1. Tarkibida ot turkumiga oid beshta so'z qatnashgan gapni aniqlang



Download 20,83 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi20,83 Kb.
#404215
Bog'liq
ot


OT SO’Z TURKUMI

1. Tarkibida ot turkumiga oid beshta so'z qatnashgan gapni aniqlang.

A) Oqlik ayolning ko'zining oqi va yuzida bo'lishi kerak. B) Uzunlik sifatiga kelsak, ayolning qomati, sochi va kipriklarining uzun bo'lishi go'zallik belgisidir. C) Kenglik ayolning manglayida, chehrasida bo'lishi husnni oshiradi. D) Qoralik ayolning sochida, kipriklarida, qoshida va ko'zida bo'lishi kerak.
2. Quyidagi she’riy misralarda nechta ot so’z turkumiga mansub so’z qatnashgan?

Yashash, bu – orzular qanotin kermoq,

Yashash, bu – muhabbat gullarin termoq,

Yashash, bu – umrning gulgin damlari,

El uchun yashamoq, el uchun bermoq.

A) 10 ta B) 9 ta C) 11 ta D) 8 ta


3. Quyida berilgan gapda nechta mavhum ot qatnashgan?

Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo’ldi.

A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta
4. Asosida jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan murakkab qo’shimchali otlarni belgilang.

1) ovoragarchilik; 2) chilangarlik; 3) ezmalik; 4) zargarlik; 5) loygarchilik

A) 1,4,5 B) 3,5 C)1,3,4 D)1,5
5. Quyidagi misralarda ot turkumiga oid nechta so'z qatnashgan?

Bunim yo'q, unim yo'q,

Uyimda unim yo'q.

Ishimda unum yo'q,

Aytishga unim yo'q.

A) 5 B) 6 G)7 D) 4


6. Quyida keltirilgan misralarda -lar qo'shimchasi qanday ma'no anglatgan?

Sening xotirangni unutmas aslo,

Mening yuraklarim, O'rta Osiyo.

A) ko'plik B) hurmat C) kuchaytirish D) tur


7. Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi.

Berilgan gapda qatnashgan shaxs otlari sonini aniqlang.

A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 2 ta
8. Bu – men tug’ilgan tuproq. Ha, men tug’ilgan tuproq.

Tog’lar, ko’m-ko’k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq.

Bo’ronlar qamchilashar, yomg’irlar tomchilashar,

Qishda qalin qordan oq, kuzda-chi, paxtadan oq.

Ushbu she’riy parchada ot turkumiga mansub nechta so’z faqat jarangli undoshlar hamda unlilardan tashkil topgan?

A) 4 B) 5 C) 6 D) 7


9. To’tini o’z ismini aytishga o’rgatishdi. Ismni ko’p takrorlashadi. Keyin, bir kuni, ehtimol, bexosdanmi yoki o’z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so’zni aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi.

Berilgan parchada ot turkumiga mansub so’zlar necha o’rinda qo’llangan?

A) 6 B) 8 C) 7 D) 5

10. Shaxs oti yasovchi qo'shimchalar qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

A) -loq, -choq, -chi, -dosh B) -gar, -chi, -k, -don C) -lik, -inch, -ch, -dosh D) -xon, -chi, -dosh
11. Qaysi maqolda ikki o'rinda narsa oti qo'llangan?

A) Ko'kka boqma, ko'pga boq! B) Sayoq yurgan tayoq yeydi. C) Uying tor bo'lsa ham, ko'ngling keng bo'lsin! D) Asal aynimas, sariyog' sasimas.


12. Quyidagilarning qadriga yo'qotilgandan keyin yetamiz: yoshlik, sog'lik.

Gapdagi mavhum otlar tarkibidagi sirg'aluvchilar miqdorini aniqlang.

A) 6 ta B) 5 ta C) 8 ta D) 7 ta
13. Quyida keltirilgan gapdagi ot turkumiga oid so'zlar miqdorini aniqlang.

Mehnat bilan topilgan boylik qadrini tushunib yetgan o'g'il pulni o'ylab ishlatadigan, xayrli yo'llarga sarflaydigan bo'ldi.

A) 8 B) 5 C) 7 D) 6
14. Do'stlikni e'zozlashning zarur shartlaridan biri do'stlar bilan uchrashib turishdir. Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug'ilgan kunlar, to'ylar bilan bir qatorda, do'stona yig'inlar ham bu munosabatlarni mustahkamlaydigan vositadir.

Berilgan parchada nechta yasama ot ishtirok etgan?

A) 4 B) 1 C) 2 D) 3
15. Kosa, piyola, choynak, stakan, bankalar, tovoqlar va oshxonaga taalluqli boshqa idishlar tuz bilan yuvilgandan so'ng toza suvda chayib olinadi.

Ushbu gapda nechta narsa-buyum oti ishtirok etgan?

A) 7 B) 8 C) 9 D) 6
16. Sen bo’lmasang so’zlarning ,

Bag’ri ming tilim bo’lar,

Onajon, ona tilim,

Mening shohona tilim.

Ushbu parchada otlar tarkibida qatnashgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar soni nechta?

A) 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta


17. Vazifasiga ko'ra ot so'z turkumi doirasida omonimlik xususiyatini namoyon qila oladigan qo'shimchalar to'liq ko'rsatilgan javobni aniqlang.

1) – im; 2) – m; 3) – k; 4) – xon; 5) – qi; 6) – cha

A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 C)1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4
18. Qaysi javobda keltirilgan gapda narsa otlari yasovchi qo'shimcha mavjud?

A) Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi. B) Baqqollar, nosvoychilar jazirama oftob tig'ida o'tirishardi. C) Opasi savatda olma, behi, anor olib kirdi. D) Zargarlik tarozisi ota meros aslida.


19. Quyidagi gapda nechta ot turkumiga mansub so'z qatnashgan?

Qo'qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak-chelak suv quyadi.

A) 5 ta B)2 ta C) 4 ta D) 3 ta
20. Ko'ksingda savoling bo'lmasa, dunyoga nega kelding, otingdan aylanay, inson.

Otga xos sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar miqdorini aniqlang

A) 7 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta
21. Egalik qo'shimchasini qo'shish natijasida tovush o'zgarishiga uchraydigan yasama so'zlar qatorini aniqlang.

A) qayroq, chanqoq B) to’lg’oq, qistov C) taroq, bilak D) tuproq, o'roq


22. Qaysi javobda morfologik usul bilan yasalgan otlar keltirilgan?

A) manmanlik, to'rtlik B) yog'li, kinolenta C) suvarak, elak D) ota-ona, opa-aka


23. Qaysi javobda narsa-buyum oti yasovchi qo'shimcha olgan so'zlar keltirilgan?

A) chirik, o'chirg'ich, supurgi, chopqi B) iliq, so'rg'ich, chizg'ich, teshik C) tugun, ochqich, tepki, sanchqi, taroq D) mevazor, oromgoh, tuzdon, to'plam


24. Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo’lgan so’zlardan tashkil topgan juft otlar ko’rsatilgan javobni toping.

1) ochko'z; 2) qo‘y-qo‘zi; 3) yor-do‘st; 4) uzuq-yuluq; 5) gul-chechak

A) 3,5 B) 2,3,5 C) 2,4, 5 D) 1,3,4
25. Berilgan so’zlar ichidan ot+ot qolipli turdosh otlar miqdorinin aniqlang.

Oqqo'rg’on, tinshliksevar, makkajo'xori, Sirdaryo, sovuqmijoz, devqomat, qo’lbola, izzattalab, qo‘ziqorin, bodomnusxa

A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
26. Yozuvchi sifatida bir narsani anglab yetganman va bu qoidaga qat’iy amal qilaman . Qalamkash , avvalo , inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog’i lozim. Shundagina uni kitobxon tan oladi, kitobini bag’riga bosib o’qiydi.

Ushbu gapda yasama otlarning nechtasi fonetik o’zgarish asosida yozilgan?

A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
27. Sen bo’lmasang so’zlarning

Bag’ri ming tilim bo’lar,

Onajon ona tilim,

Mening shohona tilim. (Barot Yarash)

She’riy parchada otlar tarkibida qatnashgan shakl yasovchi qo’shimchalar nechta?

A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta


28. Asarning bosh g'oyasi atrofida markazlashgan davlat qurish, insonparvarlik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, adolat, ezgulik, halolljk, mardlikni sharaflab qonli janglarni qo’zgash, yovuzlik, munofiqlikni qoralash g‘oyalari ham ilgari suriladi.

Ushbu gapda nechta yasama ot mavjud?

A) 10 B) 8 C) 7 D) 9
29. Misralardagi ot turkumiga oid so’zlar sonini aniqlang.

Aqldan g’amginlik, shodlik, o’ktamlik,

Aqldan borlig-u yo’qlig- kamlik.

A) 2 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 8 ta


30. Qaysi maqolda ikki o’rinda shaxs oti qo’llangan?

A) Arslon izidan qaytmas, yigit – so’zidan. B) Zar qadrini zargar biladi. C) Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l. D) Mehmon otangdan ulug’.


31. Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo'lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo'lsa, qayg'u keltiradi.

Berilgan gapda ot yasovchi qo’shimchalar necha o’rinda qo’llangan?

A) 3 B) 1 C) 2 D) 4
32. Qaysi gapda egalik qo’shimchasi yasama otga qo’shilgan?

A) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo’ldi. B) Osmon kabi tiniq tuyg’ular mavj uradi bu yosh ko’nglimda. C)O’rindiqning chetida o’tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turar edi. D) Tilagim shuki, hamma baxtiyor bo’lsin.


33. Yer uzra qo’ndi oqshom, oy shu’lasi bir mayin.

Kel, oppog’im kel, erkam, men seni allalayin.

Dudog’ing guldan xushbo’y, yuzlaring undan xushro’y,

Kel, oppog’im, bag’rimga jajji boshginangni qo’y.

She’riy parchada fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar tarkibidagi yopiq bo’g’inlar sonini aniqlang.

A) 9 B) 8 C) 7 D) 10

34. XX asr mamlakatimiz hayotida ham fojialar, ham buyuk o’zgarishlar asridir. Xalqimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganiga qadar ko’p xo’rlik va qiyinchiliklarni ko’rdi.

Berilgan gapda nechta ot turkumiga xos so’zlar ishtirok etgan?

A) 8 B) 9 C) 10 D) 7
35. Ko’plik qo’shimchasi chama, taxmin ma’nolarini ifodalagan misolni aniqlang.

A) Vatandoshlarimdan bilan quvonaman C) Kechqurunlari bo’sh bo’laman, keling, suhbatlashamiz C) Onda-sonda ochilgan chanoqlar bu ko’k dengizda sadafdek yaltiraydi. D) Adanglar bu ishingdan xursand bo’ladilar.


36. Quyidagi qaysi qo’shimchalar qo’shilganda so’zda fonetik hodisa ro’y beradi?

1) shaxs oti yasovchi qo’shimcha; 2) narsa oti yasovchi qo’shimcha; 3) o’rin-joy oti yasovchi qo’shimcha; 4) ot tarkibidagi turlovchi qo’shimchalar

A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4

OT SO’Z TURKUMI (2-qism)


1. Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni aniqlang.
A.Tanlov, qaysarlik, gulchilik B.Ipakchilik, sinov, terim
C.Falokat, muhtojlik, chopiq D.Xayrlashuv, namgarchilik, ezgulik

2. Mavhum otlarni toping.


A.Qo`rqinch, odamiylik, tarovat
B.Ishonch, dehqonchilik, haqiqat
C.Suyanch, duradgorlik, samimiyat

D.Yupanch, ustachilik, qabohat

3. O`rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlarni aniqlang.
A.Mahalla, bostirma, bezak B.Ko`cha, guzar, shahar
C.Qishloq, to`mlam, toshloq D.Tugma, achitqi, qamishzor

4. Narsa nomlarini toping.


A.Bezak, siniq, ichki B.Teshik, tiniq, tashqi
C.Tilak, uchuq, turtki D.Kesik, yetuk, yozgi

5. –choq qo`shimchasi haqidagi qaysi fikr to`g`ri?


A.Lug`aviy va sintaktik shakl yasovchi
B.Sintaktik shakl yasovchi, so`z yasovchi
C. Lug`aviy shakl yasovchi, sifat yasovchi
D. Lug`aviy shakl yasovchi, ot va sifat yasovchi

6. Quyidagi birikmalardan qaysi birida shaxs yoki narsaga


qarashlilik ma’nosi ifodalanmagan.
A.Ozodlik qadri, ona mehri
B.Toshkent ko`chalari, Navoiy mahallasi
C.Mustaqillik bayrami, o`qish kitobi
D.Erk tuyg`usi, ilon zahri

7. Faqat mavhum otlar qatorini toping.


A. bola, daftar, qishloq B.go`l, zafar, shahar
C.shodlik, sevgi, kulfat D.yo`l, daraxt, vodiy

8. Mavhum otlar qatorini toping.


A. uyqu, jahl C.soch, kiprik
C. quyosh, tutun D. gul, orzu

9. Faqat birlikda qo`llaniladigan otlar qatorini toping.


A. Toshkent, Farg`ona, Qo`qon, Qarshi

B. bola, o`quvchi, temir, mis


C. bo`ron, qo`zg`olon, qo`l, muallim

D.ko`z, quloq, burun,g`ildirak

10. Qaysi grammatik ma’no maxsus ko`rsatkichga ega emas?
A.bosh kelishik B.otlarda birlik
C.bo`lishsizlik D.A va B

11. O`zbek tilida otning qaysi shakli sintaktik munosabatni


ko`rsatmaydi?
A. kelishik shakli B. egalik shakli
C.birlik va ko`plik shakli D.egalik, birlik va ko`plik shakli

12. Qaysi qatordagi so`zlar faqat ot so`z turkusiga mansub?


A.kelma, o`qima, tugma B.gazlama, childirma, ko`rsatma
C.yasama, qaydnoma, to`qima D. uchirma, ko`lma, bog`lama
13. Ko`plik ma’nosi qo`shimchasiz holda ifodalanadigan qatorni
aniqlang.
A.Har doim sof dil bo`laylik

B.Ko`chada bir qancha bola ko`rindi


C.Bemor tezroq tuzalsa edi...

D.Har rastada ming-ming do`kon E.B va D

14. Ko`plik qo`shimchasi chama, taxminni ifodalagan misolni
toping.
A. Onda-sonda ochilgan chanoqlar ko`k dengizda sadafdek yaltirardi
B. Quvnashdi havasdan dil bilan ko`ngillar
C. Vatandoshlarim bilan quvonaman
D. Adanglar bu ishingdan xursand bo`ladilar
E. Kechqurunlari bo`sh bo`laman keling suhvatlashamiz.

15. Qaratqich kelishigini olgan otdan so`ng keluvchi so`zda qanday qo`shimcha mavjud bo`ladi?


A. ko`plik qo`shimchasi B.shaxs-son qo`shimchasi
C.egalik qo`shimchasi D.kelishik qo`shimchasi

16. Turlanish bilan bog`liq tovush o`zgarishi bo`ladigan qatorini


toping?
A.kitob, xo`roz, ittifoq B.samo, osmon, chodir
C.bo`taloq, chiroq, etik D. o`qish, pedagog, yetti

17. Quyidagi –cha qo`shimchasi bilan shakllangan so`zlarni qaysi


qatorida kichraytirish ma’nosi ifodalanmagan?
A. qizcha, ko`zacha, daftarcha B.kushcha, bolg`acha, zarracha
C.yulduzcha, bog`cha, kitobcha D.novcha, yangicha,o`zgacha

18. –m egalik qo`shimchasining vazifasi to`g`ri ifodalangan javobni toping.


A.fe’llarga qo`shilib birinchi shaxsni ifodalaydi
B.fe’llarga fo`shilib ot yasaydi
C.unli bilan tugagan otlarga qo`shilib qarashlilikni ifodalaydi
D.fe’llarga qo`shilib miqdor anglashuvchi ot yasaydi
E.to`g`ri javob yo`q

19. –lar qo`shimchasi taxmin ma’nosini anglatgan gapni aniqlang.


A.Oyimlar ancha kech qaytdilar
B.Karimlar uylarida edi ketishdi
C.Shifobaxsh suvlar inson uchun foydali
D. Qishloqqa ham o`n chaqirimlar bor.

20. Qaysi qatordagi otlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda -k


tovushi –g tovushiga aylanmaydi?
A.elak, yurak B.bilak, chelak C.tilak, ko`ylak

D.barcha qatordagi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda –k tovushi –g tovushiga aylanadi.

21. Qaysi qo`shimchalar tuslovchi qo`shimchalar deyiladi?
A.egalik qo`shimchalari
B.kelishik qo`shimchalari
C.shaxs-son qo`shimchalari
D.ko`plik shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha

22. Ot yasovchi qo`shimchalarni toping.


A.-chi, -moq, -bon, -m B.-um, -sh, -b, -lik
C.-chi, -la, -cha, -dir D.-k, -lik, -ma, -chi

23. Qo`shma otlar qatorini toping.


A. gultojixo`roz, sadarayxon, namozshomgul, muzyorar
B. sohibjamol, tinchliksevar, ishyoqmas, o`zbilarmon
C.allakim, allaqanday, allaqachon, kimdir
D.ishlab chiqmoq, oh urmoq, nazar solmoq, payqamay qoldi

24. Har ikkala qismi ham mustaqil qo`llana ololmaydigan


so`zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping.
A.ota-bola, aka-uka, bog`u bo`ston, chol-kampir
B.choy-poy, don-dun, temir-tersak, bola-chaqa
C.g`ala-g`ovur, ikir-chikir, alg`ov-dalg`ov, poyintar-soyintar
D. uvali-juvali, alg`ov-dalg`ov, och-yalang`och, past-valand

25. Harakat – holat (mavhum) ot yasovchi qo`shimchalarni toping.


A.-loq, -xona, -zor B.-k,-ni,-q
C.-g`ir, -dor,-in D.–inch, -chilik, -garchilik

26, Qaysi gapda tushum kelishigidagi ot belgisiz qo`llangan?


A.Salim bosh chayqab, qotib-qotib kuldi

B.Har fasl o`z ishin bilsin


C. Hech qachon o`zing qilishing mumkin bo`lgan ishni birovga
yuklab, uni tashvishga qo`yma
D.Cho`l qovinlari shirin bo`ladi

27. Olmoshlardan ot yasalganda qaysi qo`shimchalardan


foydalaniladi?
A.-lik B.-sira,-si(n) C.-day,-cha D. A va S

28. Sifatlardan yasalgan otlar qaysi qatorda berilgan?


A. go`zallik, ezgulik, yaxshilik
B. chidamli, oriyatli, totli, uyatchan
C.bevaho, chiroyli, ozoda, mehribon
D. ko`rkam, suluv, barno, bevaho

29. Bordi-keldi tugadi . Ushbu gapdagi bordi-keldi birligi qaysi


qatorda to`g`ri izohlangan?
A. juft fe’l B. takroriy fe’l
C. juft ot D. uyushiq fe’l

30. Qaysi qatordagi qo`shimchalar shaxs oti yasovchi qo`shimchalar hisoblanmaydi?


A.-soz, -dosh B.-dor, -xo`r
C.-don, -gich D.-gar,-xon


Download 20,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish