Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet70/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

TO‘RTINCHI BOB

SHE’RIYAT
SHE’RIY ASARNING O‘ZIGA XOSLIGI
Tayanch tushunchalar

Ritm, bo’g’in, turoq, vazn, ritmik pauza, turkum. Qofiya va uning xillari, radif, raviy, band.
She’riyat dunyosini o‘rganishni, shu dunyoning ijodkori — shoir shaxsidan boshlash maqsadlidir: Shoir kim? U qanaqa odam? Uning qismati poeziyami? Milliyligi va umumbashariyligining sababi nimada?

Bu savollarga javob aytishni rus tanqidchisi V. G. Belinskiy mulohazalaridan boshlaymiz. U „Mixail Lermontov she’rlari“da yozadi: „Bu zehnli, nozik mijoz, hamisha faol, salgina tegib ketilsa ham o‘zidan uchqun sachratadigan, boshqalardan ortiqroq qayg‘uradigan, shodonroq lazzat oladigan, ehtirosliroq sevadigan, kuchliroq nafratlanadigan, qisqasi, chuqurroq his etadigan vujud, ruhning har ikki — ham turg‘un, ham harakatdagi holati oily darajada taraqqiy qilgan naturadir. Shoir jismining tuzilishiga ko‘ra, boshqalarga qaraganda u yoki bu hadga borib qolishga ko‘proq moyil bo’ladi va u hayotda boshqalardan balandroq yuksaklikka ko‘tarilib, iflosroq tubanlikka yiqilishi bemalol mumkin. Lekin uning qulashi ham boshqalarning qulashidan farq qiladi. Bu qulash pul, hokimiyat, imtiyozning yuholigi emas, balki hayotga bo’lgan sabrsiz chanqoqlik samarasidir. Hayotga tashnalik unda shu qadar ulug‘ki, u bir daqiqalik lazzatli ehtiros, bir lahzalik shirin tuyg‘u uchun o‘zining butun kelajagini, orzularini, qolgan umrini qurbon qilishga tayyor.

U ijod etayotgan chog’i — shoh, koinot hukmdori, tabiat asrorining ishonchli mahrami, faqat ungagina o‘z ko‘ksini ochgan samo va yer, tabiat va inson ruhiyati sirlarining noziri. Lekin u asliga, odatdagi yer farzandi holiga qaytganda — odam. Ammo shunday odamki, u yaramas bo’lishi mumkin, lekin hech qachon tuban bo’la olmaydi, boshqalarga qaraganda tezroq odamgarchilikdan chiqishi mumkin, lekin shu qadar tezlik bilan chinakam odamga aylanadi va makoni bo’lmish samodan keladigan nidoga hamisha tayyor turadi...“60

Bu fikrlarni o‘qir ekanmiz, Aristotelning „Poetika“sidagi „Poeziya — iste’dodli yoki majnunsifat kishining qismatidir. Iste’dodli odamlar ruhan juda ta’sirchan, majnunsifatlari esa jazavaga moyil bo’ladilar“, degan qaydlarini eslaymiz.

Shoira Halima Xudoyberdiyeva:

„Mening bor-u yo‘g‘im

Umidga o‘tgan,

Farqlay olmay goho,

Yolg‘on, chinni man.

Har bitta kesakdan

Gavharlik kutgan,

Javohirlik kutgan

Jinniman...“

deyishi — haqiqat, ana shu haqiqatning poetik ifodasidir.

„Lekin shoir hamisha elning jigari, bag‘ridan bunyod bo’lgusi zurriyot, el xonadonining chirog’i, ertangi kunga yetguvchi sadosi bo’ldi. Xalqning, davrning xotiroti bo’lib dunyoga keldi.

Shoirsiz yurt — bulbulsiz chaman, yulduzsiz osmon, mayoqsiz bandargoh. Shoir qaysi zamonda, qaysi yurtda yashamasin, birinchi galda o‘z qalbining holatini ayon etadi va agar bu holat minglarning, millionlarning qalbiga esh bo’lsa, shoir nidosi umumxalq, umumbashariy nidoga aylanadi. Shoirlik hamma zamonda qismat bo’ldi“ (E. Vohidov, „Shoir-u she’r-u shuur“, 76-bet). Shoirning dunyosi — „butun olam, barcha ranglar, bo‘yoqlar, ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari“dir, u bu narsalarning qay biri bilan oshna bo’lsa, uning mohiyatiga kirsa, qalbida ehtiroslar, tuyg‘ular, orzular, fikrlar po‘rtanasi uyg‘onadi va ular jilolanib „bashar hayotining tepib turgan yuragi“ (V. Belinskiy)ga aylanadi, go‘zalligi va bir butunligi bilan voqelikdan ko‘ra hayotiyroq, boyroq, maftunkorroq bo’lib, barchani o‘ziga jalb qiladi. Ha, „she’r — yuksak san’at, yurakdan aytiladigan so‘z, yurak otashi, fikrning guli, nafasi, yolqini“61.

„She’riyat shoir va o‘quvchi o‘rtasidagi dil suhbati demakdir. Shoir uchun bu suhbat — yurakni borligi bilan ochmak, o‘quvchi uchun bu yurak zarblarini anglamakdir. She’rni anglamakning o‘zi ham iste’dod. Biz bu iste’dodning nomini nazokat deymiz, nozik fahmlik deymiz. Bu fazilatga yangilikni anglash va baho bera olish sifati qo‘shilganda u didga aylanadi. Didni esa yoshlikdan tarbiyalamoq, bilim va tuyg‘ular boyligi bilan kamolotga yetkazmoq kerak“ (E. Vohidov) ekan, demak, shoir bo’lish uchun ham, she’rni anglovchi iste’dod egasi bo’lmoq uchun ham, dastavval, she’riyatning qonun-qoidalarini, uning oddiy texnikasini bilish, uni chuqurroq o‘rganish zarur.

Qalbdagi tovlanishlarning insoniy qiyosini ravshanlashtirishda, musiqiyligini ta’minlashda, qismat tarixini so‘z vositasida jonlantirishda uchta asos muhim sanaladi. Bular —ritm („Ritmika“), qofiya („Ilmi qofiya“ — „Fonika“), band („Strofika“).




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish