Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet29/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
MIRZO ULUG'BEK

(Tarixiy fojiadan lavhalar)

Qatnashuvchila r:

Mirzo Ulug’bek ibn Shohrux - buyuk olim, Movarounnahr hukmdori; 56 yoshda.

Abdullatif Mirzo - uning o'g'li; 30 yoshda.

Ali Qushchi - Ulug'bekning shogirdi va mahrami. Astronom; 35 yoshda.

Sakkokiy - mashhur shoir. Ulug'bekning do'sti; 45 yoshda.

Shayxulislom Burhoniddin - zamonaning taraqqiyparvar ulamolaridan; 65 yoshda.

Abbos - Sayid Obidning o'g'li. Abdullatifning mahrami; 28 yoshda.

Abdurazzoq Samarqandiy - mashhur tarixchi; 35 yoshda.

Bek Arslon - sardor; 50 yoshda.

Mavlono Shamsiddin Muhammad Miskin – Samarqand qozisi; 70 yoshda.

Piri Zindoniy (Hasan ohangar) - mahbus; 80 yoshda.

Berdiyor - Ulug'bekning navkari; 35 yoshda.

Ota Murod - dehqon; 67 yoshda.

Chin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari.

Amir Temurning arvohi.

Samarqand atrofida Ko'hak tog'ining etagida, uch oshyonalik rasadxonaning old tomoni va eshigi ko'rinadi. Hammayoq qorong'i. Faqat Chiniy koshonaning derazalaridan xira yorug' nurlar ko'rinadi. Osmon g'oyat yorqin. Go'yo firuza rang matmar ko'zguga sonsiz oltin zarralar sepilgandek fazoda va bepoyon samovotda sanoqsiz yulduzlar porlaydi. Ko'kdagi oy o'rog'i ufqlardan ko'tarilib ketmoqda. Bir tomonda baland minorada Mirzo Ulug’bek qo'llarini qovushtirgan holda koinotning bu sehrli kitobini sayr-u tomosha etmoqda.
ULUG’BEK

Go'daklikdan yulduzlarga bo'ldim oshifta.

Bilmak, butun koinotga sirdosh bo'lmoqlik,

Kitoblarning lol tiliga quloq solmoqlik,

Haqiqatgo'y donolardan ta'lim olmoqlik

Menga orom bermas edi o'sha chog'larda...

...Ma'rifatning dargohiga qo'ydim ixlosim.

Og'ir bo'ldi qismat menga ortgan vazifa.

Men, sultonlar o'rtasida bo'ldim donishmand,

Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.

Ma'rifatni hukumatga qilib rahnamo,

Bu o'lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.

Insonlarga aytib turdim: boqqin samoga,

Qancha toza va musaffo, farahbaxsh, zebo.

Ey, odamzod, ibrat olgin yulduzlardan sen

Xayrixohlik va balandlik xislatlarida.

Shaltoqlarda ag'namagin, ko'taril, yuksal,

So'qir baxtdan ko'rar ko'zli baxtsizlik afzal.

Eh, saodat yaratilmas buyruqlar bilan

Zehnlarga nur urug'in sepdim muttasil,

Katta hosil kutmoqdaman, nuroniy hosil!

Devonbegi ajnabiy elchilar bilan - Chin, Hind, Misr, Farang, Rus elchilari bilan kirib keladi.

Ulug’bek

Xush kebdurlar, elchibeklar, dargohimizga,

Eshitgayman arzlarini!

Chin elchisi

Ma'lumingiz, shu huzurda turgan elchilar

Jannatmakon padaringiz Shohrux Mirzoning

Vafotida ta'ziyaga kelgan vakillar.

Undan keyin bizlar bir yil shaharma-shahar

Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,

Hammayoqda mehmondo'stlik, ehtirom ko'rdik.

Hind elchisi

Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,

Xurosonu Turkistonni sayr etib chiqsam,

Undan keyin ko'ra olsam janoblarini!

Zero, Hindning barcha orif va olimlari

Siz hazratning nomlarini ko'b ulug'laydi,

Madrasangiz, rasadingiz tillarda doston.

Samarqanddan Balx orqali Dehliga qadar

Borib kelgan karvonlarning suhbatlarida,

Ulug'bekning madrasasin xatm etib qaytgan

Hindistonlik mullalarning har kalomida

Donishmandlar shohin shohi Ulug'bek nomi.

Shukurlarki, ko'ra oldim janobingizni!

Misr elchisi

Biz Misrdan ta'ziyaga kelib qolganda

Sultonimiz Sizga yozgan salomnomani

O'zlariga bergan edim Hirot taxtida.

Turkistonning, Xurosonning donishmandlari

Yozgan nodir asarlari jahonda ma'ruf.

Samarqandning, Buxoroning olimlariga

Ilalabad minnatdordur arab ellari.

Hatto bizning tilimizni, tariximizni

Bizga ta'lim qilib turdi u donishmandlar.

Bizga agar lutf etilsa ruxsati oliy

U kitoblar nusxasidan olib ketgaymiz.

Farang elchisi

Biz dunyoning g'oyat olis chekkasidanmiz.

Mulkingizni kelib ko'rdik va ishondikki,

«Sharq vahshati» borasida hamma gap bo'hton

Va ko'rdikki, Ulug'bekning zamonasida

Dinu millat xusumati yo'q Turkistonda.

Ko'p bilimlar o'rgangusi faranglar sizdan.

Yuraklarda minnatdorlik hissi bilan biz

Yo'l olamiz uzoq yurtga - Farangistonga.

Mag'ribdagi insonlarga rostin aytamiz!

Rus elchisi

Muzli, qorli mamlakatdan keldim bu elga,

Ammo singdi yuragimga go'yo harorat.

Turkistonning matolari Moskovda tanqis,

Istar edik uzilmasin karvonlar safi.

Karvonlarga shohi bilan yuklansin do'stlik,

Shohi kabi muloyimlik, paxtaday soflik!

Ulug'bek

Amir Temur himmatidin Ulug'bek so'zim!

Sizlar ranji qadam qilib diyorimizga ­

Kelganingiz ehtirom deb tushunamiz biz.

Jannatmakon otamizning ta'ziyasiga

Qora libos kiyib kelgan do'stlarga rahmat!

Bundan buyon to'ylarga ham, bayramlarga ham

Tashrif qilib kelgaysizlar!.

Ali Qushchi bir dasta qo'lyozma kitoblar olib kelib Ulug'bekning oldiga qo'yadi.

Ulug’bek


Bu - shogirdim, Ali Qushchi, mahramim, do'stim.

Sizlar uchun olib kelgan esdalik - tuhfa.

Ali Qushchi

Ustoz Mirzo Ulug’bekning yulduz jadvali!

Ulug’bek

Bu asarlar uzoq mehnat samarasidur.

Shu jadvalda keltirilgan ta'rif va tavsif

Ko'kda bir ming o'n sakkizta yulduzga oid,

Borib bering shahringizda munajjimlarga.

Topganini baham ko'rar jo'mard odamlar,

Kashf etganin yashirmagay olimlar sira.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish