(Hammada hayajon.)

Ammo, hanuz sulton ekanman,

Saltanatning muhri mening qo'limda ekan,

Buyurishga hali borkan salohiyatim,

Bu mansabda qilib qo'yay so'nggi yaxshilik.

Aziz o'g'lim, Ali Qushchi, olgin qalamni,

Farmoyish yoz!

Sakkokiy


(o'z-o’ziga)

O'g'illardan yalchimagan, benasib padar,

O'z shogirdin o'g'il deya topar tasalli.

Ulug’bek


Amir Temur himmatidin Ulug'bek so'zim:

Avaxtadan bo'shatilsin Piri Zindoniy!

Tayyorlab ber!

Abdurazzoq

Kim ekan bu Piri Zindoniy?

(Sekin)

Shayxulislom hazratlari, siz bilasizmi?

Shayxulislom

Bunda yotgan eng ashaddiy sarbadorlardan...

Abdurazzoq

Davlatpanoh, sarbadorlar qissasin o'zim

Eshitganman tarixnavis Hofiz Abrudan.

Sohibqiron o'zi unga naql etgan emish.

O'ylashimcha, sarbadorlar chin inson bo'lgan.

Haq yo'lida, xalq yo'lida bosh qo'ygan ular,

Halol, rostgo'y fuqarolar ekan hammasi.

Ulug'bek


Bu gaplar rost. Ammo taxtga dushman ekanlar.

Shu tufayli bandda ko'rib uni, tanishib - ­

Avaxtada qolsin dedi sulton Ulug'bek.

Hozir esa, men qutulib taxt havasidan,

U odamga ozodlikni qaytib beraman.

Shohlar zulmin toki, olim qilolgay bekor...

Ali Qushchi, farmoyishni yozib bo'ldingmi?

Bergin menga!



(Ko’zdan kechirib)

Farmonlarga oxirgi imzom!



(Farmonga imzo va muhr qo'yadi.)

Ali Qushchi, Abdurazzoq, mehribon do'stlar!



(Farmonni ularning qo’liga berib)

Siz zindondan olib chiqing u bechorani.

Qarorimni men g'animga aytishim bilan

Samarqandning qurshovi ham tugatiladi.

Hayallamay, Xurosonga yo'lga chiqingiz.

Ali Qushchi, to'plab mening asarlarimni

­Hirotga elt. Zindon pirin topshirgaysizlar

Jomiy bilan shoir Lutfiy panohlariga.

Sizga ruxsat, tez va puxta tayyorlaningiz.

Zamonada inobatu ishonch qolmadi,

Mendan keyin bu shaharda sizlarga kun yo'q.

Sizga hamroh bo'lib borgay bizning Berdiyor.

U ko'p jasur, sadoqatli, yo'l bilag'on, sho'x.

Qismat bo'lsa ko'rishgaymiz!

Qabulxonaga Devonbegi ketidan Abdullatif, Xo'ja Ahror, Qozi Miskin va yana bir necha imom va muftilar kirib kelib parda orqasida to'xtaydilar. Devonbegi ichkari kiradi.

Ulug’bek


Amir Temur himmatidin Ulug'bek so'zim:

Mamlakatning oromini nazarda tutib,

Nizolarga barham bermoq niyati bilan...

Qaror qildik: Amir Temur poytaxtida biz

Uning bizga meros qo'ygan oltin tojini

Boshimizdan bilkulliya olib qo'ymoqqa!



(Boshidan oltin tojni olib mahram tutgan oltin barkashga qo’yadi.)

Bir zamonlar yetti iqlim xazinalari

Xiroj bergan bu toj endi hukmin yo'qotdi!

Abdullatif guruhida bosiq holda quvonch holatlari ko'rinadi. Xo'ja Ahror qo'llarini osmonga ko'tarib, Xudoga hamdu sano qiladi.

Ammo, buning shartlari bor. Eshitasizmi?

Qozi Miskin

Eshitamiz.

Ulug’bek


Mamlakatda fitnayu fasod

Butunicha tugatilishi, bitishi lozim.

Rozimilar bu shartimga?

Qozi Miskin

Rozimiz, ma'qul.

Ulug’bek


Qo'ni-qo'shni o'lkalarga bosqinlar qilib,

Naslimizga yog'ilmasin qarg'ish va la'nat.

Bu shartimga ahli parda rozimi?

Qozi Miskin



(yana boyagi usul bilan)

Rozi!


Ulug’bek

Xizmatimda, suhbatimda yurgan do'stlarga,

Arboblarga qasos tig'i botirilmasin!

Bu shartimga ahli parda rozimi?

Qozi Miskin

(yana boyagi usul bilan)

Rozi!


Ulug’bek

Bizga oid haram ahli, ahli ayolning

Iffatiga, izzatiga g'ubor cho'kmasin!

Bu shartimga ahli parda rozimi?

Qozi Miskin


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish