Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet33/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
(yana boyagi usul bilan)

Rozi!


Ulug’bek

Madrasaga va rasadga yetmagay zavol!

Kutubxonam, kitoblarim saqlansin omon!

Shu shartimga ahli parda rozimi?

Qozi Miskin

(yana boyagi usul bilan)

Rozi!


Ulug’bek

Picha taskin topay deya ketgum safarga.

Bu diyordan tez fursatda jo'nab ketaman.

O'zim esam iztirobdan, anduh-u g'amdan,

Shartim shuki, berilmagay bizlarga xalal.

Shu shartimga ahli parda rozimi?

Qozi Miskin

(yana boyagi usul bilan)

Rozi!


Ulug’bek

Bu va'daga ahdu paymon qilasizlarmi?

Abdullatif odamlari

Ont ichamiz, ahd etamiz, bahaqqi Xudo!

Ulug’bek

Bilib qo'ying, bu qasamni buzsangiz agar,

Qayda bo'lmay, men o'zimman sizga da'vogar.

Tangri sizni osiy sanar, el sharmanda der,

Tarix sizga la'nat o'qir.

Abdullatif odamlari

Qasam ichamiz!

Ulug’bek


Bugun barcha vasiqalar yozilib bo'lur,

Imzo uchun madrasaga kelsin elchingiz.

Alvido, taxt va saltanat iztiroblari!

Endi sulton Ulug'bek yo'q, do'stlarga rahmat.

Majlis tamom. Ahli parda, sizlarga ruxsat.

Abdullatif odamlari chiqib ketadilar.

Bugun oqshom Samarqanddan chiqib ketamiz.

Devonbegi va Bek Arslon, borib shu topda

Ot va navkar, pul-ozuqa tadbirin ko'ring!

Bek Arslon

Oh, shahriyor, nega kerak menga bu qilich?

Shu peslarga sira xizmat qilolmayman, yo'q!

Siz qayerga, hatto Hindga borsangiz boray...

Ulug’bek


Sadoqatli mard sardorim, ma'yus bo'lmangiz.

Ketib qolsa bu shahardan hamma yaxshilar,

Kimlar yeydi xaloyiqning, elning g'amini?

Buyurganim bajaringlar!

Devonbegi va Bek Arslon chiqadilar.

Mayli, o'tsin oqpadarga ertangi kundan

Saltanat ham, iztirob ham, bezovtalik ham.

Ko'p afsuski, Abdullatif boshga toj qo'ygach,

Otin tag'in yugurtirar zulm yo'lida.

Unga mendek qirq yil sulton bo'lish qayerda.

Qirq hafta ham taxt tutolmas... So'zimni eslang!

Samarqand atrofida qishloq. Namozgar vaqti. G'ira-shira qorong'i. Kuz fasli. Ota Murodning hovlisi. Ulug’bek dadil turib hovlidan chiqmoqchi bo'ladi. Ammo Ulug'bek qaysi tomonga yo'nalsa, devor orqasida, eshik oldida, daraxt tagida, panjara yonida nayzalik sipohlar pistirmada turgani ma'lum bo'ladi. Sipohlar uning yo'lini to'sib, hovlidan chiqarmaslik uchun qurshovga olganligi ayon bo'ladi.

Ulug’bek

Ah-ha, tuzoq! Bir kishiga qarshi bir lashkar!

Oqpadarning qo'rqoqligi shundan oshkor!

Ota Murod

Yo rabbano, bu zolimlar nima qilmoqchi!

Yalmog'izmi, nima bular, aqlidan ozgan!

Shu paytda daraxt tagida soyada turgan Abbos yoruqqa chiqib UIug'bekka qarab yuradi.

Ulug’bek


Sen hali ham tirikmisan, haromi, xabis!

Abbos


Tirikmanki, toki ko'ray o'limingizni.

Men otamning xunini deb, qasosin kutib,

Biru bordan shu fursatni yalinib keldim.

Ulug'bek


Otang qilgan badkirdorlik, beinsoflikka

Eng yengilroq jazo edi shahardan surgun.

Balki undan jabr ko'rgan olomon o'zi

Alash qilib o'z hukmicha terakdan osib,

Xud asfalassofilinga jo'natgan uni.

Bu gaplaring yo tuhmatdir yoki bahona.

Abbos

Padarimning o'limiga shar'iy mahkama



Faqat sizni javobgar deb biladi.

Mana!


(Fatvoni qo’ynidan olib ko'rsatadi.)

Ulug’bek


Jallodlarning malayisan, badbaxt kushanda!

Bir zarba bilan urib Abbosni yiqitadi. Abbos o'rnidan turib sipohlarga ishora qiladi. Sipohlar Ulug'bek navkarlariga hujum qilganda bittasi qochadi. Yigitali esa qilichini sug'urib, ularni yaqinlatmaydi. Ota Murod: «Musulmonlar, voy dod, bosqin!» deb qichqirib qishloq tomonga qochadi.

Yigitali, qilichimni bergin, ko'ray-chi,

Qilichbozlik bilarmikan bu nobakorlar!

Yigitali Ulug'bekka qilich beradi. O'zi ham qilich tutib Ulug'bekning chap tomonida turadi.

Yo'q, bo'shashgan emas hali Ulug'bek qo'li,

Men qilichni olmaslikka qasam ichgandim,

Ammo bunga sen haromi majbur etasan,

Goho kerak bo'lar ekan bobo merosi.

Ulug'bek fonus orqasida turib hujum qilayotganlarni ravshan ko'rgani uchun Abbos va sheriklarining hamlalariga raddi-badal berib yaqinlatmaydi. U o'zini hamda Firuzani himoya qiladi. Yigitali jarohat yeb yiqiladi.

Abbos (sipohlarga)

Fonusni ur! Yo'qsa unga bas kelolmaymiz!

Bir necha sipohi fonusni urib tushiradilar. O'rtaga qorong'ilik cho'kadi.

Ulug’bek


Eh, nomardlar, yapaloqlar, ko'rshapalaklar,

Qorong'ida faqat sizning ishingiz unar!

Uch-to'rt sipohi qorong'idan foydalanib Ulug'bekka orqadan hujum qiladilar, o'ng qo'lidan yaralaydilar, qilich Ulug'bek qo'lidan tushib ketadi.

Abbos


Darhol bog'lang! O'chni o'zim olmog'im kerak.

Sipohlar arqon tashlab Ulug'bekni daraxtga bog'laydilar.

Ulug’bek

O'lim meni qo'rqitmaydi. Lekin, afsuski,

Men do'stlarni hasrat ichra qo'yib ketaman.

Abbos


Hukmi shar'iy bajarilur.

Ayting vasiyat!

Ulug’bek

Vasiyatim, vasiyatim! Kim ham eshitgay.

Mulkim yo'qki, birovlarga meros qoldirsam,

Xazinam yo'q, birovini boyitib qo'ysam.

Merosimdir kitoblarim va jadvallarim.

Bir meroski, zamon uni mahv etolmaydi,

Bir meroski, vorislari bu vatan ahli,

Bir meroski, bahra topar undan yer yuzi.

Esiz, esiz, vatanimga so'ng xitobimni

Na birovlar eshitadi va na yozmoqqa ­

Bu boylovliq va yarador qo'lim qodirdir.

Yovuz dushman oldida men boylovliq qo'lim,

Parvardigor, bundan ortiq bormikan zulm?

Qayerdasan, dastyorim, sodiq navkarim,

Hay, Berdiyor, nega yo'qsan shu damda o'zing?

Nega seni men jo'natdim o'zimdan yiroq?

Sen bo'lmasang ketar ekan omadim har choq.

Sen qaydasan, hay, Berdiyor, Chotqol shunqori!

Sahna orqasidan Berdiyor tovushi eshitiladi.

Berdiyor

Labbay, hazrat, sadongizdan aylanay, hazrat!

Hozir keldim, hay nomardlar!

Abbos


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish