Muallif #frozen •••



Download 1,7 Mb.
bet1/2
Sana18.01.2023
Hajmi1,7 Mb.
#900168
  1   2
Bog'liq
Adını san köy Muallif frozen


•••|Adını san köy|•••
Xayot - oʼzimiz tan olsak- olmasakda kurashdan iborat asli.
Yo raqibingni yutasan... yo yutqazasan.
Muvaffaqiyatga erishish yoʼlida albatta biror yaqin kishingdan yoki qadrli boʼlgan narsangdan vos kechishinga toʼgʼri kelar ekan...
Muallif_#frozen


•••|Adını san köy|•••


Muallif_#frozen
1-qism.

Salom . Ismim Shohida . Oʼzim haqimda biroz gapirib bersam :


_Sochim sariqdan biroz toʼq rangda , yozib olsam deyarli tizzamdan turadi.
_Koʼzlarim ham shu rangda.
_Boʼyim 1.60
{ Oʼzi kichkinaligimdan kichkina boʼlganman...ajoyib eshitildi-a ? 😉}.
_Tabiatan sokinlikni yoqtiraman ..koʼp kulish, koʼp gapirish va ichimdagi gaplarni tashimda gapirishni yoqtirmayman. { shu jumladan sirimni, dardimni ham.} Lekin, baʼzida oʼzgarib turaman. Shoʼxlik qilgim kelib qolsa mendan jinnisini dunyo kezib topolmaysiz. Bu koʼrinishim bilan eng yaqinlarim va oʼzimga yaqin olganlarim koʼproq uchrashishadi. Aytmoqchimanki koʼpchilikka bunday qitmirligimni qilmayman. Sababi menga mazaxlagandek yokida past nazar bilan qarashlarini hohlamayman .{Bu kimga ham yoqadi deysiz }.
Bu yil maktabni tamomlayman. Qiziqishim liboslar boʼyicha dizaynerlik . Oilamiz oʼrta hol, unda onam , opam va men birga yashar edik , hozir esa onam bilan ikkimiz birga yashaymiz. Opam bir necha oy avval chet davlatga qarindoshimiz bilan ishlagani ketdi . Moddiy ahvolomiz yomon emas ,lekin , men oʼqishga kirsam qiynalib qolishimiz mumkin ..Opajonim "sen hech kimdan kam boʼlmaysan seni oʼzim oʼqitaman"- deb men uchun ketdi. Men :-ularni men uchun qilayotgan mehnatlari ; onamni ishonchlarini va oʼzimni orzularimni amalga oshishi uchun ham qattiq harakat qilayapman . Dadamga kelsak... toʼgʼrisi hech nima bilmayman ,oyim bu haqda ogʼiz ochishga ham qoʼymaydi. Sababi haligacha nomaʼlum. Uyimiz shahar markazida joylashgan, koʼp qavatli binoda turamiz. Ha aytgancha Andijon shahrida yashaymiz. Men Toshkentdagi Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik institutiga topshirmoqchiman. Shu maqsadda tayyorlov kurslariga borayapman. Hozir maktabda 11-sinfda oʼqiman.
Erta tongda budilnik ovozidan choʼchib uygʼondim.. Chunki musiqasi qoʼrqinchili va juda baland . Agar shunday musiqa qoymasam meni boshqa musiqalar ikki dunyoda uygʼotolmaydi.🙃 Turib yuvinib namozimni oʼqib , oyim ikkimiz uchun nonushta tayyorladim. Keyin honamga kirdim va kiyim javonimni ochdim. Yanvar oyi boʼlgani uchun havo sovuq va tashqari oppoq qor bilan burkangan. Klassik uslubda qora kastyum-shim kiydim va ustidan qora uzun palto kiyishimni oylab qoydim. Koʼzgu oldiga bordim ..boʼyanish uchun emas . Kamdan -kam hollarda boʼyanaman. Sababi koʼrinishimdan koʼnglim toʼq, oydekkina qizman🤭 . Sochlarim...deyarli tizzamga yetay deb turgan sochlarimni oynada koʼrar ekanman ..ha men har doim shu onda juda qiynalaman , oʼylagan turmagimni qilaman.. oʼxshash kooefitsiyenti 70/30 boʼladi. Yuvganmdan soʼng dazmollaganim uchun shunchaki yigʼishtilmayman..axir qancha mehnat bilan tekislaganman. Pastga qisqich yordamida yigʼgan boʼldim-da qaytib oshxonaga chiqdim.

••|Adını san köy|•••


#frozen
2-qism.
Oyim allaqachon turib nonushta qilayotgan ekan. Salom berib yonlaridan joy oldim. Birga ona va qiz suhbatlashib nonushta qildik. Qizgʼin suhbatimiz orqasidan darsga kech qolib ketdim. Soatga qaradim 7:48
o yoq faqat bu emas , birinchi dars mijgʼovlikda tengi yoq Parpiyev domlaning darsi.Agar kech qolsam.. holimga maymunlar u yoqda tursin , chumolilar yigʼlaydi. Tezda duo qilib .. oʼrnimdan turdimda paltoʼyimni kiyib qoʼlimga sumkamni va katta papkamni oldim. Papkamni ichida tayyorlov kursida kerek boʼluvchi chizmalarim bor. Maktabdan chiqib toʼgʼri repga oʼtib ketaman . Oyim bilan hayrlashib bekatga yugurdim hayriyatki kelishimga avtobusim ham keldi. Avtobusda odam kam edi .Bir payt yoshi katta kishi...
- qizim anovi joy { ikki kishilik joyni koʼrsatib } boʼsh ekan oʼtirib ol ..tik turma qoʼlingda narsang koʼp avtobus bir silkinsa oʼzingni tutolmay yiqilib tushasan _dedi . Nima boʼlsa ham toʼgʼri aytyapti borib oyna tarafga oʼtirdim. Hayolim kech qolmaslikda edi. Avtobus qizil chiroqda toʼxtadi.
- Uff bu nimasi huddi atayin boʼlayotgandek. {bu gapimni ogʼzimni qimirlatib oʼzim eshtiladigon darajada past aytdim} Qoʼllarimni qovushtirib , koʼzlarimni yumib..ichimda duo qildim. Va qizil chiroq oʼchdimi yoki yoʼq shuni bilish uchun bir koʼzimni ochib, avtobus derazasidan svetoforga qaradim . Yoʼq oʼchmagan. Hafsalasiz kamon qoshlarimni chimirdim va behos yonginamda turgan maʼlibu rusumli oynalari qoraytirilgan lekin, haydovchi oynasi pastga tushirilgan va undan...oʼziga yarashib turuvchi jindek soqolli, qalin va qop-qora qoshga , qora koʼzga , qayrilma uzun kipriklarga ega. Yuzi huddi sutga chayilgandek .. chap qoshi tepasida bir dona holi bor va oʼta jiddiy boʼlib koʼrinuvchi "sirli shaxs" menga labini pastki qismini qimtib , huddi hozir oʼzini kulishdan zoʼrgʼa ushlab turgan odamdek qarab turibdi.
Bu nimasi?... birdan hayolimga boyagi qiligʼimni koʼrgan boʼlsami -!?.. degan oʼy keldi va oʼzimni qoʼlga olib undan koʼzimni olib qochdim va koʼz qirimda hali ham qarab turibdimikin-? degan oʼy bilan unga qaradim. Voy " kelishgan toʼnkayey ".. endi u mashinasi ruliga qoʼlini ..qoʼlini ustiga esa boshini tirab tinmay kulayapti. Bu nimasi jahlim 1000ga chiqdi va qovogʼimni uyib oldimga qarab turaverdim. Nihoyat yashil yondi . Beixtiyor unga qardm ..u qoʼli bilan ches bergan askar qiligʼini qilib, yana kulib, gazni bosib ,tezda koʼzdan gʼoyib boʼldi.
Ichimda ustimdan kulgani uchun rosa urushib maktabimga ham yetib keldim.
•••|Adını san köy|•••
#frozen
3-qism.

Maktab binosiga kirar ekanman soatga qaradim 8:06 kechikdim... ichimda ( domla hali kelmagan boʼlsinda ...! ) deya duo qilib sinf xonani eshigini taqillatdim va bir yutinib kirdim. Toʼgʼrimda ..yoʼq bu nimasi koʼzlarimga ishonolmayapman. Toʼgʼrimda menga jiddiy qarab , uch kishi turardi . Meni koʼzim esa... hayratdan katta ochilgancha boyagi


" kelishgan toʼnka "da edi. Ha ..ha topdingiz aynan meni ustimdan kulgan yigit shu yerda qarshimda turibdi. Shu noqulay sukunatni Parpiyev " domlajonim " buzdi.
_ Abdullayeva bu nimasi ..nima salomingizni uyizga tashlab keldingizmi-? (boshlandi domlani ilmoqli gaplari tezda oʼzimni qoʼlga oldimda , qoʼrqibgina )
-A..assalomu alaykum..haligi uzur ...men ( toʼgʼrisi nima deyishni bilmayapman nima ham derdim .Oyim bilan suhbat qurib qolib ketdim deymanmi yoki men chiqqan avtobusga faqat qizil chiroq toʼqnash keldi deymanmi . Toʼgʼrisini aytsam ham bular ishonishmaydi. Bahona qilayapti deb oʼylashadi. Qoʼrqishimga kelsak bunga
" kelishgan toʼnka " emas yoki mijgʼov domlam ham emas , balki maktabiz direktori ham shu honadaligi sababdir. Ichimda bir qoʼrquv bor . Bu meni darsga kech kelganligim uchun maktabdan haydalishim mumkinligidamas , anovi "tonkani" va butun sinfdoshlarim oldida izza boʼlishdan choʼchiyapman. Parpiyev domla yana sukutni buzdi.
_Hoʼsh... Nima haligi -? ..-darsga nega kech qolayapsiz? ha aytgancha bu siz-u biz uchun hech ham yangilik emas , shundaymi oʼquvchilar...
( O yoʼq yoʼq iltimos jim boʼling!..)
-Bu nima deganingiz -?( direktor domlani gapirgan shamali gapini izohini soʼradi).
-Domla men sizni oldizga oʼzi chiqmoqchi boʼlib , turgandim.( Domlam gapini davom ettirdi). Qarshingizdagi oʼquvchim har darsimga yo kech keladi , yo kirmaydi, yo boʼlmasa darsimda bir nimalar chizib darsimni tinglamaydi. Bu ham yetmagandek mavzuni soʼrasam.."-bilmayman domla , ham bu darsingiz menga umuman kerak emas , tarix fani umuman tanlagan sohamga kerakli fan emas" -deydi.
-shunday ekanmi-?_( direktor domlani gaplarini eshitib , menga qaradi. Men bu paytda sharmanda boʼlganimdan yigʼlashga tayyor turgan koʼzlarimni pastga qaratib, va yigʼlab yubormaslik uchun labimni tishlab turgandim) qizim ..siz kabinetimga borib turing. Siz bilan alohida gaplashaman .
Men aniq ishonchim komil oʼzimni tiyib turgan boʼlsamda koʼz atrofim va koʼzim qizarib boʼlgan. Axir shuncha qilmishlarim begona oldida fosh boʼldi. Lekin yomon ish qilmaganman , tarix fanini yoqtirmasligim bu mening aybim emas..! Birrov koʼzimni yerdan uzib anovi toʼnka va atrofdagilar menga qarab turishibdimi shuni bilish uchun qaradim. Ha sinfdoshlarim menga achingandek baʼzilari hursand holda "tonka "esa .. yuzidan bir qarorga kelib boʼlmaydi . Biroz achingandek va huddi joni ogʼriyotgan insondek menga tikilib turibdi. .Lekin uni sinchiklab kuzatmagan inson buni payqamaydi. Hammaga koʼz yugurtirdimda burilib tezda honadan chiqib ketdim.
•••|Adını san köy|•••
#frozen
4-qism.
" Kelishgan toʼnka" tilidan...
Avval u haqida ham biroz ma'lumot bilib olsak.
_ismi Begzod.
_yoshi 24da
_ jon-jigariga aylangan doʼsti bilan kichik kampaniya ochgan {kampaniyasi kichik boʼlgani bilan tez tanilgan va shov-shuv boʼlib ketgan.}
_kampaniyadan tashqari. *Picasso* nomli yoshlarni oʼqitish uchun markaz ham ochgan.
_oilasi .. jonidan ortiq koʼruvchi buvasi, dadasi va ukasi bor. Onasi haqida hikoya davomida bilib olasiz. Dadasi hozir Amerikada ishlaydi. Bir yil avval Begzod Amerikadan qaytadi , bu yerda aytganimdek biznesini yoʼlga qoʼyadi. Shahar markazida xashamatli uyda buvisi oʼzi va ukasi birga yashay boshlashadi.
Ertalab buvisining har doimgi uylanish haqidagi gaplaridan, nonushtani ham chala qilib ,hafsalasiz uydan chiqib ketadi va kecha yangi hamkorlikni yoʼlga qoʼygan maktabga yoʼl oladi. Sababi oʼsha maktab direktori undan " markazi " haqida maʼlumotlarni oʼzi oʼqivchilarga gapirib berishini iltimos qilgan edi. Oʼzi uchun asosan tartib birinchi oʼrinda turgan bu yigit ayni fursatda juda qattiq
asabiylashardi. Bunga hozir ikki hodisa sabab :
_birinchisi ertalabdan buvisi tomonidan aytilgan gaplar ...
_ikkinchisi esa kechikayotgani battar asabiylashishiga olib keldi . Ustiga -ustak qizil chiroqqa toʼgʼri kelib qoldi. Asabi yuz millionga chiqqan yigitga havo ham yetishmayotgandek tuyildi. Boʼyinbogʼini biroz boʼshatib , mashina derazasini ochdi va biroz kozlarini yumib chuqur nafas olib chiqarib , tinchlandi. Koʼzlari behos yonginasida turgan avtobus oynasi ortidagi *sirli pari* ga tushdi.
Bu yogʼini oʼzidan eshtamiz.
_qop-qora kipriklari qalin, qayrilgan ...
_qora kamon qoshlari ayni damda bechoradek koʼrinishga ega boʼlgan ...
_ sochlari .. bu rangni toʼgʼrisi bilmadm ..sarq desa , sarqmas.. qora desa umuman toʼgʼri kelmaydi. Balki toʼqroq sarq desam mantiqqa toʼgʼri kelar..
Qoʼllarini jipslab koʼzlarini yumib turishiga koʼra nimanidir niyat qilayapti.
_Qiziq nima ekan.?..
_Koʼzlarichi-? ular qanday rangda ekan-a? {Shuni oʼylashi bilan "sirli pari" hursand holda bir koʼzini ochdi va burilib svetoforga qaradi va shu onda juda tez oʼzgarish sodir boʼldi.} _Huddi 5 yoshli qizchaga kimdir xoʼroz qand olib berishni
vaʼda berdi-yu, keyin olib bermadi .Oʼsha qizchada qanday oʼzgarish boʼlsa , qarshimdagi parida ham huddi shu ..kulib turgan yuzida... hafalik, jahldorlik va norozilik egallandi. Bu shu darajada tez boʼldiki. Kayfiyatim yoʼqligi ham esimdan chiqib , yuzimga kulgi yugurdi. U meni koʼrdi.. albatta oʼzimni biroz qoʼlga oldim, ammo koʼzimni undan uzolmadim. Menga biroz asabiy qarab turdida oldiga qarab qoshlarini battar uyib oldi. ....yoʼq, yoʼq bunisi endi oʼtib tushdi ...oʼzimni tutolmadim yuzimni berkitish uchun roʼldagi qoʼlimga yuzimni yashirgan boʼldim-da , miriqib kulib ,oldim . Nima u hozir mendan arazladimi -? ... "Xoʼrozqand olib bermaganim uchunmi-? " Kulib boʼlib , yana unga qaradim shu payt yashil chiroq yonib qoldi va mashinani yurgizishdan oldin yana menga qaragan " sirli " ..yoʼq endi bu toʼgʼri kelmaydi yaxshisi "arazchi pariyimga" hayr ishorasini qilib tezda gazni bosib, shoshayotgan manzilimga qarab yoʼlimda davom etdim.

•••|Adını san köy|•••


#frozen
5-qism.

Maktabga ham yetib keldim. Hayolimda esa istamasam ham oʼsha "arazchi parini" eslayverdim. Lekin , qoyil qolmay iloj yoʼq . Men oʼzimni feʼlimni yaxshi bilaman ..bir asabiylashdimmi kun boʼyi shu kayfiyatda yaʼni asabiy yuraman va shu holimda kulish u yoqda tursin yaxshi gap ogʼzimdan chiqmaydi . Ammo "u" meni oʼzi bilmagan holda kuldirdi va kayfiyatimni koʼtara oldi. Qiziq _bilmasdan turib meni kayfiyatimga shunday taʼsir qilolgan boʼlsa, unda bilib ,oʼzi hohlaganda mendan ...Oʼta jiddiy insondan tayyor kuydirilgan kalla tayyorlab qoʼya olarkanda. Shu hayollar bilan ichkariga kirdim. Kirishimga meni direktor oʼzi kutib oldi va meni kecha biroz boʼlsada bilib olgani uchun salom - alikdan soʼng , tezda ishga kirishib ketdik. Birinchi 11-sinflardan boshladik .. sababi ular maktabni bitirgach oʼzlari qiziqqan soha boʼyicha oliygohga topshirishadi va ular orasida rasm chizishga qiziquvchilar boʼlsa Markazimga borishni va tayyorlanishni tavsiya qilaman. Birinchi xonaga kirdik salomlashgach direktor ularga meni tanishtirdi. Soʼngida soʼzni menga berdi.


- Avvalambor hammangizga kelajakda hohlagan kasb yoki hunar egallashingizga omad tilamoqchiman. Va orangizda rassomchilikka qiziquvchilar..deylik:
_Rassomlar;
_Dizaynerlar;
_Arxitektir va shu kabi kasb egasi boʼlmoqchilarga oʼzim ochgan Picasso nomli markazimni taklif qilaman . Agar qiziquvchilar boʼlsa hohlagan paytingiz borib , oʼrganishingiz mumkin. Qulay tarafi shundaki vaqt chegaralanmaydi .Masalan , ertalab oʼqishi borlar tushlikdan soʼng borishlari aksi boʼlsa ertalab borishlari agar umuman oʼqishi boʼlmasa ertalabdan kechgacha ham borib , bilmaganlarini soʼrab oʼrganishlari mumkin. Tushlik uchun shaxsiy oshxona mavjud. Hech kim hech narsa demaydi . U yerda oʼzingiz erkin boʼlib , ijod qilishingizga sharoit yetarli...... shu payt xona eshigi taqillab , suhbatim boʼlinishiga sababchi boʼlgan "shaxs" kirib keldi. Avval hayron boʼldim , keyin sinfdagi barcha oʼquvchilar desam xato boʼladi . Toʼgʼrirogʼi qizlarning koʼzi mendaligini inobatga olib , men ketgach "unga" meni deb ,shubha bilan qarashlarini yoki gapga qolib ketmasligi uchun jiddiy qiyofaga oʼtib oldim.
Hamma jim . Bir payt yonimdagi domla gap boshladi . Uning ilmoqli gapini eshitib , oʼzimdan- oʼzim asabiylasha boshladim .. qoʼlm ham musht tugildi . Zoʼrgʼa tiyib turdim oʼzimni va "u" nima deyishini kutdim. U ham duduqlanib salom berdi va gapini topolmay qoldi . Albattada ..hali yosh qizcha boʼlsa, kamiga direktor qarshisida turibdi qoʼrqayotgani aniq, nima ham deya olardi. Qani edi biroz boshqacha vaziyat boʼlsa uni bularning keyingi "hujum" laridan himoya qilsam. Yana oʼsha gap boshladi..Bunisi oʼtib tushdi ustidan mazaxlab kulishi nimasi...
Direktorning savolidan soʼng men ham domlaga qaradim. Domlani direktorga aytayotgan gaplarini eshitib ...bir kulgim kelar oʼzimni tiyib turardim, yana bir "u" bechoraginamga soʼngida qanday hukm oʼqilishini tahmin qilib , biroz achinardim ham.. Direktor domlaning gaplarini eshitib , honasida borib, kutishini tayinladi.
Pari esa pastga termulgan koʼzalarini bir marta hammaga galma-galdan qarab chiqdi va oxirda manga qaradi... Bir soniya shunchaki nazar tashlagan boʼlsa ham , qizargan koʼzlari va yosh qalqib chiqishga urinayotgan koʼzlarini koʼrib... Ichimda nimadir sindi .Uni koʼzlarini yoshlanishiga sababchi boʼlgan domlani esa ... bilmadim qayerdan shuncha sabr , kuch menda paydo boʼldi. Avvalgi Begzod boʼlganimda bu domla sogʼ qolmasdi. Lekin yoʼq bu albatta jazosini oladi faqat hozir emas. Pariyimni quchib, yupatgim keldi, men seni himoya qilaman ,hech kim senga qattiq va boʼlar-boʼlmas gaplar gapirishga , yigʼlatishga haqqi yoʼq demoqchi boʼldim.. deya olardim ammo soʼngida pariyimga qiyin boʼlishini bildim . Qiz bola boʼlsa agar shunday qilsam unga bundan ikki barobar gaplar gapirishlari mumkinligi haqida oʼyladim. "U" burilib xonadan chiqib ketdi.
Domla menga gapimni davom etaverishimni soʼradi .Men ham davomini aytib tugatdim, shunday qilib 6ta sinfga kirdik.Direktor men bilan birga yurdi.Uzogʼi bir soat birga ishladik .Hayolim esa pariyimda edi. Bir xil gap qaytarib juda charchadim huddi papugaydek gapni qaytaraverishni oʼzi boʼladimi... Keyin direktor kabinetiga yoʼl oldik. Oldimga esa bir maqsad qoʼydim..uni nima qilib, boʼlsa ham qutqaraman ...
•••|Adını san köy|•••
#frozen
6-qism.
Shohida tilidan:
Direktor xonasiga kirgunicha biroz yigʼlab , tinchlanib oldim, ammo ichimga qoʼrquv kirib olgandi. Kelib, meni savolga tutsa nima deyman..?
Uff nima boʼlsa , boʼlar toʼgʼrisini aytaman..ishonish ishonmaslik oʼziga havola. Nima desa ham haq , bu yogʼi Allohga tavakkal.
Shularni oʼylab tursam eshik ochildi.. Direktor va "kelishgan toʼnka" kirib , keldi. Ular oʼz joylariga oʼtirishdi. Direktor oʼtirgan stol qarshisida ikki stolning biriga toʼnka oʼtirgandi. Menga ham oʼtirishni ishora qilishdi. Men hayronman ..
_nima meni ikkovi savol-javob , qilishmoqchimi-?
Biroz turdimda tonkaning yonidagi stolga omonatgina oʼtirdim.
Shunda direktor gap boshladi_
-qizim seni har darsga kech qolib, kelishing! Ustozinga aytgan gaplaringni eshitib, maktabdan chetlatishim kerek aslida..Ammo.... bir safarga va qiz bola boʼlganing uchungina kechiraman. Shu bilan qutuldim deb oʼylama , senga bir hafta jazo tayinlayman. Shu bir hafta mobaynida :
_darsga kech qolish yoʼq..
_oʼqtuvchilarga gap qaytarish ham boʼlmaydi..
_va bir hafta Parpiyev domlaning darsdan tashqari ishlariga koʼmaklashasan. Aytganimdek , hech bir gap qaytarishsiz va bosh tortishsiz...
Oxirgi eshitgan gapdan koʼzlarim kattalashib, ketdi ..yonimda oʼtirgan toʼnkaga qaradim u ham direktorning bu gapini kutmagandek , suyanib oʼtirgan edi , oʼzini oldiga tortib boshqatdan yaxshilab joylashib oldi. Koʼzlarida esa huddi men kabi hayrat akslangan va biroz jahldorlik. Qoyil jiddiy odam asabiylashsa undan qoʼrqinchilik insonni topish qiyin ekan. Uni tarang tortilgan yuzi va oldidagi insonni hozirni oʼzida boʼgʼizlashga tayyordek tikilgan nigohini koʼrib, u koʼzlar menga qaratilmagan boʼlsa ham ...qoʼrqdim toʼgʼrisi. Albatta bu paytda direktorning nigohi qogʼozlarga qaratilgani uchun uni koʼrmadi. Men koʼzlarimni undan olib qayta diraktorga qaratdim. (axir qoʼshimcha darsim borku, boz ustiga Parpiyev domla bilan
chiqisholmayman. Bir hafta uning ilmoqli gaplariga qanday chidayman).
-domla (gap boshlashim bilan ikkalasi menga qaradi , koʼzim domlada boʼlsa ham uni qaraganini sezdim) men oxirgi shartingizni bajarolmayman. Chunki qoʼshimcha darsga borishim kerek ..
-oʼzingiz bilasiz.. agar bosh tortsangiz, marhamat ,hozirni oʼzida maktabdan chiqib ketishingiz mumkin.
(Bu gapni eshitib koʼzlarim yana yoshlana boshladi. Pastga qarab , labimni tishlab yoshlarim toʼxtatishga harakat qildim . Ammo yoʼq , boʼlmadi. Yoshlarim yuzim boʼylab , oqa boshladi. Zoʼrgʼa gapirishga kuch toʼpladim).
- uzr domla , shartizi bajaraman..faqat maktabdan haydamasangiz boʼlgani .
-bu boshqa gap endi sinfga boravering.
-rahmat (turib, hech kimga qaramay chiqib ketdim).
Sinfxonaga bordim . Uchinchi soat boshlangan ekan. Ustozdan ruhsat olib, eng orqa partaga bir oʼzim oʼtirib oldim.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
7-qism.

Qiz chiqib ketgach yigit ko'zlarini hafsalasiz yumib ochdi-da iloji boricha bosiqlikda ..


- o‘rtoq direktor biz boya siz bilan bunday kelishmagan edik..
- o'g'lim meni ham tushuning bu vaziyatdan biror jazosiz Shohidani chiqarib yuborsam ertaga meni " poraxo'r ekan qiz direktorimizni bemalol og‘zini yumibdi" deyishmaydimi . Qolaversa o‘zingiz ham bunga rozi bo‘lgansiz. Bu vaziyatda o‘z obro‘yimni o‘ylamasam bo‘lmaydi. Har holda bir maktab direktoriman. Meni hammadan ham ko‘proq siz tushunishingiz kerak.
{ U ham o'zicha haq albatta ammo boshqa jazo qurib qolganimidi... lekin qoyil hali yaxshi tanimagan odamning
iltimosini yerda qoldirmay hech bo‘lmasa maktabdan haydamadi-ku. Shunisiga ham shukur" - yigit shularni ichida oyladida rahmat aytib hayrlashib chiqib ketdi.
Bir necha soat oldingi suhbat Begzod va Direktor bir sinfdan chiqib boshqa sinf tomon yo‘l olishganda
- O‘rtoq direktor siz bilan gaplashib olsak bo'ladimi.?
- ha albatta.
- boyagi qizga qanday chora ko'rmoqchisiz?
- nega so‘rayabsiz?
- ochig'ini aytaman u men uchun qadrli qiz
- ha tushundim (direktor bir kulib qo'yib ) demak sevganingiz
- ( nima deydi, ha desa qizning ahvoli tang.. direktor ota-onasini chaqirtirib, uni yomonga chiqarishi ham mumkin. Bu ishi bilan qosh chiqaraman deb ko‘z chiqarib qo‘yishi ehtimoldan holi emas.Yo'q desa unda qanday qadrli ? degan savol tug'iladi. ) O‘ylanib qolgan yigitni ko'rib direktor yana gap boshladi.
- "mayli , mayli menimcha nima deyishni bilmayapsiz. Men javobingizni bildim . Bir paytlar biz ham yosh bo'lganmiz-" deb bir ko'zini qisib handon otib kulib yubordi. Va ko‘zi hali ham jiddiy turgan uning gapidan bir tuki ham o'zgarmagan bu yigitni ko'rib kulishdan to'xtadi.
- hullas sizdan bir narsa iltimos qilmoqchiman o'sha qizni maktabdan haydamasangiz . Mayli evaziga hohlaganday jazo qo'llang...
- ho‘p mayli o'g'lim siz bu yo'g‘idan tashvishlanmang ...!
- rahmat tushunganiz uchun.
-arzimaydi .
Yigit mashinasiga qayta o'tirar ekan..
{bu " arazchi pariyim " ni yana qanday antiqa hunarlari bor ekan-a ? } -deb hayolida o‘ylab yuziga tabassum yugurdi. O‘zini mashina oynasida ko'rib esa...
" Bu rostdan o‘zimmanmi -?
_ayol zotidan nafratlanuvchi...
_ularga umuman yaqin yo‘lamaydigan ...
_o‘sha voqeadan so'ng umuman kulmay qo‘ygan ... Begzod qayerda qoldi-?
Nima men o‘zgardimmi-? "
u shu hayollar bilan kompaniyasiga yetib keldi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
8-qism

Shohidaning darslari tugadi. Soatga qaradi 13:15 sumkasini va papkasini oldida xonadan chiqdi. Karidor bo‘ylab yurib ketayotsa ortidan kimdir familiyasini bilan chaqirdi. Asabiylasha boshlagan qiz yana yurishni davom ettirdi. Yana chaqirdi. Burilib qaradi va


- nima hohlaysiz yana..
- Abdullayeva sening domlangman sinfdoshing emas men bilan bu ohangda gaplasha olmaysan.
- ( direktorning gaplari yodiga tushib , hohlamaygina) uzr "domla"- dedi.
- bu boshqa gap hoziroq informatika honasiga boringda meni kuting hujjatlarni olib boraman.
-nima-? Nega-?
- direktor bilan gaplashib olibsizlar-ku yoki unday emasmi
- ha bu to‘g‘ri lekin bugundan...
Gapi chala qoldi sababi ortidan direktorning ovozi yangradi.
-Abdullayeva domlaning gapini ikki qilmay boring xonaga.
Qiz norozi -hop bo‘ladi- deb ketdi.
Xonaga borib naqt 1 soat kutdi . Bekor o‘tirmay
" Shirin" so'zlari bilan siylab o‘tirdi . Va nihoyat domlasi keldi va bir dunyo vazifa yuklab bugun barchasi tugashi shartligini aytib ketdi.
Shohida esa " buncha vazifani bir haftada ham tugatolmaymanku "deb biroz nolidi va " uff hozir buning mavridi emas undan ko‘ra boshlay qolay. Mana Shohidaxon ( Qilmish qidirmish ) deb tovon to‘lab o‘tirasiz endi" shunday qilib bir dunyo hujjatlarni kompyuterga kirgizishni boshladi. Orada qorni ham ochdi ammo alamini kimdan olishni bilmagan alamzada qiz o‘zini och qoldirib jazoladi. Soat millari 18:59 ni ko'rsatardi . Qiz esa soatga qaramagani, kompyuterdan ko‘z uzmagani uchun ham vaqt ancha kech bo‘lganini payqamadi. Uyida onasi havotirdan barcha sinfdoshlariga , kursdagi dugonalariga va qarindoshlariga birma-bir tel qilib chiqdi. Ammo kursga bormagani; sinfdoshlari bilmasligini ; qarindoshlarinikida emasligini eshitib nima qilarini bilmay qoldi oxirida maktab direktoriga tel qildi. Bu habarni eshitgan direktor maktab qorovuli bilan gaplashdi va har bir sinfni ko‘zdan kechirishini o‘zi esa hozir yetib borishini aytib go‘shakni qo'ydi. Qorovul ham ochiq qolgan sinf xonalarni qaray boshladi.

Shohida ko‘zlari tinib ketgani uchun yumib uqalab yon-atrofga qaradi. Miyyasi birdan yashin tezligida ishlab nimalar bo‘lganini tushunib yetdi. Telefonini olib qarasa _oyisidan 100 dan oshiq ;


_mijg‘ov domla ya‘ni Parpiyevdan 20 tacha;
U yog‘i qarindosh, sinfdosh, kurdoshlarining javobsiz qo‘ng‘iroqlari va xabarlariga to'la edi. Tezda onasiga tel qildi .
Gudok ketmasidan u tomondan onasining vahimali ovozi eshitildi.
- oyi hozir boraman borib chuntiraman , havotir olmang, soppa-sog‘man - deb telni o'chirdi. Qorovulni uchratib tushuntirdida taxi chaqirib uyiga ketdi.
Uyga kirishi bilan onasi yuziga tarsaki tushirdi.
-qayerlarda yuribsan.?. soat nechi bo‘ldi. ? Nega qong‘iroqlarimga javob bermaysan.? Nima meni tiriklayin go‘rga tiqmoqchimisan.?
Onasi hech narsani bilmay turib , uni urgani qiz bechoraga alam qildi. Jahli chiqqanidan nima deganini bilmay qoldi.
- o‘ynab yurgandim vaqt qanday o‘tganini bilmay qolibman . - dedi asabiy.
- menga ovozingni ko‘tarmay gapir . Haddingni bil.
- " yaxshi "-deb honasi tomon ketayotsa yana onasi to'xtatdi.
- savolimga javob ber qayerda eding dedim senga
- qayerda ekanimni Parpiyevdan tel qilib so‘rang men hozir siz bilan gaplashishni istamayman- deb honasiga kirib eshikni qulflab qo'ydi. Eshikka suyanib yig'lab yubordi.. ichida baxs ketardi ayni damda ..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
9-qism.

Insonni nima ko‘proq alamzada bo'lishiga olib keladi bilasizmi-?


Insonlarning ishonmasligi ;
Tuhmat qilishlari;
Kamsitishlari;
Yemagan somsasiga pul to‘lashi;
misol yozishda davom etsam tong otib tun ham botishga ulguradi.

Qizning vijdoni va g'ururi o‘rtasida tortishuv kechardi.


<> - sen ham onang qilgan hatoni takrorlading. Boshqaning qilmishi ortidan onangga nisbatan adolatsizlik qilding. Nima bo‘lsa ham unga bunday gapirishga haqqing yo‘q edi. -desa.
<< g‘urur >> - aslida onang to‘g‘ri ish qilmadi. Seni bu yerda zarracha ham aybing yo‘q edi. So‘ramay tarsaki urushi nimasi...
<< vijdon >> - hoziroq onangdan kechirim so‘rashing kerak.!
<< g‘urur >> - hecham unday qila ko‘rma u o‘zi so‘rashi kerak-derdi.
Shohida domlasini deb kech qolgani va aybsiz bo‘la turib onasi tomonidan olgan unutilmas" hadyasini" qabul qila olmayotgandi. Domlasining bugungi ishi; begonani oldida sharmanda bo‘lishi; bir hafta birovga " quldek " bo'lishi va shuning ortidan jazolanishi shularning barchasi bir kun uchun ko‘plik qildi. Qattiq stress holatiga tushib qolgan qiz xonasidagi hech narsani sog‘ qoldirmadi. Bo‘lmadi ko‘ngli joyiga tushmadi. Yuvinish xonasiga kirdi. U yerdagi narsalarni ham yer bilan bir qildi. Yo‘q bo'lmayapti tinchlana olmayapti ( biror marta ham kaltak yemagan , oilada kenjatoy ,erkatoy bo‘lgan qizga.. qayerdagi domlaning sharofati bilan bugun onasi tomonidan tarsaki yeyishi juda alam qildi.) Shu hayolidan o‘tib battar asabiylashdi va ko‘zgudan alamini oldi. Rakvinaga qip-qizil qon tomchilay boshladi. Joni og‘riganida va nihoyat ichida unga tinchlik bermayotgan: alam o‘ti so‘ndi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
10-qism.

Qiz bechora qo‘li og‘risa ham tashqariga chiqmadi .. kreslodan joy olib o‘tirdi va unga suyangancha uxlab qoldi.

Bu yog‘da onasi barchaga qaytarib tel qildi . Albatta Parpiyev ham qolib ketmadi. Undan bor gapni eshitib qizini noo'rin jazolaganini tushunib yetdi. Ammo xonasiga kirolmadi.

Ertasi kuni Shohida safar turib honasini va vannani yig‘ishtirdi . Qo‘li qonab ketsa ham ishini qilaverdi. Soatga qarasa 06:12 kechagidek kastyum-shim kiyib papkasini oldida xonasidan chiqdi. Chiqishiga onasiga duch keldi. Onasi undan endi uzr so'ramoqchi edi ters burilib chiqib ketdi. Maktabga emas repga yo‘l oldi. Avtobusga chiqib bo‘sh joyga o‘tirdi. Bugun havo bulutli edi .Bu qizning kayfiyati biroz bo‘lsada ko‘tarilishiga olib keldi. Oynaga boshini tirab ko'zlarini bir zumga yumdi. Birozdan so'ng ochib ko‘chani tomosha qilib ketayotsa kechagi mashina yonginasida ...avtobus bilan bir xilda yurib ketayotganiga guvoh bo‘ldi. Mashina oynasi to‘siq edi . Shuning uchun haydovchini ko‘ra olmadi.


- "agar u bo‘lsa ..nima meni poylayabdimi ? Yoki yana ustimdan kulmoqchimi ? Axmog‘ingni topibsan kelishgan to‘nkayey" shu gapni ichida o‘ylab , miyig‘ida kuldida..qo‘lini hayr ishorasini qilib ,narigi tomonga borib, o‘tirib oldi. O‘zicha zo'r ish qilganday kulib o‘tirsa, birdan avtobus chiyillab to'xtadi. Hamma oldiga munkib ketdi. Shohida ham boshini oldidagi sidenyaga urib oldi. Odamlarning norozi ovozi yangray boshladi. Bir payt avtobus eshigi ochilib "kelishgan to'nka " qizning oldiga kela boshladi. Qiz hech narsani tushunmay qarab turaverdi. So‘ngi bilgani bu yigit uni kiyimi yengidan ushlab avtobusdan birga tushirdi qolganlardan uzur so'rab jo'natib yubordi.
Avtobus uzoqlashib ketganini ko'rib qiz o'ziga keldi. Yigitni qo'lini siltab yubordida
- bu nima qilganingiz .? Axmoqmisiz? Nega meni tushurib avtobusni jo‘natib yubordingiz.
Yigit esa hech qaysi savoliga javob bermay, qizning paytosini yengidan qayta ushlab yuzi tengi ko‘tardi va..
- nima qildi qo‘linga?
- sizga nima?
- bir savolni ikki marta takrorlashni yoqtirmayman..!
- oooo qanday ajoyib ..(kesatib kulidida yana birdan jiddiy turib gapini davom ettirdi) men esa sizning savolingizga javob berishga MAJBUR EMASMAN ..!!!
Qiz oxirgi jumlalarni o'sha jarohatlangan qo‘li bilan yigitning ko‘ksidan itarib gapirdi. Bunday qaltis harakatdan qo‘li qattiq og‘rib , yuzi burishdi va qo‘liga bir qarab yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.
Ammo bo‘lmadi..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
11-qism.

Yigit uni qarshiligiga ham baqirib , urishi va " shirin" so'zlari bilan siylashiga ham e'tibor bermay mashina oldi sidenyasiga majburlab o‘tqizdi. O‘zi ham tezda aylanib joyini egalladi. Mashinani juda tez haydaganidan qiz qo'rqib , ko'zini yumib , oyna tomonga yuzini burib ichida duo qilib ketardi beixtiyor yuzini ko‘zyoshlari yuva boshladi. Chamasi 15 minut dan keyin mashina to'xtadi. Qiz bazo'r ko'zlarini ochib atrofga sekin ko‘z yugurtira boshladi mashina qatnov qismining ikki tomoni ham ohiri yo‘q bepayon tekislik edi. Mashina esa orada bir o‘tib qo‘yardi holos. Qiz ohiri ko‘z yoshlarini artib nigohini yigitga qaratdi. Yigit ham shu payt qizga qaradi. Uning qizargan ko'zlarini ko'rib past va muloyimroq ovozda


- yig‘ladingmi..?
Qiz ko'zini olib qochdi.
- nega bu yerga keldik.
- qo‘rqitib yuborgan bo‘lsam ..kechir ..meni seni qo‘rqitmoqchi emasdim.
- unda nega bu yerga hohishimga qarshi olib keldingiz..?
- bunga o‘zing majbur qilding..! Tinchgina gaplashmoqchi edim . O‘zin ko‘nmading .
- nega men siz bilan gaplashishim kerak ekan..? Iltimos javob bering juda qiziqib ketayapman.
- chunki sen meni " arazchi pariyimsan" - bu gapni qanday aytib yuborganini bilmay qoldi.
- n. nima ..? Arazchi pariy- bu nima deganingiz?
- endi meni navbatim seni savolinga javob berdim.
- ho‘sh qanday savol ekan.?
- qo‘linga nima bo‘ldi?
- bu sizga nega qiziq tushunolmadm..
- kel sen bilan ochiqroq gaplashib olamiz.
-yaxshi.
- bir - birimizni hali yaxshi tanimasakda tanishmiz kechani o'zida bir necha marotaba uchrashdik. Xatto bir honada yonma- yon o‘tirdik ham.. Endi esa yangi do‘stlardek suhbatlashsak bo'ladi menimcha. Ya‘ni sen bilan do‘stlashsak nima deysan.
-....maylikuya lekin sizning yoshingiz.. do'stlikka to‘g‘ri kelarmikan.
- nima ..? Bu nima deganing . Meni qari demoqchimisan bu bilan..
- yo‘q ..unday emas.
- ho‘sh nima unda..?( bir qoshini tepaga ko'tarib savol berdi.)
- biroz gapimni bo‘lmay turing..! Hullas yoshimiz topg‘ri kelmaydi siz mendan ancha kattasiz!
- nima bo'libdi shunga .. qolaversa ja katta emasman bor yog‘i 6 yoki 7 yosh kichisan holos-ku ?!
- hmm mayli roziman faqat bir shart bilan ..
- ho‘sh qanday shart.
- men ham sizni sansirayman.
-...( asabiy nigoh bilan qarab turardi)
( aslida qiz sho‘xlik qilgisi kelib qolganidi. Uni asabiylashishi ko'rgisi kelgani uchun atayin shunday degandi🤭 nihoyat niyatiga yetgan qiz piq etib kulib yubordi)
- ha .. hazil ( hali ham kulish barobarida) hazillashdim.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
12- qism.

Yigit tinmay qiqirlab kulayotgan bu pariga qarab ichida o‘zi ham hursand bo‘layotgandi. Tashida esa bildirmadi.


- ustimdan kulib bo‘lgan bo'lsang...boyagi savolimga javob berarsan .
- vayvooo namuncha biroz kulsam kulibmanda...( labini burib qo'ydi.) Yigit uning holatini ko'rib bu safar u kulib yubordi. Qiz esa qoshini chimirib qarab turaverdi.
- Ko‘rdingmi..? Bekorga seni "arazchi pariy " demayman.!
Qiz javoban cho‘ziib -haaaaa- deb qo‘ya qoldi.
- to‘g‘risi charchadim bir svolni qaytaraverib balki aytarsan...
- oynaga musht tushurdim..

Qiz bu gapni shunchalik hotirjam va ahamiyatsiz narsadek gapirdi. Bu gapni eshitib yigitning yuzi avval hayratni keyin esa asabiylikni ifodalab berdi. Va o‘zi bilmagan holda..


-NIMA...? NIMA QILDIM DEDING..! SENI AQLING JOYIDAMI ..

_qiz yigitning baqirib gapirishidan qo‘rqib ketgandi..yigit buni sezib ..baqirib yuborganini endi bildi. Ko‘zini yumib tinchlangan bo‘ldi-da.


-kechir .. men to‘g‘risi bu gapingni eshitib, o‘zimni boshqarolmay qoldim.. axir o‘zing ham o‘yla musht urgani oynadan boshqa narsa yo‘qmidi -? Hech bo‘lmasa qo‘ling kesilmasdi.
- yo‘q men bilmay qildim ya‘ni to'satdan nimanidir urishni istab qoldim..
- va oynani mo‘ljallading.!
-ha
- ho‘sh hozir qo‘ling qanday..dori surtdingmi..shifokorga ko'rsatdingmi?
Qiz boshi bilan yo‘q ishorasini qildi. Yigit chuqur nafas olib chiqardi. Bundan uning hafsalasi pir bo‘lganini tushunish qiyin emasdi.
Qiz hozir nimadir bo‘lishini tushunib.. yuzida aybdor odam qiyofasini yaratib oldi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
13-qism.

- sen qiz hozir meni jinni qilasan.


Deb mashinani orqaga burib biroz tezlikda shahar shifohonasi eshigi oldida to'xtadi
- bu yerda nima qilamiz..
- ichkarida tadbir bo'layapti, kirib raqsga tushamiz.
Uning bu gapidan qiz yana kula boshladi
- ta ..tasavvur .. qilyapman . Sizni raqsga tushishingizni . Qiziq raqsga jiddiy bo'lib tushsangiz zo'r chiqsa kerak-a?( oxirgi jumlani aytib ..yigitga qaradi..uni har doimgi qiyofasini ko‘rib )
- biroz oshirib yubordim...uzur.
- yog‘a .. oshirmadingiz . Bemalol davom etavering.. axir bu sizdek pariga oddiy hol bo‘lib qoldi.(Qovog‘ini bir uyib oldi. Qiz shu payt yigitning qalin va qora qoshlariga oshiq bo‘ldi. Ayniqsa yarashib turuvchi bir dona kichik holiga . Ko‘p qarab yuborganidan yigit biroz o‘ng‘aysizlanib tushishini aytdida o‘zi ham tushdi. Ichkariga yonma -yon kirishdi. Tez tibbiy yordam bo'limiga o‘tib jarohatni tekshirtirib, qayta bog‘latishdi. Tashqariga chiqib mashinaga o'tirishdi. Shohida do‘st tutilganlari uchun qarshilik qilmadi. Yigit uyiga olib borishini aytganda bundan qat‘iy bosh tortdi va kayfiyati ham tushib ketdi. Repga tashlashni iltimos qildi , ammo yigit repga emas ...Istirohat bo‘g‘iga olib bordi. Qiz buni kutmagandi.. birma - bir atraksionlarga chiqishdi. Navbat karabilga yetgach yigit biroz cho‘chidi. U bunday joylarga kelmaganiga ancha bo‘lgan , hush ko'rmaydi faqat qizning kayfiyatini ko'tarish va muammolaridan biroz chalg'itish uchungina kelgan edi. Qarshisidagi atraksionga biror marta ham chiqib ko‘rmagan. Ammo qizga buni bildirmadi. Ular yonma - yon o'tirishdi. Atraksion harakatlana boshladi..Yigit oldidagi temirni mahkam ushlab oldi. Qiz esa hech qayerni ushlamas aksincha mayin shamol sochlarini hilpiratgani unga hush yoqib mayin tabassum bilan ko‘zlarini yumib uchayotgan edi. Bir -ikki harakatlangach , yonidagi yigitga qaradi. Yo‘q ...yo‘q u juda oqarib ketgan edi. Buni ko‘rib qiz
- hoy tuzikmisiz...
nima bo‘ldi sizga?
Mazangiz bo'layaptimi..?
- y..yo‘q men yaxshiman -dedi zo'rg'a.. albatta qiz bunga ishonmadi.. o‘zini mazasi qochayotgandek ko'rsatdi. Boshqalar buni ko‘rib atraksionni to'xtatishdi. -Aslida yigitning mazasi bo‘lmayotgandi. Ammo buni boshqalarga aytsa uni g‘uririga tegishi mumkinligini o‘yladi.! Atraksion to‘xtatilgach ular pastga tushishdi. Yaqin atrofdagi skamekaga yigitni o‘tirib turishini aytib o‘zi suv olib keldi. Chuqur - chuqur nafas olib suv ichib, biroz o'ziga kelgan yigit nega unday bo‘lganini chuntirib berdi. Qiz esa ..
- bir og'iz aytsangiz bo‘lardiku shuni ..nima men tushunmasmidim? O‘takamni yordingiz. Sizga biror nima bo‘lsa nima qilardim..( bu gapni bilib aytdi va aynan o‘sha ma‘noda).
- hop hop ming bor uzr . To‘g‘ri aytishim kerak edi. Bir qoshiq qonimdan kechgaysiz malikam -( deb qo‘llarimi tepaga ko'tarib uzur so'radi va jilmayib qarab turdi.)
- oxirgi aytgan gaping rostmi ? Ya‘ni menga biror korx...
- yuring yaxshisi muzqaymoq yeymiz.( yigit gapni olib qochganidan o‘zicha bir nimalarni tushunib oldi) ichida biroz hursand bo‘ldi . Ammo tashida o'ziga o‘zi " u shunchaki do‘st undan ortiq emas"! - deb gapirib qo'ydi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
14-qism.

Ular muzqaymoq yeyish uchun kafega kirishdi . Muzqaymoq yeb soatga qarashdi. 17:34 bo‘lgandi qiz


- sizga katta rahmat ..bugungi kunimni hech qachon unutmayman do‘stim- deb samimiy jilmayib qo'ydi.
- rahmatga hojat yo‘q . Endi do‘st ekanmiz.. Bir kichkinagina iltimos aytsam bo‘ladimi ?
- ha albatta bemalol
- haligi ikki kundan so'ng kampaniyamga hamkor bo‘lgan shaxsning yakka-yu yagona qizi tavallud topgan kun. Shunga katta bazm bo'larmish meni alohida ota va qiz taklif qilib ketishgan bormasam hurmatsizlik bo‘ladi. Shunga o‘sha bazmda sherigim bo‘lasanmi degandim..?
- ...hmmm ammo men unday joylarda bo'lmaganman. Sizni sharmanda qilib qo‘ymasmikinman.
- yo‘q albatta men yoningda bo'laman.
- unda mayli
- uxxx ishon yelkamdan tog‘ ag'darildi. Rahmat rad etmaganing uchun.
- aha arzimaydi. Balki endi turarmiz vaqt allamahal bo‘ldi.
- ha qani ketdik. Yigit qizni uyiga tashladi o‘zi ham uyga ravona bo‘ldi.
Ko‘p hafa bo‘lishni eplolmagan qiz onasi bilan yarashib oldi.
Yigit uyga borib ovqatlanib uxladi.
Yana bir tong otdi. Ertalabki nonushtada qiz onasiga boshqa maktabga o‘tishini aytdi. Onasi esa buni maqullamadi.
-11- sinf bo‘lsang biroz sabr qilsang maktabni tamomlaysan -degach noiloj maktabida ketdi.

Behzodning honadonida esa nonushtaga hamma yig'ilgan. Ammo o‘shalar ham ikki kishidan iborat. Ukasi va buvisi. Behzoddan esa darak yo‘q...


- Bolam akang nega tushmadi hali ham uxlayaptimi.?
- bilmadim buvijon..( yelka qisib qo‘ydi)
- hay bola gaplashdingmi o‘zi nima dedi borar ekanmi?
- buviiii men bilmayman iltimos meni bu ishga aralashtirmang! Axir akamni fe‘llarini juda yaxshi bilasiz..
- ana shuning uchun ham senga aytayapman!
- nimaa nima bo‘lsa ham Sherzodjon bechoraning boshida sinsin ekanda
Zinadan qadam tovushlari eshitildi. Begzod uyqusirab keldi
- kimning boshi baloda qolar ekan ..shunday deya dasturxon atrofiga salomlashib joylashdi va ukasiga savol tariqasida qosh qoqib qo'ydi.
- ha hech nima men buvimga bir kino haqida aytib berayotgandim.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
15-qism.

- ho'sh o'sha kinoying nima haqida ekan- Begzod og‘ziga meva bo‘lakchasini solish barobarida so'radi.


- umi bir peshonasi sho‘r haqida aka...
- qiziqtirib qo'ydi qo‘ydingku qani boshidan aytchi menga ham ..lekin aytib qo‘yay chaynalmasdan ayt.. ishga kech qolishim mumkin.
- aha hullas 20 yoshli yosh yigitga ilonlar qirolichasi topshiriq yuklaydi. Unga ko‘ra valiahtni qandaydir ilonlar va timsohlar bazmiga borishga ko‘ndirish bo‘ladi. ( shu payt buvisi bir turtib ..qovoq uyib qo‘ydi. Bu yoqda esa Begzod hech narsani tushunmay qarab- qarab nonushtani davom ettiraverdi. )
-lekin yigit valiahtga buni ravo ko‘rmaydi..
- nima uchun..?
- sababi u valiaht shahzodani juda yaxshi ko'radi va hurmat qiladi.
- hmm
- keyin qirolichaga borib bu ishdan bosh tortishini aytadi.( buvisi ikkinchi martasiga oyog'i bilan Sherzodning oyog'ini qattiq ezadi. Bunga Sherzod javoban unchalik og‘rimagan bo‘lsa ham.)
- ohhh buvi bu nima qilganingiz. Gapirishga qo‘yasizmi..?
- nima bo‘ldi ?
- hech nima bolam ukang ko‘p gapirib seni ishdan qoldirmasin deyman da..
- yo‘g‘a buvijon hali vaqtim bor ho‘sh sen davom et.
- ammo qirolicha hayoti bilan tahdid qiladi.
- hoy o‘sha shahzoda ilonlar va timsohlar bazmiga borsa nima bo‘ladi o‘zi.? - buni suv ichish barobarida so'radi.
- nimalar deyapsiz aka.. u yerdagi ilonlar shahzodani avval bo'yniga osiladi , keyin uni sehrlashadi , va hech kim yo‘q joyda uni zahri yordamida ikkilanishsiz o'ldirishadi. Voy... aka bu nima qilganingiz kino yoqmasa ayting edi..menga suv purkashingiz shart emasdi.( Sherzod quruq salfetkada yuzlarini artib norozi to‘ng‘illadi.)
Begzod bu avvaldan gap nima haqida ketayotganini bilsada o‘zini go‘llikka solib davomini eshitayotgandi. Ammo ukasini oxirgi gapini eshitib ichayotgan suvini beixtiyor unga purkab yubordi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
16-qism.
- nima deding..kim meni o'ldirar ekan ?
- voy bolam bu nima deganing..hech kim seni o‘ldirmoqchi emas.
- buvi men Sherzod aytayotgan kino kim haqidaligini juda yaxshi tushunib bo'lganman. Ho‘sh ukajon sen oxirgi gapingni izohlab berchi
- aka nimasi tushunarsiz siz bazmga borasiz u yerda kibrli oliftalardan birontasi sizni qarmog‘iga ilintiradi va pulingizni oxirigacha sovurib.. pulingiz tugagach sizni tashlab ketadi.
- hoy bola nima deb valdirayapsan.
- buvi hozirgi qizlar barchasi pul uchun yuradi. Pul uchun yaxshi gapiradi. Pulingiz bo‘lmasa sizga qarab ham qo'yishmaydi.
- hammasi ham emasdir ahir insofli , dilida iymoni bori , Allohdan qo'rqadigoni bordir
-yo‘q..
- bor..
( aka- uka bir paytda aytib yuborishdi).
- iye .. bormi yoki yo'qmi
- aka bor deganiz nimasi.. birontasini tanisizmi( ko‘z qisib kulib so‘radi)
- ukajon birinchidan sen o‘zinga to‘g‘ri bo'lganingda... atrofingda o‘sha tariflagan qizlarni uchratmasding. Ikkinchidan bitta, ikkitasini deb butun boshli qizlarni yomonga chiqarish yaxshi emas.
- nima...? Quloqlarimga ishonmayman. Siz meni akammisiz ahir menga bir paytlar o‘zingiz aytgan edingizku..
" qizlarning barchasi bir pul uchun yuradi " - deb ..
- to‘g‘ri shunday degandim ammo bu hatoligini tushunib yetdim . Hamma ham pul uchun vijdonini sotganlardan emas . Hali ham iymonli , insofli va qalbi pok o‘zbek qizlari bor ekan.
- aka sizda bir gap bor...
- hech qanday gap yo‘q. Buvijon ishga kech qolmay duo qiling.
- mayli bolam Ilohi omin yo‘ling behatar bo'lsin. Allohim o‘zi yo‘lingni ochsin . Ishlaring rivojini bersin. Har xil yomon niyatli insonlardan o‘zi nari tutsin. Qizlarga insof bersin. O‘tganlarni rahmat qolganlarni salomat qilsin . Omin ollohu Akbar.
- rahmat buvijon men ketdim.
- ho‘p bolam o'zingni ehtiyot qil.
- buvi akamdagi o‘zgarish sababi menimcha kimnidir sevib qolganidan dalolat.( deb buvisiga qarasa buvisi shippagini qo‘liga olib Sherzodni ura ketdi.)
- kim ilonlar qirolichasi a? Hay bola qochma hali qo‘limga tushasanku .
Shunday qilib Begzod ishiga borib hujjatlarga ko'milib ketdi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
17-qism.

Shohidaga yuklatilgan jazo bekor qilindi. Bundan qiz juda hursand bo‘ldi. 5- soat tugagach barchaga Parpiyev javob berib yubordi. Bu bilan sirli tarzda aybini yuvmoqchi bo‘ldi. To‘g‘ridan- to‘g‘ri kechirim so‘rashga g‘ururi qo‘ymadi . Shunday qilib Shohida 2 karra hursand sinfdoshlari bilan hayrlashib bekat oldiga keldi va avtobus kuta boshladi. Birdan yonida qop- qora Malibu to'xtadi. Qiz tirjayib mashina oynasi tushishini kutdi. Oyna ochilgach ortidagi odamni koprib..kulib turgan yuzi birdan jiddiy bo‘lib qoldi .


- yaxshi qiz .. tinchlikmi ? Birortasini kutayotganmidingiz meni ko‘rib hafsalasi pir bo‘lgan odamday bo‘lib qoldingiz.( dedi kulib)
- sizga nima yo‘lingizdan qolmang( unga qaramagan holda)
- ohoo zahringiz chak- chak tomayaptiku ..
- agar yana biroz shu yerda qolsangiz bu zahrim sizni ham chetlab o‘tmaydi. Shu yerni o'zida til tortmay u yoqlik bo‘lasiz.
- qayoqlik...
- u yoqlik
- u yooq qaysi tarafda aytolmaysizmi?
- ( qizning asablari minga chiqdi oxiri begona yigitga qarashga majbur bo‘ldi. Yo‘q tarix qaytalanyapti bu yigit ham huddi " u" dek ustidan kulib turibdi . Bunisi endi ortiqcha so‘mkasidan qalin muqovali kitobni olib ochiq oynadan ichkariga qarata otdi. Bunday ishni kutmagan yigit o‘zini himoya qilishga ulgirmay qoldi. Kitob qirg'og'i o'ng yuzini gullashiga sabab bo‘ldi. Bu ishdan yigit hayron bo‘ldi. Avvallari hech qaysi qiz unga bunday munosabat bildirmasdi. Yigitni ko'rishi bilan noz qilib suykalishni boshlashardi. Ammo bu qiz bo‘lsa biroz o‘xshamagan hazili tufayli yuziga hech bir ikkilanishsiz "gul tasviri" tushirdi.
- menga qara bu senga dars bo'lsin...agar hoziroq bu yerdan tuyog‘ingni shiqqillatmasang! Shu yerni o'zida o‘ldirib go‘shtingni o‘laksa ho‘r itlarga yediraman. Hech kim hatto murdaning ham topolmay qoladi.- qiz asabiylashganidan shu gaplarni aytib tashladi.
- nima - nima hoy yalmog‘iz kuppa kunduz kuni menga tahdid qilyapsanmi ? Agar o'rnimda boshqasi bo'lganida bu gapingdan qo'rqqan bo‘lardi lekin men emas.
- kimni yalmog‘iz deyapsan kashshey ..
- seni albatta
- hozir mendan ko‘rasan( qiz bu safar papkasidan rangli bo‘yoqlarini oldi. Hozir nima bo'lishini tushungan yigit kitobni qayta kelgan joyiga uloqtirish barobarida " ko‘rshguncha yalmog‘iz" deb gazni ketdi.
- qochoq quyon boshqa yo‘limdan chiqsang yanchib tashlayman- deb ortidan baqirdi.
Battar asabiylashib narsalarini sumkasiga joyladi. Endi kitobni joylayotganida yana qora Malibu to'xtadi. Qiz yana " quyon" deb o‘ylab.
- yana kitobimni mazasini totib ko‘rging keldimi..? - deb qaraganda..bu safar do‘sti hayron qarab turgandi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
18- qism.

- voy sizmidingiz..haligi men..


- tinchlikmi.. kimdir biron nima deb jig‘inga tegayaptimi ?
- a...yo‘q haligi
- mashinaga o'tir shu holda gaplashmaymizku
- ha albatta
- ho‘sh endi aytchi ..kim seni bezovta qilyapti.. agar shunday bo'lsa do‘sting borligini unutma!
- ha albatta buni unutmayman .. ammo siz gaplashishingizga hojat qolmadi ..bir quyon asabimni buzgandi men ham javobini berdim ohiri qochib qoldi.
- O‘o‘o‘o‘ juda qiziqib qoldimku qani bafurja aytib ber hammasini .
Shunday qilib qiz hammasini oqizmay tomizmay aytib berdi.
" Quyonni " qochib qolganini eshitib rosa kulgan yigit ohiri yana jiddiy bo‘lib
- lekin bechoraga achindim yuziga kitob otib chakki qilibsan .
- nega endi
- chunki hozirgi yigitlarni ko‘pi yuziga umuman jarohat yetkazmaslikka harakat qilishadi.
- nega
- afti ko‘karsa hunik bo‘lib qolaman qizlar qaramaydi deb o'ylashadi.
- hmm siz qayerdan bilasiz yoki o‘zingiz ham ..
- nima yo‘q... menga buni qizig'i yo‘q. Ukam shunday o‘ylaydi . Urishayotganida yuziga zarar yetkazmaslikka urinadi.
- haaa .. iye sizni demak ukangiz ham bor ekanda ..?
- ha albatta bor. Yolg‘iz qondosh jigarim bor .
- ha .. meni ham yolg'iz opam bor.
- buni bilaman ( voy axmoq nima deb qo‘yding)
- nima .. nimani bilasiz.. menimcha buni aytmagan edim.
- haligi - ( baxtiga shu payt qo'ng'iroq bo‘lib qoldi. Mashinadan tushib gaplashdi. Qiz esa uni oynadan kuzata turib unga sirli tarzda oshiq bo‘layotgandi . Buni o‘zi bilsada yigitga sezdirmayotgandi. Yigit qayta kelib joyiga o‘tidida .)
- seni repga tashlab qo'yaman meni ishim chiqib qoldi.
- yo‘q men o‘zim ketaman . Siz ishingizga boravering. Meni deb kech qolib yurmang.
- O‘zi aytchi repga qayerga borasan .Balki yo‘limdadir.
- yangi mehmonxona oldidagi
" picasso" ga .
- nima rostdan o‘sha yerga borasanmi?
- ha tinchlikmi
- qachondan buyon borasan
- yaqinda ikki yil bo‘ladi.
- ikki yil .. (nega unda seni biror marta ko‘rmagan ekanman-a?) Qaysi yo‘nalishga
- dizaynerlik yo'nalishi
- ha omad tilayman .
- rahmat .
Yigit qizni tashlab o‘zi kampanyaga ketdi .
•••|Adını san köy |•••
#frozen
19-qism.

Kech ham tushdi . Shohida allaqachon uyida domashni pitsa tayyorlayapti. Bu yoqda Begzod hali ham kompaniyasida kompyuterdan bosh ko‘tarmay o'tirgandi qo‘ng‘iroq bo‘ldi .


- ...eshitaman buvijon..( charchagani uchun horg‘in gapirdi .)
- voy bolam ishing tugadimi ..qachon kelasan.?
- buvijon bugun kechroq boraman.. ish joyimni kengaytiryapmanku bu haqida aytgandim sizga .. ertaga muhim majlisim bor shunga tayyorlanayapman..
- ha mayli bolam o‘zingni to'liqtirib qo‘yma ..
- hop rahmat.. ha aytgancha..Sherzod uydami buvi
- ha shumtaka.. uyda yuzi bir ahvolda. Nima bo‘ldi desam "hech nima " dan u yog‘iga o‘tmayapti yana nimanidir boshlamasa bo‘lgani..
- uyga boray o‘zim gaplashib ko‘raman ...mayli buvi men ishlarimni qilay .
- hop bolam mayli.
- hop. ( telni o'chirdi) soatga qaradi . 18:20 endi qayta ishiga qaytayotganida yana tel bo‘ldi.
- obbo ... yana kim bo‘ldi ekan ... alo eshitaman kim bu ..
- salom tanishsak bo‘ladimi yaxshi yigit .
- yo‘q bo‘lmaydi . Yaxshi yigitning bugun ishi ko‘p .
- iyaa hatto do‘stiga ham vaqt ajratolmaydimi?
- afsuski ha ..
- ha mayli unda men domashni pitsa tayyorlagandim... do‘stimga ilingandim ammo uning vaqti yo‘q ekan na iloj endi hammasini o'zim yeyman ekanda .
- hmm ilingan bo'lsangiz ohirgacha ilinmaysizmi yaxshi qiz
- ho‘sh qanday bo‘ladi bu
- masalan dastavkani iloji bormi ?
- yo‘q vaqt allamahal bo‘ldi .
- ohh qornim tatalab ketdi .. ochlikdan o‘lsam meni esdan chiqarmang unda ..
- eyy bu mavzuda hazil qilmang ikkinchi
- hop hazilku
- menga bu yoqmaydi .
- hop ..hop yaxshi aytmadim deb hisoblaymiz . Mayli senga yoqimli ishtaha men ishimga qaytishim kerak edi.
- hmm qayerda ishlaysiz o‘zi ..
- nega so‘rayapsan ?
- qiziqdim .
- reklama agentligini bilasanmi?
- eshitganmanu lekin bilmas ekanman qayerdaligini
- hmm unda bunday chuntiraman .. yaqinda bir katta kafe ochildi " love me " degan .
- ha ... ha bo‘ldi uni bilaman .
- shuni yonginasida e'tibor bersang 8 qavatli qop- qora bino bor .
- ha uni ham bilaman .
- ana o‘sha meni ish joyim da
- haa rahmat mayli unda charchamang
- hop mayli rahmat
( qiz telni o'chirib qo‘ydi )
- tavba nega shu qiz boshqacha ... sodda .. samimiy.. mehribon.. vaqti kelsa urishqoq .. yig‘loqi .va juda go‘zal .. haqiqiy o‘zbek qizi . Nima nega uni o‘ylayapman o‘zi . Shuncha ish turganda .. uff endi ishga qaytish kerak.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
20-qism.

Begzod hisobotlarni ham ko‘zdan kechirib chiqayotgan edi yana tel jiringladi .


- nima kerak bularga.. buncha bezovta qolishmasa ... alo eshitaman
- uzr Begzod Davronovich men kompaniya qorovuliman haligi bir qiz kelib Begzod degan yigitni so'rayapti..
- men nima qilay .. xonama- xona yurib topib beraymi?
- a .. yo‘q janob lekin ..
- menga qara meni hozir ortiqcha vaqtim yo‘q . O‘zing qara so'ragan odami shu yerda aniq ishlaydimi yo'qmi bil ... agar yo‘q bo‘lsa chiqarib yubor .. va meni boshqa bezovta qilma .
- ho‘p bo‘ladi janob .

- uff uff bularga nima bo‘lgan o‘zi .. ( birdan hayoliga .. { pitsa tayyorlagandim do‘stimga ilindim ....qayerda ishlaysiz }.. shular kelib otilib honadan chiqdi . Pastga tushib qorovuldan qizni so'radi. Qorovul ham tashqariga chiqarib yuborganini aytdi. Chiqib qarasa zinaning burchagida pariy o‘tiripti .


- ho‘sh bu yerga qaysi shamollar uchirdi sizni ..
-(qiz yalt etib yigitga qaradi va qovog‘ini uyib yana boshqa tomonga qarab oldi)...
- hoy nima bo‘ldi
-....
- nega gapirmayapsan
- yolg‘onchi ...
- nima
- siz yolg‘onchisiz .. shu yerda ishlayman degandingizku .. meni aldabsiz
- men shu yerda ishlayman
- qorovul boshqa narsa deyapti
- ha u meni tanimaydi yangi kelgan .. ho‘sh demak menga pitsamni olib kelibsanda
- ha bu sizga ..mazasini ertaga aytasiz mayli men borishim kerak
- iye qayerga birga ovqatlanmaysanmi
- yo‘q oyim dugonasini oldiga ketgandi kelgunicha uyda bo‘lishim kerak . Bu yerga kelganimni bilmaydi . O‘ziz chunasizku .. haligi
- ha albatta ..unda pitsa uchun rahmat .. biroz kutib tursang uyingga tashlab qo‘yaman.
- yo‘q rahmat taksi kutib turibdi .. mayli ko‘rshguncha ..( qiz qo‘li bilan hayr ishorasini qildi ..yigit ham javoban qo‘lini ko'tarib qo‘ydi . Qiz taksiga o‘tirib ketdi .) Qayta xonasiga kirgan Begzod qo'lidagi pitsaga qaradi .. nonushtadan buyon hech nima yemagani uchun qorni juda ochgan edi . O'ziga ish stoli ustiga kechlik tayyorlab pitsani maza qilib yedi . Ishini kelgan joyidan davom ettirdi . Hamma hujjatni taxt qilib soatga qaradi 21: 30 bo‘lganini ko‘rib uyiga yo‘l oldi .

•••|Adını san köy |•••


#frozen
21-qism.
Mashinani garajga qo‘yib endi xonasiga kirayotganda ukasi yodiga tushdida uning xonasi tomon odimladi. Xona eshigi ochiqligi uchun kiraverdi . Ammo ukasi xonada yo‘q edi .. shu payt gitara ovozi yangray boshladi . Begzod qayerdan kelayotganini tushunolmay balkonga chiqdi va yonginasidagi oshxona tomida ukasi to'lin oyga qarab qo'shiq aytayotganiga guvoh bo‘ldi . O‘sha yerdagi kursiga o‘tirib tinglay boshladi..
🎸 🎼 🎧 🎤

Bugün biraz


takıldım sahilde
Hayalimde sen
ellerim cebimde
Ağladım yalan yok
çok ça ağladım hemde
Arlık sevmiyorsun beni
Ölsem daha iyi ..

Ah bilseydim düşmezdim


bu aşka ...
Havalarda soğuyacakmış
yakında..
Sen uşumaz misin
ben yokken yanında..
AH SEVDIĞIM ,
AH BIRTANEM..❤️‍🩹

Hali qo'shiq o‘z maromiga yetmagan bo'lsada... Behzodning hayoli boshqa joyga ketishga ulgurdi .. qo‘shqni eshitardi ammo ko‘z oldiga pariyi gavdalanardi .. _mayin tabassumi ,


_ arazlagandagi yuz tuzilishi ko‘z oldiga kelib yuziga kulgu yugurdi..
Bu yoqda Sherzod aslida oyga termulib qo‘shq aytmayotgan edi . Teskari tomonda o'tirgani uchun akasiga shunday ko‘ringan edi . U ko'zlarini yumib qalbida yangi hislarni paydo bo'lishiga sababchi bo‘lgan
" Yalmog‘izini " o‘ylab qo‘shiq hirgoya qilayotgan edi... ( Sherzod hayolida uning
_ters gapirishlari ..
_ asabiylashganda qoshlarini kerib gapirishi va ohiri kitob otgan sahnasi ko‘z oldiga kelib .. to'xtab qoldi . )
- nega to‘xtading yaxshi ketayotgan eding...
(Birdan kelgan ovozdan cho‘chib ortiga burildi .)
- aka cho‘chitib yubordingiz qachondan buyon bu yerda o'tiribsiz...
- aytishni boshlaganingdan buyon ... ( bir sakrashda ukasining yoniga chiqib uning yoniga cho‘kkaladi .)
- ho‘sh ukajon yuzinga va o‘zinga nima bo‘ldi ...
- hech nima
- bunday deb 80 dan oshgan buvimni aldaysan .. ( shu payt pastdan )
- kim saksondan oshgan .. endi 79 ga kirdim bilsang agar ..- degan ovoz eshitildi . Bolalar ikkalasi ham buvisi gap poylayotganini tushundi va bir - biriga sirli ko‘z qisib.
- buvijon uzur so'rayman endigina 18 ni qoralaganingizni unutibman - deyishi bilan ikkalasi ham kulib yuborishdi ...
- shumtakalar hali senlarmi ustimdan kuladigan.. ( qadam tovushlari va eshikni ochilib yopilgani eshitildi bundan bilsa bo‘ladiki buvisi oshxonadan chiqib ketdi . Endi bemalol gaplashishsa bo‘ladi .)
- aka bopladingiz..
- ha ukajon .. ammo ertaga kichik bir uzr so'rab qo'yish kerak .. bo‘lmasa Hadicha Sulton menga jazo tariqasida " biiiiiiir kun " gapirmaydi ( Begzod bir kun so'ziga alohida urg'u berib gapirdi .. va yana kulib yuborishdi. )
- aka siz o‘zgaribsiz ..
- ho‘sh qaysi ma‘noda ..
- albatta yaxshi .. endi men va buvimga oldindaka hissiz gapirmayapsiz .. hazillar qilayapsiz.. lekin juda ko‘p kulyapsiz...
- bu yomonmi
- yo‘q lekin 24 soat kuydirilgan kalladek yursangiz men uyalayapman .. ( Sherzod bu gapi orqasidan yengilgina shapati yeb oldi )
- uni buni qo‘y yuzinga nima qildi shuni gapir ..
- Voy o‘zi shuni sizga aytmoqchi edim ( Sherzod barcha bugungi voqeani akasiga aytib berdi ) bilsangiz aka u o'zgacha qiz . Umuman boylik bilan ishi yo‘q . Boshqa qiz bo'lganida mashinamga o‘tirishga bahona izlardi... u bo‘lsa .. meni hiyla bilan bo‘lsa ham haydab soldi . Ertalab aytgan gaplarim noto'g'ri ekan . Men bugun o‘z
_ ibo- hayosi ;
_ odobi ;
_ or- nomusi va go‘zal chehrasiga ega ularni zamonga qaramay qalbida asrab kelayotgan bir qizni ko'rdim...
•••|Adını san köy |•••
#frozen
22- qism.

Bu paytda Begzod o‘ylayotgandi .. (ukam aytganlarini eshitgan edim . Pariyimdan ... demak ular bugun uchrashib qolishgan va ukam uni ... sevib qolgan . Taqdir xazilimi bu .. nega aynan ukam .. yakkayu - yagona jigarim bilan bu voqea sodir bo'layapti.. axir men ham "u" ni jonimdan ortiq sevamanku .. o‘shanda unga buni aytolmay .. do‘stlikni taklif qilgandim . Albattada dab durustdan sevgi izhor qilinsa bo‘lmaydi . Uff endi nima qilaman ... ) shularni o'ylar ekan ukasini chaqirishi bilan o'ziga keldi .


- ukanjon men charchagandim.. dam olmoqchiman ..
- ho‘p mayli aka yaxshi dam oling ..
- sen ham yot ertaga o'qishga bormaysanmi
- boraman aka .. birozdan so‘ng yotaman..
- mayli ( Begzod xonasiga kirib o‘zini yotog'iga tashladi .. uxlashni hayoliga ham keltirgani yo‘q kechasi bilan shiftga termulib endi nima qilishi haqida o‘ylab chiqdi ..)

Tong otdi Fevral oyi ham yaqinlashib qoldi ..( Shohida uyg‘ondi.. yuvinib nonushta tayyorladi ... keyin kiyinib maktabiga bordi .. teliga sms keldi " Bugungi bazm esingizdami xonim " uni o‘qib kulib qo‘ydi darsi tugashi bilan uyiga qaytdi soat 15:20 edi . Yangi to‘rli va keng o‘zi esa biroz qomat bo‘ylab ketgan va uzun oppoq ko‘ylak kiydi unga moslab oyoq kiyim kiyib sochini shunchaki yozib oldi . Yuziga biroz makyaj qildi va tayyor bo‘lib uyidan chiqdi . Chiqishiga Behzodning mashinasi uni oldida to'xtadi.. Mashinadan tushgan Begzodni uncha tanib bo‘lmasdi yuz- aftgori qon edi . Shohida uni bu ahvolda ko‘rib qo‘rqib ketdi .. endi oldiga bormoqchi bo'lganida.. belidan baquvvat qo‘l ushlaganini sezdi .. qarasa bu kashshey janoblari edi .. Qiz uni o'zidan itardi.. Yigit hech bir ikkilanishsiz cho'ntagidan pichoq chiqarib uni Behzodning qoq yuragiga sanchdi.. Shohida chinqirib yubordi ... Begzod yerga quladi ammo ko‘zlari Shohidada edi... Qiz yig'lab yigitning yoniga cho‘kkaladi . Yerda yotgan boshini oppoq ko'ylagi ustiga qo‘ydi ... yigitdan shu payt sado chiqdi ...


- men seni se.. sevaman pariyim - dediyu ko‘zi yumildi . Shohida yigitga tashlab ketmasligini u ham uni sevishini usiz bu hayotda endi qanday yashashi mumkinligini aytib yig‘layverdi va o‘zi ham qorong‘ulikka quladi .. )
Birdan baland musiqa yangray boshladi qiz cho‘chib o'rnidan sakrab turdi .. atrofga alangladi .. xonasida va kecha kiygan pijamada edi ..
- uxxx Allohga shukur tushim ekan .. ( turib oynaga qarasa ko‘zlari qizarib ketgan ekan )
- obbo o'ngimda ham yig‘labmanda .. agar rostdan unga bir nima bo‘lgan bo‘lsachi .. telefon qilib ko'raman..
...tuuut ..tuuut...tuut ...
- alo eshitaman ..( horg‘in ovozda)
- alo Assalomu alaykum do‘stim .. yaxshimisiz ..
- Valekum assalom.. ha yaxshi .. tinchlikmi ertalabdan holimni so'rab qolibsan ..
- ha haligi tushimga kiribsiz unda yomon ahvolda ediz shunga havotirlanib so‘radimda ... nima mumkin emasmi ..?
- yo‘g‘e sizga hamma narsa mumkin .. bir nima deb bo‘ladimi ..
- ovoziz boshqacha eshitilyapti aniq hammasi joyidami.. agar qarang biron narsani yashirayotgan bo‘lsangiz.. boshqa siz bilan do‘st bo‘lmay qo‘yaman ..
- iye bu qayerdan chiqdi .. menda hammasi yaxshi .. faqat kecha kechasi uxlolmadim .. ertalabdan esa yana kompaniyadaman shungadir..
- hmm mayli ishondim .. opzizi ko‘p charchatib qo'ymang..ishizga omad endi go‘shakni qo‘yishim kerak ..
- rahmat .. ho‘p mayli ko‘rshguncha ..
- aha ..( telni o'chirdi) ko‘ngli biroz joyiga tushdi .. turib nonushta qilib maktabiga ketdi .
•••|Adını san köy |•••
#frozen
23- qism.

Shohida maktabiga bordi .. endi dars boshlanayotganda teliga sms keldi ..


"- boya aytishni unutibman .. kechagi pitsaga gap yo‘q juda shirin chiqibdi yana bir bor rahmat .. yana bugun bazm borligi esingdami .. soat 16:00 da boshlanadi 15: 30da olib ketaman tayyor bo‘lib tur.." - qiz biroz cho‘chidi sababi tushidagi voqealar birma - bir takrorlanayotgan edi .. smsga javob qaytarib darsiga qaytdi ..

Bu yoqda Sherzod hali ham uyqu saltanatida edi .. ustidan to'kilgan muzdek suvdan cho‘chib uyg‘ondi tepasida buvisi turgandi ..


- buvi bu qanday uyg'otish bo‘ldi ..
- nima yoqmadimi.. seni uyg‘otishdanda murakkab ish yo‘q bu olamda .. o‘zing erta turishni o‘rganda bolam.. ertaga oilali bo‘lsang kelin bechora nima qiladi ..
-... ( Sherzodning hayoli yana "yalmog‘iziga " ketdi .. u qizni rafiqasi sifatida tasavvur qildi .. birgina gapi uchun yuzini bejagan qiz turmush o‘rtog‘i bo‘lsa .. har kuni o‘zini ahvolini o‘ylab baralla kulib yubordi ..)
- hay bola nega kulasan .. undan ko‘ra tur soat 9 bo‘ldi .. o'qishga kech qolasan ..
- nima ( hayollar olamidan paq etib pastga tushgan bola yugurib yuvinishga kirib ketdi .. bir- necha soniyada qolmay kiyinib chiqib partfelini oldida pastga qarab yugurdi ..
- Sherzodbek choy ichmadinku ..
- o'qishda ichaman buvi ..
- hay mashinani sekin hayda .. biroz kech qolsang hech narsa qilmaydi .. eshitdingmi meni ..
- ha buvijon bo‘pti yaxshi o‘tiring ..
Shunday qilib mashinani uchirtirib haydab o‘qishiga yo'l oldi ..
Begzod esa bu payt majlisda edi..
Shohida darsi tugadi .. repdan javob olgan.. oyisini ham ertalab ogohlantirgan .. "bir dugonamni tug‘ilgan kuni deb albatta"- endi bemalol uyga borib bazmga tayyorlangan bo‘ladi. Soat 13: 02... bekatiga kelsa qora Malibu turgan ekan .. do‘stining mashina raqamini yodlab olgani va bu uniki emasligini bilgani uchun o‘tirib avtobus kuta boshladi .. bir payt mashina eshigi ochilib ichidan kechagi " kashshey " janoblari tushdi va qizning yoniga indamay kelib o‘tirdi .. Qiz ham odamoviroq harakteri bo‘lgani uchun u yo‘qdek hech narsa demay o‘tiraverdi.
- salom ( oxiri bu jimjitlikni yigit buzdi ..ovozidan kayfiyati yo'qligi aniq bilinib turardi .. qiz ichida " kechagi tirjaygan kalla shumidi .. bugun jiddiy bo‘lib qolibdimi .. demak demak kayfiyati yo‘q .." deb o‘yladi .. va odob yuzasidan
- Assalomu alaykum.. ( yigitga qaramagan holda ..)
- Valekum assalom.. kecha agar sizni hafa qilib qo‘ygan bo‘lsam uzur so'rayman..
- a.. ha yo‘q men hafa emasman .. uzr so‘rashni keragi yo‘q..
- unda yaxshi .. keling kechagi beo‘xshov uchrashuvning bo‘lmagan hisoblab bugun boshqatdan tanishamiz ..
- bu nimaga kerak ..
- shunchaki .. biror sabab bo‘lishi kerakmi tanishish uchun ..
- nima men sizga duch kelgan bilan tanishadigan " halignday" qizlarga o‘xshadimmi .?
- yo‘q .. yo‘q siz noto'g'ri tushundingiz ..
Avtobus kelib qoldi ..
- yaxshi qoling .. deb qiz avtobusga chiqib ketdi ..
(bola esa uni ko‘nglini og'ritishga qo‘yganini tushundi .. mashinaga borib o‘tirdi .. )
- jin ursin .. ahmoqsan.. qosh chiqaraman deb ko‘z chiqarding .. nega men uni oldida gap topolmay qolayapman .. qizlar bilan ko‘p gaplashganman odatda ular gap topolmay qolishardi menga .. ammo bu qiz meni sehrlab olganday oldida hayajonlanaman .. gapirilmaydi qolaman ..va uni yo'qotishdan juda qo'rqaman qiziq chin sevgi shunday bo'larmikan.. - deb o‘ylab qoldi ..
Shohida uyiga bordi .. honasiga kirib oynadagi aksiga termuldi ..
- nima men o‘sha qizlarga o‘xshaymanmi.. lekin shunday qilmadimmi .. Begzod akani tanimay turib do‘stlashdim.. yoki u ham meni pul va boylik ortidan qilmaydigan qiz deb o‘ylaganmikin .. nega shuni avvalroq o‘ylab ko'rmadim.. to‘g‘ri Begzod akani sevib qolganim rost .. ammo u menga o'yin qilayotgan bo‘lsachi .. yaxshisi bazmga bormayman .. ha shunday qilaman .." - shularni o'ylab telini ham butunlay o'chirib qo‘ydi va uylarni tozalab televizor ko‘ra boshladi ..

•••|Adını san köy |•••


#frozen
24- qism .
Begzod 14: 30da majlisdan chiqdi katta shartnomani qo'lga kiritdi .. bundan biroz hursand bo'ldi .. mashinaga chiqib uyiga yo‘l oldi .. uyga kirishi bilan buvisi qarshi oldi ..
- voy bolam nima bo‘ldi .. majlising yaxshi o‘tdimi
- ha buvijon bizni foydaga hal bo‘ldi ..
- ha yaxshi .. bolam haligi bugun ..
- bilaman buvi bazm bor va havotir olmang men boraman ..
- ux hayriyat unda Janona qizimga biron kattaroq sovg‘a ol .. ha aytgancha qiz bilan yaxshi gaplash ho‘pmi ..
- sovg‘aniku tayyor qilib qo'yganman.. ammo yaxshi gapirishimni nima aloqasi bor bunga tushunmadim ..
Yoki siz .. uff buvi .. nimalarni o‘ylab yurasiza.. men u qizga uylanmayman.. juda tantiq va erka qiz menga to‘g‘ri kelmaydi ..
- voy bolam buni vaqt ko'rsatadi..
( kechadan buyon uhlamagan va ayni paytda juda charchagan Begzod buvisi bilan tortishgisi kelmay)
- men yarim soat bo'lsada uxlab olishim kerak buvi iltimos hech kim bezovta qilmasin ..- deb honasiga kirib ketdi ..
- hop bolam ..mayli ( deb qoldi)
Joyida endi uyquga ketayotgan Begzodni xonasiga buvisi kirib keldi ..
- voy bolam tur ..
- yana nima bo‘ldi buvijon..
- ukang zalda bir ahvolda o‘tiribdi .. kecha aytgandim bir baloni boshlagan bu bola deb kim bilandir aniq urishgan bolam ..
- ( chuqur ho‘rsinib ) ho‘p buvi hozir tushaman .. siz yoniga norib turavering ..
- hop tezroq tush ..
Begzod yuvinish honasiga kirib yuzini muzdek suvdan chayib uyquni qochirmoqchi bo‘ldi .. ammo qayerda .. oynadagi aksidan ham ma'lum edi ..ko‘zlari uyqusizlikdan qizarib ..rangi ham oqarib ketgan edi .. yuzini artib pastga tushdi.
Buvisi Sherzodni yuzidagi va qo'lidagi yaralarni artayotgandi..
- buvi siz bizni yolg‘iz qoldirolasizmi ..
- ammo bolam ..
- iltimos buvi ..
( buvisi chiqib ketgach ukasini yoniga o‘tirdi )
- ho‘sh bu safar ham o‘sha qiz shu ahvolga solmagandir ..
- nima .. yo‘q Universitetdagi yigitlar bilan aytishib qoldim ..
- muammoying hal bo‘ldimi ..
- ha..
- yolg‘on .. ukajon gohida psihologyadan habarim borligini unutib qo‘yasan .. men yolg‘onni bittadan bilaman ..
- aka hozir gaplashgim yo‘q.
- ho‘p mayli unda o‘zing hohlasang aytarsan men bazmga borishim kerak ..
- qanaqa bazm .
- hamkorim bazmga chaqirgan bilasan u bilan buvim qadrdon bormasam bo‘lmaydi ..
- ha unda yaxshi boring ..
- rahmat .. mayli men ketdim ..
Qayta honasiga kirgan yigit soat allaqachon 15: 00 bo‘lganini ko‘rib kiyinishga kirib ketdi .. o'ziga yarashib turuvchi smoking kiyib sochini ham biroz to‘g‘irlab tashqariga chiqdi .. buvisiga kech kelishi mumkinligini aytib mashinaga o‘tirib ketdi ..

Pariyimiz bu paytda televizor ko'rayotgan edi .. Eshik taqilladi.. kim ekan .. deb o‘ylab tursa oyisini ovozi eshitildi .. yugurib borib eshikni ochdi ..


- ha qizim kalitimni olmagan ekanman .. iye sen tug‘ilgan kunga bormadingmi ..
- yo‘q oyi borgim kelmay qoldi ..
- doim shunday san fikring soat sayin o'zgaradi.. kelajakda kimdir sen bilan bu felingni bilmay deylik muhim bir joyga borishni reja qilib qolsa bormi .. o‘sha insonni hafsalasini pir qilasan qo‘yasan ..
- nima .. agar shunday bo‘lsa .. keyin nima bo‘lishi mumkin ..
- nima ham bo‘lardi qaytib sen bilan ishlamaydi .. axir ma'suliyatsizlik bu yaxshi emas ..
- shunday deb o'ylaysizmi
- o‘ylamayman aniq bilaman ..
( Shohida endi o‘ylanib qoldi .. uff nega shu tomonini o‘ylamadim .. balki boya o‘ylaganlarim hatodir .. axir barcha bir xil emasku.. ) telini oxiri yoqdi 20dan oshiq javobsiz chaqiruv va 40dan ortiq sms ..
Yugurib honasiga kirdi tezda tushida kiygan ko‘ylakni kiyib sochini shunchaki tashlab qo‘liga oq sumkacha olib , oyisiga aytib uyidan chiqib ketdi ..
Tashqarida u yoqdan bu yoqqa asabiy yurgan Behzodga duch keldi ..
Qiz bir yutinib soatga qaradi 15: 54 ichida biroz o‘ylanib salom berdi .. va hozir nimalarnidir eshitishini bilib ko'zlarini yumib uchgacha sanab tayyorlandi...
•••|Adını san köy |•••
#frozen
25- qism .
Bir daqiqa o‘tdi ... ikki daqiqa o‘tdi... uch daqiqa o‘tdi hamki yigitdan bir sas chiqmadi .. Qiz hayron bo‘lib bir ko'zini sekin ochib qarasa yigit unga og‘zi ochilib qarab turganiga guvoh bo‘ldi .. biroz uyaldi
- haligi bazmga kech qolmaymizmi ..?
- nima .. ha aytgancha nega teling o‘chiq.. tashlab qochib ketding deb o‘ylayotgandim endi ..
- ha zaryadi tugagan ekanda .. nega qochaman.. umuman bu hayolimga kelgani yo‘q ..
- shundaymi unda nega yarim soat kech chiqding ..
- tayyorlandim.. ho‘sh ko‘rinishim qalay?
- juda go‘zalsan ..( yigit ko'zlarini qiznikidan uzmagan ko‘yi gapirdi .. qiz ohiri bu ko‘zlar bahsida yutqizib ko'zlarini olib qochdi ..)
- rahmat .. balki ketarmiz..
- ha albatta ..
Mashina eshigini ochib:
- marhamat qilsinlar..
- tashakkurlar juda jentilmensiz janob (deb bir qo‘lda ko‘ylagini ushlab qisqa o‘tirib- turib tashakkur aytgan bo‘ldi.)
Ikkalasi kulishib bazmga ham yetib kelishdi ..
- ho'sh tayyormisan ..?
- ... qattiq hayajonlanayapman ko'rinib turibdi ichkarida odam ko‘p ..men eplolmayman .
- ( yigit qizning qo'lidan tutib) ..
- men yoningda bo'laman hech narsadan tashvishlanishinga hojat yo‘q . Biroz o‘zingni erkin tut .. ular ham sen va men kabi oddiy odamlar .. 2 soat o‘tirib qaytamiz ..
- ho‘p yaxshi men tayyorman ..
- bu boshqa gap .. sen mashinada qol men o‘zim eshigingni ochaman keyin tushasan .. hamma bizga qarayapti .. jentilmenlikni oxigacha o‘xshataylik ..
- yaxshi ..
Yigit mashinadan tushib aylanib o‘tib qiz tarafdagi eshikni ochdi . Qiz ham anoyilardan emas yana qitmirligi tutdi ..
Yigitga qarab avval qo‘lini cho'zdi...Begzod uni nima qilmoqchiligini tushunolmay turgan bo'lsada muxbirlar oldida o‘zini tutib kulib qizni qo'lidan tutdi ..
Ana endi qiz ... avval o‘ng keyin esa chap oyog'ini yerga qo‘yib mashinadan tushdi .. Muxbirlardan o‘tib ..
Ichkariga kirishdi. Barchani ko‘zi yosh juftlikka edi .. birdan musiqani ham to'xtatishdi.. zalda jimlik hukmron ..
Bir payt qadam tovushlari eshitilib Behzodning oldiga hamkori va qizi kelishdi ..
Ular bilan salom alikdan so‘ng .. tabriklash marosimi bo‘ldi va ular ham mehmonlar qatoriga o‘tishdi..
Davradagi bir qiz Behzoddan ko'zini uzmay qarab turaverdi .. Buni Shohida ko‘rib..( uyat .. biroz qizbola bo‘l erkak kishiga ko'zingni uzmay qarashing nimasi .. tarbiyanga qoyil deb o‘ylab turganida ..)
- hoy balki u qizga qarashni bas qilarsan.. seni ko‘rib qo‘rqib ketayapman .. qo‘yib bersa sochini yulishdan qaytmaydigandek qarayapsan ..(past ovozda)
- yulaman ham .. kim tarbiya bergan bunga .. qiz bola bo‘lsa o‘zini yig‘ishtirib olsa bo'lmaydimi.. asabimni buzdi ..( kulib ammo asabiy gapirdi )..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
26- qism.

- mayli unga e‘tibor berma ..


- aha harakat qilaman ..
Shu bilan ularni suhbati yakunlandi . Begzodni Hamkori kelib olib ketdi . Begonalar bilan qolgan qiz biroz g‘alati ahvolga tushib qoldi va yonidagi ayoldan qo‘l yuvish xonasini so'rab o‘sha tomonga ketdi .. ichkariga kirsa .. dahshat bu yerda ham tannozlar biri pardozini yangilash yana biri esa suratga tushish bilan ovora edi . Qiz qo‘lini yuvgan bo‘ldida bu yerda ham yolg‘iz qolishni iloji yo'qligini sezib chiqib ketdi .. Yana odamlarga qo‘shilishni hohlamagan qiz yon tomonidagi uzun yo‘lak oxiriga qaradi .. qoyil bu yerni orqa hovlisi bor ekan .. bu ayni muddao .. o‘sha yo‘lak bo‘ylab yura boshladi .. endi eshik tutqichiga qo‘l cho‘zgan edihamki .. narigi tomondan kimdir ochib kirdi .
Ko‘rinishidan 20 yoshlar atrofidagi yigit .. kelishgan.. baquvvat ammo yuzidan yaxshi emasligini payqash qiyin emas. Qizga boshdan oyoq qarab ..
- salom ismim Shox tanishsak bo‘ladimi ..
- yo‘q bo‘lmaydi ( deb endi eshikni ushlagan edi .. boyagi yigit eshikni to'sib qo‘ydi ..)
- nima qilayapsiz qoching yo‘limdan ..
- buncha o‘zingni olmasang.. narxingni ayt qancha desang beraman .. hozir kayfiyatim yo‘q .. meni hursand qilishing kerak bo‘ladi ..
- nima ?
- nima .. nima tushunmadingmi ?
- ( qiz tasdiqlab boshini silkidi )
- hech qisi yo‘q hozir tushunib olasan .. - deb yigit bir qo‘li bilan qizning nozik belini ushlab o'ziga tortdi .. qiz bir deganda uni tumshug'i ostida paydo bo‘lib qoldi ..
- nima qilganing bu tort qo‘lingni ..
- tshsh go‘zalim .. biroz ko‘ngil hushlik qilamiz holos .. behuda baqirganing qoladi .. bu musiqadan seni yoningda men zo'rg'a eshitayapman.. - deb kulib bir qo‘lini qizning yuzi bo‘ylab harakatlantirdi.. qiz yana uning changalidan chiqishga urundi. Ammo bu barzangiga kuchi yetmayotgandi .. qiz qo'rqib..yig‘lab ichida duo qila boshladi .. Yigit bu safar qizni sochlarini hidlab bo'yniga endi labini bosmoqchi bo'lganida bir kuch uni orqaga tortdi . Kimligiga qarab ulgurmasidan uni ura ketdi .. Ohiri qo'riqchilar ajratib boyagi zo‘ravonni " haloskor" ni buyrug'i bilan ko'chaga haydashdi..
Qiz begona yigitga rahmat aytib orqa hovliga chiqib ketdi .. biroz yurib basseyn chekkasiga o‘tirib yig‘lab yubordi . Hozirgi bo‘lgan hodisani eslab ..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
27- qism.
- Shohida ... Shohida kechirasiz men bilan kelgan qizni ko'rmadingizmi..
- ha boya orqa tomonga ketayotganini ko‘rgandim ..
- rahmat ( Begzod o‘sha orqa tomonga o‘tib qizni ko‘rib ko‘ngli tinchlandi .. sekin oldiga borib yoniga o‘tirdi ..)
- nega bu yerda o‘tiribsan .. ahvoling yaxshimi ( qiz bu paytda qo‘li bilan yuzini to‘sgancha boshini ushlab o'tirgandi.. ovozi kelishi bilan yigitga qaradi ..)
- yig‘ladingmi .. nima bo‘ldi gapirsangchi ..
- hech .. hech nima bo‘lmadi .. ketaylik iltimos ..( avval unga nima bo‘lganini aytmoqchi bo‘ldi .. keyin uyaldi .. aytmadi ..)
- avval nima bo‘lganini ayt .. kimdir seni hafa qildimi ..
- .. ( qiz qattiq yig‘lab yubormaslik uchun pastki labini qimtib yigitga yoshli va qizargan ko‘zlari bilan boqdi va boshini tasdiq ma'nosida silkidi ..)
- boshqa hech narsa so‘ramang iltimos ..
- .. ( yigit kimligini so'ramoqchi bo'lganida qizni gapini eshitib to‘xtadi va uni keyinga qoldirib )
- mayli ketdik unda ..( ikkalalari orqa eshikdan chiqib ketishdi ..mashinaga o'tirishdi.. yo'lda ketishar ekan .. qiz mashinani to'xtatdi..)
- nima bo‘ldi..
- men biroz o‘zimga kelib olishim kerak .. shu ahvolimni oyim ko‘rsa vahima qilib tashlaydi ..
- menga nima bo‘lganini aytishingni hohlayman .. ( qizni yig‘laganini ko‘rgandan buyon asabiylashayotgan yigit oxiri chidolmadi..)
- ...
- aytmaysanmi.. yaxshi unda o‘sha joyga qaytib borib .. hammadan birma- bir so'rab chiqaman ..
- kerak emas bu .. o‘zim aytaman .. ammo qanday aytishni bilmayapman ..
- boricha ayt ..
- avval menga va'da bering .. hech kim bilan urushmayman
deb ..
- shunchalik jiddiymi
- yo‘q siz va‘da bering ..
- ho‘p yaxshi .. va‘da endi ayt ..
- sizni olib ketishgach .. begonalar bilan qolishni hohlamadim .. biroz yovvoyi fe‘lim bor .. yolg‘iz qolishni hohladim hovliga chiqmoqchi bo‘ldim .. endi eshikka yetganimda biri yo‘limdan chiqib qoldi .. va ( qiz yana yig‘lashni boshladi ..) m..me.meni .. zo‘rlamoqchi bo‘ldi ..( yig‘lab yubordi )
Yigit bu gapni eshitib .. suyuklisini yig‘lashini ko‘rib .. asabiylashishi maksimal darajadan ham ortib ketdi .. mashinadan tushib orqa tomoniga o‘tib mashina baloniga bir tepdi ..
- maraz .. iflos ..( har bir gapini tishi orasida gapirardi .. ichida qizga va‘da bergani esiga tushib uni uyiga tashlab yana qaytishni reja qildi ..va mashinaga qayta o‘tirdi .. biroz o‘zini bosib )
- meni kechir .. nima bo'lganda ham yoningdan ketmasligim kerak edi ..
- sizni aybingiz yo‘q .. o‘zim aybdorman ..
- u iflos hech nima qilmadimi senga
- yo‘q .. bir yigit qutqarib qoldi ..
- yig‘lama iltimos ..
- juda qo‘rqib ketdim .. ( yuzini qo‘llari bilan to'sib yig‘lab yubordi )
Yigit qizni ohista bag'riga bosdi ( hayolida esa noto'g'ri tushunmasinda degan qo'rquv bor edi ) .. qiz ham boshini yigitning ko‘ksi ustiga qo‘ydi .. ( qarshilik qilmadi .. chunki unga hozir dalda beruvchi .. yupanch bo'luvchi bir inson juda kerak .. hozir andishani o'ylaydigan vaqt emasdi .. ) yigitning bag'rida to‘yib - to‘yib yig‘lab oldi ..
Chamasi 15 17 daqiqa shu holatda turishdi.. keyin qiz o‘zini orqaga oldi ..ko‘zyoshlarini artdi..
- sizga katta rahmat ..
- rahmatga hojat yo‘q .. agar o‘zinga kelib olgan bo‘lsang uyinga olib borib qo‘yardim..
- ha .. ketsak bo‘ladi ..
Ular yo'llarini davom ettirishdi ..

P/s : nima deb o'ylaysiz... Shohidani zo‘rlashga uringan yigitni ahvoli ne kecharkan endi ...? 👀


•••|Adını san köy |•••
#frozen
28- qism.

Shohidani uyiga tashlagach.. Begzod yana o‘sha joyga qaytib bordi . Hali ham bazm avjiga edi.. Shu yerdagi ishchilar bilan gaplashib boshliqni xonasini topdi . Boshliq bilan gaplashib kameralarni ko'rdi.. va birida qizni tanib to'xtatdi.. va nima bo‘lganini ko‘rib ko‘zi qonga to'ldi.. o‘sha yigitni kimligini surishtirib hoziroq topishini yordamchisiga aytdi . O‘zi esa qizni qutqarib qolgan yigitni oldiga ketdi .. u o'zining yaqin do'sti edi .. unga rahmat aytib turganida yordamchisi keldi .. va uyerdan ketdi . Mashinaga chiqib o‘sha yigit haqidagi ma'lumotlarni tingladi .. eshitganlaridan taajublandi.. O‘sha yigit hamkorini o'g'li bo‘lib chiqdi .. hozirgi oilasi ikkinchi turmushi ekan .. hozir bazmni tark etganini eshitib .. uni qayerda yashashini bilib oldi .. to‘g‘ri o‘sha yerga bordi .. eshik qo‘ng‘irog‘ini bosgan edi hamki o‘zi chiqib qoldi .. eshikni ochishiga bir musht urib ichkariga itardi .. yigit yiqildi ..( bunday bo'lishini kutmaganidan emas .. aslida Begzod juda kuchli va yaxshi urushar edi uni bunday zarbini o'zida bo‘lgan yigit ham o‘zini tutib qolamaydi.. unda fildek kuch bor edi ..bolaligida.. maktab kezlarida va hatto Amerikada bo‘lgan paytida ham sport bilan muntazam shug'ullanib turardi ..) o‘zi ham kirib eshikni qulfladi.. va endi o'rnidan turgan yigitni yoqasidan ushlab devorga tiradi.. yigit ham baquvvat va kuchli bo'lishiga qaramay Begzodga kuchi yetmayotgan edi .. oyog'i ham yerdan uzilgan naqd 10 sm tepada osilib turardi ..


- iflos .. senmi hali men sevgan qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan .. deb uni boshqa tomonga uloqtirdi .. guldon turgan stol ustiga yiqilgan yigit .. yana o'rnidan turdi .. Begzod bu safar qo‘lini musht qilib uni tinmay so'kib ura boshladi .. duch kelgan joyiga uraverganidan hatto Begzodning qo‘li qonab ketishgacha bordi .. yigitni aftini gapirmasa ham bo‘ladi .. Yana yoqasidan ushlab ..
- menga qara hoy it .. agar yana bir marta o‘sha qizga yaqinlashganingni ko‘rsam hamkorimni o'g'li ekanligiga ham qarab o‘tirmayman .. tushundingmi .. ( gaplarini tishi orasida shunchalar vajohat bilan gapirdiki ) yigit chindan qo‘rqdi .. hatto undan uzr so'rashgacha bordi ..

•••|Adını san köy |•••


#frozen
29- qism.
Jaxli biroz bosilgan Begzod u yerdan chiqib to‘g‘ri uyiga ketdi . Afsus... uni uyda nima kutayotganini bilsa edi .
Uyga kirishi bilan buvisi mehmonxonada turib chaqirdi ..
- Assalomu alaykum buvijon ..
( Mehmonxonada buvisi va ukasi o'tirgan ekan .. ikkovini ham avzoyi buzuq ..edi )
- Valekum assalom .. bolam sendan buni kutmagandim..
- buvijon .. haqlisiz .. ammo men unga baribir uylanmas edim ..
- ho‘p yaxshi unga uylanishni istamasang .. buni tushunsa bo‘ladi .. ammo ukang yoqtirib qolgan qiz bilan bazmga borishing nimasi .. buni qanday tushunaylik..
- ha aka .. kamiga men sizga uni sevishimni aytgan edim ..
- sen noto'g'ri tushungansan u bilan o‘zi anchadan buyon tanishmiz .. men undan shunchaki sherik bo'lishini so‘ragandim ..
- bolam sheriklikka boshqa qiz yo‘qmikan ..
- buvijon .. nima ham derdik .. akam yana menga o‘gayligini bir eslatib qo'ymoqchi bo‘lgan ..
( buvisi bu gapni eshitib .. yig‘lab xonadan chiqib ketdi..
shu gapni aytib .. akasiga yomon qarash qilib yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida.. akasi ushlab qoldi ..)
- to‘g‘ri buni hohlaymizmi.. hohlamaymizmi.. o‘gaymiz.. lekin men senga hech qachon bilib turib yomonlik qilmaganman va qilmayman ham .. shu yoshimgacha senga biror marta o‘gaydek munosabat bildirmaganman.. bu hayolimga ham kelmagan . Men seni doim tug‘ishgan ukamdek ko‘raman va bu hech qachon o'zgarmaydi..
- shundaymi ..
- ha
- unda meni yaxshi ko‘rishingizni isbotlang ..
- ho‘p .. qanday ..
( Sherzod akasi tomon bir qadam tashlab qulog'iga)
- agar meni chindan yaxshi ko'rsangiz.. sevgilimni tinch qo‘yingda .. o‘sha Amerikangizga qaytib keting.
- .. ( Begzod ukasidan bu gapni kutmagani uchun biroz o‘ylanib .. aytgan gaplarini birma- bir miyyasida tahlil qildi )
- rostdan shuni hohlaysanmi ..( bog‘ziga tiqilgan " danak " tufayli bir yutinib ) ya‘ni ketishimni istaysanmi..
- ha .. bugungi qilgan ishingizdan so‘ng .. sizni boshqa ko'rishni istamayman ..
- yaxshi .. lekin bilib qo‘y .. kun kelib .. hozirgi aytgan gaplaringa qattiq pushaymon bo‘lasan .. o'shanda na meni ... na halovatingni topolasan ..
- havotir olmang unday bo‘lmaydi ..
- o‘zing ehtiyot qil .. buvimni asra..
( Begzod burilib xonasiga chiqdi .. unga alam qildi .. o‘z ukasidan shu gaplarni eshitishi .. o‘gayligini yuziga solgani qattiq alam qildi . Narsalarini chemadonga joylay boshladi . Yordamchisiga qo‘ng‘iroq qildi va Amerikaga hozir bilet bormi yo‘qmi tekshirishni aytdi .. huddi ketishini istamagandek bilet ham qolmagan .. keyingi reys bir haftadan so‘ng ekan .. unda shu ikki soat ichida qaysi davlatga bo‘lsa ham chipta olishini tayinladi..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
30- qism.
Telefoniga habar kelishi bilan qorong‘u bo'lishiga qaramay narsalarini olib mashinaga o‘tirib ketdi ...
Bu yoqda Shohidani ko‘ngli bir narsani sezganday hech tinchlanmasdi.. u yoqqa og‘onadi bu yoqqa og‘onadi lekin nimadir Begzodga tel qilishiga undayverdi .. soatga qaradi 23: 24 ..
- ufff menga nima bo'layapti o‘zi .. nega uxlolmayapman ..
O‘rnidan turib chiroqni yoqdi va telini qo‘liga oldi . Hatto do‘stim deb saqlangan insonni topib qo‘ydi bir harakat va unga gudok ketadi .. ammo nima deydi .. sizga qo‘ng‘iroq qilgim keldi .. shunga qildim deydimi ..?
Shularni o‘ylab telefonni o'chirib qayta joyiga yotdi va ko'zlarini yumib oldi ..
Shunday qilib uxlab qolganini hatto sezmadi ..
Erta tongda quyosh xonasini yoritishi oqibatida uyg‘onib ketdi .. soatga qarasa 9 bo'libdi. Tezda turib yuvindi va oshxonaga kirdi .. oyisi stol ustiga xat tashlab ketibdi .. " qizim meni ishga chaqirib qolishdi .. bemorimni ahvoli og'irlashib qolibdi .. hali erta bo‘lgani uchun seni uyg‘otmadim .. maktabingga kech qolma .."
- kech qolib bo‘ldim .. yaxshisi ustozimga mazam bo'lmayapti deb xabar yozib qo‘yaman ..
Ustoziga shunday xabar yozib .. o‘zi uylarni tozalab chiqdi .. va xonasiga kirib chizmalarni tomosha qildi ..
- qachon mashhur dizayner bo‘lar ekanman - a .. ? Manashu chizgan liboslarimni shunaqangi kiyishni hohlaymanki ammo bularni kiyib chiqsam mahalla quloqlariga toza mavzu topib bergan bo'laman .. lekin kun kelib dizayner bo'lganimdan so‘ng hohlagan kiymimni kiyaman hech kimni fikri meni qiziqtirmaydi .. ammo o‘shanda Begzod akam unamasachi ..? Nega ekan u zamonaviy yigit meni kiyinishimgacha aralashadigan haligindeylardan emas .. ishonaman u meni doim qo'llaydi..
Qiz o'zicha shularni o‘ylab .. yigit bilan gaplashgisi kelib qoldi .. va qo‘ng‘iroq qildi ..
Aparat javobini eshitib hayron qoldi ..
- telefoni o‘chirilgan..?! Hech bunday odati yo‘q ediku.. Yana qildi . Tinmay qilaverdi ammo foyda yo‘q .. qiz endi havotirlana boshladi ..
- nega telini o‘chirib qo‘ydi ekan .. ishxonasiga borsammikan .. ha shunday qilaman ..
Qiz honasiga kirdi .. qop- qora bo‘yinli yengli ko‘fta va qora shim kiydi ustidan shu rangda paltosini kiydi . Sumkasini olib eshikni qulflab taksiga o‘tirib ketdi ..
" love me " kafesiga kelgach taksidan tushib qarshisidagi salobatli ..qad rostlab turgan zulmatdek qora binoga qaradi va ichkariga kirdi .. qabulxonadan Begzodni so‘radi .. ammo.. u endi bu yerda ishlamasligini va ayni paytda qayerda ekanligini hech kim bilmasligini eshitib karaxt ahvolga tushib qoldi .. uy manzilini so‘radi .. albatta buni berishmadi . Hafsalasiz u yerdan chiqib endi zinadan pastlayotganda bir qiz uni chaqirib qoldi . Ortiga burilib qaradi ..
- men sizni esladim .. kecha bazmga Begzod Davronovich bilan borgan edingiza
- ha .
- sizni ular tanishmagani uchun manzilni berishmadi .. xohlasangiz men beraman
Qizning kayfiyati ko'tarilib ketdi .
- rostdanmi ..? Ha albatta hohlayman . Menga bu juda kerak edi ..
- mana unda * .....* shu manzili .
- rahmat kotta ..
- arzimaydi
Shohida o'zida yo‘q hursand taksi chaqirib o‘sha manzil tomon yo'lga tushdi ..
Yetib kelgach qarshisidagi ikki qavatli hashamatli uyni ko‘rib
- qoyil uyi chiroyli ekan ammo o‘ta hashamdor..
uyidamikan .. agar nega kelganimni so‘rab qolsa nima deb javob beraman ..?
Ufff nima bo‘lsa bo‘lar ..
Ikkilanib qo‘ng‘iroqni bosdi ..
Eshik birozdan so‘ng ochildi .. eshikni ochgan odamni ko‘rib ko‘zlari kattalashib ketdi .. Qarshisidagi insonda ham huddi shu hol edi .. yigit o‘zini qo'lga olib ..
- keling .. yaxshi qiz - deb kulib qarshi oldi .
- As.. assalomu alaykum.. haligi siz shu yerda turasizmi
- ha
- haligi men bir tanishimni izlab yurgandim ..
- aha ho‘sh kim ekan .. tanisam bajonudil yordam beraman ( hali ham kulib qizga yaxshi gapirardi)
- ismi Begzod .. Begzod Davronovich ..

•••|Adını san köy |•••


#frozen
31- qism.

Ismni eshitgach yigitning kulib turgan yuzi birdan jiddiylashib qoldi ..


- u kecha ketti ..
- qa..qayerga ..
- Amerikaga .. bilishimcha hech qachon qaytmas bo‘lib ketdi ..
-... n.. nima .. bo‘.. bo‘lishi . .mumkinmas..
Qizni ko‘zlari yoshlana boshlaganini ko‘rib ... yigitning g'azabi qo‘zg‘adi ..
Axir sevgan insoni uni emas akasini izlab keldi .. u uchun emas akasi uchun hozir ko‘z yosh to‘kayapti..
- unga kim bo'lasiz..
- ... do‘sti .. ammo u meni hatto do‘st o‘rnida ko'rmaganini tushunib yetdim .. ( qizni jaxli chiqib ixtiyoriga qarshi oqqan yoshlarini qo‘li bilan artib tashladi )
- rahmat sizga .. uzr men ketishimni kerak ..
Burilib mashinaga o‘tirib ketib qoldi ..
Haydovchi endi qayoqqa hayday ..deganida .. Istirohat bog‘iga deb javob berdi ..
Sherzod qiz ketgach asabiy padvaldagi sport zaliga tushdi va boks qopiga qo‘l-qopsiz ura boshladi ..
Istirohat bog‘iga kelgan qiz u bilan o'tkazgan damlarini yodiga oldi .. oldin u bilan bosib o‘tgan yo‘lakda ketar ekan o‘ylardi ...
[ Nega ketdi ..? Bir kunda nima ro'y berdi ..? Nega menga bir og'iz aytmadi ..? U uchun shunchalik ahamiyatsiz insonmidim ..? Rostdan qaytmas bo‘lib ketdimikan ..? Endi nima qilaman .. u siz qanday yashayman .. axir ..uni sevaman ...( qiz ichida o‘ylayotgan bo'lsada havo yetishmay qoldi ..bo‘yinli ko‘ftasi uni battar bo‘g‘ayotgandek tuyilar ..qizni ko‘zlaridan esa ..alamli yoshlar to‘kilardi .) Yigitni mazasi qochganida o'tirgan skamekaga borib o‘tirdi .. aynan u o'tirgan joyga qo‘lini qo‘ydi .. va past ovozda ..
-.... ketmang .. iltimos ketmagan bo‘ling .. menga sevishni o'rgatib.. sevdirib endi qanday... qanday tashlab ketishingiz mumkin .. men ... sizsiz bundan keyingi bir lahzamni ham tasavvur qilolmayapman...
Qattiq yig‘lab yubordi .. qo‘llari bilan yuzini to‘sgancha to‘yib - to‘yib yig‘ladi .. miyyasida hayollari alg‘ov - dalg‘ov bo‘lib ketdi .. nima qilishni .. nimani o'ylashni .. umuman bilmay qoldi .. Huddi u siz atrof zulmatga cho‘mdi.. o‘zi esa bo‘shliqda .. go'yo..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
32-qism.
Ayni paytda dengizga qarab o‘ylanib o'tirgan yigitni ko‘nglida huddi nimadir bo‘ladigandek yoki sodir bo'lgandek.... g‘ashlik paydo bo‘ldi .. Tezda telidan biriga qo‘ng‘iroq qildi ..go‘shak ortidan ovoz kelgach ..
- uni kuzatyapsanmi ...?
- ha janob ..
- hammasi joyidami .. u yaxshimi ..
- ha janob hammasi joyida .. u ham yaxshi ..
Ko‘ngli biroz hotirjam bo‘ldi ..
- kuzatishda davom et biron narsa bo‘lsa boshing bilan javob berasan ..
- ho‘p bo‘ladi .. aloqa uzildi.
Sherzod naqt 5 soatdan buyon bo‘ks qopiga zarba beraverganidan oxiri qop uzilib ketdi .. qo‘llari qizarib qontalash holatga kelib qoldi . Lekin ichida ko‘p narsa unga tinchlik bermas .. uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmasdi. Kalitini olib mashinaga o‘tirib ketdi .. hatto buvisining
"- hoy bola kech bo‘lganda qayerga ketayapsan " degan gapini eshitmadi ..
Mashinani katta tezlikda haydab ketar ekan miyyasidagi savollar battar asabini buza boshladi .. shu payt teli jiringladi .. e'tibor bermadi .. qayta jiringlayvergach uni olaman deb ko'zini bir soniyaga teliga qaratgandi..
O‘ng tomonida katta tezlikda kelayotgan mashina bilan to'qnashib ketdi .. tezda atrofga odamlar yig'ildi..
Avtohalokat sodir bo‘lgan joyda odamlar g‘ala- g‘ovuri ko'tarildi..
Avtohalokat sodir bo'lganidan buyon mashinada o'tirgan yigit oxiri kuch to'plab mashinadan tushib hozirgina bo‘lgan voqeani hazm qilolmay qo‘rqa- pisa odamlar orasiga yaqinlashdi .. eshitgani shu bo‘ldiki ..
" - essiz yosh qiz va yigitlar ekana " .. " yigitni ahvoli og‘irga o'xshaydi.." .. " qizniki ham qolishmaydi " .. " voy qiz hali juda yosh ekan " ... "o'zlarida ayb yuragini hovuchlab yurishadi .. bular" ...
Tezda hammalari shifoxonaga olib kelindi .. birinchi yordam berilib qiz va yigitni ahvoli o‘g‘ir bo‘lgani uchun operatsiyaga olib kirib ketishdi ..
Yaqinlariga habar berildi .. Yigitning buvisi qizning esa onasi yuragini hovuchlab yetib kelishdi .. operatsiya ancha uzoq davom etdi ..
Shifokorlar chiqishdi .. yoshi katta ayolga yigitni oyog'i yurmasligini .. boshqa ayolga esa qiz miyyasidan shikastlanganini va hotirasi yo‘qolgan bo‘lishi mumkinligini aytib xonaga kirib ketdi ..
Muhimi yashaydiku .. deb ular ham biroz tinchlanishdi.
Karidor boshida ularni gaplarini eshitgan " shaxs" cho'ntagidan telefonini olib .. qaltirab bir raqam terdi. Bir chuqur nafas olib chiqarib qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi ..
- janob ..
-......
- ha muhim gapim borligi uchun sizga qilgandim ..
-.......
- qanday aytishni bilmayapman ..
-....
- u avtohalokatga uchradi ..
-.......
- ahvoli yaxshi ammo..
-.....
- hotirasini yo'qotdi.
-.....
- ha bilaman ..
-...
- uzr janob .. bundan keyin ehtiyot bo'laman...
Telni o'chirdi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
33-qism.
Sherzod yotgan palataga eshikni sekin ochib buvisi kirib keldi. Tashqarida soat 6 bo‘lishiga qaramay hali yorug' tushmagandi. Nabirasi esa dori ta'sirida uxlayotgan edi . Yonidagi kursiga omonatgina o‘tirib .. uni boshdan oyoq kuzatdi .. Bint bilan bog‘langan boshi..shilingan yuzi.. va endi nogiron bo‘lib qolgan oyog'iga qarar ekan .. nabirasiga ichi achidi .. unga qarab uxlab qoldi ..
Sherzod uyg‘ondi ko'zini ochishi bilan buvisini ko'rdi. Hozir shifoxonada va nega bu yerga tushib qolganini esladi ..
Chanqab ketgani uchun suv ichmoqchi bo‘ldi .. grafinga qo‘l cho‘zdi yetmadi .. Yana urindi ammo yetavermagach o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi .. ammo oyoqlari bo‘ysunmadi.. bundan hayratlandi .. ushlab ko'rdi hech narsani sezmadi .. Birdan baqirib oyog'iga ura boshladi buvisi uyg‘onib uni bu holatda ko‘rib qo‘rqib ketdi . Doktor chaqirib keldi unga tinchlantiruvchi ukol qilib uxlatib qo‘yishdi .
Buvisi doktor bilan gaplashish uchun chiqib ketdi ...
Yarim soat o'tgach xona eshigi yana ochildi .. uzun sochlari shunchaki yoyib olingan , kasalxona kiyimida , oyoq yalang bir qiz kirib keldi ..Sherzodni ko‘rib ovoz chiqarib ..
- demak boyagi to‘palonchi siz ekansizda... kap katta yigitku yosh boladay hammayoqni boshiga ko‘tarishi nimasi .. tavba .. shunday deb honadan chiqib ketdi ..
O‘ziga kelgach buvisi doktor bilan kirib keldi unga tushuntirishdi ..
Sherzod esa bu safar jazavaga tushmay ularni tingladi ..
- doktor qayta oyoqqa turishim mumkinmi ..
- albatta nerv tolalar hali o‘lmagan.. faqat o‘zingiz biroz harakat qilishingiz kerak ..
- rahmat ..
- arzimaydi .. siz bilan o'zingiz hohlagan paytingiz muolajani boshlaymiz ..
- hozir emas .. men avval shu holimni qabul qilib olishim kerak ..
- albatta .. bu birinchi masala ..
Ular gaplashib bo‘lishgach Sherzod oynadan tashqariga qaradi . Havo bulutli huddi Sherzodga achingandek yomg'ir yog‘ardi ..
Doktordan ruhsat olib nogironlar arvachasiga o‘tirib buvisi bilan tashqariga .. yomg'ir ostiga chiqishdi .. Yomg‘ir tomchilari yuziga tushar ekan bu unga o'zgacha huzur bag‘ishlardi.
Osmondan ko'zini uzib to‘g‘risiga qarab to'xtab qoldi .. Undan uzoq bo‘lmagan yerda bir qiz hursand osmonga qarab qo‘llarini yoyib tinmay aylanardi . Qizni ko‘rib Sherzod avvaliga hursand bo‘ldi .. keyin birdan jiddiy bo‘lib buvisiga ichkariga olib kirishini so‘radi .. unga bu ahvolda ko'rinishni hohlamadi . Lekin miyyasiga yashin tezligida bir savol keldi " u bu yerda nima qilayapti " buvisidan so'radi.
- bolam seni mashinangga urilgan mashinada shu qiz bo‘lgan uyiga shoshib ketayotgan ekan .. keyin esa nima bo‘lganini bilasan .. u qiz hotirasidan ayrilibdi .. doktorlar shunday dedi .. hatto o‘z onasini ham tanimapti..
Bu gapni eshitib yigit o'zidan nafratlandi.. nima qilmasin qizga hohlamay zarar yetkazayapti ..
Endi liftga chiqib tugmani bosishayotganida qiz ham yugurib kelib.. kirib oldi .. buni kutmagan Sherzod biroz o‘zini noqulay his qildi ..
- qizim yupun kiyinib olibsiz .. uni ustiga sochingiz ham uyib ketibdi ..
- ( qiz kulib ) ha xolajon.. menga yomg'ir yoqib qoldi .. ustimga esa kiyish esimdan chiqib yomg'irga yugurib ketaveribman .. hozir xol ...( qiz bir muddat to'xtab qoldi kulib turgan yuzi mayuslashdi va biroz soxta kulib gapini davom ettirdi ) oyim chaqirdi shunga qaytib chiqayotgan edim .
- ha o'zingizni ehtiyot qilingda ..
- rahmat .. ( qizni ko'zi Sherzodga tushdi ) iye to‘polonchi qalaysiz
- nima
- siz edingiz menimcha ertalab hamayoqni boshingizga ko'targan .
- ha .. buni sababi bor edi ..( yigit jiddiy javob berardi )
- hmm .. qiz yigitni jiddiy turganidan kayfiyati yo‘qligini sezdi va boshqa gapirmadi .
Lift to‘xtab eshigi ochildi.
- mayli holajon.. men endi boray ko‘rishguncha to‘polonchi deb qiz kulib ketib qoldi .
•••|Adını san köy |•••
#frozen
34- qism.
Palataga qaytib kirishgach Sherzod buvisiga ...
- buvi u meni tanimadi ..
- ha bolam aytdimku..hotirasini yo‘qotgan deb .. sen o‘ylama yangitdan tanishasiz .. bu yaxshi emasmi ..
- .. ( Sherzod ichida meni eslolmasa .. demak akamni ham eslolmaydi .. bu qaytanga yaxshi .. kayfiyati ko'tarilib) ha buvijon biz boshqa tanishamiz ..
Shunday qilib ertasi kuni ertalab Sherzod tashqariga sayrga chiqdi .. ko‘zi bir skamekada oyog'ini quchib yig‘lab o'tirgan qizga tushdiyu oldiga tez- tez arava g'ildiragini aylantirib bordi .
- senga nima bo'ldi...? Nega yig‘layapsan ..? ( kela solib savolga tutdi qizni .. qiz yoshli qizargan ko‘zlari bilan yigitga qarab birdan uni quchib oldi va yana yig‘lay boshladi .. Sherzod hayolida " hotirasi qaytdi ..akamni o‘ylab yig'layapti "deb o‘ylagandi ..
- menga har kuni ertalab ukol qilishayapti .. men ukoldan juda qo'rqaman.. iltimos ularga ayting boshqa qilishmasin .. men chiday olmayman ( deb yig‘lab gapirib berdi ) Bu gapni eshitib yigit o‘zini kulgudan zo'rg'a tutib qoldi ..va ovoziga g‘amginlik kiritib ..
- shundaymi ..? Bo‘ldi yig‘lama ularni atata qilib qo‘yaman .. ho‘pmi ? -deb soxta qovoq uyib gapirdi .
Qiz yigitni bir urib ..
- men sizga yoshbolamanmi ..? Atata deganiz nimasi .. boringe dardimni sizga aytdimmi .. deb qovoq uyib teskari tomonga qarab o‘tirib oldi .
- iye arazladingmi ..? Hoy bo‘ldi qilsangchi... yosh bolamasman deysan .. shu qilig‘ing bolalikka kirmaydimi ..?
Qiz o‘ylanib turib ..
- yaxshi arazlamadim deb hisoblaymiz ..
- ihm .. kel tanishamiz ..
- mayli .. lekin ...men ismimni esimdan chiqarib qo‘ydim ..
- hech qisi yo‘q .. o‘zim aytaman isming Shohida .
- Ha ..ha Shohida .. to‘xtang siz qayetdan bilasiz ..meni tanirmidingiz ..
Yigit biroz o‘ylanib ayni fursati yetdi deb .. biroz ovoziga afsus va alam qo'shib...
- ha... biz bir- birimizni sevardik ..
- Nima ... ? - qiz bu gapni kutmagani uchun sal kam baqirib yubordi ..
- ha to‘g‘ri eshitding .. biz o‘sha kuni mashinada birga ketayotgandik va biroz urushib qoldik .. oqibatda asabiylashib biz tomonga kelayotgan mashinani ko‘rmay qoldim ..va meni deb shu ahvolda o‘tiribmiz .. meni kechir ..
- hech narsani eslolmayapman .. rostdan sevishganlarmidik ..
- ha .. men haligacha seni sevaman lekin ...
- nima lekin
- lekin sen meni unutding.. meni endi sevmaysan... ( yigit shu qadar dard va hazrat bilan gapirardiki .. ichida yolg‘onlariga o‘zi ham ishonib qolayotgan edi .. qiz yigitga ishondi .. uning qo'llaridan tutib .. ko‘zlariga termuldi . )
- ... agar unutgan bo‘lsam .. qayta eslating... sevmayotgan bo‘lsam takror muhabbatimni qozoning.. agar rostdan sizni sevgan bo‘lsam ... Bu qo'lingizda keladi ..
- rostdanmi .. demak umid bor ..
- ha .. men endi borishim kerak .. tushlikdan so‘ng gaplashamiz deb xonasiga chiqib ketdi ..
Yigit o‘zida yo‘q hursand .. u bilan kelajagini o‘ylay boshladi .. tuzalishi bilan birinchi qiladigan ishi qizni olib bu yerdan ketish bo‘ladi.. akasi yana qaytib .. qizni undan tortib olishidan qo‘rqadi .. buni istamaydi .. shu hayollar bilan qoldi .
Shunday qilib oradan 2 oy o‘tdi .. Sherzod butkul tuzaldi. Shohidani esa hotirasi qaytmadi .. doktorlar ham aniq javob aytishmadi..
Lekin hotira o‘zi qaytmagungacha eslashga urinmasligini bu unga yomon ta'sir qilishini hattoki bu miyya kasalligini boshlab yuborishi mumkinligini aytishdi . Buni eshitib onasi juda qo‘rqdi ..
Hozirda ular sevishganlar yigit aldov yo‘li bilan bo'lsada qizni muhabbatini qozona oldi .. Qiz hotirasidan ayrilgan bo'lsada sohasini o'zgartirmadi.. Dizayner bo'laman deb turib oldi ..
Sherzod kasalxonada yurgan kezlarida qizni onasi bilan yaxshi chiqishib olgandi .. huddi ona - o‘g‘ildek .. Bu unga qo‘l keldi .. U bilan gaplashib Qiz bilan Turkiyaga ketadigan bo‘ldi.. Albatta onasi ham birdan rozi bo‘lmadi .. Sherzod anchagina " mehnati " evaziga rozilik oldi .
Uni singlisidek ko'rishini o‘zi ish bo'yicha ketayotganini va doktor gaplarini eslatib bu qizga ham foyda bo'lishini va u istagan payti kelib ketishlarini aytgach ayol rozi bo‘ldi ..
••|Adını san köy |•••
#frozen
35-qism.
Mana ertaga uchib ketadigan bo‘lishdi.. yarim kechgacha ular telda gaplashib yotishdi..
va uxlab qolishdi . Ertalabda narsalarini olib aeroportga borishdi ... hamma bilan hayrlashib samolyotga chiqishdi ..
Yigit qizni atayin jig‘iga tegish uchun oyna oldiga o‘tirib oldi ..
- iy bu nima qilganingiz..
- nima qilibman ( o‘zini go‘llikka solib )
- axir kelishgandikku men oyna tagiga o'tirmoqchi edim
- hmm ( o‘zini muhim narsa o‘ylayotgandek ko'rsatib) eslolmayapman qachon kelishgan edik ..
- kechasi bilan shu haqida tortishdikku nima oxirgi gapingiz yolg‘onmidi ..
- bilmasam...
- ... ( qiz arazlab yonidagi o'rindiqqa o‘tirdi .. teskari tomonga yuzini burib oldi . Yigit bu payt maqsadiga yetkanidan mamnun qizni kuzatardi. Qiz ha deb qarayvermagach )
- hoy ..
- ....
- Shohi ..
- ...
- uff bo‘ldi hazillashdim arazlamagin .. deb qizni o‘ziga qaratdi va
- yig‘layapsanmi ..? Hoy hazil qilgandim ..
- rostdanmi ..( yoshli ko‘zlari bilan qarab yoshboladek burnini bir tortib so‘radi .. bu qilig‘idan yigit kulib )
- ha tektakvoy ..( qizni ko‘z yoshlarini artib o‘rnidan turdi .) marhamat o‘ting joyingizga ..
- ( qiz hursand oyna tagidan joy oldi ..) rahmat ..
- yig‘loqi arzimaydi
- nima yig‘loqi emasman ..
- yig‘loqisan ..
- yo‘q unday emas
- huddi shunday yig‘loqi...
- yo‘q yig‘loqi emasman ...
Shunday tortishuvlar bilan parvozni yakunlashdi ham ..
Samolyotdan tushib avvaldan sotib olingan uyga kelishdi va xona-xonalariga kirib uyquga ravona bo‘lishdi . Ertasi kuni ertalab barcha narsani kelishib olishdi .. Qiz shu yerdagi Dizaynarlik institutiga topshiradigon bo‘ldi. Yigit ham o‘qishini shu yerda davom ettiradigan va keyin katta klinika ochadigan bo‘ldi ..
Oradan hash pash deguncha to'rt yil ham o‘tib ketdi .. Bu orada ko‘p narsalar o‘zgargandi ..
Ertalab noz uyquda uxlayotgan yigit xona eshigi sekin ochildi ... va sekin qadamlar bilan yigitni yoniga kelgan .. sochlari belidan... bo‘yi biroz uzaygan ..qad- qomati huddi modellardek bo‘lgan " yalmog‘iz " qo'lidagi ayollar lab bo‘yog‘ini yigitning labiga surkay boshladi... ishini tugatgach ijodidan mamnun holda tomosha qilib .. qiqirlab kuldida telefoniga yolg‘ondakam video ola boshladi ..
- azizlarim ... har kuni tongda oyna tagida o‘zingizga oro berib ishga kech qolayapsizmi ...? U holda sizga ko‘rib turgan qarshingizdagi shaxsdek kechpayt tayyor bo‘lib uxlashingizni tavsiya qilaman ..
Ayni shu payt yigit ko'zini ochib qarshisidagi qiz yana bir nimani boshlaganini tushunib yetdi va tezda o‘rnidan turib ketdi .. Telefonini ortiga yashirib turgan qizni ko'rgach...
- yana meni videoga oldingmi...
- ..qiz boshi bilan yo‘q ishorasini qildi va kulib yubordi
- hmm shundaymi ( o‘rnidan turib qiz tomon sekin qadam tashlash barobarida )
- ha .. e yo‘q .. ya‘ni olmadim ..
- unda telefonni berchi ..
- nega
- gapingni rostligini bilish uchun
- bermayman ..
- shundaymi .. voy qara u yerda ilon
- qani qani ( deb chalg‘igan qizni qo'lidan telni tezda olgan yigit o‘zini videosini ko‘rib yugurib vannaga kirib ketdi .. birozdan so‘ng yuzini sochiqqa artgancha chiqib ko'zini yumgan holda ..
- Shahi qoch .. tutib olsam bu safar aniq .. jazoyingni olasan .. Qiz bir yutinib oyog'ini qo‘liga olib xonadan chiqib ketdi .. yigit ham sochiqni yerga otib qizni quvlay boshladi .. zinadan bir - bir tushayotgan qizni yigit tutib oldi va yelkasiga opichlab tepaga chiqib keta boshladi . To‘g‘ri uchinchi qavatda joylashgan keng balkonga bordi.. qizni yerga qo‘yib
- ho‘sh mayli senga rahim qilib so‘ngi so'zni beraman.. oxirgi gapingni aytib ol ..
- keyin nima bo‘ladi ..
- pastni ko‘rayapsanmi ..
- ha
- usha yerga ravona bo‘lasan ..
- hmm mayli .. unda sizga yordam beraman .. deb qiz to'siq ustiga chiqib oldi ..buni kutmagan_ "qo‘rqib kechirim so‘rab yana ro‘l o‘ynab yig‘laydi" deb o‘ylagan yigit tezda qizni belidan ushlab pastga tortib yerga tushirdi va jahldor ovozda ..
- axmoq bo‘ldingmi bu nima qilganing .. (deb so'rasa..qiz tirjayib javob qaytardi )
- yordam bermoqchi bo‘ldim ...
•••|Adını san köy |•••
#frozen
36- qism.

- men seni shu yerdan tashlashimga ishondingmi..?


- hmm yo‘q albatta .. ( qiz kulib gapirishda davom etdi )
- unda nega tepaga chiqding .. tushib ketganingda nima bo‘lardi ( yigit qo'rquv va jahl aralash gapirardi )
- uff meni ushlab qolishizi bilardim.. men ham bir hazillashibmanda ..
- ... ( yigit qizga biroz jiddiy tikilib turdida burilib kirib ketdi . U chindan juda qo‘rqib ketgandi . )
Bir o‘zi qolgan qiz .. " hozir hafa bo‘ldimi ..? " deb o‘ylab indamay u ham pastga tushdi .. Qarasa pastda nonushtani allaqachon boshlab yuboribdi . Qizni bundan jahli chiqdi chunki u doim qiz kelishini kutar va birgalikda nunushta qilishardi . Qiz ham bu safar araz rejimiga o‘tib oldi . Kelib stolni surib yigit qarshisiga o‘tirdi va unga qaramay ovqat tanovul qila boshladi . Jim - jitlikda nonushta ham o‘z nihoyasiga yetdi . Hizmatchiga dasturxonni yig‘ishtirishini aytib ..yigit ham qiz ham o‘z xonalariga kirib ketishdi . Qiz garderobiga kirib aylanasiga terib-tizilgan har xil fasondagi bejirim liboslar orasidan .. yengi yo‘q tizzaga biroz yetib turuvchi ba'zi joylari to‘r bilan tikilgan oq ko‘ylakni olib kiydi . Oyog'iga ham shunga mos tufli kiyib beliga yetib turuvchi sochini shunchaki tekis qilib yoyib oldi.
Bu yoqda undan umuman bexabar Sherzod ham oq shim va oq futbolka kiyib mashina kalitini olib xonasidan chiqdi . Qarshisidagi eshik ham shu payt ochilib birdaniga chiqishdi va bir - birining ustidagi kiyimga tikilib qolishdi . Araz rejimidaligi esiga tushib ikkalasi ham burilib oldinma ketin uydan chiqib o‘z mashinalariga o'tirishdi. Darvozaga yetgach birdaniga tormoz berishdi .. sababi bir - biriga yo‘l bermay bostirib kelaverishayotgan edi . Agar to‘xtashmaganida aniq to‘qnashuv bo‘lardi . Qiz asabiylashib mashina signalini choldi. Yigit ham indamay mashinani orqaga oldi . Qiz chiqib ketgach o‘zi ham klinikasiga qarab yo‘l oldi .
Sohil bo'yida dengizga termulib qahva ichib o'tirgan lekin hayollari uzoq- uzoqlarda kezib yurgan yigitni teli jiringlab qoldi .. go‘shakni ko'tarib..
- agar yangilik bo‘lmasa go‘shakni qo‘y..
- yo‘q janob ularni topdim ..
- nima .. nima deding ( kayfiyati ko'tarilib o‘rnidan ham turib ketdi ) rostdanmi ..
- ha janob .. hozir oldingizga ketayapman .. hammasini aytib beraman.
- yaxshi kelaver.. kutaman .
Aloqa uzildi .. Yigitning yuziga tabassum yugurdi . Ko‘zlari yoshlandi lekin bu quvonch yoshlari ... to‘rt yillik sog‘inch yoshlari edi ..
- Janob .. ( mehmonxonaga kelib o‘tirishgach yigit gap boshladi .) Ular ham shu yerda ya‘ni Istanbulda ekanlar ..
- nima ( yigit o‘ychang past ovozda so‘z qotdi).
- to‘g‘ri eshitdingiz .. ular to'rt yil avval bu yerga kelishgan .. va bir uyda yashab kelishmoqda .. shoshmang siz o‘ylagan narsa emas .. ular turmush qurmagan.. to'plagan ma'lumotlarimga ko‘ra bir - birini sevishadi ammo haligacha oila qurishmagan .. yigit ikki yil avval shu yerda shaxsiy klinika ochibdi . Qizning ham hozirda shaxsiy biznesi bor ekan .
- qanday biznes bilan shug'ullanar ekan ..
- eslasangiz ikki oy avval yo'lda ketayotib "Aşkım " deb katta qilib yozilgan o‘zi esa qop-qora katta bino ko‘rgandik ..
- ha esladim .. nomi binoga umuman mos emas degandim ..
- ha aynan o‘sha bino qizga tegishli .. u yerda birinchi qavat yangi fasonli ayni kunlarda trendda yurgan kiyimlar sotilishi uchun mo'ljallangan .. qolgan qavatlari esa menga va boshqalarga qorong‘u ya‘ni ... hech kim shu paytgacha tepa qavat uchun yo'lni ko‘rmagan huddi zinasiz oynadan oshib o‘tishadigandek ..
- yo‘li bor faqat berkitilgan .. ( o‘ylangan ko‘yi gapini davom ettirdi) u doim o'zgachaligi bilan ajralib kelgan ..
- binomi janob ..
- .. nima .. ha .. yo‘q ya‘ni boshqa gaping bo‘lmasa ketishing mumkin ..
- ho‘p mayli men ketdim . Yordamchi xonadan chiqqach xonada yolg‘iz qolgan yigit deraza oldiga borib atrofni tomosha qilgan ko‘yi ..
- nihoyat seni topdim " pariyim" - bu gapni o‘zi eshitadigan darajada pichirlab aytdi .
•••|Adını san köy |•••
#frozen
37- qism.
Qiz o‘z ish joyida komputerda bir nimalar yozar ekan .. qo‘llari asabiy qaltirardi.. asabiyligining sababi ertalabki holat edi . Ertaga yangi hamkor bilan muhim majlisi bor ammo tayyorlana olmayapti .
- ufff bu nimasi .. bu birinchisi emasku .. ko‘p tortishamiz.. lekin nega men asabiylashayapman ... yo‘q bunaqada ishlolmayman.. yaxshisi tel qilib uzr so'rayman tamom hammasi joyiga tushadi .. Qiz shu hayollar bilan yigitga tel qildi .. ammo aparat ovozini eshitdi .. yana qilib ko'rdi.. o'zgarish bo‘lmagach havotirlana boshladi .. Tezda sumkasi va kalitini olib pastga tushdi endi mashinaga yaqinlashib qolganda bir yigit bilan to'qnashib ketdi ..
- voy uzr so'rayman shoshayotgandim ko‘rmay qolibman . .
-...( qiz shularni gapirib hali ham jim turgan yigitga qaradi va ko‘zlar to'qnashdi... qiz shoshayotgani esiga tushib ..)
- yana bir bor uzr men ketishim kerak deb mashinasiga o‘tirib ketib qoldi .
Yigit esa uni qayta uchratganidan juda quvondi.. ichida o‘yladi -" juda o‘zgaribdi .. sochini ham kaltalabdi .. endi zamonaviy kiyina boshlabdi.. bo‘yi ham o‘sibdi .. ha chindan o‘zgaribdi hatto undan kelib turuvchi ifor ham .. huddi uning tanasiga boshqa ruh kirib olgandek .. lekin hali ham juda maftunkor .. sevgan inson nima bo‘lsa ham sevishdan to‘xtamas ekan-da .. ?!
Qiz klinikaga kelgach to‘g‘ri Sherzodning xonasiga taqillatmay bostirib kirdi .. natijada bundan pushaymon bo‘ldi .. chunki klinikadagi jamiki shifokorlar shu xonada edi. Qiz uzr so‘rab tezda qaytib chiqdi . Endi lift oldiga yetkanida ortidan Sherzodning g‘azabli ovozi eshitildi .. u kotibaga baqirayotgandi..
Albatta qizga hozirgi ishi uchun boshqa inson jabr ko‘rayotgani yoqmadi . Qaytib bordi...
- nega unga baqirayapsiz .. xatoni men qildim .. bu bechorada nima ayb - kela solib yigitga gapira ketdi . Yigit ham bu safar g‘azab to‘la nigohini qizga qaratdi va indamay xonasiga kirib ketdi . Qiz boshqa chidolmadi ortidan kirdi va hammaga javob berib yubordi .. shifokorlar ikkilanib Sherzodga qarashdi. O‘zini iloji boricha bosib .. qo‘li bilan eshikka ishora qilgach chiqib ketishdi .
- sizga nima bo'layapti...
- qiziq nima bo'layapti ekan ..
- o‘zgarib qolgansiz .. agar ertalabgi ishim uch..
- bas eshitishni hohlamayman ..
- lekin men..
- hazil qilgansan .. ( yigit achchiq kuldi ) ..
- ha ..buni bunchalik oshirib yuborasz deb o'ylamagandim.
- nima .. men oshirib yuboryapmanmi ..
- ha .. chunki men o‘zimni tashlash uchun chiqmagandim ..va hazil qilganimni aytdim .. siz esa shunga kun bo‘yi arazlab , telefonizi ham ko‘tarmay... yetmaganiga ishchilarizdan alamizni olayapsiz ..
- ... to‘g‘ri ... har bir gaping to‘g‘ri.. ( yigit o‘ylanib gapini davom ettirdi ) bunchalikka borishimni sababi .. qo‘rqdim ( past va titroq ovozda ) tarix takrorlanishidan juda qo‘rqdim ..
- n..nima .. nima bo‘lgan ..o‘zi ( qiz sekinlik bilan yigit o'tirgan kreslo chekkasidan joy oldi )
- .. o‘shanda 7 yosh edim .. oyim ..dadam .. buvim va men birga yashar edik . Oxirgi paytlar dadam uyga kam keladigan odat chiqargandi va kelsa ham doim mast holatda kelib urush chiqarardi. Bir kuni.. hovlida kuchugim qoravoy bilan o‘ynab yurganimda dadam yana mast holatda kirdi .. meni bir bag‘rilariga bosib ichkariga kirib ketdi . Soniya o‘tmasdan yana baqir- chaqir ovozlar eshitila boshladi .. oxirgi ko‘rganim ikkinchi qavatdan pastga qulayotgan ..onam .. baqirayotgan dadam va buvim ..
- keyinchi .. keyin nima bo‘ldi ...?
- .. hayotimdagi hammadan ko‘p yaxshi ko'rgan va qadrlagan insonimdan ayrildim ( yigitni allaqachon qon kabi qizargan ko‘zidan bir tomchi yosh sizib chiqdi ) .. men bir marta bunga chidadim .. lekin ikkinchi marta yoqtirgan insonimni yo'qotishga chidolmayman.. ( yigit yoshlarini to‘xtatolmay qoldi .. ko‘z oldiga o‘sha mashum manzara gavdalanaverdi.. Bu gaplarni eshitib qiz ham yig‘lab yigitni bag'riga bosdi . Unga dalda bo‘ldi .. yigit qizni yelkasiga boshini qo‘yib yig‘lagan ko‘yi gapirdi ) ikkinchi bor bunga kuchim ham , sabrim ham , bardoshim ham yetmaydi ..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
38-qism.
Yigit biroz o‘ziga kelgach .. qiz gap boshladi ..
- meni kechiring .. boshqa bunday hazl qilmayman .. so‘z beraman .
- aniqmi ..?
- ihm ( qiz boshi bilan ishora qildi kulib )
- tektakvoy ( yigit ham bu qilig‘iga kulib yubordi ) unda mayli buni unutamiz .. endi tushlik payti bo'libdi.. birga ovqatlanamizmi ..
- mayli
- qani ketdik unda ..
Ikkalasi ham yigitning mashinasiga o‘tirib bir kafega kirishdi . Oyna yonidan joy olib buyurtma berishdi . Suhbatlashib o‘tirishganida qizni ko‘zi bir necha stol narida undan ko'zini uzmayotgan " shaxs " ga tushdi . " Obbo shu yetmay turgandi o‘zi " deb yana yigit bilan suhbatni davom ettirdi . Tushlik qilib bo'lgach tashqariga chiqishdi . Qizning mashinasini olib kelib qo‘yishgan ekan . Hayrlashib mashinalariga o‘tirib ketishdi.
Qiz yo'lda ketar ekan bir mashina orqasidan taqib qilayotganiga ko‘zi tushdi . Kimligini bilardi .. tezlikni oshirdi . "U" ham tezlikni oshirib orqama- ketin kelaverdi. Qiz katta tezlikda hayday boshladi . Oldidagi qizil chiroqda to‘xtayotgan mashinalarni ko‘rgach chap tomondagi ko'chaga burildi . Taqib davom etardi .. aylanib o‘tib yana katta yo'lga chiqib olgach mashina yonlaridan o‘tib ketaverdi . Bundan keyingi voqea juda tez sodir bo‘ldi .. Qizni mashinasi chorraxadan o'tayotganida yon tomonidan kelayotgan katta yuk mashinasi uni bosib o‘tishiga bir baxya qolgandi . Qayerdandir boshqa mashina paydo bo‘lib qizni mashinasiga urilib uni surib chetga olishga ulgurdi .. Yigit o‘ziga kelib qarasa yonidagi mashinada qiz behush yotibdi . Tezda o‘rnidan tushmoqchi bo‘ldi . Ammo qorin sohasiga sanchilib qolgan .. singan oyna bo‘lagi jonini og‘ritib bunga qarshilik qildi .
Atrofda odamlar allaqachon yig'ilgandi. Politsiya va tez yordam mashinasi bir zumda yetib keldi . Qizni ham yigitni ham shifoxonaga olib ketishdi . Operatsiya yordamida shisha sinig‘ini olib tashlashdi . Lekin u ko‘p qon yo‘qotgani uchun o‘ziga kelishi qiyin bo‘ldi . Qiz ham operatsiyadan chiqib palataga olindi .
Avtohalokatni eshitib qanday shifoxonaga yetib kelganini bilmay qolgan Sherzod shifokorning qarshiligiga ham qaramay palataga kirdi . Qiz behush yotardi. Oldiga borib o‘tirdi .. qaltiragan qo‘llari bilan qizni osma ukol ulangan qo'lidan tutdi .
- bu hazilmi .. yana hazillashdinga hozir ko'zingni ochib bu ham hazil edi de ...
Ortidagi hamshira gap boshladi ..
- qiz boshidan lat yegan , o‘ng qo‘li ham singan lekin ahvolini qoniqarli desak bo'ladi.
- qachon o‘ziga keladi ..
- bir necha soatdan so‘ng ..
- ... rahmat . O‘ziga kelsa bu raqamim menga tezda habar bering iltimos ..
- ho‘p mayli ..
Yigit xonadan chiqdi . Yordamchisini chaqirdi .. birdan ko‘zi oyna ortidagi yigitga tushdi .. u behush yotardi.. hayratdan ko'zi kattalashib og‘zidan bir titroq aralash so‘z chiqdi ..
- aka..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
39- qism.
Yonidan o‘tib ketayotgan hamshiradan akasi haqida so‘radi ..
- uni tanisizmi ..?
- ha ukasi bo'laman
- bugun olib kelindi ahvoli o‘g‘ir edi .. lekin hozir yaxshi ..
- o‘zi nima bo‘lgan ekan ?
- avtohalokatga uchragan ..
- rahmat sizga .. Sherzod politsiyachilar turgan yerga borib Shohoda bilan yuz bergan halokat haqida ulardan bilib oldi . Politsiya hodimining oxirgi gapi uni o'ylantirib qo‘ydi ..
" - chorrahada qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa ham to'xtamagan.. agar narigi mashina kelmaganida qiz sog‘ qolmagan bo‘lardi ." Shu gaplar miyyasida qaytalanaverdi ..
- axir nega bunday qiladi .. biz yarashib olgan edik .. menga va‘da ham bergandi .. u bunday qilmaydi.. yo‘q bu yerda boshqa gap bor..
Kech ham tushdi .. Sherzod karidordagi kursida o‘tirib qizni o‘ziga kelishini kutardi . Hayolida esa boyagi o‘ylar tinchlik bermasdi . Dori ulagani kirgan hamshira hursand yugurib chiqdi . Doktorni chaqira boshladi . Doktor ham ko‘p kuttirmay yetib keldi . Hech narsani tushunmagan yigit ham o‘rnidan turib birga kirdi . Qiz bir qo‘li gips .. boshqa qo‘lida grafindan stakanga suv quyayotgandi.
- Shohida .. yigit hursand holda qizni borib quchib oldi ..va qarshi tomondan avval itarildi keyin yuziga tarsaki tushdi .
- nima qilganiz bu ahmoqmisiz nega meni quchoqlaysiz.. uyatsiz .
- nima .. seni tushunmayapman .
- iltimos chiqib turing biz bemorni tekshirib ko'rishimiz kerak . Doktor yigitni chiqarib yubordi . Birozdan so‘ng o‘zi ham chiqib yigitni xonasiga olib kirdi va gapini boshladi ..
- sizga bir savolim bor
Qiz oldin ham boshi bilan lat yeganmi ..
- ha 4 yil avval avtohalokatga uchragan ..
- o‘shanda hotirasini yo‘qotgan adashmasam
- ha shunday
- hozir ana o‘sha 4 yil oldingi hotirasi tiklangan . Ya‘ni qiz oradan o‘tgan 4 yilni umuman hayotida bo'lmagandek uyg‘ondi tushunayapsizmi..
- nima ..? bu .. shunday bo‘lishi mumkinmi doktor ?
- ha lekin bunday hol kamdan- kam bo‘ladi ..
- umuman eslamaydimi ya‘ni shu 4 yilni ..
- ha unga eslash ham mumkin emas .. iltimos biror narsani eslatishga urunmang ..
- hop rahmat doktor .. yigit o‘ychang holda honadan chiqdi . Qizni honasiga yetgach turib qoldi . Axir qiz uni eslamaydi . Yana begonadek qaraydi .. endi sevmaydi .. achchiq bo‘lsa ham tan olishi kerak bo‘lgan narsa .. uni yo'qotdi.. ha aynan shunday .. endi bu honadagi qiz Sherzodni emas , balki 4 yil avvalgi hotirasi bilan Begzodni sevadi .. Shularni o‘ylab devorga suyanib yerga o‘tirib qoldi ..
- yo‘q .. nega axir .. nega men sevgan inson bilan shu voqealar bo'layapti. Akam ham shu yerda .. u yana mendan sevgimni tortib olsachi .. qizchi akamni sevarmikan o‘zi .. bularni bilishim kerak.. deb o‘rnidan turib xonaga kirdi ..
Qiz ham o‘ylanib o'tirgan ekan .. yigitni ko‘rib ..
- nega yana keldingiz..
- senga bir savolim bor .. faqat rostini ayt .. Begzodni sevasanmi ..?
- .. ( qiz avval bu ismni eshitib ko‘zi yoshlandi .. yigitga umid bilan boqib ..)
- uni tanisizmi ..? Qayerdaligini bilasizmi ..? Iltimos agar bilsangiz ayting .. ( yig‘lab gapirardi ) ..
Savoliga ortig'i bilan " javob" olgan yigit tezda honadan chiqib nafaqat xona balki shifoxonadan chiqib ketdi . Mashinaga o‘tirib eng katta tezlikda sohilga bordi . Mashinadan tushib alam bilan baqirib yig‘ladi .. To‘yib baqirib bo'lgach yerga cho‘kkaladi ..
- shunga loyiqmanmi ..? Nahotki meni baxtli bo‘lishga .. sevgan insonim tomonidan sevilishga haqqim bo‘lmasa .. ha , shunga loyiqman .. men hudbinligim tufayli shunday qismatga loyiqman . Mendan boshqa odamda ko‘ngil yo‘qdek yashayveribman .. o‘shanda akamga ham adolatsizlik qilgan ekanman .. uni ham sevishga haqqi borku .. Bo‘ldi bas o‘zimcha boshlagan "ertagim" bugun nihoyasiga yetdi .. Akamdan uzur so‘rab qizni unga topshiraman . Bu yerlardan uzoqlarga ketaman .. bu o‘z- o‘zimga jazo bo‘ladi ..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
40- qism.
Qayta shifoxonaga borib qizni honasiga kirdi . Qiz yig‘layverib ko‘zi qizarib ketgan ekan ..
- uni ko'rishni istaysanmi ..?
- ha ..ha juda ham ..
- unda men bilan yur ..
Birga honadan chiqishdi . Yigit yotgan palataga olib kirdi .
Hali o‘zini qanday bu yerda paydo bo‘lib qolganini tushunolmay turgan qiz yigitni bu holda ko‘rib umuman bir so‘z deyolmay qoldi .
- u..unga nima bo‘ldi .. hech narsani tushunmayapman .. Yigit hamma bo‘lgan voqeani qizga sekin tushuntirib aytib berdi .. hatto o‘zini ertagi haqida ham . Qiz undan nafratlanishi aniq.. lekin bunga loyiqligini bilgani uchun aytaverdi . Qiz bu gaplarni eshitib yigitni haydab soldi .. Begzodni esa o‘ziga kelishini kutib o‘tirdi.
Erta tong yigit ko'zini ochdi .. atrofga qarab shifoxonadaligi tushunib yetdi . Qorin sohasidagi og'riqni aytmasa hammasi joyida edi . Birdan Shohida hayoliga kelib endi turmoqchi bo‘lganida qo‘lida o‘zga taft turganini payqab qoldi . Qarasa_ kamon qoshlar , uzun qayrilma kipriklar doim bir xilda qizg‘ish tusda turuvchi dudoqlar va g‘uncha labga ega go‘zal pari uyqu saltanatida shirin bo‘lib yigitning qo‘lini mahkam ushlagan ko‘yi uxlab yotardi ..
Yigit bundan quvondi .. eng birinchi suyuklisi sog‘ , yonida .. lekin u hotirasini yo‘qotgan edi .. Begzodni ayni damda tanimasligi kerak edi .. Shularni o‘ylab qo‘lini sekin olmoqchi bo‘lganida qiz shaxlo ko'zlarini ochdi .
- uzr so'rayman.. sizni uyg‘otib yubordim ..
- nima .. nega meni sizlayapsiz .. huddi begonadek gapirayapsiz.
Bu gaplarni eshitib yigit hayron qaradi ..
- sen meni esladingmi
- ha menga ukangiz hamma bo‘lgan voqealarni aytib berdi . Men o'sha halokat oqibatida hotiramni yo‘qotgan emishman . Va hozir men huddi so'nggi 4 yil umuman mavjud bo'lmagandek , yashamagandek uyg‘onibman .. ya‘ni men shu 4 yilni eslolmayman ..
- 4 yil oldingi voqealarchi.. ular esingdami ..
- ha .. va sizni dom- daraksiz yo‘qolganingiz ham esimda ( qiz buni jahl aralash aytdi )
- kechir .. o‘shanda majbur edim ..
- mayli bular o‘tib ketdi .. endi eslamaylik ..o‘zingiz qalaysiz ..
- otdekman ( yigit kulib muhabbatli nigohlar bilan qizga qarab turaverdi )
- nega unday qarayapsiz ..
- seni juda sog‘indim ..
- men ham .. ( qiz buni qanday aytib yuborganini bilmay qoldi va )
- haligi men borishim kerak ..
- to‘xta ..( qizni qo'lidan ushlab qolib ) xozir nima deding .. demak sen ham ..meni sevasan .. shundaymi ..?
- .. ( qiz uyalib pastga qarab turaverdi )
- javobingni kutayapman .. hech bo‘lmasa boshing bilan ishora qil..
- .. qiz boshini silkib " ha " degan ishorani qildi ..
Yigit albatta bundan juda quvondi .. bir- birlariga muhabbat nigohi ila qarasharkan .. yigitni e'tiborini qizni gips qilingan qo‘li tortdi ..
- qo‘linga nima qildi
- ha halokatda bo‘lgan bu
- og‘riyotgandir
- yo‘q unchalik emas ..
- aniqmi .. shifokorga ko‘rsataylik balki jiddiydir
- hoy .. vahima qilib yubordingiz .. hammasi joyida dedimku
- agar og‘risa ayt tushundingmi
- ihm ho‘p ..
Oradan bir hafta o‘tdi . Ular har kuni bir-birini palatasiga kirib soatlab suhbatlashishardi . Orada Sherzod kelib ulardan kechirim so‘radi va hayrlashib uzoq davlatga qaytmas bo‘lib ketayotganini aytdi . Ular ham ko‘p gina saqlab yurmay kechirishdi va oq yo‘l tilab qolishdi . Mana nihoyat shifoxonadan chiqishdi. Yigitni 4 yildan buyon yashayotgan unchalik hashamatli bo‘lmagan lekin dengiz yonginasida joylashgan ixchamgina uyiga kelishdi . Qiz ham shu uyga ko'chib o‘tdi .. lekin turmush qurish haqida gap ochilgani yo‘q hali .. Begzod dengiz kaftdek ko'rinib turuvchi shinam xonani Shohidaga berdi . Biroz dam olishini aytib qiz xonaga kirib tezda uxlab qoldi . Yigit ham xonasiga kirib ketdi lekin ko‘ziga uyqu kelmadi .. Shu to‘rt yil sevganidan uzoqda .. hijronda qanday yashagani ko‘z oldiga keldi .
- shukur bari o‘tdi .. endi hech ayrilmaymiz .. deb o‘ziga pichirlab gapirdi .
•••|Adını san köy |•••
#frozen
41- qism.
...Begzod... Begzod .. turing .. tursangizchi .. qizni ovozi kelavergach ko'zlarini ochdi xonada qiz yo‘q edi .. xonasiga ulangan balkonga chiqdi .. qiz oppoq , keng va uzun libosda , dengiz tomonga qaragancha to'siq yonida turardi .
- qachon turding .. bu yerda nima qilayapsan ehtiyot bo‘l tushib ketasan ..
- men ketayapman .. qaytmas bo‘lib .. iltimos meni izlamang..
- nima .. nima deganing bu ..
Qiz burilib yigitga go‘zal tabassum bilan qaradi .
- men sizni chindan sevdim .. buni unutmang ..deb o‘zini pastga tashladi ..
- YO‘O‘O‘O‘O‘Q. Boraman desa oyoqlari qimirlamasdi. Ilojsiz qolgan yigit yig‘lab_ ketma.. deya oldi ..
Birdan yana qizning ovozi kela boshladi ..
- Begzod aka , Hoy turing ..
Ko‘zlarini ochdi .. terlab ketgan o‘zi esa hansirardi huddi nafasi qisgan odamday .. Atrofga qaradi xonasida .. Tashqarida qorong‘u tushishga ulgiribdi.. Tezda o‘rnidan turib xonadan o‘qday uchib chiqdi zinadan ham deyarli uchib tushib oshxona yonidan o‘tayotib to‘xtadi .. Ichkariga kirdi ..boya ko‘rgani tushi ekanini bilib .. hotirjam bo‘ldi . Qiz gazni tepasida quloqlarida quloqchin musiqa hirgoya qilgancha ovqat pishirardi. Begzod qo‘rqinchili tushida bo‘lgan voqea yana ko‘z oldida gavdalandi.. qo‘rqqanidan ko‘zi beixtiyor yoshlandi . Borib qizni orqasidan quchib oldi . Albatta bundan qiz qo‘rqib ketdi .. iforidan Begzod ekanini bilib quloqchinni yechdi. Belidan o'tkazilgan baquvvat qo‘llar ustidan nozik qo‘lini qo‘yib ..
- nima bo‘ldi sizga ..
-.. Jim.. iltimos biroz shunday turaylik ..
- ho‘p mayli ...
Birozdan so‘ng Begzod qizni qo‘yib yubordi va tezda yoshlarini artib tashladi. Sababi..
1-dan yig‘lash erkaklarga hos ish emas deb o‘ylaydi.
2-dan umuman yig‘lashni yoqtirmaydi buni ojizlikka yo‘yadi.
3-dan Shohidani oldida ham bunday ko‘rinishni istamadi.
Bu ishi besamar ketdi. Agar qarshisidagi qiz begona bo‘lganida balki buni sezmadi. Ammo Shohida bittada yig‘laganini ham nimadir bo‘lganini ham sezdi .
- nima bo‘ldi sizga ..
- hech nima.. ( quvnoq ko'rinishga urinib soxta tabassum bilan ) ho‘sh nima ovqat qilayapsan
- o‘zimni ijodimdan nom bermagan man.. gapni burmang..
- rostdan hech narsa bo‘lgani yo‘q
-aldamang .. bilib turibman nimadir bo‘lgan ..
- qo‘rqinchili tush ko'rdim..
- nima shunga shunchami..
- ha
- ho‘sh sizni qo‘rqitolgan bo‘lsa menga aytib bering ..qiziqdim ..
Biroz sukutdan so‘ng yigit gap boshladi ..
- meni sevishingni unutmasligimni aytib yolg‘iz tashlab ketding .. eng alamlisi ortingdan borolmadim .. huddi oyoq qo‘lim bog‘langandek edi .. bir o‘zim qolib ketdim ..
Qiz yigitga hafsalasiz qarab turib ..
- shu qo‘rqinchilimi ..
- juda ham .. ishon men uchun bundan dahshatlisi yo‘q ..
- meni yo'qotishdan shunchalik qo‘rqasizmi ..
- tasavvur qilolmaysan.. sensiz hayotim zulmat .. o‘zim esa tirik murdaga aylanaman .. Sensiz o‘tgan 4 yilni eslash o‘zi azobli .. sensizlikka ortiq bardoshim yetmaydi .. menga juda keraksan.. endi bir lahza ham uzoqlashma .. mendan ketma .. boshqa ayrilishni istamayman ..
- hech qachon tashlab ketmayman.. ( qiz yigitni qo‘lidan tutib shu gaplarni aytdi )
Bir - biriga mehr bilan tikilib turgan ikkalasini hayolat olamidan qizmatchi paq etib tushirib yubordi ..
- a .. uzur men kuygan hid kelganiga.. sizlarni bu yerdaligizi .. bilmagandim.. uzur deb chiqib ketdi . Shohida tezda ovqatni tagini o'chirdi.. qorayib ketgan ovqatiga qarab ..
- uff endi nima qilaman .. shuncha mehnatimaa ..
Yigit bu yoqda qizni ustidan kulardi ..
- ijodingga gap yo‘q .. qora rangli ovqatni pishirish hammani ham qo'lidan kelmaydi .. ayniqsa ohh hididan ( deb yana kula boshladi ) Qizni jahli chiqdi .
- aslida sizni deb bo‘ldi ..
- nega endi ..
- meni chalg‘itdingiz ..
- ho‘p mayli buni qo‘y .. ovqat dastavka qilamiz .. nima deysan ..
- mayli ..
Ikkalasi ham kulishib ovqatlanib xona- xonalarga kirib ketishdi .
•••| Adını san köy |•••
#frozen
42-qism.
Ertalab quyosh nurlari ko‘ziga tushgach qiz uyg‘onib ketdi .. Turib soatga qaradi 7:12 . Vannaga kirib dush qabul qilib chiqdi .. Garderobga kirishi bilan og‘zi lang ochilib qoldi .. sababi qarshisida binafsha rangida , bejirim, zamonaviy ko'ylak turgandi. Uning ustiga qog'ozcha yopishtirilgan edi . Borib o'qidi ..unda "meni kiy" deb yozilgandi . Qiz hayron uni kiydi .. huddi u uchun tikilgandek juda yarashdi .. pardoz qilish uchun oyna oldiga bordi .. oynaga ham shunday qog'ozchalardan xatlar yopishtirilgan edi .. Birida " juda yarashdi " ... ikkinchi va boshqalarida "betakrorimsan" ... " seni juda ham sevaman " .. " shu so'zlarning har biri faqat sen uchun yozilgan ".. " seni qarib sochinga oq tushganda ham yonimda bo‘lishingni hohlayman " .. " kel sen bilan so‘ngi nafasimizgacha baxtli hayot kechiramiz".. " agar rozi bo‘lsang hoziroq , yo'laklarga yopishtirilgan belgilar ortidan yur" deb yozilgan edi .. Qiz bir kulib tezda chiroyli makyaj qilib . Oynadagi aksidan mamnun .. xonadan chiqdi .. chiqishiga chiroyli buketda u yoqtirgan gullar turardi . Olib hidladi va ichidagi konvertga ko'zi tushdi .. ochib o'qidi . " Sodir bo'layotgan hamma narsa taqdir .. lekin sen mening duolarim ijobatisan inshaalloh " . Qiz bu xatni o'qib ich-ichidan quvondi .. yo'lak bo‘ylab yopishtirilgan "yurak" chalar ortidan yuraverdi.
Eng baland qavatga chiqib .. tomga olib chiquvchi zinadan ko'tarildi va eshikni sekin ochib hayratdan qotib qoldi ..
Qarshisida .. katta- katta yurak shaklidagi sharlar basseyn ustida va atrofiga ... yana qizil atirgul barglari ham yoyilgan edi .. buni ko‘rib qotib qoldi va ortidan kelayotgan qadam tovushlarini eshitib o‘girildi .. Begzod muhabbat nigohi ila kulib qarab turardi .. Qiz ham javoban kulib qaradi va yigitdan sado chiqdi ..
- Bugungi kunni arazchi pariyim menga sovg‘a qilaoladimi ..
-.. ( qiz o‘zini atayin o‘ylanganga solib ) hmmm mayli- deb kulib oldiga bordi .. Bular hammasi men uchunmi ..
- ha lekin hali bu boshlanishi .. deb bir ko'zini qisib qo‘ydi .. - qani yur men bilan.. deb ko'chaga chiqishdi .. Mashinaga o‘tirib noma'lum manzil tomon ketishdi .
Yo'lda ketishar ekan .. allaqachon yigitni savollaridan to‘ydirishga ulgurgan qiz yana savolini qaytardi ..
- qayerga ketayapmiz .. aytsangizchi ... hali uzoqmi .. u yerda nima bor ..
- .. Go‘zal pariyim marhamat qilib jim ketsangiz .. baribir savolinga javob bermayman ..
Qiz bu javobdan labini tumtaytirib qoshlarini uyub oldi .
- faqat yana arazlama .. hozir mavridi emas ..
- ho‘p mayli deb kulib ketdi .
Sohil bo'yida yangi aynan sevishganlar uchun ochilgan katta restoranga kirishdi . Avvaldan tayyorlangan maxsus xonaga borishdi . Ichkari ham juda chiroyli bezatilgan edi ..
- nonushta qilib olamiz avval deb stolni surib qizni o‘tirishiga yordamlashdida o‘zi ham qarshisidan joy oldi ..
•••|Adını san köy|•••
#frozen
43-qism.
Birga nonushtani ham qilishgach qiz
- ho‘sh nonushtani ham qildik ... endi nima qilamiz ..
- bu surpriz oldindan hech nimani aytmayman .. bekorga savol berganing qoladi .. qani tur ketdik ..
U yerdan chiqib yana mashinaga o'tirishdi.. Qiz ayni damda juda hursand va qiziqishda edi .. nihoyat keyingi manzilga ham yetib kelishdi . Bir uy qarshisida to‘xtashdi . Ichkariga kirishdi . Orqa eshikni ochishlari bilan Shohida og‘zi ochilib qoldi.. u yerda bir xilda oppoq otlar bor edi ..
- ho‘sh otlarga tobingiz qanday xonim..
- bu orzuyim ..
- unda qulay kiyim kiyib chiq .. chapdagi xonada kiyimlar bor .
- aha 5 minutda chiqaman ..deb kirib ketdi ..
Yigit ham kiymini o'zgartirib chiqdi .. yarim soat kutdi qizdan darak yo‘q .. oxiri sabri tugab xonaga kirdi .. Qiz sochini tepaga yig‘ayotgan ekan .. ustidagi qora shim va oddiy qora futbolka ham qizga o'zgacha yarashib turardi ..
- men tayyorman .. kuttirib qo‘ymadimmi ..?
- yoo‘q axir 5 minutda tayyor bo‘ldinku ..
- ha men shunaqa o‘zi chaqqonmanda - deb kulib tashqariga chiqdi . Ortidan yigit ham ko‘zlarini tepaga bir qaratib qo‘yib ortidan chiqdi . Otlar orasidan birini tanladi ...va o‘shani minishini aytdi ..
- mayli unda chiqaver ... hoz anavi yo'lning oxirida zo‘r manzara bor . O‘sha yerlarni sayr qilib kelamiz..
- bir muammo bor
- qanday ?
- haligi men bilmayman
- nima ... mayli men yordamlashaman unda deb qizni oldiga keldi .. bu joyga oyog‘ingni qo‘yda bu joydan ushlab tepaga ko‘taril ..
- aha shundaymi
- ha oyog‘ingni narigi tomonga o‘tkaz ..
- yo‘q bo'lmayapti tushib ketaman ..
- tushmaysan seni ushlab turibman .. qo‘rqma..
- yo‘q iltimos men yerga tushishni istayman - deb vahima qilishni boshladi .
- ho‘p yaxshi deb qizni bir ko'tarib yerga qo‘ydi.
- tuzikmisan
- ha .. faqat biroz qo‘rqib ketdim
- otni hatto minolmading .. senga o‘sha manzarani ko'rsatmoqchi edim ..
- afsus .. kechiring qo‘limdan kelmaydi ..
- kechirim so‘rama .. hech nima qilmaydi .. to‘xta balki bir otda borarmiz.. axir men bilamanku
- mayli bo‘ladi ..
- hozir men chiqaman seni tortib olaman ho‘pmi ..
- ho‘p ..
Yigit bir urinishda otga minib oldi . Qizga qo‘lini cho‘zdi . Qiz ham qo‘lidan tutgan edi. Bir deganda Begzod uni ko'tarib oldiga o'tkazib qo‘ydi ..
- ho‘sh joylashdingmi ..?
- aha joylashdim ..
- unda ketdik ..deb otni yurgizdi ..
- hozir bir narsa qilaman .. qo‘rqma
- va‘da bermayman.
- qo‘rqsang meni ushlab ol
- ho‘p deyishi bilan yigit otni tez choptirdi.. qiz tezda yigitni quchib ko'zini yumib oldi .
- keldik ..
Shohida ko'zini ochib qaradi ... atrof har xil gullarga to‘la bir tomonda katta ko‘l ham bor edi ..
- buncha go‘zal..
- yoqdimi ?
- albatta ..
Yigit otdan tushib qizni ham tushirdi . Qiz gulzorga kirdi .. har bir gulni qo‘li bilan silab chiqardi .. yigit bir chiroyli gulni uzib qizni oldiga bordi .
- bunday manzarani faqat suratlarda ko‘rgan edim ..
- mana hayotda ham ko‘rding
Qiz yigitga o‘girilib qarab ..
- ha rahmat sizga .. hammasi uchun .. eng avvalo hayotimda borligingiz uchun.. sizni sevaman ..
Shohida birinchi marta yigitga sevgi izhor qilgandi ..
Yigit bu gaplarni eshitib .. juda ham quvondi.. qizni qo‘lidan tutib..
- men ham seni juda sevaman .. aslida senga rahmat .. yaxshi ham seni uchratganman .. deb qizni qo‘lidan o‘pib qo‘ydi .. va gulni qulog‘i tepasiga qo‘ndirib qo‘ydi...
Gullar orasida ancha suhbatlashib o'tirishdi . Qancha bir- biriga termulishsa ham hech to‘yishmasdi .. hatta tushlik payti o‘tib ketdi .. sezishmadi .. quyosh botishni boshlaganida kech tushayotganini sezishdi. Otga minib ortga qaytishdi. Yana kiymini o'zgartirib mashinaga o'tirishdi.
•••|Adını san köy |•••
#frozen
44-qism.
Keyingi manzilga yetib olishguncha qorong‘u tushib bo‘lgan edi.. Mashina sohil bo'yida to‘xtadi ..
- bu so‘ngi manzilimiz edi..
- ho‘sh bu yerda nima syurpriz bor ..
- buni hozir bilib olasan .. qani ketdik..
Mashinadan tushib biroz yurishgach .. uzoqdan shamlar yoqug‘i va ikki kishilik ramantik uslubda bezatilgan stol-stul ko‘rindi ..
- buncha chiroylik bo‘lmasa ..( hayratini yashirmay .. sababi o‘sha stol atrofidagi shamlar yurak shaklida terilgan .. dengizdan mayin shabboda ham esib turardi ..
bu manzara chindan juda go‘zal edi)
- yoqtidimi ..
- juda ham
- unday bo‘lsa marhamat honim ..
- rahmat janob deb stollarga joylashishdi. Kechlik ham ajoyib suhbatlar bilan yakunlandi .. oxirida yigit o‘rnidan turib qizni oldiga keldi .. Qiz ham hayron qarab o‘rnidan turdi .. Yigit qizni qo‘lidan tutib ...
- Pariyim.. seni birinchi uchratgan onimdan boshlab .. hayotim butkul o‘zgardi .. bir xil zulmatda o‘tayotgan hayotimga quyosh misol kirib kelding.. Orada bo‘lgan ayriliqda .. men shuni angladimki.. sensiz hayotim ma'nosiz.. ekan.. hozir sendan bir narsa so‘ramoqchiman .. Menga turmushga chiqasanmi...? Zulmat hayotimni doim yonimda bo‘lib yoritasanmi...? Iltimos meni zulmatga itarishdan oldin .. yaxshilab o‘ylab javob ber..
Yaxshi kunimda ham .. yomon kunimda ham .. menga tirgak bo‘lasanmi ..? Ishon men senga juda ham muhtojman... juda ham .. ko‘pga emas .. atiga bir umirga keraksan menga.. ho‘sh .. rozimisan...
Oxirgi gapni aytish barobarida bir oyog'iga cho‘kkaladi va qizil kichik quticha chiqardi .. uni ochib qizga uzatdi .. Ichida bejirim va qimmatbaho toshlardan ishlangan tengsiz uzuk turardi ..
Qiz bu gaplarni eshitib allaqachon ko‘zi yoshlangandi .. chunki bu so'zlar yuragining tub- tubidan chiqayotganini anglash qiyin emas...
Biroz turgach ..
- Roziman .. bu so'zni zo'rg'a aytdi .. yig‘lab yubordi .. bu quvonch , baxt va shukronalik ko‘z yoshlari edi .. Yigit ham o‘rnidan turib qizni qo‘liga uzukni taqdi .. qizni bag'riga bosdi .. Qiz biroz o‘ziga kelgach .. qo‘yib yubordi .. Shu payt birdan skripka ovozi yangray boshladi .. qiz o‘girilib qarasa ortida bir butun orkestir turgandi .. hatto bular kelganini sezmagan qiz hayron yigitga qaradi ..
- raqsga tushamizmi ..
- mayli .. deb stoldan uzoqlashishdi. Birga uzoq valsga tushishdi ..chor-atrof bilan ishlari yo‘q .. huddi bu olamda faqat ikkisi bor... faqat ikkisi..
Bugungi uchrashuv shunday qilib o‘z nihoyasiga yetdi .. uyga qaytishdi .. yigit qizga hayrli tun tilab honasiga kuzatdi o‘zi ham xonasiga kirdi .. Endi kiyimini o'zgartirib chiqqan edi teliga sms keldi ..
"- bugungi kun uchun rahmat" buni o‘qib yigit kuldida ..
<- quruq rahmatni o‘zimi ..>
" - yana nima dey "
<- bilmasam o‘zing o‘ylab ko‘rchi >
" - hmm .. yo‘q topolmadim "
< - yaxshi ... mayli unda yaxshi dam ol >
Deb telefonni o‘chirib joyiga yotib oldi ..
Qiz qancha sms yozsa ham javob kelmagach tel qildi .. apparat ovozi eshitilgach.. tungi kiyimi ustidan uzun yupqa jenfer kiyib yigitni xonasi oldiga bordi .. taqillatdi.. jim- jitlik .. yana va yana taqillatdi ... yigitdan sado chiqmagach eshikni ochib kirmoqchi bo‘ldi .. eshik qulf .. bundan battar asabiylashib .. tinmay taqillataverdi .. Bu ovozga chiday olmay yigit o‘rnidan tezda turib borib eshikni ochdi ..
- nima ..
- nima-nima..? bu nima qilganiz ?.. telizi nega o‘chirdiz ..?
- .. uxlamoqchi edim ..
- hozir o'rnimiz alishib qoldi .. bildizmi ..?
- qanday o'rnimiz.. alishibdi .. tushunmadim ..
- men emas bu safar siz " arazchi " bo‘ldiz ...
- bunga sen aybdorsan ..
- uff ho‘p yaxshi sms da davomini yozdim o‘qib endi arazni bas qiling ..
- nega endi sms dan o'qiyman... mana o‘zing turibsanku .. o‘zing ayt ..
- nima.. bo‘lmaydi men aytolmayman ..
- nahotki shu gapni o‘zingdan eshitishga arzimasam..
- ... qiz yerga qarab turaverdi .. yigit
- haytli tun .. deb endi eshikni qayta yopayotgandi. Qiz tezda yigitni qo‘lidan ushlab qoldida .. ko‘ziga qarab..
- bugungi kun uchun rahmat sevgilim - deb tezda burilib xonasiga kirib ketdi ..
•••|Adını san köy|•••
#frozen
45-qism.
Yigit ortidan kulib u ham honasiga kirib ketdi.
Ertasiga ertalab qiz yigitni honasiga kirdi .. uyg‘otish uchun.. Begzod esa shirin uyquda edi .. Uyg‘otgisi kelmay qoldi. Yoniga sekin borib yerga o‘tirdi . Yigitni yuziga qarab o‘tiraverdi .. qani edi hech kim .. hech narsa halaqit bermasa .. umrini oxirigacha shunday tomosha qilib o‘tirolsa ...
- balki tikilishni bas qilarsan .. qiz qo‘rqib ketib .. tezda o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida .. devan chekkasiga oyog'ini urub oldi ..
- sss ayy ..oyog‘im ..
Yigit ham tezda ko'zini ochib o‘rnidan turdi..
- nima bo‘ldi ..
- nega birdan gapirasiz.. turaman deb oyog‘imni urib oldim.
- o‘zingku ertalabdan xonamga kirib uyqumni qochirgan..
- nima .. qachon uyqizni qochiribman .. umuman ovoz chiqarganim yo‘q ..
- men ham ovoz chiqarding demadimku ..
- unda qanday uyqizni qochiribman..
- iforing bilan .. xonamga kirishing bilan iforing butun xonani to'ldirdi.. iforing kelishi bilan o‘z- o'zidan uyg‘onib ketdim .. lekin meni uyg‘otasan deb o‘ylagandim .
- ha aslida uyg‘otmoqchi edim
- ho‘sh keyin nima bo‘ldi
- tikilib o‘tirgim kelib qoldi .. nima mumkin emasmi ..
Yigit bir kulib yuborib ..
- senga hamma narsa mumkin.. bir narsadan tashqari ..
- ho‘sh nima ekan .. deb qiz nozlanib gapirdi .. yigit qizni nozik belidan sekin qo‘lini o'tkazib.. bir tortgandi.. qiz yigit tumshug'i tagida paydo bo‘ldi...
- mendan ketishingdan tashqari .. meni istasang ham tashlab ketolmaysan. Chunki kecha senga yaxshilab o‘yla dedim .. sen rozi bo‘lding .. kun kelib istasang ham qo‘yib yubormayman...
- unda qo‘yib yubormang .. shu gapni aytishi bilan lablarida o‘zga taftni his qildi . Yigit qizarib qulupnaydek yuzga ega bo‘lgan qizni burnidan bir chimchilab ..
- arazchi pariy .. uyatchang pariyga aylanibdimi .. deb kulib qiz bilan xonadan chiqishdi .
Nonushta payti Begzod gap boshladi ..
- Shohidaxon to‘yimizni qayerda bo'lishini hohlaysiz ..
- albatta ona yurtimda.. o'zingizchi..
- men ham yurtimizda bo'lishini hohlayman .. to'ydan keyin qayerda yashaylik..
- shu yerda .. Istanbulda yashaylik ..
- ayni muddao .. o‘zi men shuni o‘ylab yurgandim ... ikkimizni ham ishimiz shu yerdaku .. juda yaxshi bo‘lardi .. -biroz o‘ylanib .. oxirgi savolim ..
- eshitaman ..- dedi kulib ..
- to‘yimiz qachon bo'lishini istarding..
- bu adolatdan emas .. doim men istagimni aytaman siz esa qo‘shilasizmi..? Bu safar siz javob bering ..
- qachon desam ham rozi bo‘lasanmi ..?
- ha ..
- kelasi hafta ..nima deysan ..
- ... siz nima disez shu .. kulib ..
Shu suhbatdan ikki kun o‘tib O‘zb ga qaytishdi .. Ular kelishib olishgandi.. avval qizni oyisi bilan Begzod tanishishi ... keyin esa yigitni buvisi bilan Shohida tanishishi va ular ham inshaalloh rozi bo‘lishsa turmush qurishni . Yigit avval qizni uyiga tashlaydigan bo‘ldi .. yo'lda ketishar ekan ..
- agar ular rozi bo‘lishmasachi ..qizni to'satdan bergan savoliga yigit keskin to‘rmiz berib to‘xtadi ..
- bu nima deganing .. nega rozi bo‘lishmas ekan ..
- kim bilsin ..
- yomon hayollarni o‘ylama .. hammasi yaxshi bo‘ladi . Agar bo‘lmasa bir chora topib bo‘ldiramiz .. deb mashinani yurgizish barobarida bir ko'zini qisib kulib qo‘ydi ..
- demak " kelishgan to‘nka" janoblarining zahirada rejasi bor ..?!
Bu gapni eshitib yana keskin tormoz berdi ..
- nima .. " kelishgan to‘nka " ..qiz endi nima deb qo‘yganini tushunib yetdi ..
- haligi ..
- ho‘sh nima haligi ..
- sizga bergan birinchi ta‘rifim ..shu bo‘ladi .. siz ham meni arazchi pariy derdingizku.. men ham o‘shanda sizni shunday derdim ..
- ... hmm .. maylikuya , lekin bir narsa hato men seni bir ko‘rishimda arazchi demaganman .. bu ikkinchi tarifim ..
- iyee unda birinchsi nima bo‘lgan ..
- sirli pari ..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
46-qism.
- nima .. sirli pari.. demak bir- birimizdan bexabar.. nom qo‘yib yuraveribmizda deb kuldi qiz. Yigit ham qo'shilib kildi .
- endi bir uyda yashamaymiz .. kam ko‘rishamiz..ekanda.
- vaqtincha.. yigit gapni to‘g‘rlagan bo‘ldi ..
- hozir bir necha kunga ajralamiz .. meni sog‘inasizmi ..?
- sog‘inish ... uxlasang seni sog'inib qolamanku .. menga ayriliq haqida gapirma..! deb qizni qo‘lidan asta o‘pib qo‘ydi .. Qizni uyini oldida to‘xtadi ..
- rejadagidek ish tut .. va o‘zingni ehtiyot qil..
- ho‘p .. siz ham o‘zizi asrang .. deb mashinadan tushib uyiga kirib ketayotsa ..
Yigit ham tezda tushib ...
- Shohida ..
Qiz burilib savol nazari bilan boshini silkidi ..
Begzod o‘zi ham nega chaqirganini bilmay yelka qisdi. Qiz kulib qo‘li bilan hayr ishorasini qilib kirib ketdi . Yigit ham qo‘lini bir ko'tarib hayrlashgan bo‘ldida .. qayta mashinaga o‘tirdi .
Uyiga bordi buvisi uni ochiq chehra bilan kutib oldi . Biroz gaplashib o‘tirishdi. Qiz ham onasi bilan ancha payt gaplashishdi. Hotirasi qaytganini eshitib onasi juda hursand bo‘ldi . Sherzodni so‘ragandi .. "U o‘sha yerda qoldi " deb javob berdi. Qizni opasi ham yaqinda qaytishini va to‘y qilishlarini eshitib Shohida juda quvondi .. Shunday qilib kech kirdi .
Begzod bilan buvisi kechlik qilishgach .. buvisi gap boshladi ..
- bolam .. shu haftada otang Amerikadan qaytadi ..
- nima..
- ha to‘g‘ri eshitding ..
- bu juda zo‘rku .. ( hursand bo‘ldi Begzod )
- ha .. nihoyat shuncha yil deganda qaytyapti..
- buvijon .. Adashmasam dadam sizni birdona farzandingiz uni sog‘inganmisiz .
- bu nima deganing .. albatta sog'inaman.. axir farzandimku...
- ... Begzod o‘ylanib qoldi ..
Buvisi buni ko‘rib ..
- ha bolam nima bo‘ldi .. nimani o‘ylab qolding ..
- o‘ylangan ko‘yi .. buvijon ..
- nima deysan arslonim .. nabirasini qo‘lidan tutgan ko‘yi..
- .. Begzodni ko‘zi qizarib yoshlana boshladi .. va titroq ovozda .. meni ham oyim bir marta .. loqal bir marta so‘g‘inganmikan ..
Bu gapni eshitib Hadicha xola ham ro'moli bilan yuzini yarmini to‘sib yig‘lay boshladi .. turib nabirasini boshini ko'ksiga bosib quchib yag‘lay boshladi .. Begzod ham buvisini quchib .. yig‘lardi .. Ha u chindan yig‘ladi ... yig‘lashni yoqtirmaydigon .. buni ojizlik deb biladigon .. yigit hozir buvisi bag‘rida yosh boladay yig‘lardi .. To‘yib yig‘lab olgach .. yoshlarini artib . Buvi men dam olaman . Deb honasiga chiqib ketdi .. Hadicha hola esa o‘tirib yig‘lab ..hayolan o‘tmishga qaytdi .
•••|Adını san köy |•••
#frozen
47- qism .
Shohida opasi bilan telda gaplashib tabriklab bo'lgach.. onasi bilan kechlik qilishdi .
Keyin onasi Shohidaga gaplashib olishlari kerakligini aytib mehmonhonaga chaqirdi . Borib o‘tirib bo‘lishgach ..
- tinchlikmi oyi ..
- ha bolam ... shu desang sendan beso‘roq bir ish qilib qo‘ydim ..
- nima ekan .
- haligi kichikligingda aytardinku... opam juda yaxshi hamma narsani biladi . Katta bo‘lsam opam bilan bir honadonga ovsin bo‘lib boramiz .. Birga yuramiz derding ..
Qiz bu gapni oxiridan o‘ylagandek tugashidan cho‘chib... zo'rg'a
- h..ha .. h.ho‘sh ..
- hullas opangni bo'lajak erini ukasi bor ekan .. Ana o‘shanga seni to‘g‘rlab qo'ydik .. Tamom qiz shu gapdan so‘ng hech narsani eshitmas.. his qilmas .. miyyasi ham qabul qilmas va huddi quvvati tugab o‘chib qolgan telefondek bo‘lib qoldi .. onasi bundan bexabar gapini davom ettiraverdi.
- yigitga suratingni ko‘rsatdim... unga yoqibsan .. ha voy o‘lay esimdan chiqibdi .. hozir o‘tira tur sen men hozir .. deb honaga kirib bir surat ko'tarib chiqdi .. mana qara bu kuyovning surati .. istaraligina yigit to‘g‘rimi.. ho‘sh qizim .. zo‘r ish qilibmanmi ..? Dedi qizini oldiga o‘tirgancha.. qiz ham bir nuqtaga termulgancha ..
- hmmm .. zo‘r ish qilibsiz .. hayotimni barbod qilib .. ajoyib ish qilibsiz .. bu ishizdan faxrlansangiz arziydi . Oxirgi gaplarini yig‘lagan ko‘yi aytib honasiga kirib qulflab bolishga yuzini berkitgancha o‘ksib- o‘ksib yig‘ladi ..
Yarim soatlarcha yig‘lab hatto ko‘zda yoshi qolmagan qiz .. qo'lidagi boya oyisi tutqizgan suratga qaradi . Telini olib raqam terdi. Lekin o‘ylanib qoldi .. buni qanday aytadi .. agar aytdi ham deylik .. u nimalar qilishi mumkinligini o‘ylab .. ikkilanib qoldi . Oxiri nima bo‘lsa bo‘ldi deb qo‘ng‘iroq qildi .
Bu payt Begzod qo‘lida onasi va o‘zini bolaligida birga tushgan suratni tomosha qilib yig‘layotgandi . U hozir qalbida bir paytlar yashirib qo‘ygan kuchsiz .. ojiz 9 yoshli bolani tashqariga chiqargan edi . Teliga qo‘ng‘iroq bo‘lgach suratni qo‘yib teli oldiga bordi.. Ekranda " Pariyim♡" degan yozuvni ko‘rib yoshlarini artdi va go‘shakni ko‘tardi. Iloji boricha doimgidek ohangda gapirdi .
- Eshitaman .. Uyatchang pariyim meni yo‘qlab qolibdimi ..
- qiz yig‘lab yubordi ... Begzod aka bu gapni ham yig‘i aralash aytdi ..
- yig‘layapsanmi..? Nima..nima bo‘ldi senga.. nega yig‘layapsan ..
- men..meni kechiring ..
- nega .. nega kechiray ..
- men boshqaga turmushga chiqayapman..( deb telni o'chirdi va yana yig‘layverdi )
Bu yoqda Begzod toshdek qotib qoldi .. Hatto nafas olish esidan chiqdi .. bir nuqtaga tikilib eshitganlarini tahlil qilardi .. Birdan tezda mashina kalitini olib tashqariga otildi . Mashinani tez haydan qizni uyi oldiga yetib keldi .. Tezda qizga qayta tel qildi .. qiz olmagach
" - eshiging tagidaman .. chiqmasang o‘zim kiraman .." deb sms yozib yubordi .
•••|Adını san köy |•••
#frozen
48- qism.
Shohida bu habarni o‘qib .. oyisiga bildirmay tezda tashqariga chiqdi .. chiqib Begzodni mashinasini qidira boshladi.. biroz yurgach ortidan kimdir og‘zini berkitdi va orqaga tortib devorga tiradi . Qiz avvaliga qo‘rqib ketdi keyin Begzodligini ko‘rib bu qo‘rquvi tarqab ketdi . Begzod qizni devorga tiragancha .. biroz asabiy ..
- sen nima deding ... qiz yana yig‘lab ..
- .. oyim aytdi .. men boshqa...og‘zini Begzod qo‘li bilan to‘sgancha ..
- bu gapni ... bir aytding.. qaytib eshitmay . Nima bo‘lganini hoziroq aytib ber .
- qiz ham yig‘lab barchasini aytib berdi ..
Begzod o‘ylanib ..
- sen hech nimani o‘ylab siqilma .. o‘zim hal qilaman tushundingmi ..
- ammo qanday .. axir..
- meni eshitding .. endi yig‘lashni bas qil .. boshqa yig‘lama ko‘zyoshinga hech nima arzimaydi .
- arziydi .. hatto ko‘p ko‘z yoshimga arziydigon biri bor ..
- kim ekan ..
- siz ... o‘sha sizsiz..deb yana yig‘lab bir marta quchib .. tezda burilib qayta uyiga kirib ketdi ..
Begzod esa uning gaplaridan hursand bo‘lib mashinasiga o‘tirdi.. kulgi esa yana o'rnini o‘ychanlikga bo'shatib berdi .
Ertalabgacha shularni o‘ylab chiqqan Begzod nihoyat bir chora topdi . Shohidani oyisi bilan o‘zi gaplashishga qaror qildi. To‘g‘ri qizni uyi eshigini taqillatdi . Soat 7:30 edi. Oyisi oshxonada nonushtaga pishiriq pishirayotgan edi . Qiziga eshikka qarashini aytdi . Kechadan buyon uxlamay ko‘zi qizarib qolgan va ayni paytda o‘ychang o‘tirgan qiz .. oyisini eshitib .. turib eshikni ochdi . Begzodni ko‘rib .. tezda tashqariga chiqib eshikni yopdi ..
- nima qilayapsiz bu yerda ..
- iyee mehmonni ham shunday kutadimi .?
- nima qanaqa mehmon .. qani u deb atrofga qaradi .
- hoy nima ko‘rinmayapmanmi ?
- sizmisiz ..
- ha .
- ahmoq bo‘ldizmi .. keting .. hozir hazlni mavridi emas..
- hech kim hazl qilayotgani yo‘q bu yerda ( jiddiy gapirib eshikni ochib uyga kirib ketdi. ) Qiz hayron ortidan tezda kirdi .
- qizim kim ekan deb sochiqqa qo‘lini artgancha oyisi chiqdi . Begzodni ko‘rib ..
- keling.. o‘g‘lim ..deb kulib kutib oldi .
Begzod bunday kutib olishini yetti uxlab tushida ham kutmagandi .. kulib kutib olishiku mayli .. lekin "o‘g‘lim" degani unga boshqacha ta'sir qildi .
- Assalomu alaykum..
- va alaykum assalom..
- sizga gapim bor edi .. to‘g‘ri meni tanimaysiz.. ammo eshitishingizni so'rardim..
- ho‘p mayli qani bu honaga yuring deb mehmonxonaga boshladi ..qiziga esa choy olib kelishini tayinladi .
Ichkariga kirib o‘tirishgach ..
- hozirgi aytadigan gapim ... to‘g‘ri emas .. ya‘ni buni men aytishim to‘g‘ri kelmaydi . Lekin .. vaziyat shuni taqozo qilib qoldi ..
- ho‘p .. qanday gap ekan..
Shohida choy damlab endi honaga kirgandi..
- Men qizingizni sevaman ..
Qizni qo‘lidan choynak tushib ketdi ..tezda ortga qochdi ..onasi ham Begzod ham qo‘rqib vahima qilib savol bera boshlashdi.
B: tuzikmisan.. ? Hech qayering kuymadimi ..?
- yo‘q.. yaxshiman ..
O: voy bolama ehtiyot bo‘lsang bo'lmaydimi..?
- ha haligi qo‘limdan sirpanib ketdi .. tezda siniqlarni yig‘ishtirib chiqib ketdi ..
- O‘g‘lim ... siz biroz kechikdingiz.. qizimni yaqinda unashtiramiz ..
- yo‘q faqat bunday demang .. unashtiruv hali bo‘lmaganku .. to'xtatishni iloji borku .. ishoning .. qizingizni ancha yildan buyon sevaman .. lekin u paytlari buni sevgiligini bilmagan ekanman .. hozir esa bu tuyg'u aslida sevgi ekanligini bilaman .. iltimos qilaman .. bir ilojini bo‘lishi kerakku.. meni hozir o‘zim kelib bu gaplarni aytayotganimga yomon deb o‘ylayotgan bo'lishingiz mumkin .. ammo ishoning men chindan ham qizingizni sevaman .. uni dunyodagi eng baxtli qiz qilaman .. hech qachon yig‘lamaydi .. hech kimga hafa qildirib qo'ymayman.. yo‘q demang faqat .. deb umid bilan ko‘zlariga tikildi .. Bu gaplarni chin yurakdan aytgani shundog‘ bilinib turardi .. Onasi biroz o‘ylanib turdida ..
- ertaga uyizdegilar kelsin .. kattalar bilan gaplashmoqchiman dedi .. Begzod bundan hursand bo‘lib ..
- albatta. Albatta kelishadi . Rahmat sizga..deb o‘rnidan turdi. Onasi uni kuzatib qo‘ygach..ichida o‘yladi.. yuz-ko‘zidan ma‘lum yomon yigit emas..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
49- qism.
Ertasi kuni yigit buvisi bilan gaplashdi .. buvisi bu yangilikni eshitib juda quvondi va sovchilikka avval obdon tayyorlanib keyin kelishdi . Qiz bu payt dasturxondagi barcha noz- ne‘matlarni qayta- qayta kamchilik yo'qmi deya qarab chiqdi . Qong‘iroq ovozi eshitilgach oyisini oldiga chopdi ...
- oyi eshik .. eshik jiringlayapti ..
- voy unda nega bu yerga kelding .. ha borib och.. deyishi bilan o‘zini oynada boshdan oyoq qarab kulib eshikni ochdi ..
- Assalomu alaykum dedi yerga qarab uyalibgina ..
- Vaalaykum assalom dedi buvi kulgancha.. qiz ichkariga taklif qildi .. qo'lidagi savatni oldi . Oyisi kelib Hadicha xola bilan ko'rishib mehmonxonaga kirib ketishdi .. Shohida tezda oshxonaga o‘tib oynadan sekin qaradi .. " u " keldimikan degan o‘y bilan .. yuziga tezda tabassum yugurdi chunki kelishgan to‘nkasi zamonaviy kiyimda .. qora achkida.. oyog'ini chalmashtirgancha mashinaga suyanib telda gaplashib turardi .. Ha u chindan kelishgan .. har tomonlama .. shularni o‘ylab tomosha qilib birdan choy damlab olib kirish esiga tushdi . Tezda choyni olib kirdi . Choynakni tashlab qaytib chiqdi . Birozdan so‘ng onasi chiqib ..
- qudam aytdi.. kuyovim pastda seni kutayapti ekan .. bor ko'rishib kel dedi .. Oyisidan bu gapni eshitib hursand bo‘ldi lekin tashida bildirmadi va " ho‘p " deb chiqib ketdi . Zinadan pastlar ekan huddi birinchi marotaba uchrashayotgandek hayajonlanardi .. Begzodni ko‘rdi .. U ham Shohidani ko‘rgach telni o'chirdi.. qiz sekin oldiga borib ..
- Assalomu alaykum..
- Vaalaykum assalom.. bugun pariyim o‘zgarib ketibdimi yoki ko‘zimga shunday ko‘rinayaptimi..?
- yo‘q o‘zgarmaganman .
- hmm seni hech ko‘ylak - lozim va rumolda ko‘rmagan ekanman ..
- oldin ham kiyar edim .. faqat uyda ..
- haa
- o‘zizchi .. bugun boshqacha yasanib olibsiz .. nima qizlarni qaratolmayapsizmi deymana..
- nima yo‘q unday emas.. ahir uchrashuvim bor edida..
- hmmm kim bilan ekan
- bir go‘zal pari lekin sen tanimaysan ..
- yo‘g‘e ..
- ha
Qiz sekin yigit oldiga borib qo'lining yumshoq joyidan chimchilay boshladi .. Aslida o‘grimasa ham ..
- ay.. ay bu nima qilganing .. bas qilsangchi ..
- sizga hozir ko'rsatib qo‘yaman go‘zal parini deb tinmay chimchilayverdi .
Yigit esa kulib ..
- hoy hoy hazillashdimku .. deb qizni qo‘lidan tutib to'xtatdi..
- bilasanmi nima..?
- nima..?
-sen hayotimga kirib kelganingdan buyon boshqasi meni qiziqtirmay qo‘ygan .. yigit qizni ko'ziga mehr bilan tikilib shu gaplarni aytdi .
- meni ham qiz ham yigitga shunday qaradi ..
Shunday qilib kattalar to‘y kunini ham belgilab qo‘yishdi .. Ikki yosh baxtdan sarmast edi .. Qizni opasi ham ikki kun o'tgach qaytdi .. Opa - singil to‘yi ikki kunda ketma- ket o'tadigan bo‘ldi . Opasini to'yiga bir kun qolganida rossa charchagan Shohidaga Begzod tel qildi .
- alo Assalomu alaykum.. ( horg‘in ovozda)
- Vaalaykum assalom.. ho‘sh pariyimni ahvoli qalay .. to‘y yugur- yuguri bilan charchamadingmi..?
- o‘lguday charchadim .. keling o'zimizni to‘yni bir haftadan keyin qilamiz ..
- yo‘q bo‘lmaydi .. bir kunda o‘tib ketadi .. sabrli bo‘l
- aha ho‘p ..
- hozir nima qilayapsan ..
- kechasi 23:00 da albatta yotibman ..
- ha ..
- o‘zizchi nima qilayapsiz ..
- ha dadam bilan hozir bir- ikki qolib ketgan muammolarni hal qilib endi yotgandim seni ovozingni eshitgim keldi ..
- haa.
- Shohi... esingdami Turkiyadan qaytganimizda uyingga tashlab qo‘yganim..
- hmm
- o‘shanda seni qayta chaqirgandim .. sen burilib qarading .. nima degandek boshingni qimirlatding .. men esa nima deyishni bilmay yelka qisgandim . Sen kulib hayrlashib ichkariga kirib ketganding .. o‘shanda chindan hech qanday gapim yo‘q edi .. shunchaki seni ismingni tilimga olgim .. qayta yuzingni .. kulguyingni ko‘rgim kelgandi .. shularni istagandim holos .. men senga shunday telbalarcha oshiq bo'lganman .. har daqiqa ko'rishni va ovozingni eshitib turishni istayman .. agar shu istaklarim bilan kelajakda seni ovora qilib qo‘ysam oldindan .. aytay .. senga shunday telbadek oshiq bo‘lganim uchun aft etgaysan meni..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
50- qism.
- alo Shohi meni esitayapsanmi .. tentakvoy uxlab qoldingmi .. mayli shirin tushlar ko‘r .. sevgilim deb telni o'chirdi.. va o‘zi ham uyquga ravona bo‘ldi ..
Ikkala to‘y ham juda zo‘r o‘tdi . Shohida va Begzod bir- birlariga juda yarashib turishar edi . To‘y ham tugadi . Ertasi kuni Shohida turib endi ko‘cha supurgani chiqmoqchi edi . Hadicha buvi to'xtatib qoldi ..
- qizim bu yerda hizmatchilar hamma ishni qilishadi .. siz ko‘cha va hovlilarni shipirib o‘zizi charchatmang..
- ho‘p .. hech bo‘lmasa nonushta tayyorlasam maylimi ..
- iyeee albatta .. bir nabira kelinib qo‘lidan choy ichmasam bo‘lmas deb yubordi .. qiz ham qo'shilib kuldi va oshxonaga bordi .. har xil pishiriqlar pishirib dasturxonga tortdi .. oilaviy nonushta qilishdi .. Begzod endi ishga ketaman deganida .. Buvisi " 40 kun chilla saqlaysiz hech qayerga .. muhim bo‘lmasa bormaysiz keyin bilganizi qiling ishim bo‘lmaydi " degach noiloj qoldi .. Uyda qolib ham tinchimadi .. Shohida qayerga borsa va nima qilsa u ham boraverdi va yordam beraverdi .. Buvisi bularni ko‘rib " ha yoshlar .. yoshlar " deb kulib qo‘ydi .. Tushlik qilib bo‘lishgach .. Begzodga ish bo'yicha tel bo‘lib xonasiga chiqib ketdi .
Shohida tinmay huddi bir nimani so‘ramoqchiyu lekin so‘rolmayotgan odamday Buvisiga qarayvergach Hadicha xola..
- ha qizim .. biror gapiz bormi .. bemalol beravering ..
- ha bor lekin ..
- aytdimku .. behijolat beravering ..
- Haligi Begzod akam hech oyisi .. ya‘ni oyijon haqida gapirmagan .. shuni ..
- ha tushundim sizni .. u tirik .. faqat qayerdadir yurgandir ..
- nega biz bilan yashamaydi ..
- u Begzod endi 9 yoshga kirgan payti .. bizni tashlab biri bilan ketib qolgan .. ya‘ni hiyonat qilgan .. o‘sha kundan buyon uni eslash ham taqiqlab qo'yilgan bu honadonda .. bu taqiqni Begzodni o‘zi qo‘ygan . Lekin bolam bechora onasini baribir ich ichidan sog‘inadi uni yaxshi ko'radi va qachondir qaytishiga ishonadi .. buni bildirmaydi lekin qalbidagi 9 yashar bola haligacha shuni istaydi .
Shu gaplarni eslab ertasi kuni hayol surib o‘tirgan Shohidani oldiga Begzod kelib o‘tirdi .
- nimani o‘ylayapti meni go‘zal rafiqam deb yuzidan bir o‘pib so‘radi ..
- Begzod aka ..
- eshitaman ..
- haligi .. agar mobodo oyingiz kelsa uni kechirarmidiz ..
- ... bu gap qayerdan chiqdi .
- savoldan qochmang .. faqat rostini ayting .. ularni haligacha yaxshi ko'rasizmi..
- ha .. nima qilgan bo‘lsa ham u meni onam ..
- demak kechirar edingiz ..
- balki .. nega buni so‘rab qolding o‘zi ..
-men ularni topdim .. va hozir ortingizda turibdi ..
- nima hazilmi bu .. agar shunday bo‘lsa ham o‘xshamadi ..
- qarang ..
Begzod qaragan edi .. chindan ortida onasi Farida opa yig‘lab qarab turibdi .. Begzodni ham ko‘zlari tezda yoshlandi .. titroq va past ovozda ..
- oyi ..( endi baland ovozda) Oyijon deb oldiga borib qattiq quchib oldi .. ona- bola ancha yildan so‘ng qayta diydorlashib turishibdi. Tinmay yig‘lashardi .. Anchadan so‘ng ular bir dasturxon tepasiga o‘tirib suhbatlashishdi. Farida opa o‘sha paytda qilgan ishidan ming pushaymon ekanini va orada tuxmatga qolib qamalib .. keyin esa ko'chada qolganini va kecha uni kelini topib uyga taklif qilganini aytdi .. Va kelinini quchib oldi . Begzod ularni ko'rib juda quvondi. Kechga dadasi ham keldi .. undan ham kechirim so‘rab yalinib - yolvorgach kechirdi va birga baxtli yashay boshlashdi..
•••|Adını san köy |•••
#frozen
51-qism.
Shunday baxtli kunlarni birida Shohida hovlida gul tuvaklarga gullarni ekayotgandi. Begzod chiqib qolib yordamlashgani keldi ..
- honim .. yordam kerak emasmi ...
- kerak bo‘lganda qandoq..
- shu ishlarni qilishing shartmi hozir .. biroz o‘zingni avaylasangchi .. qara quyosh ham qizdirayapti.. oftob urib kasal bo‘lib qolsang nima bo‘ladi..
- obbo vahima qilmang hech nima qilmaydi menga..
- men sendan emas .. tug‘ilajak farzandlarimdan havotirdaman .. bu gapni ataylab jig‘iga tegish uchun aytgan edi .
- nima .. hali ikki oylik bo‘lmagan farzandingiz kerak .. bo‘lib men keraksizga aylanib qoldimmi ...
- men unday demadim...
- yo‘q huddi shunday dediz deb yig‘lab yubordi ..
- hoy yig‘loqi .. yig‘lama sekinroq hozir oyim chiqib qolsa yana meni urishadi.
- mayli ..
Begzod rafiqasini qo‘lidan tutib asta o‘pti va tentakvoyim men hazil qilgandimku .. sen menga har doim har onimda keraksan .. deb yoshlarini artdida bag'riga bosdi. Shohida ham kulib men bilgandim deb kulib yubordi ..
-voy ayyor quyoncha .. hali yolg‘ondakam yig‘ladingmi deb burnini chimchilab kulib qo‘ydi ..
Shohida ham javoban kuldi .. bir- biriga yana tikilib qolishgach Begzod gap boshladi ..
- bilasanmi ..har kimning hammadan qizg‘ongan shirin bir hikoyasi bor .. Meni " shirin va qizg‘ongan hikoyam bu sen va sen bilan o‘tgan kunlarimdan iboratdir ..
- hmm shundaymi .. ho‘o‘o‘o‘sh unda aytingchi o‘sha hikoyezi nomi nima ekan ..?
- nomi yo‘q
- iye bu nimasi .. axir har bir hikoyani nomi bo‘ladiku ..
- to‘g‘ri ..
-shunday ekan nom qo'yishingiz kerak
- yaqinroq kel - qiz yaqin kelgach yigit qulog'iga asta dedi ...
- Adını san köy ..!

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish