Aziz o'quvchi


SAID AHMAD (1920-yilda tug'ilgan)



Download 0,99 Mb.
bet40/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
SAID AHMAD

(1920-yilda tug'ilgan)

O'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Said Ahmad (to'liq ism-sharifi Saidahmad Husanxo'jayev) 1920-yilda Toshkentning Samarqand darboza mahallasida dunyoga keldi. U o'rta maktabni tugatgach, avval Toshkent Rassomlik bilim yurtida, so'ng Toshkent Pedagogika institutida o'qidi va uni 1943-yilda tugatdi. Yoshligidan adabiyotga ha­vasmand bo'lgan adib adabiyot darslarida, maktabdagi to'garaklarda faol qatnashardi. Adib dastlab «Mushtum» jurnaliga adabiy xodim bo'lib ishga kirdi. Tabiatan hazil-mutoyibaga moyil Said Ahmad uchun bu jurnal muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo'ldi. Yozuvchining «Mushtum» jurnalida (1938-1939, 1955-1957), “YNosh leninchi» gazetasida (1940-1941), O'zbekiston Davlat radio qo'mitasida (1941-1943), «Qizil O'zbekiston» gazetasida (1943-1947), «Sharq yulduzi» (1948-1950) jurnallari tahririyatlaridagi faoliyati uning yetuk ijodkor bo'lib yetishishiga, elga tanilishiga sabab bo'ldi. Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko'p yozsa-da, xo'b yozadi. Uning «Tortig» nomli dastlabki hikoyalar to'plami 1940-yilda chop etilgan. Shundan so'ng adibning «Er yurak», «Farg'ona hikoyalari», «Cho'l burguti”, «Muhabbat» kabi ellikka yaqin katta­-kichik kitoblari alohida to'plam va ko'p jildliklar shaklida nashr etilgan. Bu asarlarning barchasi zo'r qiziqish va hayajon bilan o'qiladi. Sababi, adabiyotshunoslarimiz to'g'ri ta'kidlaganlaridek, Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G’afur G'ulom yumori, Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan adib. Darhaqiqat, bu uch bobokalon qalam ustasining ijodiy tajribasi sevimli Yozuvchimiz uchun ulkan mahorat maktabi bo'ldi. Said Ahmad - o'tkir kulgi ustasi. Bu xususiyat uning barcha Janrlardagi asarlariga ko'chgan deyish mumkin. Jumladan, adibning “Kelinlar qo'zg'oloni» (1976) komediyasi dovrug'i olamga ketgan sahna asari hisoblanadi. Asar o'zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko'plab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining ham ko'nglini rom etdi. Adib ssenariysi asosida yaratilgan qator kinofilmlar haqida ham shu gapni aytish mumkin. Mustaqillik yillarida adib yanada katta g'ayrat bilan qalam tebratib kelyapti. U shu yillarda ko'plab publitsistik maqolalar, badialar yozdi, shuningdek, quvnoq yumoristik, jo'shqin lirik hikoyalar, ta'sirchan xotiralar yaratdi. Yozuvchining «Xandon pista», «Bir o'pichning bahosi» kabi hajviy to'plamlari, «Yo'qotganlarim va topganlarim», «Qorako'z majnun»:-«Kiprikdagi tong» kitoblari, 3 jilddan iborat «Tanlangan asarlar”i xuddi shu istiqlol yillarida yatatildi. Said Ahmad yirik nasriy asarlari bilan ham kitobxonlarga yaxshi tanish. Uning 1988-yilda yaratilgan “Jimjitlik» romani xalqimizning sho'ro hukumati davridagi zohiran tinch, Turg'unlik, aniqrog'i, “Jimjitlik» yillarida kechirgan kunlaridan hikoya qiladi. Asarda «qizil imperiya»ning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri bo'yab-bejalmasdan, haqqoniy ko'rsatiladi. «Ufq» romani nafaqat Said Ahmad ijodida, balki adabiyotimizda ulkan voqea bo'lgan uch qismli asar bo'lib, roman-trilogiya hisoblanadi. Asarda xalqimizning Ikkinchi jahon urushigacha, urush davri, urushdan so'nggi yillardagi qismati qalamga olingan. Romanning birinchi kitobi «Qirq besh kun», ikkinchi kitobi «Hijron kunlarida», so'nggi uchinchi kitobi esa, «Ufq bo'sag’asida” deb ataladi. Triloglyada o'sha yillari xalq boshiga tushgan mashaqqatli kunlar, musibatlar, ularni katta bardosh bilan yengib o'tgan kishilar adib tomonidan zo'r mehr va ilhom bilan tasvirlangan. Said Ahmadning shaxsiy hayoti ancha murakkab bo'lgan. U 1947-yilda «xalq dushmani» sifatida ayblanib, nohaq qamoqqa olingan, bir necha yil qatag'on jabrini tortgan. 1953-yildan so'nggina oqlangan. Biroq bu azoblar sevimli yozuvchimiz ruhini, qaddini buka olmadi. U hozirgi kunda ham qizg'in ijodiy mehnat bilan mashg'ul. Adibning barakali va mazmunli ijodiy faoliyati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Adib «O'zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan, «Buyuk xizmatlari uchun», «Do'stlik» ordenlari bilan mukofotlangan. Said Ahmadga Vatanimizning yuksak mukofoti - «O'zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.

QOCHOQ


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish