Aziz o'quvchi


ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI



Download 0,99 Mb.
bet24/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI

(Dramadan parcha)

Qat nashuvchila r:

Mirzo Hamdamboy - o'rta bo'ylik, mosh-birinch soqol, qizil yuzli, o'rtacha kiyingan, 55 yoshda, ro'zi davlatlik bo'lsa ham, ilm-­ma'rifatdan yiroq kishi.

Abdiqodirboy - Mirzo Hamdamboyning oshnosi. Mahmudxonga muhabbatlik, birozgina zamondan xabardor kishi. Uzun bo'ylik, qora soqol, rasmiy kiyingan.

Mahmudxon - xipcha bo'ylik, xushmo'ylab, soqolsiz, sochlik, ko'zida oynak bor, butun ovrupocha kiyingan, demak, eng yuqori darajada ochiq fikrli, xususiy muallim olib o'qimish, tarbiya ko'rmish, Mirzo Hamdamboyning yolg'uz o'g'li, 18 yoshdadur.

Maryamxonim - eski maktablarda o'qimish esa ham, Mahmudxonga muhabbat qo'ymoq munosabati ila ro'mon, gazeta, jurnol kabi maorif ta'sirotindin qalbi uyg'onmish. Mahmudxonning haqiqiy oshiqidur. O'zi husnli, 17 yoshda bo'lub, bir faqirgina kosibning qizi.

Eshon - uzun to'n va katta sallali.

So r a - Maryamxonimning onasi, 35 yoshlarda.

Zaynab - Maryamxonim bilan Mahmudxon orasinda xat yurituvchi kampir, 60 yoshda.

M a v sum - Mahmudxonning xizmatchisi.


BIRINCHI PARDA

Mahmudxon hujrasi ovrupocha ziynatlangan bir hujra bo'lub, bir tarafda ishkof, ichida kitoblar, xaritalar, ramkada kartinalar. Bir tarafda temir karavot, bir tarafda bir dona stol, uch-to'rt dona taburetka, bir devoriy soat.

Mahmudxon (yolg'iz kirub sallasini olib qo'yub, to'nini yechub, cho'ntagidan bir maktubni olub, to'nini qoziqqa ilub, kursiga o'tirib, xatni o'pub ochub). Bugun nima xabar? Nima so'zlar yozilub maktub kelgon ekan.

Endi o'qub turgan holda eshikdan Abdiqodirboy kirub kelur.

Abdiqodirboy. Assalomu alaykum!

Mahmudxon (xatni qo'yniga solub, yugurib turub). Assalomu alaykum, boy pochcha, kelsunlar, qani marhamat joy ko'rsatub), qani o'tursunlar, manam hozir janobingizni kutub turuvdim (boy



kursiga o’tirur, fotiha o’qur).

Abdiqodirboy. Xayr, ziyoda davlat, ollohu akbar.

Mahmudxon (turub). Xush ko'rduk.

Abdiqodirboy. Xush, salomat. Yangi xabarlar yo'qmi, afandim?

Mahmudxon. Xushxabarlar mana endi janobingizdan bo'ladi-da, boy pochcha.

Abdiqodirboy. Endi biz keltirgan xabar, u qadar xush bo'lmasa hamki, amonat bir javob-da, har nima bo'lganda ham, bizdan bir aytib o'tmoq-da! Ayb qilmaysiz.

Mahmudxon. Yo'q, taqsir, nimaga ayb qilar edim. Qani eshitaylik.

Abdiqodirboy. Endi, kecha men bu yerdan chiqub, to'g'ri kontorga boruvdim, boy afandi o'zlari yolg'uz ekonlar, o'lturuvdim, choy buyurdilar, ag'dan-bag'dan so'zlashub, gapdi muddaoga olib keldim-da, qo'limdan kelgan qadar so'zlarni aytub, agar bu ishlar vuqu'ga kelmasa, Mahmudxon achchiq ustida biror taraflarga ketub qolish ehtimoli ham bor. Endi birtagina farzandingizi xursand qilaman desangiz o'sha Maryamxonni olub berasiz-da, xotirjam qilasiz, bo'lmasa, oxirida biror dilsiyohlik bo'ladurgan darajalarg'a ham ehti­moli bor deb, xulosa, nima bilan targ'ib bo'lsa, qilub o'tdim. Ammo, boy afandi, o'zingiz fe'llarini bilasiz, hech bir xohish qilmadilar.

Mahmudxon (biroz o’zgaribroq). Axiyri nima dedilar?

Abdiqodirboy. Endi boy afandini gaplari shuki, men el-xalq ichida xo'b yaxshi obro', shuhrat topgan kishi, bir Ho'qandgagina emas, mana, Buxoro, Samarqand, bir tarafi Qashqar degandek, hamma joyga ovozamiz ketgan. Endi birtagina o'g'il bo'lsa, mana o'zini to'y qilganimga o'n-o'n besh yil bo'lub qoldi. Mana bu ikkinchi to'yi, axir; bir durustroq, o'zimizdan yuqori bo'lmasa hamki, barobarroq joydan uylantiraylikki, ham orzumiz ushalsun, ham atrofdan kelgan

1 Vuqu’ga kelmasa – Yuz bermasa, amalga oshmasa ma’nosida.

yor-do'stlarga ma'qul bo'lsin-da. Endi man shunday obro' bilan borub bir bechora kosibdi qizini olib beraman! Xalq mani nima deydi. Axir uning katakdek ko'hna hovlisi bor, to'y qayerda bo'ladi? Xo'sh, kelgan yor-do'stlar borub qayerda o'ltiradi? Sharmanda bo'lamiz-ku! Endi o'g'limizni xursand qilaylik, xolos, deb shuncha mardumdan ta'naga qolub, xayfsan eshitub o'tirsak tuzukmi? Mana axir o'qiyman dedi, xabaringiz bor, olti yildan baqqa qancha pullar sarf qildum, endi mulla bo'lub, qilib bergan foydasimi bu? (Qo'li bilan ishora qilub.) Aslo, aslo bu so'zni ikkinchi aytmang, man sizdan xafa bo'laman. Mana, sizdek yaxshi do'stlarimdan chiqqan so'z shumi? Ayb gap, dedilar.

Mahmudxon. Axir o'z-o'zini bir baloga giriftor qiladi, demadingizmi?

Abdiqodirboy. Aytdim, hech gap qolmay hammasini aytdim. Onasi ham unamaydi. Qarindosh-urug'lari ham unamaydi. Bu bir xomxayol gap, har kimga maqbul bo'lmaydigan gap. U o'zi shundoqadur-ov. Men undan yuz barobar ortiq qiz topub beraman, dedilar. Hokazo, ikki soat so'zlashub, endi biroz muloyim qilgan vaqtda hazrati eshonni Qosimjon degan xalfalari kelub qoldi. Xayr, u ham zorainki manga qo'shilsa, deb tag'in o'ltiruvdim, xalfani o'zi ham so'rab qoldi, boy afandi o'zlari gapirub qoldilar. Xalfa gap tamom bo'lgandan keyin: «Endi, boy afandi, janobingizdiki ma'qul, sizga hech munosibmas va ham bunisi borki, u qiz hazrati eshonga nazr bo'lgan, endi hazrati eshon murid ovidan qaytsalar, ehtimol, shu oy ichida to'y ham bo'lsa», deb yubordi.

Boy afandi: «Mana xolos, agar man sizni so'zingizga kirsam, toza sharmanda bo'lur ekanmiz», deb ba'zi gaplardi gapirub, meni xijolat qildilar. Endi o'zingizdan o'tar gap yo'q, hazrati eshonga bo'lgandan keyin gap tamom.

Mahmudxon (hayron bo'lub). Hazrati eshonning xotunlari bor edi-ku?!

Abdiqodirboy. Bor, birta emas, oltita, hozir oltiariqlik oyim o'ldilar, beshta bor.

Mahmudxon. Oltita ekan, muni nima qiladilar, endi?

Abdiqodirboy. Ey boybachchaxon, siz yosh-da hali, tekin nazr bo'lgandan keyin, kim olmaydi deysiz! Avval shunday hazrati eshonlardan ish ketgan-da! Bo'lmasa, bir oyoqlari go'r og'ziga borub qolgan bu kishiga kim qo'ydi yana muncha yosh xotindi! Zamona sob bo'lgan-da!

1 Mardum – Odam, kishi. 2 Baqqa (sheva) – buyon, beri.

Mahmudxon o'rnidan turar.

Abdiqodirboy. Qayoqqa borasiz?

Mahmudxon. Gap bila bo'lub qoldik, choy qo'yay.

Abdiqodirboy. Yo'q, afandim, choyga fursatim yo'q. Boshqa yana kelarman (turar).

Mahmudxon (nochorroq). Axir choy ichub borar edingiz-da! (Uzatur).

Abdiqodirboy. Axir, choy ichmagan joyimizmi, xayr (chiqar).

Mahmudxon (uzatub). Xayr bo'lmasa (ketar).

O'rtada biroz o'ylanib qolur-da, kursini stol yoniga olub, sahnaga qaratub qo'yub o'tirar. Oh urub, yana turub yurub, kelub o'tirar.

Mahmudxon (qo'lin tizzasiga urub). Oh jaholat! Maorifsiz davlat! (Xatni olub, ochub qarab turub borub, zvonok berub, yana kelub o’tirur. Eshikdan mulozim kelur, Mahmudxon anga qarab.) Birorta erkak odam kelsa, meni yo'q degin (xo'b, deb ketar. Mahmudxon hamon tizzasiga urub). Eh, johil otalar, johila onalar, man orzu-havasni nima qilay? Orzu-havas o'zimning istaganimdan boshqa nimarsa emas.

Biroz sukut qilub turar. Bu orada Maryamxonim kelub, eshikni qiya qilib qarab turar. Mahmudxon xabarsiz.

Man orzu-havasni nima qilay, suyganim bo'lmagandan keyin manga ming orzu - bir qora chaqa, balki manga zahar, o'lim, aza (birozgina to'xtab). Man boy qizini nima qilay? Ho, o'zimni endigina jaholatdan qutqazgan vaqtda yana bir johilaga, ro'dapoga umrdosh bo'lamanmi? Manga hayot kerak, hayot uchun eng ko'nglim istamish maqsad kerak, u maqsad esa (bosh qimirlatub) Maryamxonimdan boshqa emas, boshqa emas...

Oh, oning manga shirin-shirin yozmish maktublari (yugurub turub stol g'aladonidan bir dona maktubni kelturub ochub). Mana, mana buni yozmish maktublariga qara, birinchisi bu (birinchi maktubni o’qir):

«Ardoqli millatim, g'unchai muhabbatim, suyukli afandim Mahmudxon!. Afandim, durust, man faqira eski maktabdagina tahsil etdim, lekin har bir millat va insoniyat, hayot masalalarin borin siz orqali tonidim... Gazeta kabi hayoti milliya ochqichlari-da sizning harakatingiz orqali banim qo'lima tushdi. Demak, bu endigi maktu­bim avvalg'i maktublardan emas, balki chin ko'nglum, sof qalbim

1 Hayoti milliya ochqichlari – millat, xalq hayotini ochib, ko’rsatib beruvchi.

sahifasi deb bilursiz, vassalom. Ikkinchi muddao, afandim, emdi tezdan ijtihod etingizki, ikkovimiz elimizni, zulmatda qolmish bu millatni, siz quyoshi bo'lganda, man mohtobi bo'lub, qorong'u vatanni yorutaylik. Siz-da, erlarimizning holidan, ban mazluma oilalarimizning holidan gazetalarga yozushub, bir-birlarimizi ogohlanturaylik. Garchi siz tijoratda bo'lsangiz-da, chin maqsudingiz bo'lgan qizlar maktabi ochaylik, ban ma'naviy, siz moddiy xizmatda bo'ling, qadrsiz hamshiralarimizning kasod o'lmish bozorlarini ilm nuqudi bila ko'tarishaylik, chin yashaylik, kelajakdagi avlodlarimizni mozorimizga borub, erlari sizga, qizlari bizni qabrimiz uzasina oq, qizil gullar sochub, Qur'on o'qub, ruhlarimiz olqishlarlik darajada bir xizmatlarni maydonga qo'yaylik. Afandim, man garchi zohirda bir kosib qizi, ammo sizing yordamingiz bila millat qizi o'lub ma'nan ma'rifat va milliy xizmat bilag'inaman... Demak, orzu-havas o'lsa-o'lsun, milliyat, insoniyat o'lmasun. Xayr, xayrixohi milliy g'amdoshingiz Maryamxonim zikriya». (Mahmudxon tizzasiga qolun urub.) Oh, mana, mana bu maktub qanday laziz hayot beradi. Man qaysi vijdonim bila mundin yuzimni o'girayin, moshaollo. Bu maktubni har biri manga ming boy qizidan suyuklumasmi?. Turkistonda asrlardan beri endigina yetishgon millat joriyasi qanday ruhlar bermoqda! Oh, man bu mal'un foniy davlatga mag'rur bo'lub ma'naviy davlatdan nechuk qolay? (Mahmudxon birinchi maktubni qo'yniga solub, ikkinchi maktubni ochib ko'rub, cho'chib turub) Oh, man ta'xir qilubman-ku. Maryamxonim kutmoqchi ekan, man to'xtab qolubman-ku (xatlarni qo'yniga oshig'ub solub, orqasiga qaramoq barobar, Maryamxonim eshikni ochub, boqib turar. Mahmudxon yugurub borub salom ila qo'lun o’pub). Buyuring, xonim afandim (olib kelub, kursiga o’tqazur-da, o’zi). Xonim, man chiqub, eshikni kishi qo'yub poylatub kelay.

Maryamxonim (Mahmudxon qo'lindan ushlab o’pub). Afandim, man kelganimga uzoq vaqt bo'ldi, tez qaytaman.

Mahmudxon. Xo'b, jonim, mabodo bir kishi xabarsiz kelmasun (chiqub ketar).

Maryamxonim (yolg'uz, kitoblarni va boshqa joylarni ko'rsatub). Oh, shirin hayot, chin yo'ldosh bunday har bir jihatdan komil, fozil inson bo'lsa. Afsus, faqira, bechoraman (yurub turar).

1 Ban – men. 2 Hamshiralarimiz – qizlarimiz, ayollarimiz. 3 Nuqudi – kuchi, yordami. 4 Uzasina – tepasiga, uzra. 5 Zohirda – tashqi jihatdan.

Mahmudxon kelur.

Mahmudxon (kursiga taklif qitub). Nechuk, xonim afandi, taklifsizgina tashrif etdingiz?

Maryamxonim (o’tirub). Hech taklifga ehtiyojsiz! Muhabbatmi, boshqami, yaqinlardan beri qo'rqinchli bir tush ko'raman. Xavflanub bir fursat qildi-da, ko'rgim keldi. Aziyat ko'rmasangiz, hech gap yo'q.

Mahmudxon (turub). Bosh ustina, xonim afandi. Na aziyat, marhamat emasmi?! Tushni, baningcha, e'tibori yo'q, lekin...

Sukut.


Maryamxonim (qo'rqubroq). Afandim, sukut etdingiz?!

Mahmudxon (ro'molchasin olub, ko'zYoshin artub). Xonim afandi, oh, ikkimizga bir uqubat

borga-da o'xshaydi.

Maryamxonim (cho’chib, Mahmudxon qo’lini tutub, oshiqub). Nima, nima? Uqubat?!

Mahmudxon (qo’lini tutub). Qani til, oni sizga aytmakka, jonim!

Maryamxonim (hamon yolinub). Men eshitub turgan so'zlarimdangina emas, dedim-ku, ko'rgan tushlarimdan-da xavflangan edim. Ayting, nima xabar ekan? Nima so'z?

Mahmudxon. Endi o'zim ham aytmoqqa majburman, lekin ko'nglim bo'lmaydi.

Maryamxonim (yig'lamsirab). Yo'q, ayting.

Mahmudxon. Man kecha bir kishini otamga yuborgan edim. Ul kishi so'zicha, otam qabul qilmagan emish. Mayli endi ul qabul qilmasa, qiyinlik bir tarafda ekan, iloji oson edi. Endi sizning tarafda bir mushkul borki, har bir narsadan u masala og'ir.

Maryamxonim. Xayr, afandim, nima ekan?

Mahmudxon. Sizni ota-onangiz hazrati eshonga nazr qilmish ekanlar (Maryamxonim cho'chur). Ehtimol shu oylar orasinda to'y o'lur ermish (Maryamxonim yana cho'chub tushar, manglayin tutar).

Endi man esa, bu to'g'rida ko'p og'ir o'yga qoldim (to'xtar, har ikkilari yig'lab to’xtar).

Maryamxonim (birozdan keyin). Afandim, sizsiz dunyoda bir kun turmog'imdan manga o'lim yaxshimasmi? Man (yig'lab) hech bir vaqt qabul qilmasman! Qo'limdan kelgan qadar o'zimni ul zolim qo'lidan qutqaza olurman. Jonim, gap sizda. Siz-da o'z va'dangizda qaror etsangiz, albatta, man jon boricha harakatda bo'lurman (yig'lar).

Mahmudxon. Jonim, man sizdan-da, ortuq darajada, dunyoda sizsiz tura olmam. Bugun sizdan ajralmoq ma'lum bo'lur ekan, bu kunning o'zidagina o'z-o'zimni halok etarman. Jonim, menga sizsiz hayot - zahar. Mandan amin bo'lingizki, bugundan boshlab man harakatda bo'lurman. Siz-da, albatta, u tarafdan mone bo'lib tursangiz kifoya.

Maryamxonim (Mahmudxon qo'lindan tutub, yaqinroq kelub). Juda o'lmas esa, bir boshqa mamlakatga qochmoq mumkin emasmi?

Mahmudxon. Albatta mumkin, jonim, ish bo'lmagach noiloj qilamiz. (Bu orada Mavsum ovoz berub: «Xojayin keldilar», deb qo'yar. Mahmudxon sachrab furub). Endi (Maryamxonim turar) aybga buyurmaysiz, xabarsiz kelganingiz vaqtsiz bo'ldi.

Maryamxonim (Mahmudxon qo’lin tutub). Yana mani faqir deb tashlamangiz, jonim. Man o'zimcha faqir bo'lmadim.

Mahmudxon. Manga o't yoqmangiz. Man u vijdonsizdan emas (qo’lin olub o’par).

Maryamxonim (paranjisini yopinub). Mani unutmang! Mandim, manga uvol qilmang...

Mahmudxon. Jonim, hech unutmasman! Siz xotirjam... (peshanasin sitar).

Maryamxonim (eshik ostina borub). Man har doim umidda turaman (kamzul oldidan tutub). Afandim, avvalg'i marhamat, va'dadagina bo'lung, dunyoga aldanmang...

Mahmudxon (qo'lini o’pub). Jonim, siz unutsangiz ham, billohki, man hargiz unutmasman...

Birgalashub chiqar. Parda tushar.

(Asarning ikkinchi pardasida «Maryamxonimning zo'r bila hazrat eshonga nikohlangani», eshon uni har qancha majburlamasin, xotinlikka rozi bo'lmagani, eshonning manjur qiyofasini fosh etib, uning uyidan qochib chiqqani hikoya qilinadi. Uchinchi pardadan esa eshondan va jaholatga to'la bu hayotdan qutulish yo'lini topa olmagan Maryamxonimning zahar ichib, onasi Sora, suyuklisi Mahmudxon va uning maktublarini Mahmudxonga eltib berib iltifot ko'rsatgan Zaynab xola bilan vidolashuv epizodi o’rin olgan. Bu sahna oxirida Maryamxonim Mahmudxonning qo'lida jon beradi.)

TO'RTINCHI PARDA

Qabristonning bir burchi bo'lub, yolg'uz Maryamxonimning qabridangina iboratdir.

Parda ochilur, bir tarafdan Mahmudxon kirar, boshida ko'k salla, qo'lida palto, bir qo'lida gulu rayhonlar, telbaroq bir holda.

Mahmudxon (lahadga qarab, ta'zim qilub). Assalomu alaykum, yo ruhi Maryam. (Gullarni ko'rsatub.) Mana, bu sizning mozoringiz tuhfasi uchun, jonim! (To’nni bir tarafga qo’yub, gulni bog'larin yechub.) Mozoringizga sochmoq uchun keltirdim-a, jonim Maryamxonim. (Qabri ustina sochub.) He, hoy, suyukli Maryam!


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish