Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet27/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
SOG'INISH

Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek,

Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh.

Eng kichik zarradan Yupitergacha

O'zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.

Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas,

Shunchalar mustahkam xonai xurshid,

Bugun sabza bo'ldi qishdagi nafas,

Hozir qonda kezar ertagi umid.

Xoki anjir tugab, qovun g'arq pishgan,

Baxtli tongotar chog' uni kuzatdim,

Bir mal'un gulshanga qadam qo'ymishkan,

Joni bir jondoshlar qolarmidi jim.

Unda yetuk edi meros mard g'urur,

Ostonani o'pib, qasamyod qildi.

Ukalarin erkalab o'zimday mag'rur,

Ya'ni obod uyimni u dilshod qildi.

Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush

Albatta, yetadi o'zin boshiga.

O'g'lim omon keladi, g'olib, muzaffar,

Gard ham qo'ndirmasdan qora qoshiga.

Ne qilsa otaman, meros hissiyot...

Jondan sog'inishga uning haqqi bor,

Kutaman uzoqdan ko'rinsa bir ot,

Kelayapti, deyman ko'rinsa g'ubor.

...Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam,

Qo'msayman birovni - allakimimni.

Doimo umidim bardam bo'lsa ham,

Ba'zan vasvasalar bosar dilimni.

Balki bir g'alat o'q yo xavf-u xatar

Xazinai umrimdan yo'qotdi olmos...

Yo'q, u o'lmas, qadami olam yaratar,

Hayotiy bu olam siz-u bizga xos.

Tong otar chog'ida juda sog'inib,

Bedil o'qir edim, chiqdi oftob.

Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,

Pok-pokiza yurak bir qatra simob.

O'rog'-u gulqaychi, istak ko'tarib,

Hovrimni bosishga boqqa jo'nadim.

Hasharchi qo'shni qiz - uning sevgani,

Ma'yus bosar edi orqamdan odim.

...Dur bo'lib taqilar yoring bo'yniga,

Sadafday ko'zimda behuda bu yosh,

Ikkoving ikki yosh, labing labiga

Qo'yar. Vasvasamdan kuladi quyosh.

...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni

O'zing to'qib ketgan katta savatda

To'latib shaftoli uzib chiqaman,

G'alaba kunlari yaqin albatta.

Yayov, ko'ksim ochiq, boshda shaftoli,

Xuddi mo'ylovingdek mayin tuki bor.

Har bitta shaftoli misoli kulgu,

Shafaqday nim pushti, sarin, beg'ubor.

Suyganing labida reza ter kabi,

Unda titrab turar sabuhiy shabnam.

Munchalik mazani topa olmaydi

Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham.

Ye, o'g'lim, jonginang salomat bo'lsin,

O'z bog'ing, o'z mevang danagin saqla.

Shu meros bog'ingni o'z qo'lingga ol,

Menga topshirilgan merosiy haq-la.

Bog'da tovus kabi xiromon bo'lib,

Umid danagini birga ekingiz.

G'olib kelajakni sayr qilaylik

Mushfiq onaginang bilan ikkimiz.

1942


Siz «o'zbek onasi» degan ibora anglatadigan mazmun-mohiyatni, har qalay, yaxshi anglaysiz. Uni eshitganingizda farzandi uchun jonini berishga tayyor, butun fikr-zikri bolasining baxt-u iqboliga qaratilgan munis ayol qiyofasi ko'z oldingizda gavdalanadi. Yaxshi bilasizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan poytaxt Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga so'lim xiyobon barpo etilgan. O'zbekona ayvonlar bilan o'ralgan Xotira xiyobonining to'rida urushga ketgan bolasini intizor kutayotgan ona siymosi gavdalantirilgan. «O'zbek onasi» tushunchasining ko'z o'ngimizda aniq reallashuvida bu siymo beqiyos rol o'ynaydi.

Endi shunga yaqin boshqa bir tushuncha to'g'risida o'ylab ko'raylik. Bu - «o'zbek otasi» tushunchasidir. Albatta, bu iborani eshitishingiz bilan ko'z oldingizda o'z padari buzrukvoringiz siymosi gavdalanishi bor gap. Otangizning Sizga bo'lgan e'tibori, Sizni boqib katta qilish yo'lida qilayotgan mehnatlari, kun-u tun oila tashvishlari bilan band yurishi... bularning bari mana shu tushunchada jamuljamdir. Biroq «o'zbek otasi»ning bo'rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aynan G'afur G'ulom hozirgina o'qiganimiz <«Ne qilsa otaman, meros hissiyot...»

Ko'pchiligingizga sog'inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq bo'lishi tabiiy. Negaki, hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yonidasiz - har kuni ularni ko'rish, diydoridan bahramand bo'lish imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat safaridami bo'lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suhbatiga quloq solsangiz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanni qanchalar qo'msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari oyga qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko'rishayotgandir, men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko'rgandek bo'lyapmiz», degan ilinj mana shu sog'inch taftini, biroz bo'lsa-da, bosadi... «Sog'inish» she'rining lirik qahramoni - Otaning sog'inchi shunchalar zo'rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so'rab to quyoshga qadar zorlanadi:

Eng kichik zarradan Yupitergacha

O'zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.

She'rning:

Tong otar chog'ida juda sog'inib,

Bedil o'qir edim, chiqdi oftob.

Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,

Pok-pokiza yurak bir qatra simob, ­

degan bandiga e'tibor bering. Nima uchun Ota sog'inch o'rtagan paytlari aynah Bedilni o'qiydi? Nega uni o'qigach, «loyqa xayolotlar chashrnaday» tinadi?

Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo'lgan fors shoiri Bedil she'riyati o'zining falsafiy chuqurligi, o'quvchini o'tkinchi dunyo g'am-tashvishlaridan yuqoriroq turib fikrlashga undashi bilan ajralib

turadi.Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan, o'lmas va yuksak tuyg'ulardan saboq beradi. Abdulqodir Bedil she'riyatida, jumladan, shunday misralarni uchratamiz:

Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy,

Agar otash furu aftad baxokistar dehad jaro...

(Mazmuni: Zolimning maqomi - qudrati, zulmi oxir-oqibat zaiflashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir kun kelib kulga aylanadi.)

Endi bu fikrning G'afur G'ulom she'ridagi ifodasiga e'tibor beraylik:

Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush

Albatta, yetadi o'zin boshiga...

Bedilning Otaga - shoirga bergan daldasi, yupanchi, loyqa xayolotlarini chashmaday tindirishi shu emasmi?

Aytadilarki, shoirlar yarim avliyodirlar. Bu qarashning naqadar to'g'riligini G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri ham to'la isbotlaydi. Qarang, bu she'r 1942-yilda yozilyapti. Urushning tugashiga hali uch yil bor. O'zbek otasi esa:

...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni,

O'zing to'qib ketgan katta savatda

To'latib shaftoli uzib chiqaman,

G'alaba kunlari yaqin albatta,

deydi. Urush esa 1945-yilning mayida tugagan, unda tirik qolgan jangchilar ayni shaftoli pishig'ida uylariga qayta boshlaganlar...

Xulosa qilib aytganda, G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri nafaqat urush davri va nafaqat o'zbek she'riyati, balki insoniyat badiiy tafakkurining eng yuksak cho'qqilarida turishga arzigulik, o'zida eng pokiza insoniy hislarni badiiy mukammal tarzda mujassam etgan noyob badiiy asardir.


QOFIYA

Adabiyotning asosi bo'lmish badiiy nutqning ikki shakli ­she'riy va nasriy ko'rinishlari mavjudligini bilasiz. Adabiyotshunos­larning ta'kidlashicha, she'riy nutq o'zining kelib chiqishi jihatidan qadimiyroq hisoblanadi. Buni shu narsa ham isbotlaydiki, barcha xalqlar adabiy yodgorliklarining ilk namunalari she'riy yo'lda bitilgan. Nasriy asarlar esa nisbatan keyinroq yaratilgan. She'riy asarlar muayyan bir o'lchov - vazn asosidagi ritm (bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega bo'ladi. Ular o'zining musiqiyligi, his-tuyg'ular bo'rtma shaklda ifodalanishi bilan o'quvchiga tez va samarali ta'sir ko'rsatadi. Lirik asarlarda muayyan bir kayfiyatga alohida urg'u beriladi, ritmik ohang mazmun bilan uyg'unlashib ketadi. Buning yorqin misolini biz G'afur G'ulomning “Vaqt», «Sog'inish» singari she'rlarida ko'rdik. She'r tuzilishida, uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi qofiyaning katta ahamiyati bor. Misra yakunida so'z, qo'shimcha, ba'zan esa, so'z birikma­larining ohangdosh bo'lib kelishi she'riy qofiya deyiladi. Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta'sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi. She'r o'qiganingizda, yoddan aytganingizda yoki uni tinglaganingizda qofiya misraning tugaganligidan darak berishini yaqqol his qilasiz:

Boshing egib, ta'zim ayla, shukrona ayt

Seni guldek erkalagan chaman uchun,

Osmonlarda yurgan bo'lsang, tuproqqa qayt,

Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?



(Iqbol Mirza)

She'riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud: to'liq (to'q) va to'liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar. To'liq (to'q) qofiyada qofiyadosh so'zlarning tovush tarkibi to'la mos keladi: «bahorim - dildorim», «so'ralar - ­mo'ralar», «yuragimgacha - suyagimgacha» va boshqalar. To'liqsiz (och) qofiyalarda so'zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: «dahriy- qahridan», «tutun - Alovuddin» singari. Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor. U she'r bandidagi misralarning o'zaro qofiyalanish tartibini anglatadi.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish