Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet30/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
(Osmonni ko’rsatib)

Qarang, olam kitobining zehnimiz bilan

Endi bir ming o'n sakkizta sahifasini

O'qib olgan ekanmiz biz, fikr to'xtamay

Ochar har on yangi-yangi varaqlarini.

Yulduzlardan oshnangiz qancha bo'lsa ko'b

­Yo'lingizda adashmoqlik xavfi shuncha kam...
Elchilar, Ali Qushchi va Devonbegi chiqib ketadilar.

Devon rasmi endi tamom. Hay, hudaychilar,

Mehmonlarga sharob tuting va yoki sharbat!

Qozi Miskin

Bir savolga ruxsat bormi, hazrat shahriyor?

Ulug’bek


Xo'sh, tag'in ham kufr bilan shar'i da'vosimi?

Qozi Miskin

Shahriyorga bisyor ravshan ma'lumdir shoyad

Ahli Chinning kofirligi va bedinligi?

Ulug’bek

Janob qozi, chalkash ekan tasavvuringiz,

G'ayri dinda bo'lganlarni bedin demoqlik,

Bu qanday gap? Har xalqning bor o'zicha dini,

E'tiqodi, ibodati, o'z xudovandi.

Ko'ksaroy tagida zindon. Alohida hujra. Eshik ochilgach, mash'alning olovi hujrani yoritadi. Bir chorpoyada odam yotgani ko'rinadi.

U 1 u g' b e k

Men bir o'zim kirib ko'ray, u qanday inson!

Piri Zindoniy

Kim bo'lursiz? Nima kerak bu g'amxonada?

Meni yana aynatmoqchi bo'lasizmi, ha!

Qilmishimga men nadomat chekmayman, biling!

Temurbekka aytganimdan bo'lak gapim yo'q.

Ulug’bek


Men Ulug'bek Mirzodurman. Shohruxning o'g'li,

Sohibqiron nabirasi. Zamon sultoni.

Sening barcha sarguzashting bilmak istayman.

Piri Zindoniy

Menmi? Hasan degan bitta chilangar.

Bu zindonga tushganimga necha yil bo'ldi,

Buni o'zim bilolmayman, eslayolmayman.

Ko'p chidamli narsa ekan, deyman odamzod...

Hech bir maxluq to'zolmasdi shuncha jabrga.

Bu do'zaxga tashlaganda meni bobongiz,

Siz, dunyodan bexabar bir go'dak bo'lgansiz...

Voh-voh, demak, ellik yildir men bunda bandi...

Ammo ko'rib turibsizki, o'lgan emasman.

Chunki, yig'lab ko'zyoshini to'kmadim sira.

Yo'q, shahriyor, men o'lmoqchi emasman hali.

Bu yer go'rdan farqi yo'g'u, ammo go'rda ham

Tirik odam yashar ekan...

Men go'daklikdan

Sultonlarga adovatni ko'nglimga bitdim,

Zo'ravonning zillatiga hech toqatim yo'q.

Baloxo'rlar nazarimda ayni qalloblar.

Tekin yegan hazratlar-chi, xuddi hasharot.

Ulug'bek

So'zlaringda tafakkurdan zug'um ortiqroq.

Sultonlar ham xudovandning navkarlari-ku! Kecha-kunduz el g'amida bezovta yurgan ­Podshohlar yo'q deysanmi? Ular tashvishi

Ming toshtarosh zahmatidan og'irroq, ishon!

Yo'q, bularni haromtomoq deyish nohaqlik!

Saltanatki, sultoni yo'q - boshsiz bir tana.

Piri Zindoniy

Ummatlarning ixtiyorin faqat bir odam

Uhdasiga olmoqligi xatarli da'vo.

Yoshligimda talabadan oshnom bor edi,

Tunlarda u o'qir edi har xil hikmatdan.

Abu Nasr Forobiyning bir kitobida ­

Yozilganki, donishmandlar kengashib turib,

Mamlakatni boshqarsalar el bo'lur obod!

Birovining nafsi, kayfi, g'arazi emas,

Insof ahlin vijdoniga qolsa idora,

Na haqsizlik, na fitnalar, na fisqu fujur,

Na mulk uchun talash bo'lur, na qonli nizo.

Ezilganlar qaddin rostlar, zolim tiyilar.

Xurosonda sarbadorlar shunday deyishgan:

- Podshohsiz o'zimizcha yashab ko'raylik,

Nonimizni hadik olmay oshab ko'raylik!

­Sabzavorda barcha qullar ozod etilgan,

Og'ir o'lpon-xirojlardan ulus qutulgan,

Bek va to'ra, xonu tarxon yurtdan quvilgan.

Sarbadorlar kengashib o'y o'ylashar ekan,

Donolardan raislarni saylashar ekan...

Ulug’bek


Sen o'ylagan masalalar ko'p qiziqarli,

Lokin, zamon va zamindan uzilgan xayol.

Shu uchun ham bekor ketdi g'ayratlaringiz.

Mamlakatga urfon kerak, ilmu ma'rifat,

Boshboshdoqlik emas, idrok, nizom, farosat.

Shunday qilsa, borib-borib ravnaq topar yurt.

Birinchi gal orif bo'lsa sultonlar o'zi,

G'aflat ketib ochiladi ulusning ko'zi.

Piri Zindoniy

Eshitganman, o'taketgan fozil ekansiz,

Ammo, asli shoh o'g'lisiz, shu uchun har dam

Ko'zingizni qamashtirar toj yaltirog'i.

Ulug’bek

Kim biladi, bo'lmasaydim shu zamonada

Bu davlatning boshida men, nelar bo'lardi!

Balki, diyor zulmatlarga cho'kib qulardi.

Ammo, biting, gapim xolis, Piri Zindoniy,

Faqat tojning mehri emas shu andishalar.

Men shohlikni ma'rifatga qildim dastyor.

Piri Zindoniy

Tushunmayman, tushunmayman, shavkatli Mirzo,

Taxt qanaqa ma'rifatga poydevor bo'lgay?

Vaholanki, toj boshdagi fikrga qafas.

Ulug’bek


Siz ellik yil g'aflat ichra qolgansiz, usta.

Piri Zindoniy

E, ellik yil... Ellik yuz yil kechsa-da tag'in

O'zgarmaydi podshohlarning zulmkor xulqi.

Ulug’bek

Zamonamiz g'oyat nozik. Har yoq xatarnok.

Bizga lozim zabardastlik, birlik va idrok.

Bu fursatda olomonga g'alayon solib,

Bizga qarshi qo'zg'atganlar bizga do'st emas,

Ular Temur xonadonin yovuz dushmani.

Bunday ovoz zindonlardan chiqmay bo'g'ilar.

Piri Zindoniy




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish