Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Epifora — she’riy asarning misralari oxirida tovushlar, so‘zlar, iboralarning takrorlanib kelishi hodisasidir. Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman



Download 1,16 Mb.
bet66/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Epifora — she’riy asarning misralari oxirida tovushlar, so‘zlar, iboralarning takrorlanib kelishi hodisasidir.

Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman,

O‘ynagan boshqalar, ingragan menman.

Erk ertaklarini eshitgan boshqa,

Qullik qo‘shig‘ini tinglagan menman.
Cho’lponning „Men va boshqalar“ she’ridan keltirilgan ushbu bandda „menman“ so‘zi misralar oxirida kelib, lirik qahramonning qalbidagi tug‘yonlarini — erkinlik istagini ta’kid qilmoqda, ayni paytda, kitobxonni faollikka yetaklamoqda.

7. Apostrofa (grekcha „apostrophe“ — og’ish) ham stilistik vositalardandir. Unda jonsiz narsa va hodisaga xuddi jonliday, o‘zi yo‘q shaxsga xuddi borday murojaat qilinadi:



She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,

Bog‘ga kirsang, gullar sharmanda.

Bir men emas, hayot shaxsisan,

Jonim kabi yashaysan tanda.


Yuragimning dardi — naqshisan,

Qilolmayman seni hech kanda!

O‘t bo’lurmi ishqi yo‘q tanda?

Dardimsanki, she’rim, yaxshisan.


Sen orada ko‘prik bo’lding-da,

Geyne bilan o‘rtoq tutindim.

Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.

Butun umrim sening bo‘yningda.


Saharda qon tupursam, mayli.

Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!

(U. Nosir.„Yana she’rimga“)
Abdulla Oripov ham „Onajonim, she’riyat“ asarida apostrofa vositasidan foydalanib, she’riyatning ulug‘vorligini va uning tengsizligini jonlantiradi:

...Angladimki, olamda

Yurt tanho, Vatan tanho,

Band etgan xayolimni

Tengsiz shul chaman tanho,

Nokaslar emas, yo‘q, yo‘q,

Yolg’iz sen baland, tanho,

Eng oliy baxtim mening

Onajonim, she’riyat,

Topgan toj-taxtim mening

Jonajonim, she’riyat
8. Ellipsis (grekcha „ellepsis“ — tushirib qoldirish, yetishmaslik) — badiiy asarda qisqalikni, siqiqlikni ta’minlovchi stilistik vositadir. U matndan osongina bilinib olinadigan so‘zlar bo’lib, poetik fikrni ifodalashda ishtirok etmaydi. Ellipsis ko‘proq dialogik nutqda ravshan ko‘rinadi:

To‘yga keldingmi?

— To‘yga keldim...

— Yusufbeknikigami?

— Yusufbeknikiga.

— Belbog‘ing yo‘qmi?

— Yo‘q...“

(A. Qodiriy)


9. Inversiya (lot. „Inversid“ — o‘rin almashtirish)da ijodkor xohishi (g‘oyasi)ga ko‘ra ta’kidlamoqchi bo’lgan fikrni ta’sirchan qilmoq maqsadida grammatik qoidalardan chekinadi va kitobxonning diqqatini aynan shu fikr (so‘z)ga tortadi:

Aytarlar bu tunda yorug‘ sham yonmas,

Chaqmasa gugurtni asl o‘g‘illar...
Cho’lponning bu satrlari grammatika qonuniga binoan shunday tarzda bo’lishi lozim: „Asl o‘g‘illar gugurtni chaqmasalar, bu tunda yorug‘ sham yonmasligini aytardilar“. Bunday holda she’riy nutq o’ladi, ta’sirchanlik, chaqiriq, ifodalilik yuzaga kelmaydi, oddiy xabar — bayon tug’iladi...

Xullas, allomalar so‘zni hali qayta ishlanib tozalanmagan oltinga o‘xshatadilar. Tozalanmagan, pardozlanmagan, tanlanmagan, qisqaroq aytsak, poetik „yuk“ni o‘zida tashimaydigan so‘z adabiyotga daxldor bo’la olmaydi. Badiiylik (obrazlilik)ni yuzaga chiqarishga qurbi yetmaydigan, holat va kayfiyatni ifoda qila olmaydigan so‘zning o‘zi yo‘q, faqat uni topa bilish, o‘z o‘rnida qo’llay bilish san’atini egallash talab etiladi. Bunday mahoratga ega yozuvchi „butun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘ra ichiga qamab bera biladi“ (A. Qahhor).




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish