Андижон Машинасозлик институти



Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.05.2022
Hajmi8,51 Mb.
#606749
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi kurs ish



Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим
Вазирлиги
Андижон Машинасозлик институти
“Гуманитар фанлар” кафедраси
“Иқтисодиёт назарияси” фанидан
КУРС ИШИ
Мавзу: Иктисодий билимларнинг шакиланиши ва
ривожланишида кадимги Шарк ва гарб иктисодий
гояларнинг у́рни ва ахамияти
Bajardi: Носиржонов Фозилжон Гайратжон ўғли 2-курс 49-20-
гуруҳ «Иқтисодиёт (тармоқлар ва соҳалар бўйича)»
йўналиши талабаси Носиржонов Фозилжон Гайратжон ўғли
__________________________________________________________________
Текширди: __________________________________
Баҳо _______________________________________
Андижон – 2021


Iqtisodiy bilimlarning
shakllanishi va
rivojlanishida
qadimgi Sharq va gʻarab
xalqlaridagi iqtisodiy
gʻoyalarning
oʻrni va axamiyati


Reja:
1. «Avesto» kitobining iqtisodiy gʻoyalari.
2. Xitoy va Xindistonning qadimgi iqtisodiy gʻoyalari.
3. Qadimgi Gretsiya va Rim iqtisodiy gʻoyalar
4. Xulosa


Krish
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi hali ham iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy kuchlar oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqliklarni toʼliq egallashga
harakat qilmoqda. U bor e‘tiborini bozor kuchlari qay yoʼsinda
ishlashiga, bozorlarning tanqis resurslarni taqsimlash tamoyillariga,
iqtisodiy ishlab chiqarish darajasi va oʼsishini aniqlab beruvchi
kuchlarga qaratadi. Lekin iqtisodiy ta‘limot faqatgina shu savollar bilan
cheklanib qolmaydi. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi tarixi bozorlar
rivojlanishidan oldingi davrdan boshlanadi. Oʼrganishni ana shu ilk
davrlardan boshlash bizga savollarga yondashishda kengroq
tushunchaga ega boʼlishga imkon beradi. Qoʼllanmada bozorlar


rivojlanishidan oldingi davr yozuvchilari tomonidan koʼtarilgan
savollarning koʼpchiligi zamonaviy iqtisodiy ta‘limot istiqbolini
belgilab
beruvchi kengroq falsafiy hamda axloqiy masalalar bilan bogʼliqligi
toʼgʼrisida ma‘lumotlar keltirilgan.
Jamiyatning resurslarni taqsimlashda qaysi mexanizmdan
foydalanishidan qat‘iy nazar tanqislikning achchiq haqiqati
ba‘zilarning
istaklari qondirilmay qolishini talab etadi, shu sababli tenglik,
adolatlilik
va haqqoniylik masalalari tanqislik muammosi bilan birga keladi.
Resurslar taqsimoti mexanizmlari resurslarni kim olishi va kim
olmasligini belgilab beradi.


«Avesto» kitobining iqtisodiy gʻoyalari.
Avesto”dagi iqtisodiy g’oyalar
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj
topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri- Zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto” ham isbotlaydi. Plingan
ma’lumotlarda “Avesto” kitobining muallifi Zardusht (m. o. 589-512 y.)
bo’lganligi qayd etiladi.U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan
ilohiyatchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan.
“Avesto” boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun
kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar
ularning ro’shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni
shakillantirish va tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning
qadimgi davrdagi ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam
to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z aksini
topgan. “Avesto”da yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi
okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi
ko’rsatigan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona,
Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududiga
joylashgan.


“Avesto” shakillanishi davrida kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana bordi.
Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi
o’rnini o’troq yashash egallay boshladi, sug’oriladigan dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi – yangi
shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush
tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush
tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko’chmanchilikka
asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko’rsatib berishda
“avesto”ning ahamiyati kattadir.
“Avesto”da “… yerga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish
yo’q …” deb, xalq xo’jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat
kasb etishi ko’rsatib beriladi. “Olam go’zalligi dehqondan,
dehqonchilikdan, kimki yerga urug’ qadabdiki, u odamiylikka iymon
keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir”, deyiladi
unda. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish uni jamoa o’rtasida adolatli
taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq – ovqat
tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko’paytirishga ham
alohida e’tibor berilgan. “Avesto”da yer, suv, havoni bulg’ash,
ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi
avlodlarni ham tabiatga, atrof muhitga, atrof muhitga vaxshiyona
munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi.


Kitobda ijtimoiy – iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday
deyiladi: “Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na
sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi … Yomon ovqatlanishdan odob
ahloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham
yaxshi qabul qilinadi”. Bu yerda biz sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va
madaniy, ma’naviy yuksalish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida
fikr yuritilganligini ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar,
ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga
erishganligidan dalolat beradi. Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi
haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish
haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Demak, “Avesto” miloddan avvalgi
IX-VII asrlar ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy, manaviy hayot haqida
g’oyat muhim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy boyligidir
Respublikamiz olimlarining ham tadqiqotlariga ko‘ra, zardushtiylik
(Zaroastrizm) dinning (islomgacha) muqaddas kitobi bo‘lgan "Avesto"da
muxim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan ekanligini aniqlashdi.
Jumladan, sun’iy sugorish asosida dexqonlik yuritish, ona tabiatni
ezozlash, xayvonlarni asrash, noo‘rin soʻymaslik, unga zulm qilmaslik, tuprok
sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 11
ming yillik oxiri - 1 ming yillik boshlaridagi vokealarni aks ettiradi va juda
qadimiy yodgorlikdir. Bu dinning ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, xozirgi Eron,
markaziy Osiyo Kavkaz orti yurtlari (ayniqsa Ozarboyjon) va boshqa joylarda
tarqalgan.


Avesto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy axvolini
bilib olish mumkin. Bu davrda urug jamoasi yemirilib, dastlabki sinf
(kasta) lar paydo bo‘lganligi ayondir, ular koxinlar, xarbiylar,
chorvadorlar va xunarmandlar, demak ilk sinfiy jamiyat yuzaga
kelayotgan davr bo‘lgan. Axoli ko‘proq yarim kuchmanchilik asosida
kun kechirgan. Ekstesiv chorvachilik yetakchi edi.


Xitoy va Xindistonning qadimgi
iqtisodiy gʻoyalari.
Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy g’oyalar
Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyarga asoslangan quldorlik davlati
bo’lgan. Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan
boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo’shinga tayanib ish
olib borganlar. Qadimgi aholi boy badavlat, hunarmand, mayda savdogar,
o’rtahol dehqon va ziyolilardan iborat o’rta tabaqaga hamda kambag’allar,
qashshoqlar va qullarga bo’lingan. Hindistonda yashagan aholi
tirikchiligining asosini sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik tashkil
etgan. Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni o’zlashtirganlar.
Buyvol,zubr va qo’tos ho’kizlarini qo’sh omochga qo’shib yer haydaganlar.
O’zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq
yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Suvni yuqoriga
chiqarishning eng qadimgi qo’l usuli Misr tipishoduflarbo’lib, ular qadimiy
Misr, Mesopotomiyada keng tarqalgan edi. Shoduf moslamasi
Hindistonda “densli” nomi bilan mashhur bo’lgan. U yerda “rati” deb
yuritiladigan yuqoriga suv chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo’lib,
bular Misr “atue”siga o’xshaydi. Dehqonlar dalalarga bug’doy, arpa, no’xat,
sholi, shakarqamishva g’o’za ekkanlar.


Qadimgi Hindistonning "Manu qonunlari"da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining,
hukmronlik va bo`ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g`oyalarni aks
ettiruvchi qadimgi yod gorlik "Artxashastra" (m.a. IV-III asrlar oralig`ida)dir (tom ma'nosi bo`yicha
ifoda, amaliy hayot to`g`risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to`ldirilgan). Bu qadimiy va muhim
tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautilye Bishnugupta
tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo`yilgan.
qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda "buyumning qiymati" muammosi
ko`tarilgan, qiymat miqdori "ish kunlari" bilan belgilangan, rag`batlantirish esa mehnat natijalariga
mos ra vishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo`yicha takliflar berilgan
bo`lib, bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi
bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo`lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi
qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug`ullanuvchilarga alohida urg`u berilgan
bo`lib, foyda masalasi ko`tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa ha rajatlar qatorida)
qo`shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o`sha davrda
ham afzal) qilib belgilangan.
Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo`llab quvvatlangan. qishloq xo`jaligiga alohida
e'tibor berilgan, bo`sh yerlar xalqqa bo`lib berilishi va soliq to`lash zarurligi, sug`orish
inshootlari qurishga e'tibor haqida so`z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab
chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g`oya markaziy o`rinni egallaydi.
(Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring,).
Moliya sohasida daromad solig`iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni
rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga
baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-xarajatni
kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o`g`irliklarga qarshi kurashish kerakligi
belgilangan.


Hindiston g’o’za-paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor,qovun, o’rik,
olma yetishtirib, polizchilik va bog’dorchilik bilan ham shug’ullangan.
Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh,
mia va jezdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida,
ayniqsa Panjobda sero’t yaylovlar ko’p bo’lgan. Shu bois aholi qoramol,
qo’tos, zubr, qo’y, echki, cho’chqa va eshak boqin, chorvachilik bilan
shug’ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo’lga o’rgatib, ulardan
xo’jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva
mahsulotlari aholini oziq ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta’minlagan.
Eng qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind
ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat
va jangovor qurollar, muhrlar, uy-ro’zg’or, zargarlik buyumlari va turli
jihozlar tayyorlagan. U yeda to’qimachilik kulolchilik, qayiqsozlik, hatto
kemasozlik ham ancha taraqqiy etgan. Arxeologlar Hind vohasi va
Panjobning ko’p joylaridan savdo omborxonalari va do’konlarining
qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu
Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi.
Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotomiya, Arabiston va boshqa
mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo’llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib
brogan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq
rivojlanishi, shuningdek, talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar
ixtiyorida ortiqcha boylik yig’ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va
tabaqalanishni yanada tezlashtirgan, bo’g’usi yirik davlatlarning vujudga
kelishi uchun zamin tayyorlagan.


Qadimgi Xitoy mutafakkirlari
ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.) alohida o'rin tutadi.
Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»
(«Suhbat va mulohaza») toʼplamida aks ettirilgan. Uning fikricha,
mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini koʼpaytiradi.
Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy
egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini koʼproq qoʼllaydi. Bu
yerda u xoʼjalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo'yadi.
Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko'rsatib,
aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa,
asosiy qismi qullardan iborat boʼlgan «oddiy» kishilar shugʼullanadi,
deb ta‘kidlaydi.
Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan
mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy
faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini
oʼrganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan
qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida koʼpgina qadimgi Xitoy


asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy
oʼrganishlardan koʼra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi
mulohazalari bilan cheklangan.7
Konfutsiy ta‘limotiga koʼra, bilimdon hukmdor – u «xalqning
otasi», «toʼgʼri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning
kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat
toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy
yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga boʼlgan hurmat qoidalari toʼgʼrisida,
farzandlik burchi toʼgʼrisida, aka-ukalar oʼrtasidagi doʼstlik toʼgrisida
qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani
koʼrish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda
ustalik bilan xoʼjalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo boʼladi».
Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitob ma‘muriy qolipdan uzoq asar
sifatida mashhur. U oʼz ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli
bir qator gʼoyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif
nazariyasining taxmini boʼlgan uning ―yengil/ogʼir nazariyasidir.


Xitoyda Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi,
tovar-pul munosabatlari o`sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar
keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, axloq va huquq doirasida
tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq
o`rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi.
Konfu-siy "buyuk jamoa mulki" (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik
(quldorlar mulki)ni farqlaydi, so`nggisini ko`proq qo`llaydi. Jamiyatning
turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi va uni tabiiy
hol, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo`lib, hokimlar boyligi xalq
boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori
edi, xalqni ko`proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.
Syun-Szi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi,
odamlarning boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yu ritishsa
bas). Ammo, inson bir vaqtning o`zida ko`p kasb egasi bo`la ol maydi, degan fikr
paydo bo`ldi, ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi
g`oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati
uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:
1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;
2. Xalq to`qligini ta'minlash;


3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi.
Yetarlicha ta'minot tamoyili insonning jamiyatdagi o`rniga bog`liq
holda belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya
qo`llabquvvatlanadi, jamiyatda hammaning o`z aniq joyi bo`lishi kerak, deyilgan,
ya'ni hukmdor, tobe', ota, o`g`il. Boshqarish ma'lum qonun asosida emas, balki
oddiy odat bo`yicha bo`lishi, og`ir soliq va majburiyatlar bo`lmasligi ta'kidlanadi.
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniy degani) oqimi paydo bo`ldi, ular
boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish tarafdori
edilar (namoyandalari Szi-Chap, Li-Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa
yagona birlashgan bo`lishini qo`llabquvvatlashgan. Legistlar (Shan Yan) ayniqsa
qishloq xo`jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor
berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning
fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi
yerlarni bosib olish). Dehqonlar ro`yxatini o`tkazish, qonun yo`li bilan
yig`ilgan don miqdoriga bog`liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi.
qonun yo`li bilan turli "ishyoqmaslar"ni "yerga qaytarish", ya'ni dehqonchilik bilan
shug`ullanishga, ya'ni mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo`llash kerak
deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro`y bergan madaniy inqilob davrida shu
siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan
savdo qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go`yoki savdogarlar bundan
katta foyda olishlari mumkin). Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka
intilishlari kerak.


Guan Szi tovar agar u moʼl boʼlsa, uning vazni yengillashgan va
uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning
vazni ogʼirlashgan va narxi koʼtarilgan boʼgladi. Tovarning yengilligi va
ogʼirligiga asoslangan holda narxlarning muayyan darajasida tovarlar
bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu
tarzda yengil/ogʼir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi
boʼlgan. Guan Szi yengil/ogʼir nazariyasidan pulning miqdor
nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul ogʼir boʼlganida uning
narxi koʼtarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil
boʼlganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi koʼtariladi). Bu
tebranishni toʼxtatish uchun u pul ogʼir boʼlganida (buning yordamida
narx darajasi koʼtarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va
pul yengil bo'lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib)
tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini
barqarorlashtirishga, balki hukumat uchun pul daromadlarini
koʼpaytirish imkonini bergan.8
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar
birgalikda yozgan asar «Guan-szi» gʼoyalari keng tarqalgan. Bu asarda
ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli boʼlsada, bugungi


kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida
boylik sifatida koʼrilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy
ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko'rsatilishicha, bir tomondan,
«oltin davlat resurslarini hisoblash oʼlchovi hisoblanadi», ikkinchi
tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi boʼlib xizmat
qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi toʼgʼrisida
aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, oʼsha
yerda tinchlik, osoyishtalik boʼladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni
tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini
tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga
boʼlgan toʼgʼri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan
foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga boʼlgan soliqni kengaytirishni
tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni
mamnun» holda koʼrishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat
ixtiyoriga oʼtkazish, ulardan daromad olish yoʼlida foydalanish,
baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik
iqtisodiy gʼoyalar ilgari surilgan.
Guan Szi faol tarzda siyosatni oʼz zamonining institutsional tizimiga
moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari
bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy
islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va Gʼarb iqtisodchilari
uni qay tarzda tuzish va boshqarish boʼyicha fikrlar olish uchun
murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga koʼra Guan Szini oʼrganish
Gʼarbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan koʼra muhimroq.


Qadimgi Gretsiya va Rim iqtisodiy
gʻoyalar
antik dunyo mamlakatlarida quldorlik
klassik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi.
qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma
jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning
asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik
munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch
hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g`oyalar
Gomerning "Iliada" va "Odisseya" poemalarida aks ettirilgan bo`lib, iqtisodiyotning
natural xo`jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiod (m.a.VIII-VII asrlar)
ning "Mehnat va qonunlar" asarida boylikning
kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug`laydi, bu sohada
qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida
mehnat ancha qadrlangan. qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan
xavfsiragan shoir go`yoki ilgari hukm surgan "oltin asr", ijtimoiy jabr va
og`ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo`lmagan davrni ham yoritgan.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi
shakllanib bo`lgach, qulchilik keng tus oladi, urug`chilik mulki xususiy


mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo`rlik tez rivojlanadi.
Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo`jaligining afzalligini
ko`rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi.
Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar
muhim ahamiyat kasb etdi. qurilish, hunarmandchilik, savdo o`sdi. Shu
davrda fuqarolar va fuqaro bo`lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi
qo`yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va
savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo`jaligini
rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qulchilik o`z tabiatiga ko`ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan,
oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda
iqtisodiy g`oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya
qilish, natural xo`jalikni yoqlash yo`lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga
ega bo`la boradi. Bu yo`nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.),
Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-
322 yy.) larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo`ldi.


"Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va
"nomos" - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida mazmuniga ega bo`lib,
Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo`lgan.
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi,
qulchilikni tabiiy, obyektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslan gan natural
xo`jalikni ulug`laydi. U ayniqsa qishloq xo`jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbayi deb
bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o`zlariga
hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog`liq uchun
ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi.
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar
jismoniy mehnat bilan shug`ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin
odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo`lishlari kerak. Xo`jalik
faoliyati davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari yaratiladi.
qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo`lib, mehnat taqsimotining
ahamiyatini tushundi, ko`proq, ortiqcha foyda olish, "xo`jalikni boyitish"
uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan.
Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati
orasida uzviy bog`lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala vosita sidan tashqari,
kapital sifatida jamg`arish funksiyasini ham tan olgan
(pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi).
Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat
qanday bo`lishi kerakligini ochib bermoqchi bo`ldi. Uningcha, bu davrda


xususiy mulk va erkin xo`jalik tashabbusiga o`rin yo`q. U aholini uch
toifaga ajratgan:
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;
2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo`lib,
ular biror mulk egasi bo`lish huquqiga ega emas, iste'mol qilish esa ijti moiy
xarakterga ega bo`lishi kerak.
3. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo`lib, ular
mulk egasi bo`lishi kerak.
Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va
savdogarlarning ajralib chiqishi o`rtasidagi
aloqadorlik to`g`risidagi fikrini o`sha davr uchun
buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo,
Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo`jalikni
himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasi dagina deb bilishga harakat qildi,
pulni
jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb
bildi; u sudxo`rlik operatsiyalarini inkor etdi va
baholarni me'yorda saqlash yo`li bilan
savdogarlarning foydasini chegaralashni talab
qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga
kiritmadi (demak, ular mulk egasi ham bo`lishi mumkin emas). qullar
mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining
cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirishlari kerak edi.


Shunday qilib, Aflotun o`zining ideal, ya'ni bekamu ko`st davlatini barpo
etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi. Aristotel qadimgi
Gretsiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir
Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va o`qituvchisi ekanligini alohida
ta'kidlab o`tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin
Afinaga ko`chib o`tgan. Olimning iqtisodiy g`oyalari "Nikomaxov ahloqi"
va "Siyosat" kitoblarida mavjud. U "qul tirik qurol, qandaydir tirik mulk",
degan edi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo`linishi - bu
tabiiy va qonuniy ahvol bo`lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir.
U "haqiqiy boylik" (tabiiy) ni tan olgan, uni is-te'mol qiymatlarining yig`indisi
deb bilgan va bu bilan bog`liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli
soha deb bilgan. Quldorlik xo`jaligini mustahkamlash uchun o`rtacha
ta'minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat
tomonidan odil almashinuvni ta'minlash zarur. Olim masalani axloqiy
ravishda hal etishga urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi
va qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning
almashuv qiymati tovar bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib
yetdi. K.Marksning formulalarini qo`llaydigan bo`lsak, T-T munosabati T-P-T
ga aylanadi va 5 ta "loja" 1 uyga yoki ma'lum miqdordagi pulga
tenglashtirilishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini
kengroq va chuqurroq anglab yetdi. Ammo, u tovar ishlab chiqarishining
rivojlanmaganligi va qiymatni to`la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul
tufayli birbiri bilan solishtirilishi mumkin, degan xato xulosaga keldi.


Natural xo`jalik tarafdori bo`lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan
(talabni qondirishga mo`ljallangan holat), savdo va sudxo`rlik tabiatga zid bo`lib,
bularni pul qilish san'atiga xos narsa deb bilgan va uni xrematistikaga tegishli,
degan. Aristotel uchun ideal (bekamu ko`st) xo`jalik - bu uncha katta bo`lmagan
dehqonchilik xo`jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo`lib, u deyarli kerakli barch
mahsulotni yaratuvchi (natural xo`jalik) bo`lishi shart edi. Ayrim yetishmagan
narsalarni esa, qo`shnilardan "odil almashuv" asosida olish kerak.
Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ayrim
kategoriyalarini berdi va ma'lum darajada ular o`rtasidagi o`zaro bog`lanishni
aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan A.Smitning "Xalqlar boyligi" asaridagi
fikrlar hamohangligini ko`rish, qiymat qonunining hosil bo`lishi mexanizmini
tushunish mumkin. Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi
hisoblanadi. Tarixan uni talqin etishda ikki yo`nalish bor. Birinchi yo`nalishda
tovar qiymati obyektiv bo`lib, uning manbayi shu tovarni ishlab chiqarish uchun
sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo`nalishda qiymat tushunchasi
subyektiv narsa bo`lib, odamlar tomonidan tovarning foydaliligi boshqa biron
foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi. Aristotelning g`oyalarida ikkala
yo`nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo`yadi, lekin unga
to`la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini
ko`radi. "Nikomaxov ahloqi" asarida u shunday fikr yuritadi: "Jamiyat ikki
vrachdan tashkil bo`lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir xil va teng
bo`lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-biriga tenglashtirish
zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha nar-


salarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa
bilan o`lchanishi kerak. Etikdo`z mahsulotining dehqon mahsulotiga,
dehqon mahsulotining etikdo`z mahsulotiga bo`lgan to`g`ri munosabati,
to`g`ri tenglamasi topilishi kerak". Lekin o`sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga
javob izlab, u o`z fikrini shunday davom ettiradi: "Biz
nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening
tovarim kerak", degan oddiy xulosaga keladi. Tovarlarning tengligi pul tufayli amalga
oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o`lchanishi
kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani bog`lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun
(odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa paydo bo`ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon
marjinalizm g`oyalari yotadi, ya'ni
tovarlarning foydaliligi asosiy o`ringa chiqadi.
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qaramaqarshi qo`yishi
xarakterlidir. U o`ylab topgan "xrematistika" matni
"xrema" so`zidan olingan bo`lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel
iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo`lgan mahsulotlar
(iste'mol qiymatlari)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tabiiy xo`jalik
faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu
almashuvni ham o`z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni
qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham
tabiiy soha bo`lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida bo`lishi
kerak.


Xrematistika esa (amaliyotda kam qo`llaniladi) "mulk orttirish
san'ati", ya'ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to`plashga
yo`naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital
qo`yish, sudxo`rlik va jamg`arish "san'ati"dir.
Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va
sudxo`rlik (pul) kapitali sezilarli rolni o`ynagan. Shularni hisobga olib,
olim savdo bilan bog`liq bo`lgan mol-mulk orttirish san'atida maqsadga
erishish borasida hech qachon chegara bo`lmaydi, chunki cheksiz boylik va
pulga egalik asosiy maqsaddir, deydi. Pul oboroti bilan
shug`ullanuvchilarning hammasi o`z kapitalini cheksiz o`stirishga intiladilar
(notabiiy soha).
Aristotel bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof "ekonomika"
ham bo`lmasligini yetarli tushungan, ming afsuslar bo`lsinki, ekonomikadan
doimo xrematistika o`sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiy holatga aylangan.
Aristotelning bu g`oyasi tarix sinovidan o`tmadi. Olimlar qanchalik
urinmasinlar (bu harakat o`rta asrda ham bo`lgan), xrematistikani
qanchalik notabiiy deb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bi-


lan u "tabiiy huquq"qa aylana boshladi. Hatto XVII-XVIII asrlarda iqtisodiy
odam yetishib chiqdi, uning barcha xatti-harakatlari faqat boyish bilan
bog`liq edi.
"Ekonomiya" so`zi dastlab uy xo`jaligini yuritish san'ati sifatida
yuzaga kelgan bo`lsa, keyingi davrda u ko`proq va asosan "ekonomika"
ma'nosida qo`llaniladi va odatda harajatlarni qisqartirish, ma'lum
resurslarni sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu matn
ko`proq quyidagilarni anglatadi:
1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo`-
jaligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, O`zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar);
2. Xalq xo`jaligining, to`la ishlab chiqarishning ayrim shartsharoitlari va
elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim
tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq xo`jaligi, chorvachilik, ta'lim va
boshqalar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha;3. Ma'lum iqtisodiy tizimni
tashkil
etuvchi ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv, iste'mol jarayonidan tashkil
topuvchi odamlar o`rtasidagi ma'lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar
majmuasi.


Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldorlik
munosabatlari o`zining eng yuqori cho`qqisiga ko`tarilgan edi. Rimning
boshqa yerlarni bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imperiya
yuzaga keldi, ko`plab qabila va xalqlar qullikka mahkum etildi.
Asosan asirlardan iborat bo`lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan
og`irroq bo`lgan. Yana bir o`ziga xos xususiyat shundaki, agar Gretsiyada
qullar ko`proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo`lsa, Rimda qullar
asosan qishloq xo`jaligida ekspluatatsiya qilingan. Ishlab chiqarishning
quldorlik usulidagi qarama-qarshiliklar shu yerda eng keskin tus oldi va
oxir-oqibatda kolonatning paydo bo`lishiga olib keldi. Aholining kambag`al
tabaqalari asrlar davomida yerga egalik qilish uchun keskin kurash
olib bordilar. Bu holat Rimdagi iqtisodiy g`oyalarga ta'sir etmay qolmadi,
qullikka asoslangan yirik latifundiyalar bilan birga quldorlik xo`jaliklari -
villalardan samarali foydalanish muammolari bosh masala edi.
Shu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi
iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Bu g`oyalarning rivojiga e'tibor berilsa,
quldorlik tizimining yemirilishi bilan unga bo`lgan munosabat ham
o`zgardi. Katon Starshiy (m.a. 234-149 yy.) yirik yer egasi bo`lgan,
"Dehqonchilik" nomli asarida u qullikka asoslangan natural xo`jalikni hi-


moya qildi. Katon o`z talablarini o`zi ta'minlovchi yoki asosan iste'mol qiymati ishlab chiqaruvch
xo`jaliklarni tan olar edi (natural xo`jalik himoya qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina sotish
kerak, xo`jalikda ishlab chiqarish mumkin bo`lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan
g`oyani qo`llaydi. U qul mehnati asosida xo`jalikni yuritishning yangi uslublarini ham ishlab chiqd
Uning fikricha, qullar yoshligidan sotib olinish kerak, shunda qullarni tarbiyalash, ishga o`rgatish
oson bo`ladi (yoshi kattalarda bu ish qiyin kechadi), qullar orasida adovat urug`i sepilsa, ularda
egasiga nisbatan ig`volar yo`qoladi. qullar qattiq intizom asosida ishlatilishi, arzimas gunoh
uchun jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va kiyintirilishi taklif etiladi. Bu davrda natural xo`jalik
bilan birga bozor munosabatlari ham rivojlanayotgan edi. Bozorni qo`llagan Katon shu bilan birg
yollanma mehnatga dushman bo`lgan. U qul mehnatini to`g`ri tashkil etishga alohida ahamiyat
beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qullar ishlashga majbur etilgan.
Kasallangan ho`kiz davolangan, qulni esa "eski arava" sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan.
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo`layotganligini ko`rgan Katon yaylov
xo`jaligini, keyinchalik savdo va sudxo`rlikni qo`llab-quvvatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni
foyda deb bilgan va uni to`la ravishda ishlab chiqarish harajatlariga qo`shgan (xato fikr). "Yuqori
foyda olish uchun yuqori baholarkuni kelishini bamaylixotir kutish kerak", deydi u.
Dehqonlar qo`lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, erkin Rim
aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yer sizlandi. Bu holat yirik yer egalari - patritsiylar
va dehqon-plebeylar o`rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka
Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo`ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik
yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo, bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan
holda va yirik yer egalarini cheklash yo`li bilan hal etmoqchi bo`ldilar. Yer egalarining
qo`lidagi yerning bir qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib kam yerli
dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko`zda tutilgan, eng muhimi, bu toifa
quldorlarning ishonchli tayanchi bo`lishi kerak edi.Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning
agrar islohoti bo`yicha, davlat yeridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar)
, har o`g`li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer olish
ta’qiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo`linib, kambag`al
fuqarolarga berilgan, lekin bu yerni birovga sotish man etilgan


Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer
egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda ataylab
o`ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 yy.da bu islohotni amalga
oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o`zgarishlarni
amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer
uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat
yerlarini sotishga yo`l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.a. 121 y.da
Gay ham jangda halok bo`lgan).
Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan
davrda rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va Lusiy Kolumella (I
asr) lar quldorlik xo`jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab
chiqdilar. Shu bilan birga olim va arxeolog bo`lgan Varron "qishloq
xo`jaligi to`g`risida" degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o`rin
beradi, qishloqdan shaharga intilganlarni qoralaydi. U dehqonchilik bilan
chorvachilikni birga rivojlantirishni ma'qul deb biladi. Varron ular
o`rtasidagi "Buyuk ittifoq" tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki,
Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori
bo`lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo`jalik o`z-o`zini
ta'minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e'tibor qilgan, qullar
ekspluatatsiyasi tarafdori bo`lgan va ularni "gapiruvchi qurollar" deb bilgan.
U qullarning siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda
bir millatga tegishli qullarni ko`p saqlamaslik kerak, deb tavsiya etgan
(chunki birlashib harakat qilishlari oson).


Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer egalari va senat qarshilik qildi.
Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda ataylab o`ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 yy.da bu
islohotni amalga oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o`zgarishlarni
amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer uchastkasi oldi. Islohot
vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat yerlarini sotishga yo`l berildi, yerlar xususiy
mulkka aylandi (m.a. 121 y.da Gay ham jangda halok bo`lgan). Quldorlik tuzumi inqirozga
uchragan va tushkunlikka tushgan davrda rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va Lusiy
Kolumella (I asr) lar quldorlik xo`jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab chiqdilar. Shu
bilan birga olim va arxeolog bo`lgan Varron "qishloq xo`jaligi to`g`risida" degan kitobida bu
sohaning ahamiyatiga katta o`rin beradi, qishloqdan shaharga intilganlarni qoralaydi. U
dehqonchilik bilan chorvachilikni birga rivojlantirishni ma'qul deb biladi. Varron ular o`rtasidagi "
Buyuk ittifoq" tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi,
chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori bo`lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir
xo`jalik o`z-o`zini ta'minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e'tibor qilgan, qullar
ekspluatatsiyasi tarafdori bo`lgan va ularni "gapiruvchi qurollar" deb bilgan. U qullarning
siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda bir millatga tegishli qullarni ko`p
saqlamaslik kerak, deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson).
mahsulot yetkazar edi), yirik savdo va sudxo`rlikni boyish manbayi deb hisobladi. Demak, Sitseron
boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo`rlarning manfaatini ham himoya
qildi. Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o`sdi, qullar qo`zg`oloni ro`y berdi. Tarixda
Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar qo`zg`oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan
bo`lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo`ldi. Lutsiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy. kambag`al aholi
yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo`q qilmoqchi va boyimoqchi bo`ldi, ammo uning
harakatlari ham zoye ketdi.Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri
bo`ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi tobora ayon bo`lib qoldi, kolonat o`sdi. Aristotel
g`oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyilgan bo`lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan,
degan fikrlar yuzaga chiqa bosh-ladi. Lutsiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini
tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni taklif etdi, ular ham tabiatan ozod odam
ekanligini tan oldilar. Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o`tish kuchaydi. Ana shun day bir paytda
milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xristianlik vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda
keltirilgan. Bu muqad das kitobda bir qanchai qtisodiy g`oyalar ham berilgan. Oddiy xo`jalik faoliyati
(mehnat) zarur va ulug` ish deb qaraladi.


Dastlab og`ir qullar haq huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo`li yuqoridan,
xudodan deb bilgan. O`sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afzalligi shu
bo`ldiki, xalqlar o`rtasidagi etnik va sotsial tafovutlar inkor etildi, din
oldida hamma barobar deb e'lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar
orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo`lib, eksplua tatsiya inkor etilgan,
odatda sadaqa hisobiga kun ko`rilgan. Birinchi xristianlar ta'qib ostiga olingan, ammo 325 yili
Nikey Soborida xristianlikka
Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda quldorlik va
bo`lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi.
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g`oyalari
Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat qilishi
zarurligini, "ishlamagan tishlamaydi" (apostol
Pavelning fikri) g`oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini
eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat
foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jis moniy mehnat kabi
baholash muhim edi. Ammo, Avgustin qullarni ozod
qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining axloqiy
takomillashuviga yordam berish, degan xulosa chiqargan. Bu dinda odil
baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk,
boylik va boshqa ko`pgina iqtisodiy muammolarga tegib o`tilgan. Avgustin
Blajenniy "G’aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo uning tarixini
uyg`otish zarur", degan buyuk fikrni ifoda etgan.


Xulosa
Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan
shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka
to`g`ri
kelib, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks
ettiradi.
Antik dunyoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy
umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy
mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar
shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi
qo`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb
hisoblangan
Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash,
mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi
farq aytilgan,


foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori cheklangan.
Davlatning iqtisodga
aralashuvi qo`llab-quvvatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy
huquq
nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning
roli, xalq
boyligi va hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va
qonun masalalariga tegib o`tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik
dunyoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural
hunarmandchilik, dehqonchilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu
davr oxirida savdo, sudxo`rlik ham
qo`llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont
jamg`arish)
funksiyasi tan olingan.


Mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish, boylik
jamg`arish zararli deb hisoblangan. "Ekonomika", "Xrematistika" tushunchalari
kiritilugan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi,
tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk yo`nalish) keltirilgan,
ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.
Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi (Osiyoda
feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan). qulchilikka
munosabat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi,
dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati
qo`llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar
(Grakxlar) yo`li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq
mahsulot deb bilgan.
Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari
Bibliya, Injilda ham muhim iqtisodiy g`oyalar mavjud, masalan sotsializmning bosh
tamoyili bo`lgan "ishlamagan tishlamaydi" g`oyasi eramiz
boshida ma'lum edi.
qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy
g`oyalarda natural xo`jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Harry Landreth., David C. Colander ―History of
Economic
Thought
2. Razzoqov A., Toshmatov Sh., Oʼrmonov N. Iqtisodiy
ta‘limotlar
tarixi. Darslik – T. ―Iqtisod-moliya‖, 2007. –320.
3. Razzoqov A., Toshmatov Sh., Oʼrmonov N. Iqtisodiy
ta‘limotlar
tarixi. Ma‘ruzalar matni – T.: TDIU, 2007. 256

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish