Talmeh (arabcha — nazar solmoq, ko‘z qirini tashlash) san’atida „shoir qahramon siymosini gavdalantirishda uni o‘tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan qiyoslaydi, o‘xshatadi; goho o‘sha o‘tmish qahramonlari ism-shariflari aytilmay, ular bilan bog’liq voqealar esga olinishi ham mumkin. Har ikki holda ham talmeh san’ati sodir bo‘ladi“ (V. Rahmonov):
Ko‘p o‘qurdum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim.
(Alisher Navoiy)
3. Lafziy-yu ma’naviy san’atlar
So‘zning ham tovush, ham ma’no jihatlari bilan bog’liq badiiy san’atlar jami lafziy-yu ma’naviy san’atlar deb yuritiladi. Uning tashbeh, istiora, tanosib, tamsil, ta’riz, kinoya, tajnis kabi rang-barang ko‘rinishlari bor.
Tanosib (arabcha — bir-biriga munosib)da bir-biriga jinsdosh, mutanosib bo’lgan so‘zlar ishlatiladi va ular vositasi bilan lirik (kayfiyat, kechinma) qahramonning qiyofasi go‘zal ifoda etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |